scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IMOM AL-BUXORIYNING HADIS ILMIGA QOʻSHGAN HISSASI: ILLAT MASALASIGA E'TIBOR VA ILMIY ASARLAR TASNIFOTI

Nаzirov Bахtiуor Sаfаrovich; Xayrullayeva Dilnoza Narzullayevna

Full text

245 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc IMOM AL-BUXORIYNING HADIS ILMIGA QOʻSHGAN HISSASI: ILLAT MASALASIGA EʼTIBOR VA ILMIY ASARLAR TASNIFOTI Nаzirov Bахtiуor Sаfаrovich Tаriх fаnlаri bo‘уichа fаlsаfа doktori (РhD), dotsеnt. Dеnov tаdbirkorlik vа реdаgogikа instituti. Telefon raqami: +99899 677 60 22 E-mail: b.nаzirov@dtрi.uz, Xayrullayeva Dilnoza Narzullayevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi E-mail: [email protected] Tel: +998992961306 https://doi.org/10.5281/zenodo.17643398 Annonatsiya: Maqolada buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning hayoti, ilmiy faoliyati va islom ilmidagi o‘rni yoritilgan. Unda u to‘plagan “Al-Jome’ as-Sahih” asarining ahamiyati, hadis ilmini rivojlantirishdagi hissasi hamda uning insoniy fazilatlari haqida ma’lumot berilgan. Maqola Imom al-Buxoriy merosining bugungi kunda ham dolzarbligini ko‘rsatadi. Uning hadislarni sahihlik jihatidan sinchiklab tekshirganligi, ilmda qat’iy prinsipga amal qilganligi tufayli u butun musulmon olamida e’tirof etilgan. Imom al-Buxoriyning boy ilmiy merosi nafaqat o‘tmishda, balki bugungi kunda ham islom ilmining asosiy manbalaridan biri sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda. Kalit so‘zlar: Hadis, islom ilmi, sahih, meros, diniy manbalar, ta’lim, axloq, ilmga sadoqat, hadis to‘plash, musulmon olami. Abstract: The article highlights the life, scholarly activity, and role of the great hadith scholar Imam al-Bukhari in Islamic science. It provides information about the importance of his work “AlJami‘ as-Sahih”, his contribution to the development of hadith studies, and his personal virtues. The article emphasizes that Imam al-Bukhari’s legacy remains relevant even today. Due to his meticulous verification of hadith authenticity and strict adherence to scientific principles, he gained recognition throughout the Muslim world. Imam al-Bukhari’s rich scholarly heritage continues to serve as one of the main sources of Islamic knowledge both in the past and the present. Keywords: hadith, Islamic science, sahih, heritage, religious sources, education, morality, devotion to knowledge, collection of hadiths, Muslim world. Аннотация: В статье освещаются жизнь, научная деятельность и роль великого хадисоведа Имама аль-Бухари в исламской науке. Приводятся сведения о значении его труда «Аль-Джами ас-Сахих», вкладе в развитие науки хадисов и его человеческих качествах. В статье подчеркивается, что наследие Имама аль-Бухари остается актуальным и в наши дни. Благодаря тщательной проверке достоверности хадисов и приверженности научным принципам он получил признание во всем мусульманском мире. Богатое научное наследие Имама аль-Бухари сохраняет свое значение не только в прошлом, но и сегодня как один из основных источников исламских знаний. Ключевые слова: хадис, исламская наука, сахих, наследие, религиозные источники, образование, нравственность, преданность науке, сбор хадисов, мусульманский мир. Kirish: Sahih yo'nalishining asoschisi, yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil alBuxoriydir. Imom al-Buxoriy hadis ilmida Amir ul-mo'minin», «Imom almuhaddisiyn» (Barcha muhaddislarning peshvosi) degan sharafli nomlarga ega boʻlgan. U 810yilning 20iyulida Buxoroda tug'ilgan. 