ABU RAYHON BERUNIY: ILMIY-TANQIDIY METODOLOGIYA VA FUNDAMENTAL ASARLAR QIMMATI
Full text
248 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ABU RAYHON BERUNIY: ILMIY-TANQIDIY METODOLOGIYA VA FUNDAMENTAL ASARLAR QIMMATI Xayrullayeva Dilnoza Narzullayevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi E-mail: [email protected] Tel:+998992961306 https://doi.org/10.5281/zenodo.17643415 Annonatsiya: Mazkur maqolada o‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniyning hayoti va ilmiy merosi haqida so‘z yuritiladi. Unda allomaning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi, ko‘p qirrali faoliyati hamda astronomiya, matematika, geodeziya, tarix, tibbiyot, filologiya kabi fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mas’ud qonuni”, “Mineralogiya” kabi asarlari tahlil qilinib, ularning jahon ilmiy tafakkuridagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada Beruniyning ilmga sadoqati, ko‘p tillarni mukammal bilishi va ilmiy izlanishlarida xalqlar madaniyatini chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishi alohida ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: ilm-fan, astronomiya, matematika, geodeziya, tarix, filologiya, tibbiyot, ilmiy meros, madaniyatshunoslik. Abstract: This article discusses the life and scientific legacy of the great encyclopedic scholar of the Middle Ages, Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmad al-Biruni. It highlights his immense contribution to science, his multifaceted activities, and his role in the development of fields such as astronomy, mathematics, geodesy, history, medicine, and philology. The article also analyzes alBiruni’s works, including “The Remnants of Past Nations,” “India,” “The Canon of Mas’ud,” and “Mineralogy,” revealing their significance in the history of world scientific thought. Furthermore, it emphasizes al-Biruni’s devotion to knowledge, his mastery of multiple languages, and his deep interest in studying the cultures of different peoples through his research. Keywords: astronomy, mathematics, geodesy, history, philology, medicine, scientific heritage, cultural studies. Аннотация: В данной статье рассматриваются жизнь и научное наследие великого энциклопедического учёного Средневековья Абу Райхана Мухаммада ибн Ахмада Беруни. В ней освещаются его огромный вклад в науку, разносторонняя деятельность, а также роль в развитии таких областей, как астрономия, математика, геодезия, история, медицина и филология. В статье анализируются труды учёного — «Памятники от древних народов», «Индия», «Канон Мас’уда» и «Минералогия», раскрывается их значение в истории мировой научной мысли. Кроме того, подчёркивается преданность Беруни науке, его совершенное знание нескольких языков и глубокий интерес к изучению культур различных народов. Ключевые слова: астрономия, математика, геодезия, история, филология, медицина, научное наследие, культурология. Kirish: Har qanday davr va har qanday jamiyatda ham olimu ulamolar, mutafakkiru donishmandlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Elu yurt o‘zining shunday aziz va yetuk farzandlari bilan haqli ravishda faxrlangan, ko‘ngli tog‘day ko‘tarilib, g‘ururu iftixorga to‘lgan. Bu hayotiy haqiqatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Allohning nazari tushgan yurtimiz – O‘zbekiston zaminidan azalazaldan o‘zlarining ilmiy-ma’naviy, ma’rifiy-falsafiy meroslari bilan jumlai jahonга tanilgan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlar yetishib chiqib, samarali faoliyat ko‘rsatganlar.Xuddi shunday olimlardan biri bu Abu Rayxon Beruniydir. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o‘rta asrlarning buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi o‘sha davrning deyarli barcha fanlariga qo‘shgan betakror ilmiy merosida namoyon
249 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc bo‘ladi. Beruniyning yuksak ilmiy salohiyatiga mashhur sharqshunos olim akademik I.Yu.Krachkovskiy “uning qiziqqan ilm sohalaridan ko‘ra qiziqmagan sohalarini sanab o‘tish osondir”, deb baho bergan edi. G‘arb tadqiqotchilaridan M.Meyerhoff esa “Beruniy musulmon fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo‘lishi kerak” degan fikrni bildiradi. Olim 973 yili Xorazmning qadimgi poytaxti Qiyot shahrida tavallud topdi. U bolalik va o‘spirinlik yillarini o‘z vatanida o‘tkazib, o‘sha yerda turli ilmlarni o‘rgandi va olim sifatida shakllandi. Beruniy zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroqdan ta’lim oladi, o‘sha paytlar Buxoroda yashayotgan bo‘lajak olim Abu Ali ibn Sino bilan yozishmalar orqali ilmiy muloqotda bo‘ladi. U ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suryoniy, yunon tillari, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rgandi. Bu esa o‘z navbatida Beruniyga mazkur tillardagi asarlar bilan chuqur tanishishga keng imkoniyat yaratdi. Xorazmdagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida Beruniy 998 yili Jurjon shahriga ketishga majbur bo‘ladi. U bu davrga qadar Qiyot va Ray shaharlarida o‘zining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi. Jurjonda kechgan yillar (998–1004 yillar) Beruniy uchun yirik izlanishlar va ijodiy kamolot davri bo‘ldi. O‘zining birinchi astronomik tajribalarini 16 yoshida Qiyot shahrida boshlagan alloma, Jurjonda nafaqat astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bilan shug‘ullandi, balki tarix, xususan, din tarixi bilan ham qiziqdi. Beruniy 1005 yilda Xorazmga qaytadi. Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Beruniyni o‘z saroyida katta izzathurmat bilan qabul qiladi. Ma’mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko‘rsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi. Xorazmning Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo‘ydi. U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozlari Abu Nasr ibn Iroq, Abul Xayr Xammor va boshqalar bilan birga G‘azna shahriga olib ketiladi.Ma’lumki, Xorazm ilmiy markazidagi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar Mahmud G‘aznaviyning zulmidan xavotirlanib, G‘aznaga emas, Jurjonga qarab yo‘l olgan edilar. Beruniyning 1017–1048 yillarda G‘aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo‘lishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun g‘oyatda mahsuldor davr bo‘ldi. U Mahmud G‘aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta e’tibor berdi. Allomaning hozirgi davr ilmiy adabiyotlarida qisqacha “Geodeziya” deb yuritiladigan “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash” nomli astronomiya va geografiyaga bag‘ishlangan muhim asari 1025 yilda yozib tugatildi[1]. Asosiy qism: Abu Rayhon Beruniy nafaqat o‘z davrining, balki butun insoniyat tarixining eng buyuk olimlaridan biri sifatida tan olingan. Uning asarlari musulmon Sharqi madaniyatining keyingi taraqqiyot bosqichlariga beqiyos ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa, tabiiy fanlar, matematika, astronomiya, geografiya, falsafa va tarix sohalarida yaratgan asarlari o‘rta asr ilm-fanining yuksak bosqichini namoyon etadi. G‘aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlari sabab bo‘ldi. Saroyning eng nufuzli astrologlaridan sanalgan Beruniy Mahmud G‘aznaviy bilan Hindistonda bir muddat istiqomat qiladi va u yerda sanskrit tilini mukammal egallashga muvaffaq bo‘ladi. Bu til yordamida hindlarning tarixi, urf-odati, madaniyati va fani bilan yaqindan tanishadi va natijada yuqorida zikr etilgan asarini ta’lif etadi. 1030 yili Mahmud G‘aznaviy vafot etib, taxtga uning o‘g‘li Mas’udning o‘tirishi Beruniy ahvolini ancha yaxshilaydi. Olim o‘zining astronomiyaga oid eng yirik asarini mazkur hukmdorga bag‘ishlab “Mas’ud qonuni” deb ataydi [2]. Beruniyning asarlari musulmon Sharqi madaniyatining so‘nggi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. So‘nggi asarlarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, Shahrizuriy, Qiftiy, Yoqud Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Bar Ebrey (1226–1286) Beruniyga shunday baho beradi: “O‘sha
250 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc o‘tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o‘tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo‘lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san’atini o‘rgandi va ularga yunon falsafasini o‘rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko‘p, yetuk va nihoyatda ishonchli. Bir so‘z bilan aytganda, o‘z davrida, undan so‘ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo‘lmagan.” Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Muhammad ibn Mansur al-Allomiy, al-Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi. O‘rta asrning mashhur olimlaridan Yoqud Hamaviyning yozishiga ko‘ra, sulton Mas’ud bu asar uchun Beruniyga bir filga yuk bo‘ladigan katta miqdordagi kumush tangalar hadya etadi. Yoqud Hamaviyning fikricha, “Mas’ud qonuni” kitobi matematika va astronomiya bo‘yicha unga qadar yozilgan barcha kitoblarning izini o‘chirib yuborgan. Olim sulton Mas’udning o‘g‘li Mavdudning hukmronlik yillarida (1041–1049) o‘zining “Mineralogiya” va “Farmakognoziya” deb atalgan ikki yirik asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlar sirasidan bo‘lib, jahon madaniyatining noyob durdonalaridan hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy 1048 yili G‘azna shahrida vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 160 dan ortiq asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmakognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga salmoqli hissa qo‘sha oldi. Beruniyning betakror ilmiy-ma’naviy merosi uning vatani O‘zbekiston’da alohida e’tibor qozongan. Mustaqillik yillarida buyuk allomaga, uning boy va bebaho merosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilganini zo‘r mamnuniyat bilan qayd etish lozim. Shunday qilib, Beruniy ijodi nafaqat o‘rta asr Sharqi madaniyatining cho‘qqisi, balki butun jahon ilm-fan tarixida yangi bosqichni boshlab bergan ilmiy uyg‘onish davrining muhim tayanchlaridan biri hisoblanadi. Xulosa. Abu Rayhon Beruniy — musulmon Sharqi ilm-fanining eng yuksak cho‘qqilaridan birini egallagan buyuk mutafakkir, ensiklopedik bilim sohibidir. U o‘z davrida mavjud bo‘lgan fanlarning deyarli barchasi — matematika, astronomiya, geografiya, fizika, tarix, falsafa, tibbiyot, tilshunoslik kabi yo‘nalishlarda chuqur izlanishlar olib borgan. Uning asarlarida faqat nazariy bilim emas, balki amaliy kuzatuv va tajriba asosidagi ilmiy metod ham mujassam bo‘lgan.Beruniy dunyoqarashida ilmiy izlanishlar insoniyat taraqqiyotining asosi sifatida talqin etiladi. Olimning merosi faqat o‘z davrida emas, balki undan keyingi asrlarda ham ilm-fan rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Beruniy yaratgan ilmiy g‘oyalar keyinchalik Yevropa Uyg‘onish davri olimlari uchun ham ilhom manbai bo‘ldi. References: 1. Jumayeva N.A. “ Sharq allomalarining ilmiy merosi” Buxoro-2010 2. Namozov B.A “ Sharq allomalarining ma’naviy merosi” Buxoro-2022 3. Niyozov G. Ahmedov Q. “ Sharq allomalari va ma’rifatparvar adiblarning barkamol avlod tarbiyasiga oid ma’naviy axloqiy qarashlar” Toshkent-2010 4. Sulaymonova F. “ Sharq va G‘arb olimlari” Toshkent-2005 5. Xayrullayev M.M “ Ma’naviyat yulduzlari” Toshkent -1999 6. Siddiqov S. “ Yurtimiz allomalari” Toshkent-2014 7. Jumayeva N. “ O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi” Toshkent -2010