BUXORO AMIRLIGIDAGI QULCHILIK MUNOSABATLARI: HUQUQIY ASOSLARI VA NAZARIY TALQINLARI
Full text
251 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc BUXORO AMIRLIGIDAGI QULCHILIK MUNOSABATLARI: HUQUQIY ASOSLARI VA NAZARIY TALQINLARI Kurbanоv Karоmatillо Ismatillоyevich Denоv tadbirkоrlik va pedagоgika instituti tayanch dоktоranti E-mail: karоmatullоkurbоnо[email protected]оm https://doi.org/10.5281/zenodo.17643439 Annonatsiya: Ushbu maqolada Buxoro amirligida mavjud bo‘lgan qulchilik munosabatlarining huquqiy asoslari tarixiy manbalar asosida tahlil etilgan. Tadqiqot jarayonida quldor va qul o‘rtasidagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, qul va cho‘rilar savdo-sotig‘i bilan bog‘liq me’yorlar, ularning ozod etilishi tartiblari hamda oila qurish masalalari shariat va amaldagi urf-odat normalariga tayangan holda o‘rganilgan. Mazkur jihatlarning yoritilishi Buxoro amirligidagi qulchilik munosabatlarining huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinganligini ko‘rsatadi. Kalit so`z: qulchilik, quldor, qul, cho`ri, inson, Buxoro, huquq, ozodlik, manba, hujjat Аннотация: В данной статье на основе исторических источников проанализированы правовые основы рабовладельческих отношений в Бухарском эмирате. В ходе исследования рассмотрены социально-правовые взаимоотношения между рабовладельцами и рабами, нормы, регулирующие торговлю и куплю-продажу рабов и наложниц, порядок их освобождения, а также вопросы заключения брака. Проведённый анализ показывает, что институт рабства в Бухарском эмирате регулировался нормами шариата и устоявшимися обычаями, формировавшими правовую основу данных отношений. Ключевые слова: рабство, рабовладелец, раб, наложница, человек, Бухара, право, свобода, источник, документ Abstract: This article analyzes the legal foundations of slavery in the Bukhara Emirate based on historical sources. The research examines the socio-legal relations between slave owners and slaves, the norms regulating the trade and purchase of slaves and concubines, the procedures for their manumission, as well as the rules concerning marriage. The study demonstrates that the institution of slavery in the Bukhara Emirate was governed by Islamic law and customary legal practices, which shaped the legal framework of these relations. Keywords: slavery, slaveholder, slave, concubine, human, Bukhara, law, freedom, source, document Kirish. Inson jamiyat taraqqiyotining markazida turgan ijtimoiy mavjudot sifatida barcha davrlarda e’tirof etilgan. Har bir insonning munosib hayot kechirish huquqi – insoniyat tamaddunining asosiy qadriyatlaridan biridir. Tarixiy jarayonlarda jamiyat a’zolari o’rtasiagi munosabatlar huquq va majburiyatlar asosida shakllangan bo’lsa-da, bu tamoyillar har doim ham adolat va tenglik prinsiplari bilan uyg’un kechmagan. Inson huquqlari to’liq kafolatlanmagan davrlarda ayrim ijtimoiy guruhlarning ustun mavqyei shakllanib, insonning inson ustidan hukmronligi vujudga kelgan. Natijada, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy omillar ta’sirida insonning mehnat resursi yoki mulk sifatida qaralishi hodisasi – qulchilik tizimi paydo bo’lgan. Qulchilik tizimi insoniyat tarixining turli bosqichlarida, jumladan, O’rta Osiyo hududida ham ma’lum davr mobaynida mavjud bo’lgan. Buxoro amirligi davrida esa bu tizim muayyan huquqiy me’yorlar, diniy manbalar va iqtisodiy munosabatlar asosida shakllangan ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo’lgan. Mazkur maqolada Buxoro amirligidagi qulchilik tizimining huquqiy asoslari, nazariy talqinlari hamda ushbu jarayonni yorituvchi tarixiy manbalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o’tmishdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning mohiyatini aniqlash va inson huquqlari evolyusiyasini tarixiy nuqtai nazardan baholash imkonini beradi.
