AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA RAQAMLI JARAYONLARNING RIVOJLANISHI VA SUN'IY INTELLEKT BILAN BOG'LIQLIGI
Full text
185 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA RAQAMLI JARAYONLARNING RIVOJLANISHI VA SUN’IY INTELLEKT BILAN BOG‘LIQLIGI Toshboboyev Maksud Jalilovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani falsafa fanlari nomzodi, dosent Telefon raqam: 90 645 17 22 https://doi.org/10.5281/zenodo.17642414 Hozirgi globallashuv davrida rivojlangan davlatlarning asosiy taraqqiyatining belgisi bu shubhasiz raqamlashtrishning keng joriy etilganidir.Raqamlashtrishning ommalashib taraqqiy etishiga eng katta tasir ko‘rsatgan omil esa axborotlashgan jamiyatning shakilklanishi hisoblanadi. Qadimdan insonlar intellektni modellashtrish masalasi qiziqtrib kelgan. Bugungi kungacha sodir bo‘lgan uchta sanoat inqilobida inson intellekti darajasini natijalari dunyo rivojlanishiga asos bo‘lib hizmat qildi. Lekin bugungi kunda to‘rtinchi sanoat inqilobi diya tariflanayotgan sun’iy intellekt bilan bo‘g‘liq jarayonlar insoniyat oldiga yechimini topishi mumkin bo‘lgan juda keng ko‘lamli savollarni qo‘ymoqda. 1 Shu ma’noda ushbu tushunchalarning ilmiy tahliliga to‘xtalib o‘tamiz. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosiy rol o‘ynaydigan jamiyatni anglatadi. Bunday jamiyat, odatda, sanoat jamiyatining uzluksizligini ifodalaydi. Ya’ni, axborotlashgan jamiyat tushunchasi yirik sanoat mamlakatlari taraqqiyot dasturlaridan kelib chiqqan. U inson bilimi taraqqiyotining o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, “raqamli texnologiyalar”ning rivojlanish manbaidir. Axborotlashgan jamiyat muammosi ma’lum bir ijtimoiytarixiy-texnologik sharoitda shakllanadi. Bunday jamiyatda fan va sanoatning rivojlanishi global ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham hech bir mamlakat yangi sivilizatsiya vositasiga aylangan yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qabul qilishdan butunlay qochib qutula olmaydi. Axborotlashgan jamiyatda texnik taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyotni birlashtirgan mafkuraviy asoslar mavjud. Axborotning shaxs, davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni juda muhim. Axborot insonni atrof-muhitga moslashtirishga qaratilgan aloqa jarayonining natijasidir. Endilikda ijtimoiy muhitda yangi axborot jamiyatini yaratish maqsadi muloqot jarayoniga o‘ziga xos xususiyatlar va o‘zgarishlarni olib keldi. Axborotning qimmatliligi shaxsning sub’ektiv xulq-atvoriga ega ekanligi bilan izohlanadi. Agar inson maqsadiga erishsa, u holda foydalanilgan axborot e’tiborga olinmaydi va o‘z qiymatini yo‘qotadi. Shuni ham yodda tutish kerakki, qadriyatlar turlicha. Qiymat – bu shaxsning maqsadga erishish yo‘lini tanlash jarayonida undan foydalanish imkonini beradigan ma’lumotning xususiyatidir. Birgalikda aytish mumkinki, jamiyatda qadriyatga ega bo‘lgan axborotlardan tashqari, umuman qadrsiz yoki salbiy qiymatga ega bo‘lgan axborotlar ham mavjud. Axborot jamiyati rivojlanishining muhim qismi quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: maqsadga erishish uchun axborotni tanlash imkonini beruvchi axborotning qiymati; ma’lum bir vaziyatga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydigan ma’lumotlarning foydaliligi; ma’lumotlarni aniqlash va tarqatish imkoniyatlari 2 . Hozirgi kunga kelib axborot insoniyatning asosiy resursi, qadriyatiga aylandi. Axborotning ijtimoiy sohadagi rolining ortib borishi va axborot munosabatlarining paydo bo‘lishi axborot jamiyati davriga qadam qo‘yganlik ko‘rsatkichidir. Axborotga bo‘lgan ehtiyojning mohiyati barcha inson ehtiyojlarini qondirish va ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun harakatlarni amalga 1 Toshboboyev M.J. Axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektni falsafiy tahlili. -T.: Metodist. 2023y. 3 b. 2 Еляков А.Д. Современное информационное общество: (философско-социологический анализ): монография // А.Д. Еляков; Федеральное агенцтво по образованию, Самарский гос. экономический ун-т (СГЭУ). – Самара: Издво Самарского гос. экономического ун-та, 2007. – 204 с.
