scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARIXIY XOTIRA VA TARIXIY SHAXSLAR FAOLIYATI - MILLIY YUKSALISHNING MA'NAVIY MANBAI

Yorqin Sharapovich Turopov

Full text

198 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc TARIXIY XOTIRA VA TARIXIY SHAXSLAR FAOLIYATI - MILLIY YUKSALISHNING MA’NAVIY MANBAI Yorqin Sharapovich Turopov O‘zbekiston, Jizzax davlat pedagogika universiteti, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta oʻqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17642910 Annotatsiya. Ushbu maqolada oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasi va uning tarixiy ahamiyati yoritilgan.Shuningdek, yoshlarda tarixiy xotirani shakllantirish, ularning avlodlar oʻrtasidagi vorislik tuygʻusini anglashi, tarixiy xotira va ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarining bir-biriga daxldor masalalari tahlil etilgan. Tarixiy shaxslar faoliyatining tarixiy xotiraning manbai sifatidagi mohiyati ochib berilgan. Kalit soʻzlar.Tarixiy xotira, tarixiy shaxs, milliy gʻurur, tinchlik, qadriyat, vorisiylik, insonparvarlik, milliy xarakter, demokratik taraqqiyot. Аннотация.В статье подчеркивается достойный вклад узбекского народа в победу над фашизмом во Второй мировой войне и его историческое значение. Анализируется формирование исторической памяти у молодежи, понимание ею смысла преемственности поколений, а также взаимосвязанные вопросы исторической памяти и процессов общественного развития. Раскрывается сущность деятельности исторических деятелей как источника исторической памяти. Ключевые слова.Историческая память, историческая личность, национальная гордость, мир, ценность, преемственность, гуманность, национальный характер, демократическое развитие. Abstract. This article highlights the worthy contribution of the Uzbek people to the victory over fascism in World War II and its historical significance. It also analyzes the formation of historical memory in young people, their understanding of the sense of succession between generations, and the interrelated issues of historical memory and social development processes. The essence of the activities of historical figures as a source of historical memory is revealed. Key words. Historical memory, historical figure, national pride, peace, value, succession, humanity, national character, democratic development. Tarixiy xotira — bu umr mazmunini, avlodlar oʻrtasidagi vorislik tuygʻusini, ularning bir-biriga daxldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bogʻlanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun toʻgʻri yoʻl tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yoʻl qoʻymaslik, ularni koʻz qorachigʻidek asrash demaqdir. Tarixiy xotira —ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni kishilar ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon boʻlishi, eslanishi, qadrlanishi.[1] Inson oʻzining tarixiy xotirasiga ega boʻlmasdan turib, hayotida sodir boʻlayotgan ijtimoiy oʻzgarishlarning mohiyatini tushunib yetolmaydi. Oʻz kelajagini tasavvur qila olmaydi.Shu bois, Vatanimiz ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlida qahramonlik koʻrsatgan ajdodlarimizning xotirasi avlodlar xotirasida mangu yashaydi.Ularning koʻrsatgan jasoratlari va mardona mehnatlari hozirgi va kelajak avlodlarga ibrat namunasi boʻlib xizmat qiladi va ularni milliy yuksalish, ijtimoiy taraqqiyot sari ildam qadamlar bilan odimlashlarida beqiyos ma’naviy-ruhiy kuch manbai boʻladi. Tarixiy