252 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Asosiy qism. Qadimgi davrlarda mavjud bo’lgan quldorlik jamiyati yemirilishi natijasida yangi yer egaligi shakllangan bo’lsa-da, qulchilik an’analari to’liq yo’qolmagan. Mazkur tizim turli shakllarda, jumladan, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar orqali ma’lum darajada saqlanib qolgan. Xususan, Buxoro amirligi davrida ham ayrim ko’chmanchi qabila va elatlar odamlarni zo’rlik bilan asirga olib, ularni qul sifatida sotish bilan shug’ullanganliklari tarixiy manbalarda qayd etiladi [1:11]. Ushbu holat ayrim guruhlar tomonidan “odam ovlash” va “odam savdosi”ni o’ziga xos daromad manbaiga aylantirganini ko’rsatadi. “olomonchi” yoki asir ovlovchilar tomonidan qo’lga kiritilgan kishilar amirlik bozorlariga olib kelinib, qul sifatida sotilgan. Natijada, Buxoro amirligid turli millat va elatlarga mansub qullarning soni ortib borgan. Tarixiy manbalarda bu davrda eroniy, rus, qozoq, kurd, qalmoq, jamshid, hazora, afg’on, hind, turk, arab, mo’g’ul va boshqa millat qullari mavjud bo’lganligi qayd etiladi [1:12]. Bunday etnik xilma-xillik qulchilik tizimining nafaqat mahalliy, balki mintaqaviy va transchegaraviy xarakter kasb etganini ko’rsatadi. Shuningdek, Buxoro amirligi hududida qulchilik faqat xo’jalik va xizma sohalari bilan chegaralanib qolmagan, balki ijtimoiyiqtisodiy tizimning muhim tarkibiy qismiga aylangan. Qullar mehnati qishloq xo’jaligi, chorvachilik, uy-ro’zg’or ishlari, saroy xizmatlari va hatto harbiy sohalarda ham keng qo’llanilgan. Ayrim hollarda quldorlar qulni o’z mulk sifatida meros qilib qoldirgan yoki uni sotish, hadya qilish, nikoh sharti sifatida taklif etish huquqiga ega bo’lgan. Mazkur jarayonlar Buxoro amirligida qullik munosabatlari huquqiy jihatdan to’liq tartibga solinmagan bo’lsa-da, diniy-huquqiy manbalar – xususan, fiqh normalari orqali muayyan me’yorlarga ega bo’lganini ko’rsatadi. Qulni ozod qilish, unga adolatli munosabatda bo’lish, uni haddan tashqari jismoniy jazolashni man etish kabi qoidalar islomiy ta’limotda o’z ifodasini topgan. Buxoro amirligi davrida shakllangan feodal jamiyatda qullardan foydalanish, ularni boshqarish hamda quldor va qullar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga soluvchi qator mk’r va talablar mavjud edi. Bu me’yorlar jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasida muhim rol o’ynagan. Qulchilik tizimi Sharqda G’arbdagi shakldan farqli tarzda rivojlangan bo’lib, u yerda qullar ko’proq ishlab chiqarish vositasi sifatida qaralsa, Sharqda, xususan Buxoro amirligida, ular ko’pincha uy-ro’zg’or ishlariga jalb etilgan va ba’zi hollarda oila a’zosi sifatida qabul qilingan [2:75]. Manbalarda qullikdan davlat lavozimlariga yoki yuqori ijtimoiy mavqyelarga ko’tarilgan shaxslar ham tilga olinadi [3:131]. Ayrim hollarda qullardan tuzilgan harbiy qismlar amirlik qo’shinining muhim bo’g’inini tashkil etgan. Bunday holatlar qullarning faqat mehnat kuchi sifatida emas, balki siyosiy-iqtisodiy tizimning faol ishtirokchilari sifatida ham e’tirof etilganini ko’rsatadi. Buxoro amirligi jamiyatida quldor va qul o’rtasidagi munosabatlar biryoqlama hukmronlikka asoslanmagan, ular o’zaro