MAHALLIY O'ZINI O'ZI BOSHQARISHNING XORIJIY MODELLAR QIYOSI
Full text
178 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MAHALLIY O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISHNING XORIJIY MODELLAR QIYOSI Muminov Ulmas Ravshanqulovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Email: [email protected] Tel +998942687837 https://orcid.org/0009-0007-7144-7298 Shavqatulloyev Do‘stmuhammad Muastafozoda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Magistrlar bo‘limi Tarix mutxasisligi 2-bosqich talabasi. Email: dostmuhammadshavqa[email protected] Tel +998995644673 https://doi.org/10.5281/zenodo.17642364 Annotatsiya: Mazkur maqolada joylarda boshqaruvni amalga oshiruvchi organlarning huquqiy tabiati va ularning turli davlatlardagi shakllanish modellari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahalliy boshqaruv tizimining “tabiiy” va “sun’iy” ma’muriy-hududiy birliklarga ajratilishi hamda bu birliklarning davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlari o‘rganilgan. Shuningdek, turli mamlakatlarda mahalliy boshqaruvning anglosakson, roman-german, iberik va sovet modellari qiyosiy tahlil qilinib, ularning shakllanishiga milliy an’analar, tarixiy tajriba va siyosiy tizimning ta’siri ko‘rsatib berilgan. Maqola natijalarida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish institutining davlat boshqaruvidagi o‘rni, vakolatlari va moliyaviy mustaqilligi masalalariga e’tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: mahalliy boshqaruv, ma’muriy-hududiy birlik, o‘zini o‘zi boshqarish, anglosakson modeli, roman-german modeli, iberik modeli, sovet modeli, hududiy jamoa. Аннотация: В данной статье анализируется правовая природа органов, осуществляющих управление на местах, а также модели их формирования в различных государствах. В исследовании рассматривается разделение системы местного самоуправления на «естественные» и «искусственные» административно-территориальные единицы и их взаимосвязь с органами государственной власти. Кроме того, проводится сравнительный анализ англосаксонской, романо-германской, иберийской и советской моделей местного управления, выявляется влияние национальных традиций, исторического опыта и политической системы на их формирование. В заключение уделяется внимание роли института местного самоуправления в системе государственного управления, вопросам его полномочий и финансовой самостоятельности. Ключевые слова: местное управление, административно-территориальная единица, самоуправление, англосаксонская модель, романо-германская модель, иберийская модель, советская модель, территориальное сообщество. Abstract: This article analyzes the legal nature of local governing bodies and the models of their formation in different countries. The study examines the division of the local self-government system into “natural” and “artificial” administrative-territorial units, as well as their interaction with state authorities. Furthermore, a comparative analysis of the Anglo-Saxon, Romano-German, Iberian, and Soviet models of local governance is presented, highlighting the influence of national traditions, historical experience, and political systems on their development. The article also emphasizes the role of the local self-government institution in public administration, focusing on its powers and financial independence. Keywords: local governance, administrative-territorial unit, self-government, Anglo-Saxon model, Romano-German model, Iberian model, Soviet model, territorial community.
