TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING SIYOSIY VA IJTIMOIY - IQTISODIY ZAMINI
Full text
182 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING SIYOSIY VA IJTIMOIY - IQTISODIY ZAMINI Shodiyev Safar Alfraganus university dotsenti, tarix fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.17642397 Annotatsiya: Turkistonda jadidchilik harakatining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy zamini XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bu davrda mustamlaka tizimi, iqtisodiy qashshoqlik va madaniy inqiroz jadidlarning islohotchilik g‘oyalarini shakllantirdi. Jadidlar yangi maktablar ochib, zamonaviy ta’lim tizimini joriy etish, milliy ongni uyg‘otish va mustaqillik g‘oyasini ilgari surish orqali xalqni rivojlantirishga intilishdi. Ularning faoliyati nafaqat madaniyma’rifiy sohani, balki Turkistonning siyosiy va iqtisodiy hayotini ham chuqur o‘zgartirdi. Kalit so‘zlar: Jadidchilik, Turkiston, maorif, islohot, mustamlakachilik, milliy uyg‘onish, mafkura. Annotatsiya. Politicheskie, sotsialnыe i ekonomicheskie predposыlki dvijeniya djadidov v Turkestane bыli tesno svyazanы s razvitiem obщestva konsa XIX – nachala XX veka. Kolonialnaya sistema, ekonomicheskaya otstalost i kulturnыy krizis stimulirovali formirovanie reformatorskix idey djadidov. Oni stremilis probudit natsionalnoe soznanie cherez sozdanie novыx shkol, vnedrenie sovremennogo obrazovaniya i prodvijenie idey nezavisimosti. Deyatelnost djadidov okazala glubokoe vliyanie ne tolko na kulturno-prosvetitelskuyu sferu, no i na politicheskuyu i ekonomicheskuyu jizn Turkestana. Klyuchevыe slova: djadidizm, Turkestan, prosveщenie, reformы, kolonializm, natsionalnoe vozrojdenie, ideologiya. Abstract. The political, social, and economic foundations of the Jadid movement in Turkestan were closely linked to the societal transformations of the late 19th and early 20th centuries. Colonial oppression, economic decline, and cultural stagnation gave rise to the reformist ideas of the Jadids. They sought to awaken national consciousness by establishing new schools, introducing modern education, and promoting the idea of independence. The Jadid movement profoundly influenced not only the cultural and educational sphere but also the political and economic development of Turkestan. Keywords: Jadidism, Turkestan, education, reform, colonialism, national revival, ideology. XIX asrning 50 - 60-yillaridayoq Axmad Donish Buxoro maktab va madrasalaridagi o‘qisho‘kitish metoddarini tubdan islox qilish masalasini keskin qo‘ygan edi. Sadriddin Ayniy uni «Buxoroning porloq yulduzi» deb atagan edi: «Agar esimdan chiqqan bo‘lmasa, 1316 yil xijriy (1898 milodiy yili) edi... Axmad maxzumni (Axmad Donish - SH.S.) nima uchun kofir der ekanlar. Axmad maxzum pgu kitobida («Navodir ul-vaqoe» -SH.S) rasmiy mullalarni tanqid qilgan, ulamo va umaro orasida bo‘lgan buzukliklarni ochib bergan, dars usullarining nuqsonlarini va Buxoro madrasalarida o‘qitilaturgon darslarning bir narsaga yaramasligini hech kimdan qo‘rqmasdan yozib ekan. Mana shuning uchun kofir der ekanlar. Mundan keyin Axmad maxzum kim ekanligini tanidim. Mullalar va o‘qib yurgan darsga nazarim boshqacha bo‘ldi. Xulosa, ushbu kitobning mutolaasi soyasida zmuxokama qo‘zg‘oldi va fikrimda o‘zgarish paydo bo‘ldi” [1, 198-b.]. XX asr Turkiston o‘lkasida milliy uyg‘onish shabadasini kuchaytirdi: o‘lkada «Tarjimon», “Mulla Nasriddin” gazeta va jurnallarining mushtariylari soni oshib bordi, ulardagi isloxotchilik xarakatiga bag‘ishlangan maqolalar o‘lka pedagog-larini o‘z faoliyatlariga tanqidiy qarashga majbur etdi, ilk usuli jadid maktablari vujudga keldi, ona tili, tabiiy fan-larni o‘qitish masalasiga ehtiyoj va
