DUDUQLANISHNI BARATARAF ETISHDA CHEVELOVA METODIKASIDAN FOYDALANISH ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada duduqlanish,duduqlanish turlari, duduqlanishda ish olib borgan olimlar xususan Chevelova metodikasidan foydalanish, duduqlanishning kelib chiqish sabablari, duduqlanishni oldini olish, duduqlanuvchi bolalar va o‘smirlarda olib boriladigan logopedik ishlar, didaktiv o‘yinlar, duduqlanishni korreksiya qilishda psixologik-pedagagik ishlar metodikasi, duduqlanuvchilarda nutqning kommunikativ funktsiyasini rivojlantirishning asosiy yo‘li haqidagi ma’lumotlar ochib berilgan.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 12 DOI: https://10.5281/zenodo.17644843 DUDUQLANISHNI BARATARAF ETISHDA CHEVELOVA METODIKASIDAN FOYDALANISH ASOSLARI Babayeva Azizabonu Hamidjon qizi Qo‘qon davlat universiteti Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] ORCID 0009-0008-8152-2180 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada duduqlanish,duduqlanish turlari, duduqlanishda ish olib borgan olimlar xususan Chevelova metodikasidan foydalanish, duduqlanishning kelib chiqish sabablari, duduqlanishni oldini olish, duduqlanuvchi bolalar va o‘smirlarda olib boriladigan logopedik ishlar, didaktiv o‘yinlar, duduqlanishni korreksiya qilishda psixologik-pedagagik ishlar metodikasi, duduqlanuvchilarda nutqning kommunikativ funktsiyasini rivojlantirishning asosiy yo‘li haqidagi ma’lumotlar ochib berilgan. Kalit so‘zlar: duduqlanish, korreksiya, psixoterapevtik tasirlar, didaktik usullar, autogen, autosugestiya, psixoterapiya, dars tempi o‘qituvchi nutqi. ОСНОВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДИКИ ШЕВЕЛОВОЙ ДЛЯ УСТРАНЕНИЯ ЗАИКАНИЯ АННОТАЦИЯ В данной статье ученые, работавшие над заиканием, видами заикания, в частности, с использованием методики Шевеловой, причины возникновения заикания, профилактика заикания, логопедическая работа у заикающихся детей и подростков, дидактические игры, методика психолого-педагогической работы по коррекции заикания, основные направления развития коммуникативной функции речи у заикающихся раскрыта информация о пути. Ключевые cлова: заикание, коррекция, психотерапевтическое воздействие, дидактические приемы, аутогенная, аутосугестия, психотерапия, темп урока речь учителя.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 13 BASICS OF USING CHEVELOVA’S METHODOLOGY IN STUTTERING BARATARAF ABSTRACT In this article, scientists who have worked on stuttering, types of stuttering, in particular, revealed information about the use of the Chevelova methodology, the reasons for the origin of stuttering, prevention of stuttering, logopedic work carried out in stuttering children and adolescents, didactic games, methods of psychologicalpedagenic work in stuttering correction, the main way of developing the communicative function of speech in stutters. Keywords: stuttering, correction, psychotherapeutic effects, didactic methods, autogen, autosugestia, psychotherapy, lesson tempo teacher’s speech. KIRISH Ma’lumki, hozirgi kunda juda ko‘p bolalarda uchrab kelayotgan duduqlanish har bir otaonani tashvishga solib qo‘ymoqda. Duduqlanish kasallikmi yoki nuqson, buni anglash ham qiyin. Olimlar olib borgan ishlardan shuni aytish mumkinki, duduqlanish vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘ab turadi. Duduqlanishni bartaraf etish uchun katta kuch va sabr talab etadi. Agar duduqlanish o‘z vaqtida bartaraf etilmasa bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Bola o‘z fikrini mustaqil bayon eta olmasligi natijasida tengdoshlari