majburiyatlar, huquqlar va kelishuvlar doirasida tartibga solingan. Qul egasining o’z quli oldidagi burch va javobgarliklari mavjud bo’lgani kabi, qul ham o’z xo’jayiniga nisbatan muayyan majburiyatlarni bajargan. Shu bilan birga, ayrim qullarga mehnati yoki sadoqati evaziga ozod etilish, mol-mulk orttirish, hatto ijtimoiy mavqyeini oshirish imkoniyati ham berilgan. Ushbu munosabatlar islomiy-huquqiy me’yorlar va mahalliy an’analar asosida tartibga solingan. Islom ta’limotida qulchilik hodisasi to’liq inkor etilmagan bo’lsa-da, qullarga nisbatan adolatli munosabatda bo’lish, ularni ozod qilishni savob amal sifatida targ’ib etish keng yoritilgan. Shu nuqtai nazardan, Buxoro amirligida ham diniy-huquqiy qarashlar quldorlarni insonparvarlik, insof va iymon doirasida harakat qilishga undagan. Bu holatni Imom al-Bayhaqiyning “Shu’ab ul-iymon” va Ibn Asakirning “Tarix madinat Dimishq” asarlarida keltirilgan quyidagi rivoyat yaqqol tasdiqlaydi. Abdulloh ibn Dinor shunday rivoyat qiladi: “Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) bilan Makkaga yoʻlga chiqdik. Yoʻlda dam olish uchun toʻxtaganimizda bir choʻpon yonimizga keldi. Unga: “Bir qoʻy sotgin”, dedik. Cho‘pon: “Men
253 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qulman”, dedi. Umar ibn Xattob sinov tariqasida: “Xoʻjangga boʻri edi, deb aytgin”, dedi. Choʻpon esa: “Xoʻjayinim ishonar, ammo Allohni qanday aldashim mumkin?” dedi. Shunda Umar (r.a.) yigʻlab, uni xojasidan sotib olib, ozod qildi va: “Bu soʻz seni bu dunyoda ozod qildi, umid qilamanki, oxiratda ham seni (doʻzaxdan) ozod qiladi”, dedi.” Mazkur rivoyat islomiy ta’limotda qullarni ozod qilishning nafaqat dunyoviy, balki ma’naviy va oxirat nuqtai nazaridan ham yuksak qadriyat ekanini ko‘rsatadi. Shu sababli, Buxoro amirligidagi ijtimoiy-huquqiy muhitda ham qulga nisbatan insoniy munosabat, adolat va rahm-shafqat tamoyillari muhim o‘rin tutgan. XVIII-XX asrlarda Buxoro amirligida mavjud bo‘lgan qulchilik munosabatlarining tartiblari, huquqiy me’yorlari va amaliy jihatlari turli yozma manbalar, arxiv hujjatlari, shuningdek, amirlik hududiga tashrif buyurgan sayyohlar hamda elchilarning xotiralari orqali o‘rganiladi. Ushbu jarayonda vasiqa va fatvolar, qozixonalar tomonidan chiqarilgan hukmlar ham asosiy manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni korsatadi-ki, mazkur manbalarni tahlil etish davomida ko‘plab diniy va dunyoviy asarlar Buxoro amirligi davridagi ijtimoiy-huquqiy tizimni yoritishda metodologik asos va tayanch nuqta sifatida xizmat qilgan. Buxoro tarixan “Qubbatul islom” – “Islom gumbazi” nomi bilan ulug`langan. Amirlik hukmdorlari o`zlarini islom dinining himoyachilari sifatida e’tirof etib, “amirul mo`minin” (ya’ni, “mo‘minlar amiri”) unvonini qabul qilganlar. Aholining asosiy qismi islom ta’limotlariga, xususan, Qur`oni Karim va unga asoslangan fiqhiy manbalarga amal qilgan. Qullik va cho`rilikka nisbatan munosabatni o‘rganish jarayonida Qur`oni karim oyatlari hamda hadis to`plamlaridan tashqari, asosan, “Hidoya”, “Jomi ar-Rumuz”, “Kitob al-Muhit”, “Sharhi Muxtasari Viqoya” [4:35] kabi fiqhiy asarlar asosiy manba bo‘lib xizmat qilganini ko‘rish mumkin. Ushbu manbalarda qul va