183 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc e’tibor kuchaydi. Ismoilbey Gaspralining «Xo‘jai sibyon» alifbo darsligi, «Raxbari mual-limin yoki muallimlarga yo‘ldosh» metodik qo‘llanmasi usuli jadid muallimlari qo‘lida tez-tez ko‘rina boshladi. Bu hara-katning raxbarlari, namoyandalari chet ellarda ta’lim olgan yoki taraqqiy etgan mamlakatlarda bo‘lgan, SHarq va G‘arb ma’rifati, ma’naviyatini egallagan, illmga chanqoq yoshlar edilar. Ular mustamlaka, mutaassiblik iskanjasida xarobaga aylanib borayotgan ona-Vatan jarohatlariga malxam izladilar. Jadiddar, birinchi navbatda, maorifni, maktab va madrasalarni tubdan isloh qilish, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirish, millatni uyg‘otish uchun kurash olib bordilar. Jadid mutafakkirlari o‘zbek xalqining ming yiddan ortik taraqqiyot tarixiga ega bo‘lgan tafakkur gulshanidan baxra oldilar, umuminsoniy qadriyatlarga asoslandilar, shu bilan birga, turk dunyosi xalyadarining ma’naviy raxbari Ismoilbey Gaspralining o‘qish-o‘qitish, maktab va madrasa isloxotiga oid fikrlari ta’sirida bo‘ldilar, ozarbayjon xal-qining zurfikrli ulug‘ demokratlari Jalil Mamadqulizoda, Aliakbar Toxirzoda Sobirlar bilan yaqin hamkorlikda bo‘ldilar, ularning «Mulla Nasriddin» jurnali, «Xo‘p-xo‘pnoma» majmuasi o‘zbek ziyolilari o‘rtasida katta shuhrat kozondi. Bu hol chor Rossiyasi, general gubernatorlik siyosiy doiralarini ancha tashvishga sola boshladi. Bu Rossiya ichki ishlar vazirligining 1900 yil 31 dekabrda Turkiston o‘lkasiga yuborgan 13444-raqamli «mutlaqo maxfiy» farmoyishida yakqol ko‘zga tashlanadi. Unda hukumat gubernatorlarni nimalardan ogox bo‘lishga da’vat qiladi: keyingi vaqtlarda tatar adabiyoti va matbuotida 14 millionli rus musulmonlarining ko‘p asrli turmush tarzini izdan chiqarish xavfiga sabab bo‘luvchi rux paydo bo‘lganligi sezilmoeda. Bu rux tatarlar hayotida katta burilishga tayyorgarlik jarayoni kechayotgani haqida taxmin qilish imkonini beradi. Bu o‘rinda vazirlik e’tiborni Gasprinskiy faoliyatiga, yangi metoddagi maktablarga, uning darsligi asosida ona tilini o‘kitish masa-lasiga qaratadi. Tatarlar, deyiladi farmoyishda, islom va turkiylik zaminida tarakqiyot uchun intilmoqda. SHuning uchun politsiya departamenti bu xarakatni har tomonlama o‘rganib shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mualliflar, ularning maqolalari, «yosh turklar» bilan aloqasi, chet el markazlarida, ayniqsa Turkiyada ularni kimlar rag‘batlantirayotgani, kimlar tomonidan va qaerda yangi usul maktablari ochilgani, kimlar bunday maktablarda dars berayotgani, kimlar bu maktablarga raxbarlik kilayotgani kabi masalalar haida keng ma’lumot so‘ragan. Gubernatorlik ma’murlari Turkiston o‘lkasidagi maxalliy ziyolyalar faoliyatini, o‘lkada kechayotgan madaniy, ma’rifiy, siyosiy axvolni N.Ostroumovdan ko‘ra yaxshirok biladigan odamni topishlari amrimaxol edi. U Toshkentga kelgan vaqtidan (1879 yildan) boshlab maxalliy arboblar, ziyolilar haqida (Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligi bo‘yicha) kattagina material to‘plagan edi. SHuning uchun xam chor Rossiyasi uchun nihoyatda muxim bo‘lgan bu vazifani Ostroumovga topshirganlar. Ushbu farmoyishga binoan Turkiston o‘lkasidagi «siyosiy jihatdan ishonchsiz» deb bilgan, usuli jadid maktablarini targ‘ib-tashviq kiluvchi makolalar yozgan, yangi maktablar ochgan va ularda muallimlik qilgan Ishoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ajziy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy