QO'QON XONLIGI VA XITOY O'RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR
Full text
222 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc QO‘QON XONLIGI VA XITOY O‘RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR Satimboev Xurshidbek Habibullo o‘gli Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix va filologiya fakulteti tarix yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17643053 Annotatsiya: Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining Xitoy imperiyasi, ayniqsa Sharqiy Turkiston orqali olib borgan siyosiy, diplomatik va savdo aloqalari tahlil qilinadi. Qo‘qon xonligi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda 1832-yilgi tinchlik shartnomasining mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur shartnoma natijasida Qo‘qon xonligining iqtisodiy, savdo va siyosiy mavqeining mustahkamlanishi, Sharqiy Turkiston orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydigan savdo yo‘llarining ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Maqolada Ch.Ch. Valixanov va boshqa manbalar ma’lumotlari asosida Qo‘qon xonligining Sharqiy Turkiston bilan iqtisodiy aloqalari keng tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Qo‘qon xonligi, Xitoy imperiyasi, Sharqiy Turkiston, Sinszyan, diplomatik aloqalar, 1832-yilgi shartnoma, savdo yo‘llari, elchilik munosabatlari, Norbo‘tabiy, Muhammadalixon, Jahongirxo‘ja, Ch.Ch. Valixanov, Qoshg‘ar, Andijon savdogarlari. Qo‘qon xonligi siyosatida Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Eron, Afg‘oniston va Rossiya imperiyasi bilan siyosiy hamda elchilik aloqalarini olib borilgani ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, Xitoy imperiyasi bilan olib borgan siyosiy-diplomatik aloqlari ham diqqatga sazovardir 1 . Bu aloqalar Qo‘qon xonligi tarixiga qiziqadigan ko‘plab yosh tarixchilarni atroflicha o‘rganishga undaydi. Qo‘qon xonligining Xitoy bilan aloqalarida Sharqiy Turkiston alohida o‘rin egallaydi. Chunonchi, Qo‘qon xonligi Sharqiy Turkiston bilan bevosita chegaradosh bo‘lib, u Xitoy bilan bog‘laydigan karvonyo‘llari chorraxasi bo‘lgan. Xitoy va Qo‘qon xonligining savdo-sotiq ishlar Sharqiy Turkiston orqali amalga oshirilgan. Sharqiy Turkiston Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan (Shinjon) avtonom viloyati. 1760-yilda Sharqiy Turkiston Sin imperiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng Xitoy davlati unga Sinszyan - “Yangi chegara” yoki“ Yangi hudud” nomini bergan Qo‘qon xonligining Xitoy bilan munosabati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar Erdonabiy (17531763-yillarda hukumronlik qilgan) davri bilan bog‘liq 2 . Sharqiy Turkiston manchjurlar tomonidan istilo qilgunga qadar (1759-yil) hokimiyat Maxdum A’zamning avlodlari bo‘lmish xojalar qo‘lida bo‘lgan. Manchjurlar istolosi tufayli Yorkent xoni Burhoniddinning o‘g‘li Sarimsoqxo‘ja ming oila bilan Qo‘qon xonligi hududiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. Sarimsoqxo‘ja, keyin uning o‘g‘illari Muhammad Bahoviddin, Muhammad Yusufxo‘ja, Jaxongirxo‘ja Sharqiy Turkistonda xojalar hokimiyatini tiklashga harakat qilganlar. Ayniqsa, 1784-yil Sarimsoqxo‘ja boshchiligida, 1797-yilda esa Yusufxo‘ja boshchiligida Sharqiy Turkistonga uyushtirilgan hujumlardan so‘ng manchjurlar Norbo‘tabiydan aybdorlarni Xitoy hukumatiga topshirishni talab qilganlar. Qo‘qon xonligi va Xitoy imperiyasi o‘rtasidagi dastlabki munosabatlar ta’kidlab o‘tganimizdek Qo‘qon xoni Erdonabiy davrida boshlangan bo‘lib, ularni o‘zaro aloqalar o‘rnatishiga Sharqiy Turkiston hududi sabab bo‘lganligini ko‘ramiz 3 . Bu hududga manchjurlar hujum qilgach, 1 Tilabjonova Sevinch. Worldly knowledge international journal of scientific researchers, // Qo‘qon xonligi va Xitoy imperyasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar. – 1 B 2 Shodmonov. M Qo‘qon xonligi va uning diplomatik aloqalari. 