shaxslar o‘tmishdagi muhim voqealarda ishtirok etish, g‘oyalar yaratish, kashfiyotlar, madaniy yoki siyosiy harakatlar orqali tarixiy jarayonga ta’sir qiladi.Ularning faoliyati ishonchli manbalar: hujjatlar, xronikalar, biografiyalar, maktublar, zamondoshlarning asarlari bilan tasdiqlangan bo‘ladi. 199 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Tarixiy shaxsning nomi davr kontekstida ma’lum bo‘ladi va uning ahamiyati tarixiy tadqiqotlarda muhokama qilinadi.Uning faoliyatini baholash ba’zi hollarda bahsli yoki tortishuvli bo‘lishi mumkin. Tarixiy shaxs oddiy “mashhur” dan farqli ravishda aynan o‘tmgа bo‘lgan ta’siri bilan tarixda mustahkam o‘rin oladi va uning nomi manbalarda ham tadqiqotlarda ham yozilgan. Tarixiy shaxslarni tarix taqozosi, tarixiy sharoit ehtiyoj va zarurati vujudga keltiradi.Shu ma'noda Ikkinchi jahon urushi davrida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga vatanimizdan etishib chiqqan yuz minglab qahramonlar, umuman butun xalqimiz munosib hissa qoʻshganligi tarix zarvaraqlariga zarhal harflar bilan bitilgan. Shu bois yurtimizda 9-may mamlakatimizda “Xotira va qadrlash kuni” сифатида нишонланади.Ushbu kunda insoniyatning progressiv, demokratik kuchlari fashizm deb ataluvchi yovuz va vayronkor gʻoyaga asoslangan german fashizmi va uning ittifoqchilari ustidan gʻalaba qozongan.Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1-sentyabrdan 1945 yil 2 sentyabrgacha davom etgan. Ikkinchi jahon urushi XX asrning eng katta fojiasi va insoniyat tarixidagi eng dahshatli hamda vayronkor jahon urushi boʻldi. Oʻzbekistonliklar Ikkinchi jahon urushi frontlarida ona yurtlari uchun olib borilgan ayovsiz janglarda, kuchli va makkor dushmanga qarshi qonli urushda oʻzbek xalqiga xos boʻlgan qahramonlik va mardlik, qoʻlda qurol bilan jonajon zaminni himoya qila olishlik butun qudrati bilan namoyon boʻldi. Ikkinchi jahon urushida 1 mln. 433230 kishi qatnashdi.1941 yilada Oʻzbekiston aholisi 6,5 million kishi ekanligini hisobga olsak, respublika xalqi boshiga tushgan sinovning naqadar katta boʻlganligini yaqqol koʻrish mumkin.Ikkinchi jahon urushi frontlarida Oʻzbekiston aholisining 22%i jang qilgan.Agar aholining yarmini ayollar, bolalar va keksalar tashkil etishi hisobga olinadigan boʻlsa, mehnatga yaroqli aholining 40-42%i frontda jang qilganligi aniq boʻladi.Kurashuvchilarning bunday yuqori salmogʻi faqat fashizmga qarshi kaolitsiyadagi cheklangan miqdordagi ishtirokchi mamlakatlar uchungina xos boʻlgan. Fashizmga qarshi janglarda qoʻlga qurol olib jang qilgan oʻzbekistonlik jangchilarning umumiy tarkibidan 263005 kishi halok boʻlgan, 132670 kishi bedarak yoʻqolgan, 60452 vatandoshimiz nogiron boʻlib qolgan.[2] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Hech shubhasiz, oradan qancha yillar, zamonlar oʻtmasin, buyuk Gʻalabaning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib boraveradi. Ming-minglab jasur ota-bobolarimiz dunyodagi koʻplab xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik koʻrsatdilar. Bu soʻnmas jasorat,...biz uchun mardlik maktabi, gʻurur-iftixor manbai boʻlib kelmoqda va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi. Haqiqatan ham, 9 may – Gʻalaba kuni el-yurtimizning asl farzandlari besh yil davomida mardona jang qilib, yovuz dushmanni tor-mor etgan, mislsiz talofatlar evaziga erishgan shon-sharaf ayyomidir. Bu – hech qachon unutilmaydigan, hech qanday kuch bizdan tortib ololmaydigan buyuk tarix, qudratli ma’naviy boyligimiz desak, ayni haqiqat boʻladi”.