va boshqalar haqida Ichki ishlar vazirligiga ma’lumotlar yuborib turgan. Ushbu farmoyishga asosan N. Ostroumov general Jo‘rabek (sobiq Kitob xokimi Jo‘rabek Qalandarqori o‘tli (1840-1906) ustidan ham maxfiy ma’lumotnoma bergan. Unda aytilishicha, Jo‘rabek dodxox 1890 yildan boshlab Ismoilbey Gasprali bilan yaqindan aloqa o‘rnattan, «Tarjimon» gazetasining mushtariy-laridan biriga aylangan: «Tarjimon» gazetasining jonkuyar targ‘ibotchisi general-mayor Jo‘rabekdir. U yangi usul bilan qiziqmoqda. Gasprali Toshkentga kelganda u bilan uchrashdi» [2, 86-b.]. Darxaqiqat, general Jo‘rabek rus armiyasidan iste’foga chiqqach, usuli jadid maktablarini targ‘ib qilish ishlarida faol ishtirok etgan. Uning bunday maorifparvarlik faoliyati haqida Ismoilbey
184 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Gasprali keyinroq uning fojiali o‘ldirilishi munosabati bilan yozgan ta’ziyanomasida shunday fikrlarni bildirgan edi: «General Jo‘rabek avvallari Kitob shahrining mustaqil xoni bo‘lib, Rusiyaning dushmani sifatida asir tushgan va Turkiston ishlarida Rusiyaga sadoqat bilan xizmat qilgan, Marhum tugma askar bo‘lish bilan barobar ilm va maorifni ham juda sevgan bir kishi edi. «Tarjimon»ni (ng) chiqqan kunidan beri doimiy o‘quvchilaridan edi. Olloh undan o‘z rahmatini darir tutmasin» [3]. Tatarlar qozoqlar bilan sart bolalarini o‘qitmasin! O‘qumushli tatarlarg‘a Turkiston o‘lkasida turish uchun yo‘l qo‘y-maslik kerak! CHunki ular sart, qozoqlarg‘a bilim tarqatib, ko‘zlarini va fikrlarini ochadurlar, so‘ngra bizga emak uchun Turkistonda non qolmaydur. Ikkinchi, yangi tartib bilan o‘qi-tuvchi muallimlar, purogramlari, o‘qitadurg‘on kitoblarini kimlarning asari ekanligin «inespektur»larga yozib ko‘rsat-maguncha bola yig‘ib o‘qutolmaydurlar! — deb qaror berdilar. SHuning uchun hukumatning o‘rus va musulmon ma’murlaridan (amaldorlar) ham imtihon ko‘rish baxonasi bilan kelib-ketib turmoqda edilar» [4, 277-b.]. Rossiya hukumatining turkiy xalqlarga nisbatan qo‘llayotgan, ularni birlashtirish emas, aksincha, bir-biridan ajratish siyosati Ismoilbey Gaspraliga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi, bu siyosatga o‘z munosabatani bildirdi: «Rusiyadak kelma musulmonlaring Oziyoi Vustoda mulk olmasindan Rusiya davlatining foydasi nadur? Ikki taraf birlashmasun. Rusiyali musulmonlar turkistonlilara rahbar o‘lmasun kabi g‘alat bir fikr vor esa behudadir, besamardir. Musulmonlarning birligi bo‘yla qoziqlar ila ayrilmaz, chunki bu birlik diniydir, tarixiydir, jinsiydir. Bo‘yla qoziqlarning hatgo foydasqda vordir: musulmonlaring fikrini ishlatur, ko‘zlarini ochar, himmata savq edar» [5]. Xulosa. Munavvarqori qalbida chor mustamlakachrglariga nisbatan nafrat tuyg‘usi mavj urdi. Ammo chor Rossiyasidek makkor, daxshatli saltanatga va uning zamonaviy artilleriyalariga qarshi nochor, nodon olomonni qarshi qo‘yish mumkin emasligini Munavvarqori va maosirlari tushunib etdilar. Bu masalada unga Ismoilbey Gasprali, Rizo Faxriddin, Sadri Maqsudiy, Fotih Karimiy qarashlari, Rossiya, Eron, Turkiyada sodir bo‘layotgan inqilobiy harakatlar, siyosiy qarashlar kuchli ta’sir ko‘rsatdi. References: 1. Sadriddin Ayniy, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar. Asarlar, sakkiz tomlik, birinchi tom. Toshkent, 1963, 198-bet. 2. Yusupov Sharif. Xudoyorxon va Furqat. Toshkent. “Sharq” nashriyoti-matbaa konserni, 1995 y. 86-bet. 3. “Tarjimon”, 1996 yil, 12-son. 4. Muxammadjonov Muminjon. Turmush urinishlari, Toshkent 1926 yil, 277-bet. 5. Buxoroda na ko‘rdim? “Tarjimon”, 1998 yil 68-son.