186 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc oshirishga qaratilgan maqsadlar va ularga erishish yo‘llarini tanlashda axborotni ishlab chiqarish, qabul qilish va undan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Ma’naviy rivojlanish uchun ijobiy hissiy ma’lumotlar kerak. Insonlarning axborotga bo‘lgan talabi insonni o‘z-o‘zini rivojlantirishga, to‘plangan bilimlar orqali boshqa ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiradi. Hozir va kelajakda yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish jamiyat oldida turgan eng muhim vazifadir. Axborot madaniyatiga ega bo‘lgan bilimli shaxs zarur axborotni topa olishi, baholay olishi va undan unumli foydalana olishi, axborotni saqlashning an’anaviy va avtomatlashtirilgan texnik vositalaridan foydalana olishi kerak. Axborot aloqasi jarayonida inson nafaqat axborot oladi, balki olingan ma’lumotlardan foydalanadi, o‘z imkoniyatlarini oshiradi, axborotga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi, shaxsiyatini rivojlantiradi. Demak, shaxsning axborot madaniyati uning axborot xulq-atvori, axborot turmush tarzi, aniq axborot faoliyatida namoyon bo‘ladi. Axborot xulq-atvori insonning axborot bilan ishlash qobiliyati va ko‘nikmalarini aks ettiradi, shu bilan birga insonning axborot maydonini va xattiharakatlarini tartibga soladi va tahlil qiladi. Insoniyat sivilizatsiyasi axborot jamiyatini yaratishning yangi bosqichida turibdi. Axborot jamiyatiga o‘tish jarayoni insoniyat jamiyatining dastlabki kunlaridan boshlangan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida jadal rivojlanish boshlandi. Axborot jarayonlari va axborot texnologiyalari zamonaviy axborot jamiyati rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichidir. Axborotlashtirish jamiyatning barcha a’zolariga har qanday ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni olish imkonini beruvchi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik omillarning o‘zaro bog‘liqligi natijasidir. Axborotlashtirish quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: – axborotni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va ishlab chiqarish qobiliyatini oshirish; – har kimning insoniy axborot resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlash; – inson hayotining istalgan sohasiga axborot texnologiyalaridan kompleks foydalanish va joriy etish; – axborot resurslarining ustuvorligi va yo‘nalishi. Zamonaviy jamiyatda axborot muhitining qonuniyatlari haqidagi bilim, qobiliyat, qadriyatlarni shakllantirish insonga hayotda to‘g‘ri yo‘ldan borishga, muhim qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Axborotlashtirish jarayoni axborot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan jamiyat va inson hayoti taraqqiyotining resursi sifatida to‘liq foydalanish, uning axborotdan foydalanish madaniyatini rivojlantirish ahamiyatini oshiradi. Axborotlashgan jamiyatning asosiy rivojlanish omili bu sun’iy intellekt hisoblanadi. Sun’iy intellekt, asosan, tabiiy intellektga nisbatan yordamchi vazifasini bajaradi. U ahamiyatli darajada insonning ayrim tafakkurga oid harakatlarini o‘z zimmasiga olish yo‘li bilan uning aqliy mehnatini yengillashtiradi. Sun’iy intellekt inson intellektiga o‘xshash ravishda yaratilganligi sababli uning harakatlanish tamoyillarini tadqiq qilish, inson miyasida yuz berayotgan tafakkur qilish jarayonlarining mohiyatini anglash imkonini beradi. Sun’iy intellektni yaratishdan asosiy maqsad, insonning anglash darajasidagi ratsional harakatlari modelini ishlab chiqishdan iborat. O‘z navbatida, bu sun’iy intellektni chuqurroq anglash va baholash imkonini beradi. Sun’iy intellekt tizimlarining imkoniyati yetarli darajada keng. Hozirda minglab qoidalarni qamrab olgan va ayrim vazifalarni har qanday inson-matematiklardan yaxshiroq yechish imkoniyatiga ega bo‘lgan bilimlar bazasi va kuchli ekspert tizimlari yaratilgan. Shunday kompyuter tizimlari mavjudki, ular gazeta shriftini inson ovozi bilan o‘qiydi va texnik adabiyotni yuqori sifatli tarjima qilish ishlarini amalga oshira oladi.