bilan muloqotga kirisha olmaydi. Duduqlanishni bartaraf etish, duduqlanuvchini nutqini yaxshilash borasida juda ko‘p ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borilgan va hozir ham olib boriladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Har bir yosh kategoriyasidagi duduqlanuvchi bolalar bilan ular yosh, ruhiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, logoped ta’sir ko‘rsatish usuli, metodikasini bayon qiladi. Mironova S.A ning maktabgacha yoshdagi bolalarning, Yastrebova A.V ning maktab o‘quvchilarining, Mo‘minova L.R.ning bog‘cha o‘smirlarni Chevelyova N.A.ning bog‘cha bolalari va nutq maktablari ikkinchi bo‘limi o‘quvchilarining Sleverstov V.I.ning bolalarni duduqlanish deb ataluvchi murakkab nutq buzilishidan farq qilish, nuqsonni imkoni boricha barataraf qilish, yumshatish yo‘llari bayon etilgan metodikalarni keltirishimiz mumkin. Biz N.A.CHevelevaning “Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda duduqlanishni to‘g‘rilash” (“Ispravlenie”) qo‘llanmasida bayon etilgan fikrlarni quyida yoritmoqchimiz. NATIJA VA MUHOKAMA Duduqlanuvchilarni o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, duduqlanishni bartaraf etish bo‘yicha ish ikki yo‘nalishda olib boriladi. 1. Nutqni qayta tarbiyalash.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 14 2.Nutqiy jarayonni normal kechishga ta’sir qiluvchi psixik faoliyat xususiyatlarini korrektsiyalash. Normal nutqni tarbiyalash jarayonida so‘z va jumlalarni mexanik qaytarishdan emas, o‘rgatilgan tekst va jumlalarni, avtomatik qaytarishdan emas, mustaqil nutqni sekin-asta rivojlantirish protsessida kechishi kerak. Sekin-asta aytilgan ikki yo‘nalish bo‘yicha maktab programmasining har bir predmeti davomida ish olib boriladi. Duduqlanuvchilarda nutqning kommunikativ funktsiyasini rivojlantirishning asosiy yo‘li nutqni sekin-asta situatsiyasidan noteks nutqga rivojlantirishdan iborat. Bu narsa ta’lim bilan bog‘liqdir, ta’lim esa mantiqiy tafakkurni rivojlanishdan mustasno emasligi uchun, bolalarni tafakkur jarayonlarini tobora rivojlantiradi. Duduqlanuvchi bolalarning nutqini kommunikativ funktsiyasini rivojlantirishning butun jarayoni shartli ravishda to‘liq to‘rt davrga bo‘linadi, har bir davr o‘quv choragi bilan to‘g‘ri keladi. Davr muddatini qisqartirishi yoki boshqasini hisobiga chizish mumkin. Boshqa davrga o‘tishning asosiy sharti bo‘lib, ishning belgilangan etapiga zoir nutq shakllarini egallash hisoblanadi. I davrning asosiy vazifasi bolalarda konstatatsiya nutqidan uning ko‘rgazmali konkret shakllarida foydalanish masalasini shakllantirish. Dastlab bolalarni nutqi predmetlarni nomlashdan iborat qisqa javoblardan tashkil topadi. Dastlab bolalardan to‘liq javob talab qilinmaydi. Bundan tashqari birinchi darslarda o‘qituvchi bir necha bor bolalarga qisqacha bir ikki so‘z bilan javob berishni eslatib turadi. Keyichalik ham (bir oy) bolalarni qisqa javoblardan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Chunki qisqa javoblarni bolalarning hammasi bera oladilar. Aynan bir so‘zli nutqdan korrektsion ishni boshlash kerak, chunki ko‘pchilik duduqlanuvchilar ko‘pso‘zlikdan aziyat chekadilar. Ular kerakli, asosiy so‘zni topa olmaydilar. Beriladigan savollar oldin faqat konkret so‘zlarga oid bo‘ladi, savollarni qanday tartibda tuzish kerak, javoblardan asosiy (so‘zni topa olmaydilar) fikrni ifodalovchi izchil xikoya paydo bo‘lsin, bir oydan keyin bolalardan to‘liq, yoyilgan javoblar talab qilinadi. 