ZAMONAVIY MAKTABLARNING TASHKIL QILINISHI VA ULARNING FAOLIYATI (JADIDLAR MISOLIDA)
Full text
147 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ZAMONAVIY MAKTABLARNING TASHKIL QILINISHI VA ULARNING FAOLIYATI (JADIDLAR MISOLIDA) Xalmuratova Jumagul Gaybullaevna Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti professori v.b., falsafa fanlari bo‘yicha pedagogika doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17642234 Annotatsiya: Mazkur maqolada jadidchilik harakati davrida zamonaviy maktablarning tashkil qilinishi, ularning faoliyat yo‘nalishlari va o‘quv jarayoniga kiritilgan yangiliklar tahlil qilinadi. Jadid maktablari an’anaviy ta’lim tizimidan farqli ravishda dunyoviy fanlarni o‘qitishga e’tibor qaratgan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ilmga va milliy uyg‘onishga intilish tuyg‘usini shakllantirgan. Ushbu maktablar O‘rta Osiyoda yangi pedagogik tafakkurning shakllanishiga zamin yaratgan. Kalit so‘zlar: Jadid maktablari, zamonaviy ta’lim, islohot, ma’rifat, o‘quv dasturi, pedagogika, milliy uyg‘onish. Аннотация: В статье рассматривается процесс создания и деятельности современных школ в период джадидского движения, а также их роль в развитии образования в Средней Азии. Джадидские школы отличались от традиционных медресе введением светских предметов, новыми методами преподавания и воспитанием критического мышления у учеников. Эти школы стали важным шагом на пути формирования национального самосознания и модернизации системы образования. Ключевые слова: джадидские школы, современное образование, реформа, просвещение, учебная программа, педагогика, национальное возрождение. Abstract: This article explores the establishment and activities of modern schools during the Jadid movement, emphasizing their role in the modernization of education in Central Asia. Unlike traditional madrasas, Jadid schools introduced secular subjects, innovative teaching methods, and encouraged critical thinking among students. These institutions played a crucial role in the rise of national consciousness and the development of a modern educational system. Keywords: Jadid schools, modern education, reform, enlightenment, curriculum, pedagogy, national awakening. Jadidchilarning siyosiy faoliyatining negizi mustaqillik va ozodlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan edi. Bu g‘oyalar avvalambor, XIX asrning 50 - 70 yillarida o‘zbek xalqining Rossiya tajovuziga qarshi janglarda o‘z ifodasini topgan edi. Ular rus davlatining Turkiston zaminida hukmronligi o‘rnatilgandan keyin ham xalqning qalbida jo‘sh urib turdi. Ular hamisha o‘z xalqi ishqida va dardida yashagan va uning ozodligi uchun jonini tikkan jadidlarning ongi va qalbini chulg‘ab oldi. Ismoilbey Gaspralining faoliyatini Munavvarqori Abdurashidxonov Turkistonda davom ettirdi. U 1901 yilda dastlab Toshkentning Shayxovand Taxur, keyinchalik shaxarning boshqa turli daxalarida birinchi «usuli jadid» maktablari ochdi. Bunday maktab 1893 yilda Buxoro va Samar-qandda Ismoilbey Gasprali boshchiligida ochilgan va bir necha oy faoliyat ko‘rsatgan maktablardan keyingi o‘zbeklar tomonidan ochilgan «usuli jadid» maktablarining birinchisi edi. Bu xaqda uning zamondoshi, shogirdi, jadid pedagoglaridan Mo‘minjon Muhammadjonov - Toshqin quyidagilarni yozadi: «Munavvarqori SHayxovand Taxur daxalik Mirdadaxoji degan bir boyning mahmonxonasida maktab ochib, bir-ikki yildan beri Abdu-same’qori degan bir kishi bilan bola o‘qitishib turmoqda bo‘lgonlig‘ini aytdilar. Borib ko‘rdim; kattagina xam keng bir tashqarida 15 - 20 chog‘li bolalarni o‘qutmozda ekanlar. Bular bi-lan ko‘rishib-so‘rashib bo‘lib, bolalarning o‘qishlarini sinf-sinflarida yurib ko‘rib chiqdim.