187 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Axborotlashgan jamiyat fenomenining shakllanishi ijtimoiy falsafa doirasida insoniyat tarixining yangi bosqichi sifatida talqin etiladi, chunki unda axborot ishlab chiqarish, tarqatish va nazorat qilish jarayonlari jamiyat taraqqiyotining poydevoriga aylanmoqda. M. Porat bu jarayonni tahlil qilib, “axborot iqtisodiyotining asosiy resursi sifatida ishlab chiqarish jarayonida yaratiladigan bilim va ma’lumotlar milliy daromadning katta qismini belgilab beradi” deya ta’kidlaydi (Porat, 1977, p. 9). 3 Falsafiy tahlil nuqtayi nazaridan bu fikr shuni ko‘rsatadiki, axborot ishlab chiqarish endilikda nafaqat iqtisodiy jarayonlarni, balki ijtimoiy ong va madaniy qadriyatlarni ham shakllantiruvchi strategik omilga aylangan. Shu bilan birga, Poratning iqtisodiy talqini axborotning aksiologik va etik qirralarini to‘liq ochib bermaydi, bu esa ijtimoiy falsafada qo‘shimcha tahlilni talab etadi. Global kommunikatsiya tizimlari mazkur fenomenning markaziy jihatlaridan biri sifatida insoniyatni yagona axborot maydoniga birlashtiradi. M. McLuhan buni “dunyo global qishloqqa aylanmoqda, unda axborot oqimlari odamlarning makon va zamondan tashqarida muloqot qilish imkoniyatini ta’minlaydi” deya ifodalagan (McLuhan, 1962, p. 31). 4 Bu qarash falsafiy nuqtayi nazardan kommunikatsiya texnologiyalarining integrativ kuchini ko‘rsatadi, biroq tanqidiy yondashuvda aytish mumkinki, “global qishloq” tushunchasi madaniy tafovutlarning o‘z-o‘zidan yo‘qolishini emas, balki ularning yangi shaklda, raqamli makon orqali keskinlashishini ham anglatadi. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak bugungi axaborortlashgan jamiyatda hayotimizga turli xildagi axborortlar bizning turmush tarzimizni tubdan o‘zgarishiga sabab Bo‘lmoqda. Bu esa insoniyat oldida oldingi uchta sanoat inqilobida ko‘zga ko‘rinmagan, insonlar qo‘li bilan to‘xtatib bo‘lmaydigan katta havflar ham yuzaga keltirmoqda. Buning oldini olish uchun insonlarda axaborortdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakillanatrishimiz lozim. Ayniqsa olimlarning har qanday texnologiyalarni yaratib uni amaliyotga tadbiq etishidan oldin, uning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi borasida chuqur falsafiy mulohaza yuritishi muhim hisoblanadi. Dunyoda jadal sur’atda rivojlanayotgan sun’iy intellektni o‘zlashtirib, undan unumli foydalanish bilan birga, endilikda farzandlarimizni ushbu sohaga jalb etish, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, ularni dasturlash bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishidan barchamiz manfaatdor bo‘lishimiz kerak. Texnika imkoniyatlaridan unumli foydalanish nafaqat insonlar hayotini yengillashtrishga, balki ularning farovon kelajagini yartishda muhim omil bo‘lib hizmat qiladi. 3 Porat M. The Information Economy. Washington: U.S. Department of Commerce, 1977. – 291 b. (p. 9). 4 McLuhan M. The Gutenberg Galaxy: The Making of Typographic Man. Toronto: University of Toronto Press, 1962. – 293 b. (p. 31).