179 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Kirish. Davlat boshqaruvi tizimida joylardagi boshqaruv organlarining huquqiy tabiati va ularning markaziy hokimiyat bilan o‘zaro aloqasi siyosiy tizimning barqarorligi hamda mahalliy rivojlanish darajasini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Mahalliy boshqaruv masalasi turli davlatlarda tarixiy, siyosiy va madaniy xususiyatlarga ko‘ra turlicha shakllangan. Ayrim davlatlarda mahalliy boshqaruv organlari to‘liq markaziy hokimiyatga bo‘ysunsa, boshqalarda esa ular nisbatan mustaqil faoliyat yuritadi. Maqolada joylarda boshqaruvni amalga oshiruvchi organlarning tabiati ikki omil asosida yoritiladi: birinchidan, davlat hokimiyati va hududiy jamoa hokimiyati tushunchalariga bo‘lgan yondashuv; ikkinchidan, ma’muriy-hududiy birliklarning “tabiiy” va “sun’iy” bo‘linishiga doir nazariy qarashlar. Shu nuqtai nazardan, turli mamlakatlarda joylardagi boshqaruv modellarining shakllanishiga tarixiy rivojlanish bosqichlari va milliy an’analar qanday ta’sir ko‘rsatgani tahlil etiladi[1]. Asosiy qism: Joylarda boshqaruvni amalga oshiruvchi organlar xarakteri (tabiati) ikki omil bilan belgilanadi: birinchidan, davlat hokimiyati tushunchasiga va hududiy jamoa rasmiy hokimiyati tushunchasiga turlicha yondashuv bilan; ikkinchidan, ma’muriy-hududiy birliklarni “tabiiy" va "sun’iy" bo‘linishi nazariyasi bilan. Ko‘pgina davlatlarda davlat hokimiyati organlari sifatida faqat markaziy organlar, ya’ni parlament, davlat boshligi, hukumat, ularning joylardagi vakillari(tayinlanadigan komissiyalar, gubernatorlar, prefektlar) va sudlar tushuniladi. Joylarda saylanadigan organlar va ular tashkil etadigan ma’muriyat esa mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari sifatida qabul qilinadi. Bu ham rasmiy bo‘lib, davlat hokimiyati emas, balkim mahalliy ma’muriy-hududiy birliklar aholisining hokimiyatidir. Ular hududiy jamoalar hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, barcha ma’muriy-hududiy birliklar hududiy jamoa hisoblanmaydi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha mustaqildirlar. Shu masalalar bo‘yicha ularga markaziy organlar biron-bir ko‘rsatma berishga hakli emas. Masalan, mahalliy byudjetning qancha qismini ta’limga ѐki ko‘prik yohud qishloq kutubxonasi qurishga sarflanishi to‘g‘risida ko‘rsatma berolmaydi. Mahalliy organlarning har bir bo‘g‘ini o‘z vakolatlarini mustaqil amalga oshiradi va o‘zaro bir-biriga bo‘ysinmaydi[2]. Markaziy organlarning ko‘rsatmasi bilan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlarining ayrim funksiyalarini bajarishlari mumkin. Bu hollarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga zarur moddiy va moliyaviy mablag‘lar ajratiladi va markaziy organlar ularga aniq ko‘rsatmalar berishi mumkin. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomi ular qabul qiladigan xartiyalar, nizomlar (ustavlar), xatto Braziliyada mahalliy organik qonunlar bilan tartibga solinadi. Aholi hududiy jamoalarining hokimiyati o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari bevosita mahalliy referendumlar, qishloq yig‘inlari yo‘li bilan ham amalga oshiriladi. Ma’muriy-hududiy birliklarning turlicha tabiati ularning tuzilishiga ta’sir etadi. Ko‘pgina mamlakatlarda "tabiiy" va "sun’iy" ma’muriy -hududiy birliklar mavjud. “Tabiiy' ma’muriy-hududiy birliklar-bu turli xil posѐlka, qishloq, shahar bo‘lib, bu yerlarda, odatda suv manbalari atrofida kishilar tarixan "tabiiy" ravishda birga yashash uchun birlashganlar. Ular boshqarish uchun ma’lum shaxslarni, ya’ni oqsoqol, raislarni saylaganlar, kollegial boshqaruv organlarini tuzganlar "yig‘inlar kengashlar". Bu jamoa (kommuna) tarzidagi o‘zini o‘zi boshqarishdir. Ammo ularning vakolatlari kengroqdir. Mamlakat hududini davlat organlari hujjatlari bilan rayonlashtirish "sun’iy" ma’muriy-hududiy birliklarni voevodalar, guberniyalar, oblastlar, rayonlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Agar ular hududiy jamoalar hisoblansa, saylanadigan o‘zini o‘zi