2017. 3 Tilabjonova Sevinch. Worldly knowledge international journal of scientific researchers, // Qo‘qon xonligi va Xitoy imperyasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar. – 2 B
223 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Sarimsoqxo‘ja o‘zining xalqi bilan Qo‘qondan boshpana topadi. Keyinchalik uning avlodlari yana Sharqiy Turkiston hududida o‘z hokimiyatlarini tiklashgan harakatlar qiladilar. Ko‘plab qo‘zg‘olonlar va hujumlar uyushtiriladi. Bundan g‘azablangan manchjurlar Qo‘qon xoni Norbo‘tabiydan shu hujumda ishtirok etgan aybdorlarni Xitoy hukumatiga topshirishni talab qiladilar. Ammo Norbo‘tabiy buni rad etadilar. Aybdorlarni ularga topshirmaydi. Xitoy imperiyasi Sharqiy Turkiston hududidagi tinchlik o‘rnatilish Qo‘qon xonligi bilan bog‘liq ekanligini tushunadi va xonlik bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalari bo‘lishiga harakat qilgan. Shu voqealardan so‘ng Xitoy Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar yaxshilashga harakat qila boshlaydi. Manchjuriya qo‘shinlari qo‘mondoni Chjoey Xuaya tomonidan Erdonabiy saroyiga 1759-yilda Daketan boshchiligidagi elchilarining jo‘natilishi ham shundan dalolat beradi. Saroyda elchi juda yaxshi kutib olingan va o‘z navbatida general saroyiga To‘xta Muhammad va Boymuhammad boshchiligidagi Qo‘qon elchilari katta sovg‘a-salomlar bilan jo‘natilgan. Bu tashrifdan so‘ng Qo‘qon xonlari tomonidan Pekinga 20 dan ortiq, Sharqiy Turkistondagi manchjur noiblariga 50 dan ortiq elchilikkarvonlarinijo‘natganlar. Natijada xojalardan yashirincha, Sharqiy Turkistondagi tinchlik xususida Qo‘qon xonligi va Xitoy o‘rtasida kelishuvga erishilgan. Shartnoma Norbo‘tabiy, Olimxon va Muhammadalixon davrida ham amal qilgan. Tarixdan ma’lumki, ikki davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashda elchilik munosabatlari katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Qimmatbaho sovg‘asalomlar bilan ikki davlat o‘z elchilarini almashinuvi Xitoy va Qo‘qon xonligi munosabatlari mustahkamlanishida ahamiyati katta bo‘ldi. Ular o‘rtasidagi munosabatlar ancha yaxshilandi va keyinchalik ham bu aloqalar davom etdi. Umuman olganda, Xitoy va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yaxshi kechgan va vaqt o‘tgan sari mustahkamlanib borgan. Qo‘qon xonligining Muhammadalixon (1822-1842) davrida 1826 va 1830yillarda Sharqiy Turkistonga yurish qilinib, u yerda xitoylik sinlar hokimiyatini ag‘darishga harakat qilingan 4 . Garchi mazkur reja amalga oshmagan bo‘lsada, ammo Xitoy bilan bitimga ko‘ra, qo‘qonliklar Sharqiy Turkistonda bir qator iqtisodiy va savdo imtiyozlariga ega bo‘lganlar. Qo‘qon xonligi yillar davomida qudratli va mustahkam bir davlatga aylandi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Muhammadalixon bir necha bor Sharqiy Turkistonga yurishlar qilindi. Xitoyda hukmronlik qilayotgan Sin sulolasini hokimiyatini ag‘dara olmagan bo‘lsalarda ular o‘zaro tinchlik shartnomasini imzoladilar. Aksariyat sharqshunoslar 1831-yili shartnoma imzolangan sana deb hisoblashadi, ammo Xitoy yozma manbalarida shartnoma imzolangan sana 1832-yil 13-yanvar deb belgilangan. 