872-yilning 1-sentabrida Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog'i (hozirgi Payariq tumani hududi)da 62 yoshida vafot etgan va shu yerga dafn etilgan. Imom al-Buxoriy 16 yoshida onasi va akasi bilan haj safariga boradi. U safar asnosida Hijoz, Balx, Basra, 246 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Kufa, Bag'dod, Xum, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo'lib, ko'pgina muhaddislar bilan uchrashadi va ular tomonidan aytilgan hadislarni yod oladi. Imom al-Buxoriy iste'dodli, o'tkir zehnli hamda ziyrak olim boʻlgan. U 1080 muhaddisdan hadis eshitgan va 90 ming nafar kishiga ishonarli hadislarni o'rgatgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Imom al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadis toʻplagan, 100 ming «Sahih va 200 ming «G'ayri sahih hadislarni yod olgan. Imom al-Buxoriy haqida yozgan muarrixlar va solnomachilar uning husnixulqlari zikr qilganlarida, albatta, uning quvvaihofizasi va xotirasining kuchliligini alohida ta’kidlab ko‘rsatadilar. Imom al-Buxoriyning xotirasi kuchli bo‘lganligi xususida ko‘pdan-ko‘p afsonaviy tarzdagi rivoyatlar qilinadi. Uning ustozlari Muhammad al-Buxoriyning yoshligidan Alloh-taolo ato qilgan noyob iqtidorini sezib, unga bir ovozdan tan berganlar. Yoshligidayoq uning haqida "g‘oyatda fozil inson bo‘ladi", "dovrug‘i el orasida doston zot bo‘lib chiqadi", deb aytgan bashoratlari tarix kitoblarida bitilgan. Imom al-Buxoriy o‘zining butun faoliyati davomida ham ilmiy, imkoni bo‘lsa moddiy jihatidan odamlarga, ya’ni Ollohning bandalariga biror navf etkazishni o‘zining asosiy maqsadi qilib qo‘ygan edi. U doimo ilm ahllari-yu, ilm toliblariga, hatto ustozlari va muhaddislarga ham moddiy yordam ko‘rsatardi.[1] Asosiy qism: Allomaning eng mashhur asarlaridan biri bu “Al-Jomi' as-sahih” (Ishonchli toʻplam), “Al-adab al-mufrad” (Adab durdonalari). Imom al-Buxoriyning eng katta jasorati: mutaassib ulamolarning g'alayoni, dushmanlarning turli tuhmat va bo'htonlariga qaramasdan, qo'rqmasdan hadislarni “Sahih” (Ishonchli) va G'ayri sahih (Ishonchsiz) ga ajratadi. Alloma bu fikrini ilmiy asoslab beradi. Asarlari: “At-tarix al-kabir” (Katta tarix), “At-tarix as-sag'iyr” (Kichik tarix) qismlariga bo‘lib chiqadi. Tarixchi al-Hofiz ibn Hibbon o‘zining "Kitob as-Siqqot" ("Buyuk insonlar haqida kitob") nomli asarida Ismoil ibn Ibrohim ya’ni al-Buxoriyning otasi, Hamad ibn Zayd va Molikdan hadislar rivoyat qilgan, undan esa iroqlik olimar hadislar rivoyat qilganlar",-deb ta’kidlaydi.Manbalarda zikr qilinishicha, alloma Ismoil o‘ta taqvodor, xudojo‘y, halol bir inson bo‘lgan. Shuningdek imom al-Buxoriyning otasiga xos bo‘lgan yana birqancha asl insoniy fazilatlar va uning alohida xususiyatlari zikr etilib, bunday fazilatlar o‘sha davrdagi kamdankam kishilarda uchragani haqida ham qayd qilinadi.[2] Imom al-Buxoriy hadis ilmiga ham katta hissa qo‘shgan hisoblanadi. U o‘z hadislarida illat masalasiga alohida e’tibor qaratadi. Imom alBuxoriy mulohazali inson bo‘lib odob-axloq, diyonat shuningdek iymon-ixlos va xudojo‘ylikni qadrlagan shaxs hisoblangan. Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o'zining go'zal xulqatvori, odamoxunligi, muruvuatligi, himmatligi va beqiyos saxovatligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan. U zehni o'tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g'oyat shuhrat qozongan. Uning shoh asari Al-jomi as-sahih ga ko'pdan ko'p sharhlar bitilgan bo'lib, muhim manba sifatida u qayta-qayta nashr ham qilingan. Imom al-Buxoriy to'plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom ta'limotiga oid umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmaydi. Ular mehr-muhabbat, saxiylik, ochiq ko'ngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollikka da'vat etish kabi haqiqiy insoniy fazilatlar va namunali targ'ibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan o'zini tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo'lyo'riqlar, pand-nasihat va o'gitlar aks ettirilgan.