cho‘rilarning maqomi, ularning huquqiy holati, ozod etish shartlari, shuningdek, ularning jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liq qoidalar huquqiy va axloqiy jihatdan talqin etilgan. Islom huquqiy tafakkurida qullar odatda “mamluk” atamasi bilan ifodalangan. Ushbu tushuncha “mulki ostidagi kishi” ma’nosini anglatib, uning murodiflari sifatida “abd”, “qinn”, “raqaba”, “vasiq”, “mulk-al-yamin” kabi terminlar ishlatilgan. Islom dini inson sha’nini yuksak qadrlash tamoyiliga asoslanadi. Shu boisdan, qullarni ozod etish amali eng ulug‘ ibodatlardan biri sifatida talqin etilib, Alloh taologa yaqinlik hosil qilishning savobli vositasi deb baholangan. Qur’oni karimda insonlarning ixtiyoriy yoki moddiy rag‘bat asosida qullarni ozod etishlari haqida ko‘rsatmalar mavjud. “Hukm faqat Allohning oʻziga xosdir” (An'om surasi, 57-oyat) degan oyatda insonning inson ustidan mutlaq hukmronligi inkor qilinadi. Shuningdek, Nur surasining 33-oyatida qullarni ozod qilishga doir shartnoma tuzish – “mukotaba” institutiga ruxsat beriladi: “...Qoʻllaringiz ostidagi (qullardan) ozodlik vasiqasini istaganlar boʻlsa, bas, ular bilan vasiqa yozing” [5:39]. Mazkur oyat islom huquqida qullarni bosqichma-bosqich ozod etish jarayonining huquqiy asosini belgilab beradi. Bu esa shariatda inson erkinligi va ijtimoiy adolat tamoyillarining ustuvorligini ifodalaydi. Hadisi shariflarda ham qul va cho‘rilar mavzusi keng yoritilgan. Ularda, avvalo, qullarning inson sifatidagi sha’ni va huquqlari himoya qilinadi. Muhammad (s.a.v.) quyidagicha marhamat qilganlar: “Qullar sizlarning birodarlaringizdir. Alloh ularni sizning qoʻl ostingizda qilib qoʻydi. Kimning birodari uning qoʻl ostiga tushsa, yegan narsasidan unga ham yedirsin, kiygan narsasidan uni ham kiyintirsin. Unga ogʻir ish buyurmasin. Agar buyursa, oʻzi ham unga yordamlashsin.” (Abu Dovud rivoyati). Bu hadis islomda qullarga nisbatan insonparvarlik va adolat me’yorlarini qat’iy belgilab beradi. Shuningdek, Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda qullarni ozod etishning ruhiy va axloqiy mukofoti ta’kidlanadi: “Kim biror musulmon kishini qullikdan ozod qilsa, Alloh uning har bir a'zosini doʻzaxdan ozod qiladi”. Yana bir rivoyatda esa Payg‘ambar (s.a.v.) quyosh tutilgan paytda
254 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ham qullarni ozod qilishni tavsiya qilganliklari zikr etiladi [6:208]. Ushbu hadislar majmuasi islomda qullikni davom ettirish emas, balki uni bosqichma-bosqich tugatish va inson erkinligini targ‘ib etish maqsadini ko‘rsatadi. Shuningdek, quldorlarning qullar oldidagi majburiyatlari – ularni oziqlantirish, kiyintirish, og‘ir mehnatga majbur qilmaslik, ularning insoniy sha’nini himoya qilish kabi tamoyillar bilan chegaralangan. Islom huquqshunosligida qullik institutining yuridik maqomi fiqhiy manbalar orqali keng yoritilgan. Ular orasida “Muxtasar” (ya’ni “Muxtasar al-Quduri” yoki “Muxtasar al-Viqoya”) asari ham o‘z davrida shariat qonunlariga qisqacha, ammo mazmunan chuqur sharh bergan muhim manbalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Mazkur asarning “Qulni ozod etish” bobida qullikdan ozod bo‘lishning huquqiy shart-sharoitlari, niyat va