ABDULLA QAHHOR IJODIDA INSON RUHIYATI VA HAYOT HAQIQATLARI ("BEMOR" MISOLIDA)
Abstract
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida aks etgan davr muammolari va hikoyaning bugungi kundagi ahamiyati aks etadi. Asar qahramonlarining xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Bugungi kun va asar muhiti o‘zaro qiyoslanib, farqli va o‘xshash jihatlari taqqoslanadi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 45 DOI: https://10.5281/zenodo.17644926 ABDULLA QAHHOR IJODIDA INSON RUHIYATI VA HAYOT HAQIQATLARI (“BEMOR” MISOLIDA) Salimova Umida Bozor qizi JDPU Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Tulishova Gulzina Ravshanovna JDPU Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida aks etgan davr muammolari va hikoyaning bugungi kundagi ahamiyati aks etadi. Asar qahramonlarining xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Bugungi kun va asar muhiti o‘zaro qiyoslanib, farqli va o‘xshash jihatlari taqqoslanadi. Kalit so‘zlar: Chilyosin, baxshi, tabib, bemor, davr, insoniylik, ilmsizlik, tibbiyot, nochorlik, qoloqlik, johillik. ABSTRACT This article analyzes the social issues reflected in Abdulla Qahhor’s short story “The Patient” and its relevance in modern times. It discusses the characteristics of the main characters and compares the environment of the story with that of today, highlighting their similarities and differences. Keywords: Chilyosin, baxshi, healer, patient, era, humanity, ignorance, medicine, helplessness, backwardness, illiteracy. KIRISH O‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Abdulla Qahhor o‘z asarlarida jamiyat hayotidagi turli ijtimoiy muammolarni, inson ruhiyati va hayot haqiqatlarini teran badiiy tahlil etgan yozuvchidir. Uning “Bemor” hikoyasi ham ana shunday asarlardan biri bo‘lib, unda o‘tgan davrning ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi, ilmsizlik va johillik oqibatida yuzaga kelgan insoniy fojialar yoritiladi. Bu dunyoda san’atlar juda ko‘p. Ularning orasida eng mukammallaridan biri bu - badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotning eng muhim quroli-so‘z hisoblanadi. So‘zlar orqali badiiy tasvir vujudga
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 46 keladi. Badiiy tasvir orqali o‘quvchida o‘zi o‘qiyotgan asar muhitiga tushish, asar qahramonlari bilan birga yashash, sevinch, qayg‘urish, muhabbat, nafrat kabi tuyg‘ularni tuyish, asarni ich-ichidan his qilish imkoniyatini beradi. Shu sababli, bir necha asr avval yozilgan asarning qaysidir qahramonini qaysidir biz bilgan va bir zamonda yashayotgan kishiga o‘xshatamiz. Bunda zamon va makon munosabatlari, badiiy adabiyotning kuchi o‘laroq, o‘zgaradi. Bu borada yozuvchining mahorati katta ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda ham mana shunday mahoratli, serqirra ijodkorlar ko‘p. Shulardan biri Abdulla Qahhordir. Unda ixcham va teran fikrlash, tasvirlash qobilyatimavjud bo‘lgan. Shu sababli yozuvchining kichik hajmli barcha hikoyalari o‘quvchini ko‘p va to‘g‘ri xulasalar chiqarishga undaydi. Abdulla Qahhorning ijodini hikoyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ijodkorning o‘zi yashab o‘tgan davr bilan bog‘liq , turli mavzulardagi, ijtimoiy va tarbiyaviy jihatdan kata ahamiyat kasb etuvchi hikoyalari qatoriga “Asroro bobo”, “Ming bir jon”, “O‘g‘ri”, “Bemor”, “O‘jar”, “San’atkor”, “Adabiyot muallimi”kabi hikoyalarini kiritsak bo‘ladi. Ana shunday hikoyalardan biri “Bemor” hikoyasidir. Kichik hajmli va mo‘jazgina bo‘lishiga qaramasdan hikoyaning zalvori anchayin katta. Ijodkor yashab turgan va qiaman bugungi kun haqiqatlarini o‘zida jamlagan hikoya har bir detalga, obrazga e’tibor berishni