scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIY DOSTONLARINI O'RGANISH: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY QARASHLAR

Zikiryoyev, Faxriyor Baxtiyor o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiy dostonlarini o‘rganish jarayonining ijtimoiy-tarixiy bosqichlari hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar tahlil etilgan. Maqolada Navoiy asarlarining o‘z davrida tutgan o‘rni, ularning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri, shuningdek, hozirgi davr adabiyotshunosligida dostonlarni talqin etishdagi yangicha qarashlar o‘rganiladi.Navoiy asarlarini o‘rganishda tarixiy voqeliklarni hisobga olish, badiiy matn tahlili hamda zamonaviy adabiyotshunoslik yondashuvlaridan foydalanish muhimligi yoritiladi.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 40 DOI: https://10.5281/zenodo.17644914 ALISHER NAVOIY DOSTONLARINI O‘RGANISH: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY QARASHLAR Zikiryoyev Faxriyor Baxtiyor o‘g‘li JDPU Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Email: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Alisher Navoiy dostonlarini o‘rganish jarayonining ijtimoiytarixiy bosqichlari hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar tahlil etilgan. Maqolada Navoiy asarlarining o‘z davrida tutgan o‘rni, ularning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri, shuningdek, hozirgi davr adabiyotshunosligida dostonlarni talqin etishdagi yangicha qarashlar o‘rganiladi.Navoiy asarlarini o‘rganishda tarixiy voqeliklarni hisobga olish, badiiy matn tahlili hamda zamonaviy adabiyotshunoslik yondashuvlaridan foydalanish muhimligi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, doston, adabiyotshunoslik, ijtimoiy-tarixiy an’ana, zamonaviy yondashuv, ma’naviyat, tasavvuf, badiiy tafakkur, talqin, ilmiy izlanish. ABSTRACT This article analyzes the socio-historical stages and modern scholarly approaches to studying Alisher Navoi’s epics. It examines the role of Navoi’s works in his era, their influence on the spiritual life of society, and the new perspectives that have emerged in modern literary studies when interpreting his epics. The importance of considering historical realities, conducting literary text analysis, and applying contemporary literary research methods in the study of Navoi’s works is also highlighted. Keywords: Alisher Navoi, epic, literary studies, socio-historical tradition, modern approach, spirituality, Sufism, artistic thinking, interpretation, scientific research. KIRISH Bugungi kunda yoshlarni har tomonlama mukammal, barkamol inson sifatida kamol toptirish dolzarb masalaga aylandi, yosh avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikrlashiga ega, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyat sohibi va INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 41 dunyoning har bir burchidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bo‘lib kamol topishida adabiyot va san’atning, bu soha vakillarining roli beqiyosdir. Sharq adabiyoti qadimdan shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratgan. Komil inson axloqi, ma’naviy yеtuklikka intilish masalasi badiiy adabiyotning asosiy muammosi hisoblangan. Jamiyatda atrofdagilarga ijobiy munosabatda bo‘lib, o‘zining axloqiy sifatlari, fazilatlari bilan ezgulikka xizmat qiladigan shaxsni tarbiyalash vazifasi adabiyotning mohiyatida yotgan. Buyuk so‘z ustalari ana shu muammoni badiiy obrazlar, ramz va timsollar orqali ifoda etib, ularni so‘z san’ati zamirida berishga harakat qilganlar. Sharq adabiyotining boy an’analari, ijodiy yutuqlaridan bahramand bo‘lgan Alisher Navoiy o‘zi ham turkiy