1 davrda bolalar nutqi situatsiyali bo‘ladi, lekin nutqning bu shakli sekin-asta murakkablashadi. Bu narsa o‘qituvchi savollarining murakkablashishi bilan amalga oshadi. Bunga alohida ahamiyatni berish zarur. 1 davr davomida bolalarda nutq vaqtida kuzatganlarni xarakterlash, predmetlarni taqqoslash, analiz qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bu narsa kelgusi dastur materialini yoyilgan, asoslangan tahliliga tayyorgarlik yaratadi.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 15 II davrda 1 davrdan keskin farq qilib, bolalar ko‘rgazmali qurolga asoslanmagan nutqning murakkab shaklidan foydalanadilar. Birinchi davrdan ikkinchi davrga o‘tish asta-sekin bo‘ladi. Birinchi paytlarda bolalar nutqi avvalgi situatsion nutqdan juda ham farq qilmaydi. SHuning uchun o‘qituvchi o‘zining tushuntirishlarini ko‘rgazmali material bilan imostratsiya qilishi kerak. Bolalarda bu vaqtda vujudga keladigan tasavvurlar aniq, yangi bo‘ladi va ular javob paytida xotirada saqlab qolish osonlashadi. 2 davrda ko‘rgazmali qurol o‘rnini aniq tasavvurlar egallaydi. Dastlab bolalar yaxshi biladigan material asosida savol javob o‘tkaziladi. Bolalarni beradigan javoblari qisqa bo‘lishi kerak. Darslikdagi savollardan foydalanish o‘rinli emasdir, chunki ular muhokama xarakteridagi tushuntirishni talab qiladi. II davr boshidan bolalarda ko‘rgazmali og‘zaki javob berishni rivojlantirish kerak. O‘quv dasturini murakkablashishi bolalardan birmuncha murakkab javoblarni olish imkoniyatini yuzaga keltiradi. O‘quituvchining savollariga javob berib suhbatga kirishib muhokamaning mantiqiy aloqasi oid fikrlar yuritadilar. Birmuncha qiyin situatsiyalardagina bolalar ko‘rgazmaga tayanishi mumkin. II davrda bolalar ko‘rgazmasiz umumlashgan koltekit nutqdan foydalanadilar. Bu davr davomida ular nutqi sekin-asta murakkablashib boradi. III davr boshiga kelib, o‘quvchilar mustaqil ravishda umumlashtirishga va o‘z fikrlarini nutqlarida jihozlashga tayyor bo‘ladilar. Ularning javoblari yoyilgan gaplar belgilangan mantiqiy izchillikda belgilangan bo‘ladi. III davrda bir muncha yengil, yaxshi o‘zlashtirilgan mavzularda bolalarga o‘qilgan tema bo‘yicha bir qator savollar berish mumkin. Lekin buning uchun o‘qilgan tekst mazmuni ustida yangi so‘zlarni tushuntirish ustida ish olib borilishi kerak. Bu kabi dastlabki ishdan so‘ng bolalarni o‘zlariga, do‘stlariga savol berishni tavsiya qilish mumkin. Bu narsani butun o‘quv yili mobaynida qo‘llash kerak. Bu faqat ularda savol tuza bilish malakasini hosil qilmay ko‘pchilik odamlar bilan suhbatga kirishishni rivojlantiradi. IV davr Oxirgi bo‘lib, bu davrda o‘quvchilar mustaqil ravishda atroflicha hikoyalar, tushuntirishlarni, to‘liq bayonlarni mustaqil tuza bilishlari kerak. Bu paytda ko‘proq darslarda suhbatlar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. IV davrning asosiy maqsadi III davrda olingan, egallangan ko‘nikmalarni mustahkamlash, IV davr shu bilan harakaterlanadiki, bolalarni nutqi butunlay mustaqil, yoyilgan, izchil, bo‘lishi kerak, bolalar o‘z fikrlarini ifodalash uchun juda tez aniq so‘z va jumlalarni topa biladilar. Bu davrda ayniqsa matematika darslari katta ahamiyatga ega. Bu bolalarni o‘zlari ham ishonch hosil qiladilar chunki noto‘g‘ri aytilgan har bir so‘zdan masalaning yechimi ham bo‘ladi. Ona tili darslariga programmada ko‘zda