[3] Ikkinchi jahon urushi davrida oʻzbek xalqining milliy xarakteriga singib ketgan tinchlikparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, bolajonlik, adolatparvarlik kabi fazilatlar yaqqol namoyon boʻldi.Xalqimiz fashizm balosiga qarshi bir tanu jon boʻlib birlashdi. “Hamma narsa front uchun, hamma narsa gʻalaba uchun” degan shiorni xalqimiz front ortida oʻzining beqiyos mehnat qahramonliklari bilan amalda namoyon qildilar. Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga oʻzbek xalqi oʻzining munosib hissasini qoʻshdi. Urush yillarida ochlik va nihoyatda charchash-toliqishdan sillasi qurishiga 200 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qaramasdan sanoat xodimlari frontni qurol-yarogʻ, jangovar texnika, moddiy resurslar bilan ta’minlash uchun bor imkoniyatlarini ishga solib fidokorona mehnat qildilar. Mamlakatning dushman vaqtincha bosib olgan hududlarini va va front yaqinidagi tumanlarni tashlab chiqqan dastlabki oʻn minglab kishilar respublikamizga 1941 yilning yozidayoq kela boshlagan edi. Oʻzbekiston urush yillari Rosiiyaning bosib olingan rayonlaridan – Ukrainadan, Belorussiyadan hammasi boʻlib bir milliondan ortiq kishini qabul qildi.Ulardan 200 ming nafari bolalar edi.[4] Koʻpgina oilalar ikki nafar va undan ortiq yetim bolalarni oʻz tarbiyalariga oldilar.Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning turmush oʻrtogʻi Bahri opa Akramovaning nomi koʻpchilikka tanishdir, ular turli millat farzandlaridan 14 bolani oʻz oilalariga tarbiyaga oldilar.Kattaqoʻrgʻonlik Hamid Samadov oilasi 12 bolani asrab oldi.Yangiyoʻlda 9 ta kolxoz jamoasi koʻchirib keltirilgan 169 bolani oʻz tarbiyalariga olishdi.Buxorolik Muazzam Joʻrayeva va Ashurxoʻjayevalar oʻz bagʻrilariga 8 nafardan bola oldilar.1943 yilning oxiriga kelib shaharlarda 4672 bola, qishloqlarda esa, 870 bola oʻzbek oilalari tomonidan tarbiyaga olingan edi.[5] Oʻlka aholisining an’anaviy vatanparvarligining ajoyib namunalaridan biri frontga umuxalq yordami koʻrsatish edi.Oʻzbekistonliklar urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa jamgʻarmasini tashkil etish harakatida faol ishtirok etdilar. Oʻzbek xalqi urushning dastlabki davridanoq oʻz vatanini fashistlar bosqinidan himoya qilish uchun koʻngilli boʻlib frontga safarbar boʻldi.Bu urushda insoniyatning sogʻlom, demokratik va insonparvar kuchlari bilan reaksion, antigumanistik kuchlari toʻqnash kelganligini xalqimiz chuqur angladi va oʻzining jondan aziz farzandlarini dushmanga qarshi kurashga da’vat etdi. Agar soʻnggi uch ming yillik tariximizga nazar tashlaydigan boʻlsak, yurtimizga, uning bebaho boyliklariga, xalqimizning xohish-irodasi, sha’nu gʻururiga turli bosqinchi kuchlar hukmronlik qilishga intilgani, ularga qarshi ajdodlarimizning tinimsiz kurashib, ozodlikni qoʻldan bermaganini koʻramiz. Hech shubhasiz, oʻsha kurashlar ham istiqlol va mustaqillik kurashlari edi. Biz kelajak haqida oʻylar ekanmiz, uzoq, olis zamonlardagi voqealardan boxabar boʻlib, zarur xulosalar chiqarishimiz, bizning bugungi va ertangi kunimiz uchun jon fido etgan buyuk ajdodlarimizning jasoratini oʻzimiz, farzandlarimiz uchun ibrat namunasi deb bilib, ularning munosib vorislari boʻlib yashashimiz zarur. Vatan ostonadan, inson yashab, nafas olib turgan goʻshadan, uning kindik qoni toʻkilgan tuproqdan boshlanadi. Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulgʻayib voyaga yetgan ona zaminga mehrmuhabbat va sadoqat bilan yashashi, uning har qarich yerini koʻziga toʻtiyo qilishi, unga nisbatan bir umr qarzdorlik hissi bilan yashashi ham farz, ham qarzdir. Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlari hech bir oʻzbek oilasini chetlab oʻtmadi.Oʻzbek xalqi ham gʻalabaga munosib hissa qoʻshdi.Uning 1,5 million mard oʻgʻlonlari frontlarda mislsiz qahramonlik namunalarini koʻrsatdilar.Xalqimiz front ortida esa oʻta ogʻir sharoitlarda fidokorona mehnat qilib, frontni zarur oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-aslahalar bilan uzluksiz ta’minlashga katta hissa qoʻshdilar; Oʻzbek xalqi oʻzining Vatani, uning ozodligi uchun ajdodlari Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Temur Malik kabi mardlik va jasorat namunalarini koʻrsatdilar.Harbiy vatanparvarlik ajdodlardan avlodlarga oʻtib keluvchi milliy qadriyat ekanligi amalda namoyon boʻldi; Tarix — bu xalq xotirasidir. Xotirasiz kishi barkamol boʻlmaganidek, oʻz tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham boʻlmaydi.Ikkinchi jahon urushida yuz minglad o‘bekistonliklar fashizm ustidan qozonilgan tarixiy g‘alabaga munosib hissa qo‘shib qahramonlik namunalarini 201 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ko‘rsatdilar.Bu tarixiy shaxslarning ismlari Vatanimiz tarixining “Xotira kitobi”ga zarhal harflar bilan bitib qo‘yilgan. Xulosa qilib aytganda tarixiy jarayonda tarixiy shaxslarning roli quyidagilarda namoyon boʻladi: - tarixiy jarayonda tarixiy shaxsning roli – bu konkret insonning qarorlari, harakatlari va g‘oyalari orqali voqealarning yo‘nalishi va tezligiga ta’siri. Lekin kontekst ham muhim: iqtisodiy, ijtiimoiy, siyosiy sharoitlar, institutlar va sinflar kuchlari ham natijani shakllantiradi; - qarorlar qabul qiladi, islohotlar, urushlar, ilmiy kashfiyotlar yoki madaniy loyihalarni boshlaydi; - tashkilotchi va strateg sifatida odamlar va resurslarni jalb qiladi, institutlar va siyosiy yoki harbiy tuzilmalар yaratadi; - ideolog va fikrlovchi: g‘oyalar, qadriyatlar, kontsepttsiyalar shakllantiradi, ular jamiyatga uzoq yillar davomida ta’sir qiladi; - tarixiy voqealar kechishining o‘ziga xos “katalizatori” sifatida tarixiy jarayonlarning burilish nuqtasiga aylanishi mumkin, tarixiy jarayonni tezlashtiradi yoki yo‘naltiradi; - muayyan tarixiy davrning ramzi, timsoli, ma’naviy namuna va madaniy identitet timsoli bo‘ladi; - аloqa qiluvchi rol: bilimlar, an’analar va madaniyatni avlodlar va mintaqalar o‘rtasida yetkazadi; - tarixiy shaxslar tarixiy jarayonnig qurboni ham bo‘lishi ham mumkin.Ya’ni ular muayyan vaziyatlarda xavf ostida qoladi, maqsadlaridan mahrum bo‘ladi yoki mag‘lubiyatga uchraydi, bu ham tarixning yo‘nalishiga ta’sir qiladi; - Shart-sharoitlar bilan o‘zaro ta’sir: shaxsning ta’siri jamiyat tuzilmasi, siyosiy kuchlari, institutlar va moddiy sharoitlardan kelib chiqadi. References: 1. Falsafa qomusiy lugʻat. — T.: “Sharq”, 2004. B.- 389. 2. Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida //Tuzuvchilar:M.Joʻraev, N.Nurullin, S.Kamolov va boshq.; Tahrir hay’ati: A.Azizxoʻjaev (rais) va boshq./. - T.: “Sharq”, 2000.B.- 463-464. 3. Mirziyoyev Sh.M., “Biz uchun tinch va osoyishta hayot yaratgan fidoyi bobolarimiz xotirasi mangudir”, “Ishonch” gazetasi, 2019 yil, 10 may. 4. “Qizil Oʻzbekiston”.1946 yil, 16 yanvar. 5. Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida //Tuzuvchilar:M.Joʻraev, N.Nurullin, S.Kamolov va boshq.; Tahrir hay'ati: A.Azizxoʻjaev (rais) va boshq./. - T.: “Sharq”, 2000. B.-454.