adabiyotga badiiy barkamol asarlarni taqdim etdi. Sharqning buyuk donishmand adiblari Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Sa’diy Sheroziy, Jaloliddin Rumiy ijodida tarannum etilgan umumbashariy g‘oyalar targ‘ibini davom ettirdi. O‘zining shaxsiy xislatlari, ibratli umr yo‘li, faoliyati davomida o‘zi bajargan amallari bilan o‘rnak bo‘ldi. Nasr va nazmdagi asarlari zamiriga o‘zining o‘lmas g‘oyalarini singdirdi. Ijodining mohiyatini hayot bilan uzviy bog‘lab, shaxsni tarbiyalashni bosh maqsad qilib belgiladi. Badiiy so‘zning qudratini, jozibasini shaxs kamoloti, namunali axloqi tarbiyasiga yo‘naltirdi. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodi asrlar davomida insoniyat taraqqiyotining kamol topishida xizmat qilib kelmoqda. Adib ijodiy merosi, ilmiynasriy asarlari navoiyshunoslikda keng ko‘lamli tadqiq etib kelinmoqda. Navoiy umri davomida yozgan deyarli barcha asarlarida komil inson masalasi, insoniy fazilatlar, odob-axloq, ta’lim-tarbiya, ezgulik targ‘ibi yetakchilik qilgan. Zero, adabiyotshunos olim N. Komilov ta’kidlaganlaridek, “Navoiy asarlarida musulmon Sharqida tug‘ilgan ilg‘or g‘oyalar, islom va tasavvuf ta’limoti jamuljam etilganki, bu asarlarning har biri abadul abad so‘nmas ma’naviy xazina bo‘lib qoladi”[1]. Shu bois, asarlari zamiriga butun insoniyat tarbiyasi mavzusi singdirilgan Navoiy adabiy merosini o‘qitish, mazmunmohiyatini tushuntirish, asarlarini tahlil qilishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Alisher Navoiy ijodini ta’lim bosqichlarida o‘rgatish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida katta tajriba to‘plangan. Аdаbiyotshunоs R. Bаrаkаyеvning fikrichа, Аlishеr Nаvоiy ijоdidа yosh аvlоd mа’nаviy kаmоlоti vа mа’rifаt mаsаlаlаrigа bаg‘ishlаngаn аsаrlаr kаttа o‘rin tutishi mа’lum hаqiqаtdir. Maʼlumki, professor Natan Mallayev o‘tgan asrning 50-yillarida o‘rta maktablar uchun 60-yillarning boshlarida oliy maktablar uchun “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligida maktab hamda oliy maktab dasturlari talabidan kelib chiqib, Navoiy “Xamsa”sini tahlil qilgan. Oliy maktablar uchun yozilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” darsligida “Hayrat ul-abror” dostoni tahliliga alohida eʼtibor berilgan. Professor Natan Mallayev doston tahlili, dostonning umumiy, ijtimoiy, falsafiy mohiyatini kengroq tushuntirish bilan birga uning taʼlimiy, tarbiyaviy jihatiga maxsus eʼtibor bergan. Jumladan, darslikda “Hayrat INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 42 ul-abror”dagi axloq-odob, taʼzim-tavozuʼ, do‘stlik, hayo, ijtimoiy adolat, ilmmaʼrifatni qadrlashga doir hikoyatlarni ajratib tahlil qilgan, ularning maʼrifiy, taʼlimiy, tarbiyaviy jihatini bo‘rttirib ko‘rsatishga intilgan. “So‘z sanʼatining gultoji” risolasida ham “Hayrat ul-abror”ga bag‘ishlangan bo‘lim to‘la kiritilgan. Unda dostondagi hamd va naʼtlar darslikdagiga nisbatan ancha keng talqin etilgan, tahlil qilingan. Аyrim hikoyatlar tahlili ham yanada chuqurlashtirilgan. Mashhur navoiyshunos akademik Аziz Qayumov “Xamsa” dostonlarini o‘rganishga bag‘ishlab, bir qancha risola yozgan. Bu boradagi yirik tadqiqotlardan biri sifatida, shubhasiz, “Hayrat ul-abror” talqini kitobini ta’kidlash o‘rinli. Ushbu risola o‘ziga xos ilmiy, ommabop asardir. Zeroki, kitobda muallif “Hayrat ul-abror”ni yaxlit talqin etgan. Undagi hamd, naʼt, munojotlar to‘liq sharhlangan. Doston boblarining tugal tabdilini keltirar ekan, muallif asardagi barcha lavhalarni kichik detallargacha kitobxonga sharhlab tushuntirishga intilgan. Natijada o‘quvchi “Hayrat ul-abror” dostonining muqaddimasidan xotimasigacha bo‘lgan barcha lavhalar bilan tanishadi. Hikoyatlarning