1832-yilgi shartnomaga ko‘ra ikki tomon ham quyidagi majburiyatlarni olgan: -Xitoy esa Sharqiy Turkistonda qo‘qonlik savdogarlar faoliyatini taqiqlashni bekor qilgan. - Qo‘qon savdogarlariga Sharqiy Turkistonda boj to‘lamasdan savdo qihsh huquqi berilgan; - Sharqiy Turkistondan Qo‘qon savdogarlari chiqarib yuborilganda ulardan tortib olingan molmulklari evaziga Qo‘qon xoniga tovon to‘langan; - Sharqiy Turkistonda savdo qiluvchi markaziy osiyolik savdogarlar to‘laydigan to‘lovlarni yig‘ib olish huquqi Qo‘qon xonligiga berilgan; - Qo‘qon Jahongirxo‘ja avlodlarini Sharqiy Turkistonga o‘tkazmaslik majburiyatini olgan; 5 4 Tilabjonova Sevinch. Worldly knowledge international journal of scientific researchers, // Qo‘qon xonligi va Xitoy imperyasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar. – 3 B 5 Tilabjonova Sevinch. Worldly knowledge international journal of scientific researchers, // Qo‘qon xonligi va Xitoy imperyasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar. – 4 B
224 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Bu shartnoma Pekin shahrida imzolangan. Xitoy-Qo‘qon tinchlik sulhi bu davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda katta o‘zgarishlarga olib keldi. Qo‘qon xonligi oldin ega bo‘la olmagan imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik ta’minlandi va munosabatlar yaxshilandi. Qo‘qon xonligi Sharqiy Turkiston hududida bojsiz erkin savdo qilishdan tashqari, andijonliklardan savdo bojlarini yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu shartnoma xonlik uchun katta imkoniyatlarni yaratdi. Qo‘qon xonligi faqat Xitoy imperiyasi bilan emas, balki, Rossiya, qozoq dashtlari, Qashqar, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, arab mamlakatlari, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan ham bevosita yoki bilvosita savdo aloqalarini amalga oshirgan. Qo‘qon xonligi bilan Xitoy imperiyasi o‘rtasidagi savdo aloqalari asosan Sharqiy Turkiston orqali bo‘lgan. XIX asr o‘rtalarida Sharqiy Turkiston bilan Qo‘qon xonligi o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari jadal rivojlangan. Ch.Ch.Valixanov sayyoxlarning bergan ma’lumotlariga tayangan holda Sharqiy Turkiston shaharlarini bir-biri bilan bog‘laydigan ichki karvon yo‘llari, hamda Qo‘qon xonligi bilan tutashgan qatnov yo‘llari to‘g‘risida yozib qoldirgan. Ch.Ch.Valixanov o‘z asarida Qoshg‘ardan O‘shgacha oraliq 315 verstni tashkil qilishi to‘g‘risida xabar bergan. Shu bilan birga Qoshg‘ardan Andijonga olib boruvchi qadimgi yo‘l O‘zgand orqali o‘tganligini e’tirof qiladi. Ch.Ch. Valixanov o‘z asarida Qo‘qon xonligi va uning tashqi aloqalari haqida ko‘lab ma’lumotlar yozib qoldirgan. U 1858-1859-yillarda Sharqiy Turkiston ekspeditsiyasida ishtirok etib, Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy tarixi, etnografiyasi, Qo‘qon xonligining davlat tuzumi, Sharqiy Turkiston va Qo‘qon xonligi o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni o‘rgangan va o‘zidan juda katta ilmiy meroslar qoldirgan. Qo‘qon xonligi Afg‘onistonning Qashqar va Xitoy bilan savdo aloqalarida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Xonlik savdogarlari mahalliy mollar bilan bir qatorda Qashqar va Xitoy mollarini Buxoro xonligi orqali afg‘on shaharlariga olib borganlar. Xitoydan Afg‘onistonga Qashqar va Qo‘qon orqali choy olibkelingan bo‘lib, u dengiz orqali Xitoydan Hindiston va Afg‘onistonga keltiriladigan choydan ta’mi bo‘yicha ajralib turgan. Xitoydan keltirilgan choyning turli navlari Qashqar orqali Qo‘qon savdogarlari vositachiligida Buxoro va Afg‘onistonga ham olib kelingan. Afg‘oniston bozorlariga Xitoydai shlab chiqarilgan chinni idishlarni sotishda Qo‘qon savdogarlari ham faol ishtirok etganlar. 