bayonotning fiqhiy kuchi, shuningdek, qullik munosabatlarining tafsilotlari batafsil izohlangan. Manbada keltirilishicha, quldor o‘z quliga “ey o‘g‘lim” yoki “ey qizim” kabi so‘zlar bilan murojaat qilsa ham, bu holatning o‘zi qulni huquqiy jihatdan ozod etgan hisoblanmaydi. Chunki bu iboralar mehr yoki yaqinlik ifodasi bo‘lib, huquqiy bayonot (ijob) kuchiga ega emas. Biroq, agar xo‘jayin “sen hech narsa emassan, faqat ozodsan” deb bevosita ozodlikni e’lon qilsa, bunday bayonot ozodlikni tasdiqlovchi huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Asarda, shuningdek, qisman ozodlik masalalari ham murakkab fiqhiy misollar orqali yoritilgan. Masalan, quldor ikki quliga qarata “ikkovingizdan biri ozodsiz” deb aytsa, bu bayonot noaniq (mujmal) hisoblanadi. Agar keyinchalik u qaysi biri ozod ekanini aniqlasa — shaxsiy bayonot bilan tasdiqlangan qul ozod etilgan deb topiladi. Ammo xo‘jayin aniqlamasdan vafot etsa, bu holatda ozodlik meros-huquqiy nisbatlar orqali taqsimlanadi: chiqib ketgan va qolgan qullarning ma’lum qismlari — yarim yoki to‘rtdan bir qismi ozod hisoblanadi. Bu kabi fiqhiy tafsilotlar islom huquqida niyat (niyya), bayon (so‘z orqali ifoda) va huquqiy kuchga ega tasarruf tushunchalarining murakkab tizimini aks ettiradi. Asarning “Qulning jinoyati” deb nomlangan bo‘limida esa qul tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, ularning yuridik oqibatlari va jazolash tartibi haqida ma’lumot beriladi. Bu bobda shariat asosida qul jinoyatlarining og‘irligi, ularni baholashda quldor va davlat vakillarining mas’uliyati, shuningdek, jazoni yumshatish yoki kechirish imkoniyatlari haqida ham mulohazalar keltiriladi [7:132–133]. Demak, “Muxtasar” asari nafaqat o‘sha davr huquqiy tafakkurining namunasi, balki Buxoro amirligida amalda bo‘lgan shariat asosidagi qulchilik tizimining yuridik asoslarini tahlil etuvchi asosiy manbalardan biri sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Islom ta’limotida qullarni ozod qilish mo‘min kishining eng savobli amallaridan biri sifatida baholangan. Shariatga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar — mehnatga layoqatsiz bemorlar, nogironlar, yosh bolalar, qariyalar, ayollar, ishsizlar va tirikchilik uchun yetarli mablag‘ topa olmaydigan kishilar — jamiyat boyligidan o‘z ulushini olishga haqli hisoblanadi. Shu bilan birga, Allohning in’om etgan imkoniyatlari orqali tirikchilik uchun pul topgan shaxslar ham o‘z farzandlari, yaqinlari va jamiyat a’zolariga ulush berishi lozim [8:107]. Markaziy Osiyo xalqlari orasida mashhur bo‘lgan axloqiy-tarbiyaviy asar – “Qobusnoma”ning 23-bobida asir yoki qul sotib olish bilan bog‘liq zarur tavsiyalar keltirilgan. Asarda ota farzandiga quyidagi maslahatlarni beradi: “Ey farzand, agar asir sotib olmoq (qul sotib olmoq) tilasang, hushyor bo‘l, chunki odam sotib olish juda murakkab ilmni talab etadi. Uch shart mavjud: birinchidan, uning zohir va botinidagi ayb va hususiyatlarini bilish; ikkinchidan, tashqi belgilar orqali pinhon va oshkor nuqsonlarini anglash; uchinchidan, har bir jinsning naslini, nuqson va qadrini idrok qilish. Qul tanlashda, avvalo uning ko‘zi va qoshiga, keyin burni, lab va tishiga, so‘ng sochiga e’tibor ber. Qulni halol odamlardan sotib ol, shunda u ham sening uyda halol bo‘ladi.” [9:74]