syujetlarini uqib oladi. U “Xamsa”ning ilk dostoni yuzasidan yaratilgan barcha ishlar xususida so‘z yuritar ekan, jumladan, shunday deydi: “Navoiy “Xamsa”sining birinchi kitobi “Hayrat ul-abror” to‘g‘risida anchagina ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ammo ularning hammasi, umuman, Navoiy ijodiga yoki unda “Xamsa”ning tutgan o‘rniga oid ishlarga tegishlidir. “Hayrat ul-abror”ning mazmuni, undagi fikr va g‘oyalar, obraz va personajlar tahliliga maxsus bag‘ishlangan tadqiqot yaratilgan emas” [2.9]. Ushbu silsilada M.O‘. Saribayevaning[3] “Umumta’lim maktablarida Alisher Navoiy epik asarlarini zamonaviy usullarda o‘rgatish (“Xamsa” asari asosida)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini qayd etish joiz. Oliy ta’limda Alisher Navoiy hayoti va ijodini, xususan, mutafakkir adibning pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiyaga oid o‘gitnomalarini o‘rganish o‘ziga xos an’anaga ega. Bilamizki, Navoiy ijodiyoti muxlislar tomonidan o‘n beshinchi asrdan buyon o‘rganib kelinadi. Bizning ushbu ishimiz olimlar ijodini, xususan, ularning bir asar haqidagi kuzatishlarini umumlashtirishga bo‘lgan bir urinishlaridir. Alisher Navoiyning barcha asarlarida yosh avlod tarbiyasi, ta’lim olish, tarbiya masalalari birinchi o‘rinda turadi. Ijtimoiy g‘azallarida aynan axloqiy tarbiya masalalariga urg‘u beriladi. Buyuk adibning “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub”, “Arba’in” asarlari aynan tarbiya borasida muhim fikrlar bildirilgan noyob asarlardir. Ularda shoirning olam va odam haqidagi dunyoqarashi yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, “Mahbub ul-qulub”da til odobi haqida shunday deydi: “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz! Harzago‘ykim, ko‘y takallum surgay, itdekdurkim, kecha tong otquncha hurgay. Yamon tillik andoqkim, el ko‘ngliga jarohat yetkurur, o‘z boshig‘a ham ofat yetkurur. Nodonning muvahhish harzag‘a bo‘g‘zin qirmog‘i – eshakning jihatsiz qichqirmog‘i. Xo‘shgo‘ykim, so‘zni rifq va musovo bila aytg‘ay, ko‘ngulga yuz g‘am keladurg‘on INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 43 bo‘lsa, aning so‘zidin qaytg‘ay. So‘zdadur har yaxshiliqni imkoni bor, munda debdurlarki, nafasning joni bor.” Yaxshi so‘z jon ozig‘i, kishidan yaxshi so‘z bilan orom yetadi, yomon so‘z qalbni og‘ritadi, Nodon odamlargina o‘ylamay gapiradi, kishini kimligini bildiradigan ham so‘z deya ta’rif beradi. Navoiyning bu fikrlari deyarli hikmatli so‘zga aylanib ketgan. Yoki: “Nodon – eshak. Balki eshakdin ham kamrak. Eshakka har ne yuklasang ko‘tarur va qayon sursang ul yon borur, aql va tamiz da’viysi yo‘q. Bermasang ochdur, bersang to‘q. Zabunedur borkash, xorkash, balki anborkash. Nodon bu sifatlardin mubarro, zoti bilik hulyasidin muarro. Ishi g‘urur va takabbur, xayolida yuz fosid tasavvur”, deydi. Ya’ni, aqli yo‘q nodon kimsalar kim qayoqqa boshqarsa ketadi, o‘z aqliga tayanmaydi, johilligidan haqiqatni ko‘rmaydi. Bu fikrlarning har biri achchiq tanbeh sifatida odamlar axloqini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Alisher Navoiy ijodining asosiy negizini tashkil etuvchi masalalar inson axloqining barcha ko‘rinishlarida mezonni belgilab olishga ko‘maklashadi. Insoniyatni kamolotga yetaklovchi asosiy yo‘l ilm olish ekanligini takror-takror aytadi. Axloqan pok, tarbiyali shaxsning yetishuvida yoshligida unga berilgan yaxshi ta’lim va tarbiya, deb hisoblaydi. Navoiy ijodida ustoz va shogird, ilm va olim, ta’lim va tarbiya masalasi yonma-yon qo‘llanib, ijodining yetakchi mavzulardan biriga aylangan. Ustozni insonlarga eng kerakli, zamon ahlining tarbiyasi, bilim olishiga javobgar shaxs sifatida talqin