148 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Hozirda taft sinf boshlang‘ich (ibtidoiya) maktab bo‘lib, yaxshig‘ina tartiblik: partag katta qora taqta, er yuzi bo‘laklarining (qit’alarining) qisqacha xam butun «xarita»lari bor ekan. Hozirda shul tartibda ochilgon «yangi tartibli maktab» 9 - 10 erda borlig‘in bildirdilar. Bu yangi tartib maktablarning Toshkent shaxrida joriy bo‘lib ketishiga birinchi sabab Munavvarqori bo‘libg barchasining purog‘romini shul tuzib bergan» [1, 245-b.]. Munavvarqori bunday maktablarning kundalik o‘quv-tarbiya ishlaridan tortib, yillik bitirish imtixonlarini uyush-tirishgacha, «usuli savtiya» metodini iqtidorli yosh o‘qituvchilarga o‘rgatishdan tortib, maktablarni zamonaviy darslik va qo‘llan-malar bilan ta’minlashgacha va yangi darsliklar yaratishgacha bo‘lgan uzluksiz jarayonni boshqardi. Uning bu faoliyati davrining ulug‘ mutafakkirlari tomonidan qo‘llab-qo‘ltiqlandi, Maxmudxo‘ja Bexbudiydek jadidchilik harakatining karvon-boshisi unga madadkor bo‘ldi. Maxmudxo‘ja Bexbudiyning bu boradagi so‘zlariga e’tibor bering: «Turkistonda muallim chiqormak uchun dorilmuallimin bo‘lmasa xam xar shaxarda usuli ta’limdan xabardor bir-ikki nafar muallim albatga bordur. Ana, muallimlikka tolib kishilarni alarning xuzurig‘a yuborub, 3 - 4 oy zarfida usuli ta’limdan xabardor qildurmoq mumkindur. Agar boyafarz, ushbu xidmatni muallimlarimiz iltizom qil-masalar, ul holda muallimlikka xavaskor yoshlarni bir oz zaxmatlik bo‘lsa xam to‘rridan-to‘g‘ri Toshkandda Munavvarqori janoblarining maktabig‘a yubormoq kerakdurki, mushorun alayxning munday toliblarni maalmamnuniyat qabul etmokdarig‘a amindurmiz. Ishta, muxtaram qarindoshlar, millatimizning tilagi va eng zo‘r extiyoji ushbu shaylar ediki, nazari oliylaringiza arzu taqdim etduk» [2, 5-b.]. Turkistonda egishib chshdan buyuk isloxotchilardan biri bo‘lgan Munavvarqori Abdurashidxonov Ismoilbey Gasprali bilan uchrashmagan bo‘lsa xam, uning xamma darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan, badiiy va publitsistik asarlari bilan yaqindan anish, siyosiy qarashlari ta’sirida bo‘ldi, unga ergashib «usuli jadid» maktablari ochdi, o‘qituvchilik qildi, darsliklar yaratdi, usuli jadid maktablari uchun o‘qituvchilar tayyorladi. Uning bevosita tarbiyasida Mannon Uyg‘urdek buyuk san’at arbobi, aka-uka Husanxo‘ja va Eshonxo‘ja Xoniylar, aka-uka Shokirjon va Sobirjon Rahimiylar, Same’qori, Salimxon Tillaxonov, Qayum Ramazon, Shorasul Zunnun, Majid Qodiriy kabi pedagoglar etishib chiqqan. Munavvarqori Toshkentda ochgan usuli savtiya maktablarida o‘zi tuzgan o‘kuv dasturlari asosida jamoat odldda ochiq rgmgahonlar tashkil qilgan. Bundan asosiy maqsad, birinchidan, usuli jadid maktablarini badnom qiluvchi mutaassib kamchiliklarning da’volari asossiz ekanligani xalk oldida namoyish etish bo‘lsa, ikkinchidan, xalq o‘rtasida ilm-ma’rifatga, yangi o‘qitish usuliga, zamonaviy turmush tarziga rag‘bat uyg‘otish edi. SHuning uchun xam Munavvarqori imtixonlarga o‘kuvchilarning ota-onalaridan tortib, shariat-din peshvolarigacha, xatto o‘lkada katta e’tibor qozongan olimu shoirlarni, ma’rifatli boylarni ham taklif qilgan. Mana, uning Namanganga - Ishoqxon to‘ra Ibratga yo‘llagan Da’vatnoma»si: «Hurmatlu Ishoqxon hoji janoblarina! 