255 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Mazkur tavsiyalar nafaqat qul tanlashning huquqiy va axloqiy jihatlarini yoritadi, balki tarbiyaviy aspektni ham aks ettiradi. U ota tomonidan farzandiga berilgan nasihat sifatida, ijtimoiy mas’uliyat, adolat va inson sha’ni tamoyillarini yetkazadi. Shuningdek, bu fikrlar Buxoro amirligida qullik munosabatlarida axloqiy va diniy me’yorlarning qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. Buxoro amirligi davrida qulchilik tizimi va unga doir huquqiy masalalar yaxlit va mukammal tarzda bayon qilingan asosiy manbalardan biri — Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asaridir. Mazkur asar, o‘zining tizimli yondashuvi bilan, qullik munosabatlarining huquqiy, axloqiy va ijtimoiy jihatlarini yoritadi. “Asarning uchinchi kitobi”da boy musulmonlar mol-mulklarining muayyan ulushini muhtojlarga ajratish ibodat sifatida talqin qilinadi. Oltinchi kitobida esa, ijtimoiy shart-sharoitlar doirasida qul va cho‘rilarning nikohga kirishlari, ularning erkinligi va ijtimoiy maqomi masalalari izchillik bilan bayon qilingan. To‘qqizinchi kitobida esa, qullarni ozod qilish tushunchasi, uni amalga oshirish tartibi, so‘z va iboralarning huquqiy kuchi tushuntiriladi. Shu bilan birga, o‘n to‘rtinchi kitobda topib olingan bolaning erkinligi yoki qulligi masalasi ham muhokama qilinadi [10:14,16]. Shuningdek, “Hidoya”ning sodda va tushunarli sharhi hisoblangan “Tashil ulHidoya” fiqhiy kitobida ham qul va cho‘ri bilan bog‘liq munosabatlarning tahlili batafsil keltirilgan. Masalan: - Qul va cho‘rilarning hadya berishi va qabul qilishi; - Xo‘jayin o‘rnidan boshqalarga ijozat yoki ruxsat berish huquqi; - Qullarning nasl qoldirishdan mosuvo qilinishi — jirkanch va nopok ish sifatida baholanishi; - Sotib olingan qulni qaytarib berish huquqi [11:273]. Mazkur masalalar barcha jihatlari bilan huquqiy va axloqiy me’yorlar doirasida sharhlangan bo‘lib, qullik tizimining adolat mezonlariga muvofiq amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Shu orqali “Hidoya” va uning sharhlari Buxoro amirligi davridagi qullik munosabatlarini huquqiy, diniy va ijtimoiy nuqtai nazardan izchil o‘rganishga imkon yaratadi. Buxoro amirligi davrida qulchilik tizimi va uning ijtimoiy-huquqiy jihatlari turli tarixiyetnografik manbalarda yoritilgan. Jumladan, Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarida asirlarni qul qilish, qullarni tanlash va sinash, shuningdek ularning jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha muhim fikrlar bayon etilgan [12:91,134]. Shuningdek, islom falsafasi va axloqiy-ta’limiy merosga mansub bo‘lgan asarlar — Imom Abu Homid G‘azzoliyning “Mukoshafatul Qulub” va “Kimiyoi Saodat”, Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” va “Axloqi Muhsiniy”, hamda Abuhafs Mahmud Isfahoniyning “Tuhfatul-muluk” kabi kitoblar aynan quldor va qullarga bag‘ishlanmagan bo‘lsa-da, har ikki tomon uchun me’yoriy talablar, kelishuv asoslari va ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hayotiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu asarlarda insoniy va ijtimoiy