180 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc boshqaradigan organlari tuzish mumkin hamda yuqoridan saylanadigan mansabdor shaxslar – Tailandda -"gubernatorlar, Bolgariyada - viloyat boshliqlari, Polshada voevodalar bo‘lishi mumkin. Bu, bir tomondan, mintaqaviy o‘zini o‘zi boshqarish bo‘lsa, ya’ni saylanadigan organlar, ikkinchi tomondan esa, mintaqaviy boshqaruvdir[3]. Ya’ni tayinlangan mansabdor shaxslar va saylanadigan organlar tomonidan tuziladigan ma’muriyatlar bor. Shaxs aglomeratsiyalari, jamoalar ittifoqi, maktab okruglari, ekologik okruglar alohida hududiy birliklar hisoblansada. ma’muriy-hududiy birlik emas. Ularda o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lmaydi. Turli mamlakatlarda joylarda rasmiy hokimiyatni amalga oshirishning to‘rt modelini ko‘rsatish mumkin: 1. Mahalliy boshqaruvni anglosakson modeli; 2. Romangerman ѐki kontinental modeli; 3. Iberitcha modeli; 4. Sovetlar modeli. Bu modellarni tanlashga u ѐki bu mamlakatlarda ma’muriy-hududiy birliklarni "tabiiy" ѐki "suniy" turini tayinlaganligi hamda milliy xususiyat va an’analar bilan belgilanadi. Bu mahalliy boshqaruv modeli Angliya va Uelsning grafliklarida, Shotlandiyaning oblast va okruglarida, Avstraliya, Kanada va AqShning grafliklari, okruglari, taunshiplarida qabul qilingan. Bu yerlarda ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy masalalarni hal etish uchun 2-4 yilga saylanadigan Kengash (boshqaruv)lar tuziladi. Kichik ma’muriy-hududiy birliklarda Kengash 3-5 kishidan iborat bo‘lsa, yirik shaharlarda esa 50 tacha a’zodan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari aholi yana bir qator mansabdor shaxslarni saylaydi. Masalan, AQShda politsiya boshlig‘i - sherifni ѐki atgorneyni saylaydi. Attorney - bu yirik ma’muriy-hududiy birliklar grafliklar ma’muriyatining suddagi saylanadigan vakilidir. AQShda mahalliy boshqaruv faoliyati bilan aholi tomonidan saylangan mansabdor shaxslar shug‘ullanadi. Buyuk Britaniyada esa Kengash a’zolaridan saylanadigan tarmoqlar bo‘yicha doimiy komissiyalar (qo‘mitalar) shug‘ullanadi. Masalan, turar-joy qurilishi, ta’lim masalalari, mahalliy yo‘llar va boshqalar bo‘yicha ko‘mitalar. Ushbu qo‘mitalar xizmatchilarni tanlaydi va ularni Kengash tasdiqlaydi. Xizmatchilar Kengash rahbarligida partiya faoliyagini amalga oshiradi. Shaharlarda o‘zini o‘zi boshqarish xartiyalari bo‘lib, ular asosida Kengashlar va merlar saylanadi. Ayrim hollarda mer bevosita aholi tomonidan saylanadi. Agar mer aholi tomonidan bevosita saylansa, u kuchli mer bo‘ladi va u Kengash qarorlariga nisbatan veto huquqiga ega bo‘ladi. Ayrim shaharlarda Kengash mutaxassis-boshqaruvchi-menedjerni ѐllaydi (xatto 12 yilga qadar). U ham, mer, burgomistr deyiladi. Mahalliy boshqaruvning modelida mahalliy boshqaruv uchun mansabdor shaxslar markazdan tayinlanmaydi va saylangan Kengashlar faoliyati ustidan nazorat amalga oshirilmaydi. Mahalliy Kengashlar markaziy organlar vakolatga kirmagan masalalarni qonunlar, odat, amaliѐt, sud pretsedetlari asosida mustaqil hal qiladilar. Markaziy organlar mahalliy boshqaruv organlari faoliyati ustidan faqat moliyaviy tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan nazoratni amalga oshiradi. Chunki mahalliy harajatlarni asosiy qismini mahalliy soliq va yig‘imlar emas, balki davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar (dotatsiyalar) tashkil etadi[4]. Shuning uchun ushbu mablag‘larni sarflash yuzasidan moliyaviy tekshirishlar (reviziyalar) o‘tkaziladi. Mahalliy boshqaruv organlariga nisbatan markaziy organlar sudga da’volar berish yo‘li bilan ham sud nazoratini amalga oshiradi. Mahalliy boshqaruvning anglosakson modeli Hindiston, Shri-Lanka, Keniya va boshqa davlatlarga ta’sir ko‘rsatgan. Ammo bu mamlakatlarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi unchalik keng tarqalmagan va ancha markazlashgan boshqaruv tizimi shakillangan. Mahalliy boshqaruvning roman-german modeli Fransiya, Italiya, Polsha, Bolgarida tarqalgan. Bu model Turkiya Sinegal va ayrim boshqa davlatlarda qabul qilingan. Bu
181 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc modelda saylash va tayinlash prinsiplari asosida mahalliy boshqaruv amalga oshiriladi. Jamoalarda - posѐlka, shahar, kommuna (bir necha qishloqlar birlashmasi)-faqat saylanadigan o‘zini o‘zi boshqaruv organlari bo‘ladi. Yuqorida tayinlangan boshliqlar (ma’murlar), Kengash va mer bo‘lmaydi. Kengash va merga, odatda, alohida-alohida ovoz beriladi. Fransiyada mer va uning bir necha o‘rinbosari Kengash tomonidan o‘z vakolat muddatiga saylanadi. Polshada Kengash kollegial organni saylaydi[5]. Sun’iy ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy boshqaruvni ikki turi bor. Birinchisida, ma’muriy-hududiy tuzilishining oblast va rayon bo‘g‘inida markazdan tayinlangan mansabdor shaxslar boshqaradi. Chunki oblast va rayon hududiy jamoa hisoblanmaydi. Bular jumlasiga Finlandiya va Turkiyada gubernatorlar, Bolgariyada oblast boshqaruvchisi, Polshada voevodstvani voevodi, Fransiyada komissarlar kiradi. Ikkinchisida, ma’muriyhududiy birliklar hududiy jamoa hisoblanib, ularda saylanadigan Kengashlar va yuqoridan tayinlanadigan mansabdor shaxslar (Prezident, hukumat, IIVning vakillari) mahalliy boshqaruvni amalga opshradi. Bu tarzda Fransiyaning departamentlarida, Indoneziyada boshqariladi. Xulosa: Joylarda boshqaruvni tashkil etish masalasi har bir davlatda o‘ziga xos tarixiy, siyosiy va madaniy omillar ta’sirida shakllangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi demokratik boshqaruvning ajralmas qismi sifatida davlat va jamiyat o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydi. Anglosakson modeli nisbatan mustaqil, fuqarolik ishtirokiga asoslangan tizimni ifodalasa, roman-german modeli markaziy hokimiyat bilan mahalliy boshqaruv o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydi. Iberik va sovet modellari esa ma’muriy markazlashuv tamoyillari bilan ajralib turadi. O‘zbekiston uchun mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirishda xorijiy tajribalarni tahlil etish, ayniqsa, moliyaviy mustaqillik, hududiy jamoalarning bevosita ishtirokini kuchaytirish hamda mahalliy organlarning vakolatlarini aniq chegaralash muhim ahamiyat kasb etadi. References: 1. Smith, B. C. Decentralization: The Territorial Dimension of the State. London: George Allen & Unwin, 1985. 2. Wolman, H., & Goldsmith, M. Local Autonomy as a Meaningful Analytical Concept: Comparing Local Government in the United States and Western Europe. Urban Affairs Quarterly, 1990, Vol. 26(1), pp. 3–27. 3. Stoker, G. The Politics of Local Government. London: Macmillan, 1991. 4. Hesse, J. J., & Sharpe, L. J. Local Government in International Perspective: Some Comparative Observations. In: Developments in Local Government, ed. J. J. Hesse. London: Sage Publications, 1991. 5. Батчиков, С. А. Местное самоуправление в системе публичной власти: сравнительноправовой анализ. Москва: Юридическая литература, 2018.