1907 yil may oyindan e’tiborak Toshkentda Tarnovboshi maxallasinda «Xoniya» maktabinda talabalarni yillik imtixoni boshlanur. Siz xurmatludan rijo qilurmizki, tavobingizda bo‘lg‘on usuli jadidiya maktablari mudirlari ila imtixon majlislarina tashrif qilsangiz, muallim va shogirdlar Sizdan mamnun bo‘lur edilar. Muxibingiz Munavvar Qori, 15 mart 1907 yil». Bunday imtixonlar ''usuli jadid» maktablarining o‘lka bo‘ylab keng tarqalishiga olib keldi. 1903 yilda Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Siddiqiy Ajziy, Abduqodir SHakuriy, Namanganda Ishokrson Ibrat, So‘fizoda, Qo‘qond Abdulvaxob Ibodiy, Ashurali Zoxiriy, Hamza, Po‘latjon Qayumov, Buxoroda Abdulvoxid Munzim, Sadridddn Ayniy, Xorazmda Husayn Kushaev, Bobooxun Salimovlar boshchiligida usuli jadid maktablari tarmoqlari kengayib bordi.
149 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Munavvarqori usuli jadid maktablari ochish bilan ish bitmasligini, darslik va o‘quv qo‘llanmalari xavodek zarur ekanligini juda yaxshi bilar edi. SHuning uchun xam u dastlabki yillarda Istanbul, Qozon va Qrimdan diniy va dunyoviy o‘quv risolalari, alifbo va o‘qish kitoblari oladi. U 5 sinfli ilk usuli jadid maktabi qoshida ikki sinfli rushdiya (yuqori sinf) ochadi. Bu maktab butun Turkiston uchun «Namuna maktabi» sifatida shuxrat qozondi. Munavvarqori o‘lkani qoloqlikdan, millatni mustamlaka zulmidan qutqarishning birdan-bir yo‘lini ilm-ma’rifatda, zamonaviy texnikani egallashda ko‘rdi. «Namuna maktabi»ni birinchi bo‘lib bitirgan sobiq shogirdlaridan Afandizoda uning bu faoliyati haqida quyidagilarni yozdi: «Munavvarqori Turkistonni istilo etgailarga qarshi kurashning yagona yo‘li ta’lim deb bildi. Xalqni isyonga chorlamadi. Bizning g‘alabamizning birinchi sharti va asosi bilim va texnikadir», - degan fikrlari bilan biz yoshlarga taxsilni Istanbulda davom etgirish kerakligini ta’kiddar edi» [3]. Usuli jadid maktablarining xar qanday ta’qib va tazyiqlarga, mutaassib ulamolarning dashnomlariga, bo‘xtonlariga qa-ramay, xalq e’tiborini qozonishi, uning so‘nggi qatlamlarigacha kirib borishi, ayniqsa, musulmon qardoshlarning bu boradagi xamjixatliklari rus siyosatdonlarini, mafkurachilarini ancha tashvishga sola boshladi. 1909 yilda N. Ostroumov «Turkestanskie vedomosti» gazetasining 1-sonida «CHto delat s novometodnshi maktabami?» nomli maqolasini e’lon qildi. Unda muallif kuyunib quyidagilarni yozadi: «Rus ma’muriyatining erliklar eski maktablariga nisbatan qo‘llagan mensimaslik, nazar-pisand qilmaslik siyosati o‘lkadagi hukmronligimizning dastlabki o‘n yilligida o‘zini oqlagan bo‘lishi mumkin. Ammo keyingi uch o‘n yillikda bu siyosat o‘zini oqlamaganini xech qachon hech narsa bilan yashirib bo‘lmaydi. Mana, chindan xam kutilmaganda pu-shaymon bo‘ladigan voqea sodir bo‘ldi. Biz o‘lka maorifida biror ish amalga oshirguncha, xatto katta qiyinchiliklar bilan endi bir necha rus-tuzem maktabi ochganimizda, boshqalar tashqaridan (Qrimdan) katta g‘ayrat bilan o‘lka maorifi uchun