qiladi, unda bo‘lishi lozim bo‘lgan fazilatlar va majburiyatlarini qayta-qayta ta’kidlaydi. Navoiy asarlarida olim va ustoz ba’zida biri-birining o‘rnida ham qo‘llanadi, u ta’riflagan olimdan albatta ustozga xos tushunchalarni olish mumkin yoki aksincha, ustozda olimga xos xislatlarni ko‘rish mumkin. Navoiy nazaridagi olim va ustoz o‘zaro bog‘liq. Ilm talab kishi astoydil tahsil olib, dunyoviy bilimlarni egallab, olim bo‘lib yetishadi. Tabiiyki, u egallagan ilmini ezgu yo‘lda sarflaydi, ustozlik qiladi, o‘zining erishgan oliy darajadagi bilimi, aqli bilan boshqalarga o‘rgatish, yo‘naltirish huquqiga ega bo‘ladi. “Xamsa” dostonlari ham tugal shaxs tarbiyasiga qaratilgan. Insonni zohiriy va botiniy, ma’nan va ruhan poklash, halol-pokiza yashashga o‘rgatish g‘oyasi deyarli har bir doston mohiyatida yotadi. Jumladan, “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy”, “Farhod va Shirin”da ustoz-shogird masalasi yorqinroq bo‘yoqlarda aks etgan. Dostonlarni muqaddima, xotima va asosiy voqelar bayoni berilgan boblar bilan birgalikda yaxlit olinganda, Navoiyning ustoz, ilm, olimlar haqidagi fikrlari ifodasi shakli va maqsadiga ko‘ra ikki yo‘sinda ifodalangan. Birinchisi, dostonning muqaddima va xotima boblaridagi ustozlari - xamsanavis salaflariga bitilgan madhlar, ayniqsa ustozi Abdurahmon Jomiy ta’rifi buyuk shoirning shogird sifatida ularga bildirgan ehtiromi, tashakkurnomalaridir. “Saddi Iskandariy”ning asosiy voqealar rivojida ham ustoz-shogird, ilm va INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 44 olimlar mavzusi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Butun mazmun bevosita muqaddima va xotima boblardagi fikrlar bilan hamohang, yanada ishonarli va ta’sirchan – yoritilayotgan fikrlarning hayotiy va badiiy in’ikosi sifatida uzviy bog‘langan. XULOSA Shuni takidlashimiz lozimki doston qahramoni Iskandar, Farhod, Majnun singari, yaxshi berilgan ta’lim-tarbiya natijasida kamolotga yetadi. Navoiy aqidasicha, ustoz olimlikka yetishgan shaxs bo‘lishi lozim. “Xamsa” qahramonlari ham o‘z zamonining yetuk olimlaridan tahsil oladi. Ilmli, donishmand kishilar xalqning boyligi, ularni bu darajaga yetguncha qilgan riyozatlarini inobatga olib, har qancha ta’rifu tahsin qilsa arziydi. Biroq ular aqliy qobiliyatlarini o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida qurbon qilmasliklari lozim. Zero, “kimsaga umr imkon erur”, u o‘ziga berilgan bu imkoniyatdan foydalanib, umr yo‘lini halol mehnat bilan bosib o‘tishi kerak. Albatta, bu hikmatli so‘zlar o‘z shogirdiga javob tariqasida aytilgan bo‘lsa-da, aslida Navoiyning butun insoniyatga qaratilgan xitobidir. O‘qituvchi nafaqat o‘quvchiga bilim beradi, balki uni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida kamol topishga ham harakat qiladi. Bu borada adabiyot o‘qituvchisi zimmasiga yanada kattaroq mas’uliyatlar yuklanadi. Chunki adabiyot darsida o‘quvchi o‘zi uchun kerakli bilimlarni olishi bilan birga mustaqil fikr yurita oladigan, dolzarb muammolarga javob beradigan, hayotning har bir jabhasiga tanqidiy baho berib, mushohada qiladigan inson sifatida kamol topadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Комилов Н. Хизр чашмаси. – Т.: Маънавият, 2005. – Б. 315. 2. Қаюмов А. “Ҳайрат ул-аброр” талқини. Асарлар. 1-жилд. 1-китоб. – Т.: Мумтоз сўз, 2008, 9-бет 3. Сарибаева М.U., Закбаров У. Умумтаълим мактабларининг 9-синфида “Ҳайрат ул-аброр”достонини ўрганиш. //Тил ва адабиёт таълими. – Т., 2005. –5-сон, -914б. 4. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987–1992; 5. Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). –T.: 1960; 6. Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). –T.: 1970;