1832-yilda imzolangan shartnoma Xitoy va Qo‘qon xonligi munosabatlariga ancha illiqlik kiritgan. Shartnomada asosan Qo‘qon manfatlar ustun qo‘yilgan bo‘lsada, bu shartnoma Xitoy iqtisodiyotga ham foydali bo‘lgan. Misol uchun Xitoyning mashhur choylarini va chinni idishlarini sotishda Qo‘qon savdogarlari faoliyatidan foydalanilgan holda boshqa davlatlarga olib borilgan. Sharqiy Turkistondagi savdodan Qo‘qon xonligi xazinasiga juda katta miqdorda daromad keltirgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, XVIII asr oxirlarida xonlikka savdodan tushadigan daromad 60-70 ming tillani tashkil etgan ekan 6 . Sharqiy Turkistonda o‘rta osiyolik savdogarlarni “andijonliklar” deb atashga . Qoshg‘arda maxsus “Andijon-ko‘cha” degan ko‘cha bo‘lib, unda chetdan kelgan savdogarlar yashashgan. Sharqiy Turkistonga Qo‘qon, Samarqand, Buxoro savdogarlari qatorida toshkentlik savdogarlar ham borib savdo qilishgan va Qoshg‘ar tovarlari toshkentlik savdogarlar orqali Sibirga va Irbit yarmarkasiga olib borilgan. Ularning hammalari Qo‘qon xonligi va Xitoy o‘rtasidagi 1832-yili tuzilgan shartnomaga asosan Qoshg‘arda istiqomat qiluvchi, resident va konsul huquqiga ega bo‘lgan qo‘qonlik oqsoqolga bo‘ysunganlar. Bu shartnoma Qo‘qon uchun juda katta foydalar olib kelgan. Qo‘qondan Qoshg‘arga, asosan, rus temiri, qizil charm, mato, movut, Rigada ishlangan duxobalar, oynalar, qalampirmunchoq, novshadil, simob, bo‘yoqlar, oltin olib borilgan. Qoshg‘ardan 6 I. Kuzikulov “ Qo‘qon xonligi tarixi” (o‘quv qo‘llanma) “Namangan” nashiryoti -2014
225 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Qo‘qonga esa, asosan, gilam, nashatil, choy va kigiz keltirilgan. Qoshg‘ardan Qo‘qonga har yili 30000 otda choy, 200 otda oq rangli mato, 50 otda attorlik buyumlari keltirilgan 7 . Qo‘qon va Qoshg‘ar o‘rtasidagi savdo aloqalari, albatta, siyosiy voqealarga bog‘liq bo‘lgan. Ayniqsa, 18261832-yillardagi urush vaqtida savdoda pasayish kuzatilgan bo‘lsa, 1832-yilgi tinchlik shartnomasidan so‘ng katta o‘sish yuz bergan. Xulosa. Qo‘qon xonligi va Xitoy imperiyasi o‘rtasidagi aloqalar Markaziy Osiyo tarixida muhim o‘rin egallaydi. Ayniqsa, Sharqiy Turkiston orqali amalga oshgan siyosiy-diplomatik va iqtisodiy munosabatlar ikki davlat o‘rtasida tinchlik va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikni shakllantirgan. 1832-yilda imzolangan shartnoma Qo‘qon xonligiga katta iqtisodiy imtiyozlar bergan, xususan, bojsiz savdo huquqi, savdogarlar himoyasi va boj yig‘ish huquqining berilishi xonlik iqtisodiyotini mustahkamlashda muhim rol o‘ynagan. Qo‘qon xonligi nafaqat Sharqiy Turkiston, balki Rossiya, Buxoro, Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yib, mintaqaning savdo-siyosiy markazlaridan biriga aylangan. Ushbu aloqalar Qo‘qon xonligining xalqaro nufuzini oshirgan va uning iqtisodiy taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan. References: 1. Tilabjonova Sevinch. Qo‘qon xonligi va Xitoy imperyasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar. T2024. 2. Tursunov D. Markaziy Osiyo va Xitoy diplomatik munosabatlar. 2020. 3. Shodmonov. M Qo‘qon xonligi va uning diplomatik aloqalari. 2017. 4. I. Kuzikulov “ Qo‘qon xonligi tarixi” (o‘quv qo‘llanma) “Namangan” nashiryoti -2014 7 Tilabjonova Sevinch. Worldly knowledge international journal of scientific researchers, // Qo‘qon xonligi va Xitoy imperyasi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar. – 4 B