boshqa bayroq ostida mustaqil faoliyat olib bordi, Bu yangi usul maktablari asta-sekinlik bilan ma’muriyatning xech qanday ruxsatisiz ochila boshladi va ajablanarli, yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tomoni shundaki, hozir ham oblast, uezd ma’muriyatlari, hatto hukumat maktablar inspeksiyasi nazoratisiz davom etmoqda» [4]. N.Ostroumov «usuli savtiya» maktabini tekshirish uchun borganda keng jamoatchilik oldida muallimga quyidagilarni ta’kidlaydi; «Domla, kalomi sharifni ko‘proq o‘qiting, ha, kalomi sharifni...» Mustamlakachilarga mahalliy maktablarda dunyoviy fanlarning o‘qitilishi yoqmas edi. SHu o‘rinda «usuli jadid» maktablarining vujudga kelishi bilan bog‘liq bir muhim masalani aytib o‘tish o‘rinli ko‘rinadi. Turkiston o‘lkasining hamma hududlarida, shu jumladan, Toshkentda ham, dastlabki «usuli jadid» maktablarining ochilishi tatar muallimlarining faolmyati bilan bog‘liqdir. Chaqarda Qudratullohqorining maktabiga borib, bolalarg‘a o‘qitg‘on narsalarini ko‘rib, hayron qolib, madrasaga kelar edim. Buning o‘qitadurron narsalari: tatarcha bir alifboni qora tunika taqtaga bo‘r bilan yozdirib o‘qitish va bir oz hisob o‘rgatishdan iborat edi. Bu «no‘g‘oycha o‘qish», ya’ni usuli jadid 1900 yil mart o‘rtalarida shul Qo‘shmozor dahasi, To‘qli jallob mahallasidagi Nabi domla maktabida boshlangan edi» [5, 37-b.]. Lekin 1911 yilning birinchi g‘anvarinda tatar muallimlarining hammasida sart bolalarin o‘qutuvlari man’ qilindi: «Tatar muallimlari sart bolalarin o‘qutmasunlar», — degan farmon bo‘yincha tatar muallimlari sart bolalarin o‘qutuvdan to‘qtadilar» [6]. Ilk o‘zbek jadid pedagoglaridan Abduqodir SHakuriy 1901 yilda Samarqanddan kelib, Salohiddin Sirojiddinovning ushbu maktabi bilan maxsus tanishib ketgani ma’lum. Bu hol Buxoro amirligi va Xiva xonligida xam ko‘zga tashlanadi.
150 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Xulosa. YAngi «usuli jadid» maktablari soni maxalliy maktabdorlar, xur fikrli ziyolilar sa’yxarakati xisobiga ancha ortdi. Farg‘ona viloyati xalq o‘quv yurtlari inspektori (nazoratchisi) O.Egorov 1909 yilda Turkiston o‘lkasidagi rus-tuzem maktablarining axvoliga bag‘ishlangan maxsus kengashda kuyunib shunday degan edi: «Yaqin kelajakda yangi metoddagi maxalliy maktablarning keng yoyilishi va ularga nisbatan maxalliy axoli e’tiborining keskin ortib borishi bilan rus-tuzem maktablari batamom xarob bo‘ladi» [7]. 1905 yil voqealari jadidchilik xarakatining yangi tarakkiyot bosqichiga ko‘tarilishiga, ko‘lamining kengayishiga, mi,lliy ong, milliy tafakkurning rivojiga turtki bo‘ldi. Turk, tatar, ozarbayjon, boshqird mutafakkirlari bilan aloqalar yanada mustahamlandi. References: 1. Mo‘minjon Muhammadjonov-Toshkent, Turmush urunishlari, 245-bet. 2. Bexbudiy M. Muhtaram yoshlarga murojaat. “Oyna” jurnali. 1914 y. 41-son. 3. Afandizoda Munavvarkori, Yosh Turkiston, 1934 y., 1934 y., №50, yanvar. 4. “Туркестанские ведомосты”, 1999, №1. 5. Mo‘minjon Muhammadjonov, Turmush urinishlari. Toshkent, 1926 yil. 37-bet. 6. “Sho‘ro” jurnali, 1913 y., 7-son. 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxivi, D. 797, 75-bet.