axloq tamoyillari ham muhim o‘rin tutadi: yaxshilik qilish, rost so‘zlash, adolat bilan ish tutish, xudo oldida barcha insonlarning tengligi va ozodligi, himmatli, sabr-bardoshli va kechirimli bo‘lish kabi fazilatlar quldor va qul munosabatlarida ham nazarda tutilgan. Shu orqali manbalar nafaqat tarixiy-huquqiy, balki axloqiy va etnografik jihatdan ham quldorlik tizimini tushunishda qimmatli ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa. Buxoro amirligida uy xo‘jaligiga asoslangan patriarxal qullik munosabatlari uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan. Shu nuqtai nazardan, sharqona qarashlar va g‘oyalar bilan boyitilgan manbalar Mang‘itlar davrida qullikning huquqiy asoslarini shakllantirishga xizmat qilgan. Buxoro amirligidagi qullik tizimini tushunish va Mang‘itlar davridagi qullik munosabatlariga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun yuqorida nomlari keltirilgan manbalarni o‘rganish tavsiya etiladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, mazkur manbalarga tayangan holda qullar: ozod etilgan, mansabga ko‘tarilgan, yoki aksincha jazolangan, shuningdek quldor va qullarning huquq va majburiyatlari aniq
256 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc belgilab berilgan. Biroq, amalda shariat qonunlari ustun bo‘lganiga qaramay, barcha musulmon shaxslar doimo “o‘z qulidan ustun bo‘lmaslik, u bilan bir xil kiyim kiyish va bir xil taom iste’mol qilish” tamoyiliga amal qilmagan. Bundan tashqari, qul va cho‘rining nikohi faqat xo‘jayinlarining roziligi bilan amalga oshirilgan. Quldor va qul o‘rtasidagi nizolar ko‘pincha quldor foydasiga hal qilingan. Natijada, huquqsizlik, adolatsizlik va jabr-zulmning ayrim shakllari qullarning kundalik hayotida baribir mavjud bo‘lib qolgan. Shu bilan birga, manbalar qulchilik munosabatlarining huquqiy, diniy va ijtimoiy asoslarini yoritishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, tarixiy-tahliliy tadqiqotlar uchun qimmatli ma’lumotlar manbai sifatida xizmat qiladi. References: 1. Файзиев Т. Бухоро хонлигида қул савдоси. –Тошкент, 1970. 2. Таджиева Ф. Ж. Хива хонлигида қулчилигик муносабатларининг моҳияти ва ижтимоий оқибатлари.-Бухоро, 2022. 3. Воҳидов Ш, Ансорова Ф. Мирзо Салимбек ва асари ӯ “Таърихи Салимӣ”/ Муқаддима, таҳияи матн, нусхабадал, эзоҳот. –Душанбе, 2024. 4. Файзиев Т. Бухоро феодал жамиятида қуллардан фойдаланишга доир ҳужжатлар (XIX аср). –Тошкент “Фан” нашриёти, 1990. 5. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Исломда инсон ҳуқуқлари. Ислом ва қулчилик.// http://www.info.islom.uz/03/30/2016. 6. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al –jomi` as-sahih (1 jild).( Arabchadan Zokirjon Ismoil tarjimasi) –Toshkent, 1991. /www.ziyouz.com kutubxonasi 7. Мухтасар (Шариат қонунларига қисқача шарҳ). Нашр тайёрловчилар: Р.Зоҳид, А.Деҳқон. –Тошкент “Чўлпон”, 1994. 8. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue -1, №02 (2020) / ISSN 2181-1415 9. Кайковус. Қобуснома. –Тошкент “Истиқлол”, 1994. 10. Қориев О. Бурҳониддин Марғиноний. Тошкент, 2011. 11. یگنج یلحم هناخ بتک لصیف . یسراف حرش هیادهلا لیهست .لضاف لصیف هاش انلاوم ق .روښیپ۱۳۹۸ 12. Низомулмулк. Сиёсатнома. –Душанбе «Адиб», 1989.