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 16 tutilgan ish turlaridan tashqari xatolar ustidagi ishni ham kiritish mumkin. O‘quvchilar faqat turli xatolarni topib to‘g‘rilashni emas balki ularni sababini topish xatolarni faqat do‘stlarini emas, balki o‘z nutqlarida ham topishlari kerak. Bahslar tashkil qilish mumkin. Bu bolalarning nutqiga bir emotsional kayfiyat bag‘ishlaydi. Grammatika va to‘g‘ri yozuv bo‘yicha mashg‘ulotlar nutq o‘stirish mashg‘ulotlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu davrda berilgan mavzu bo‘yicha plan asosida hikoya tuzish, qo‘shma, sodda va o‘zlashtirma gaplardan foydalangan holda matnlarni qayta hikoya qilish, anologiyasi bo‘yicha hikoya tuzdiriladi. Bunda ayniqsa bayonning mantiqiyligi va ketma-ketligiga rejaga rioya qilishga, so‘zlarni aniq tanlay bilishga ahamiyat berish kerak. Bunday ish turlari umumta’limiy ahamiyatdan tashqari korrektsion ahamiyat kasb etadi. Shu tariqa barcha darslarda o‘quvchilarning yoyilgan kontekst nutqlari qo‘llaniladi. Qaysiki u katta mustaqillikni talab qiladi. Maxsus maktab sharoitida duduqlanishni bartaraf etish bo‘yicha ishni tashkil qilishda ba’zi bir xususiyatlarni hisobga olish lozimdir. Javob berayotgan vaqtda duduqlanuvchilar joylarida o‘tiraverishlari kerak, chunki duduqlanuvchilar tez charchashga moyil bo‘ladilar hamda o‘rtoqlaridan uyaladilar. Ish faoliyatlarini tez-tez o‘zgartirish kerakdir. Kontrol darslardan keyin dars tartibini o‘zgartirish, biror narsa o‘qib berish yoki yengil mashqlar berish maqsadga muvofiqdir. Darsni shunday tashkil qilish kerakki,o‘quvchilar doimo tutilmasdan gapirsinlar. Bolalar nutqining tempi normal bo‘lishi kerak. Bunga dars tempi, o‘qituvchi nutqi ta’sir qiladi. XULOSA O‘quvchining darsini ijodiy yondashgan holda, turli xil uslubiyatlardan foydalanish o‘quvchilarni darsda aktiv ishtirok etishlarining garovidir. Ko‘p duduqlanuvchilar tez xafa bo‘ladilar, ularga ko‘p tanbeh berish kerak emas. Ularni ijobiy tomonlarini topib maqtay bilish kerak «Kim bundan yaxshiroq o‘qiydi?» savolini berish mumkin. O‘quvchini o‘zi tushunib oladi. Tanaffuslarda bolalar gaplashmasliklari, nutqiy tinchlikka rioya qilishlari kerak. Tanaffusda ularni qo‘zg‘atmaslik, tinch o‘yinlar bilan band qilish kerak, bolalarni qiziqtirish, tinchlantirish kerak. Nutqiy aktivlashtirishda o‘quvchilarning induvidual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Talaffuz buzilishlarini yil boshidagi mashg‘ulotlarda bartaraf etish kerak. Tovushlarni nutqqa kiritish induvidual, mustahkamlash, farqlash nutqqa kiritish-frontal tarzda olib boriladi. Nutqiy ritmni logoped nazorat qiladi. Tarbiyachilar ota-onalarni bu ishga safarbar qiladi. Suhbatlar o‘tkazadi. Darslarda o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladigan ish jarayonida nutq
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 17 duduqlanishsiz bo‘ladi. Bu malakalar yo‘qolmasligi uchun tarbiyachi va ota-onalar darsdan tashqari vaqtda kuzatishlari kerak. Chevelyova ushbu metodikasi duduqlanishni retsedivsiz bartaraf qiladi. Katamnistik ma’lumotlarga qaraganda 10 yil davomida duduqlanuvchilarda duduqlanish qaytalanmagan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Mirziѐev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisdagi O‘zbekiston Republikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11. 2. Sharipova D.D. Imkoniyati cheklangan xotin-qizlar va yoshlarni huquqiy bilimlarini oshirish yo‘llari. // Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi (seminartrening natijalari) – Toshkent, 2008. – B. 33-36. 3. Mo‘minova L.R., Ayupova M.Yu. Logopediya. T., 1997 4. Fayziyeva U.Yu, Abdurazakova D.Do‘stona munosabat muxitidagi maktab. O‘XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisyef.XBJ. T., 1994. 5. Шамуратова, Зарофат Логопедия: меъерий талаффузга ургатиш./ 3.Шамуратова: Узбекистон Республикаси халқтаълими вазирлиги.