[3] Imom Buxoriy yoshlik chog‘idayoq shogirdlari ning sanog‘i yo‘q edi. Yoshligida Basra aholisi ning olimlari uning ortidan ergashib yurardi. Hatto yo‘lda to‘xtatib olib hadis so‘rashardi. Manbalarda keltirilishicha, olimning shoh asari bo‘lmish “Al-Jomi’ as-sahih” (Ishonchli hadis lar to‘plami)dan uning bevosita rahbarligida to‘qson ming kishi ta’lim olgan. Ular safida mashhur muhaddislar – Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, kabi ko‘plab ulug‘ olimlar bor edi. Ilm 247 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc majlislarida minglab odam jamlanar edi. Ularning ko‘pi ko‘zga ko‘ringan mashhur olim lar bo‘lsa, Imom Buxoriy hali mo‘ylovi chiqmagan yosh bola edi. Imom Buxoriyning shogirdlari islom olami da tanilgan olimlar edi. Ular ko‘plab qimmatli asarlari bilan hadis ilmining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Imom Buxoriyning shogirdlari eng ishonchli muhaddislar dara jasiga yetgan. Jumladan, olti ishonchli hadis to‘plamining mualliflari orasidan Imom Muslim, Imom Termiziy, Imom Nasoiy va Imom Abu Dovud kabi buyuk muhaddislar undan tahsil olib, hadis rivoyat qilgan. Imom Buxoriyning darslarida yigirma ming talaba hadis tinglash uchun jamlanar edi.Imom al-Buxoriyning yana bir mashhur asarlaridan biri bu “Sahihul Buxoriy”. Mazkur asar islom olamida Qur’oni karim dan keyingi eng mo‘tabar manba sifatida e’tirof etiladi. Muallifning bu kitobni yozishiga ko‘rgan tushi asosiy turtki bo‘lgan. Bu haqda Imom Buxoriy: “Tushimda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Men u zotning huzurlarida turib, qo‘limdagi yelpig‘ich bilan Payg‘ambarimizni yelpib turgan ekanman. Bu tushning ta’birini ba’zi ta’birchilardan so‘raganimda, ular: “Sen Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni yolg‘ondan himoya qilar ekansan”, dedilar. Bu tush meni ushbu asarni yozishga undadi”, deb aytgan. Imom Buxoriy o‘z asari haqida: “Men ushbu kitobni olti yuz ming hadis ichidan ajratib olib, o‘n olti yilda yozib tugatdim va uni o‘zim bilan Alloh o‘rtasida hujjat qilib qo‘ydim”, degan. Buyuk muhaddis yozgan asarlari bilan hadis ilmi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Vatandoshimiz Imom Buxoriy nomi va ilmiy merosi qancha qadrlansa, shuncha oz. Yuqorida alloma haqida keltirilgan ma’lumotlar dengizdan bir tomchidir. Allomaning odob-axloqi va go‘zal fazilatlari uning hayoti va faoliyatida to‘liq namoyon bo‘lgan. Biz uchun ahamiyat kasb etadigan yana bir tomoni uning ilm-u ma’rifat yo‘lida qanchadan qancha qiyinchilik va mashaqqatlarni sabr-toqat bilan yengganidir. Ilm yo‘lida haqiqiy fidoyilik va jasorat namoyondosi bo‘lganligi ko‘rishimiz mumkin. Allomaning bugungi kunda Hartang qishlog'ida joylashgan salobatli maqbarasi eng obod va ko'rkam qadamjolardan biri sifatida ardoqlanib, islom ahli va barcha mehmonlar uchun tabarruk ziyoratgoh sifatida mashhurdir. Xulosa. Imom al-Buxoriy islom olamining eng buyuk muhaddislaridan biri bo‘lib, o‘zining “Al-Jome’ as-Sahih” asari bilan hadis ilmini yuksak darajaga ko‘targan. U ilmga sadoqat, halollik va adolat namunasi bo‘lib, butun umrini sahih hadislarni to‘plash va ularni tartibga solishga bag‘ishlagan. Imom al-Buxoriyning ilmiy merosi bugungi kunda ham musulmonlar uchun bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi. References: 1. Jumayeva, N. A. "Sharq allomalarining ilmiy merosi". Buxoro, 2010. 2. Namozov, B. A. "Sharq allomalarining maʼnaviy merosi". Buxoro, 2022. 3. Niyozov, G., Ahmedov, Q. "Sharq allomalari va maʼrifatparvar adiblarning barkamol avlod tarbiyasiga oid maʼnaviy axloqiy qarashlar". Toshkent, 2010. 4. Sulaymonova, F. "Sharq va Gʻarb olimlari". Toshkent, 2005. 5. Xayrullayev, M. M. "Maʼnaviyat yulduzlari". Toshkent, 1999. 6. Siddiqov, S. "Yurtimiz allomalari". Toshkent, 2014. 7. Jumayeva, N. "Oʻrta Osiyo allomalarining ilmiy merosi". Toshkent, 2010.