talab qiladi. Asarda davr muammolaridan bo‘lmish qashshoqlik, ilmsizlik, loqaydlik qoralanadi. Mana shu illatlar atrofida voqealar birlashadi. Iqtisodiy imkoniyatlarning cheklanganligi sababli kishilarning ijtimpoiy imkoniyatlari ham chegaralanishi haqida so‘z yuritiladi. Boy va kambag‘allar o‘rtasidagi farq, munosabatlar va inson qadr-qimmati o‘sha davr muhitida yoritib beriladi. Xalq orasida bir naql yuradi: “yer yuzida yomon insonlar ko‘p emas, ularga qarashi kurashmaydiganlar ko‘p”[1]. Hikoyada ham ana shunday uchinchi tabaqaning qurboni, bemor ayol sifatida butun boshli millatning o‘sha davrdagi taqdiri ochib berilgan. Davrni qarangki, kichik bir asarda tasvirlangan birgina hayot manzarasi ustida qanchadan qanch savol paydo bo‘ladi. Xo‘sh, bu davr qanday davr edi? Hikoya qahramonlari zamonning qanday kishilari edi? Gapni shundan boshlasak. Ushubu hikoyada Sotiboldi ismli oddiy bir ishchining ayoli kasallanib yotib qolganini ko‘rishimiz mumkin. Sotiboldi garchi ishlab pul topsa-da, ayolini shifoxonaga olib borolmaydi, Chunki, kasal ayolni do‘xtirga ko‘rsatish uchun 25 so‘m pul kerak edi. Sotiboldi bunday pulni faqatgina tushida ko‘rishi mumkin edi, xolos. Uning orttirgan “boyligi” bir marta tabib chaqirishga, bitta tovuq so‘yishga, kasalni baxshiga o‘qitishga yetadi-yu tugaydi. “Chilyosin” o‘qitish uchun esa “o‘zi to‘qigan savatchalarni ulgurji oladigan oladigan baqqoldan yigirma tanga qarz” ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Hali bu hammasi emas. Endi o‘lgan xotinni ko‘mishi, uning turli marakalarini o‘tkazishi lozim. “Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi…” Qishloqdagi dehqonlar, shahardagi hunarmandlar kun bo‘yi qilgan
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 47 og‘ir mehnati evaziga juda oz haq olishardi. Oila boqish, uning kam-ko‘stini butash, farzandlarini o‘qitish masallalari kishilarni o‘ta qiyin ahvolga solib qo‘ygandi. Iqtisodiy nochorlik kishilar turmush darajasining tobora pasayib borishiga, aholi orasida turli kasalliklar keng tarqalib, oddiy betoblik ortidan odamlarning bevaqt hayotdan ko‘z yumib ketishiga sabab bo‘lgandi. O‘lkada tibbiyot masalalarini hal etishga deyarli etibor berilmas, faqat chor amaldorlari, harbiylari va mahalliy boylargina malakali tibbiyot hizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega edi. Asarning eng ayanchli haqiqatlaridan biri ushbu davrda faqatgina iqtisodiy emas, balki ma’nmaviy qashshoqlikninh ham keng avj olganidir. Buning isboti sifatida, imkoniyati yetishiga qaramay Abdug‘aniboy ishchisiga pul bermasligini olishimiz mumkin. Uning bunga imkoni borligini ustidan qop ag‘anaganda “SIM” ya’ni Farg‘onaga borib davolanib kelganligidan ham bilish mumkin. U ayolning yoshligi, mittigina qizalog‘ borligini, ayolning tuzalishiga umid borligini bu umid o‘zidan ekanligini bilsa-da yordam bermaydi. Vaholangki, o‘sha davrning boy kishilaridan biri nochor bir ayolning umri, bir farzandning onsdi, bir insonning rafiqasini hayotini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan pullarni qizg‘ondi. Insoniylikni bir chetga surib qo‘ydi. Yordam qo‘lini cho‘zish o‘rniga Sotiboldiga turli xil bid’at va voydasiz amallarni tavsiya qiladi. Boyning holatga nisbatan fikrlashi o‘sha davr boylarining qashshoq aholiga nisbatan bo‘lgan munosabatini ko‘trsatadi. Boylarda pul bo‘lsa-da ma’naviyati sustlik qilib, loqaydlarcha yordam berishmaydi. Qo‘ni qo‘shnidan esa najot yo‘q. Bu davrgakelib qashshoqlik juda kuchayadi. Shu boisdan ham tashqaridan boshqa tovush emas, gadoning sadaqa so‘rab baqirgani eshitiladi. Bemor uxlayotgan xona ham tund bir ruhda tasvirlanadi. Xuddi uxlayotgan, kasallangan tomirga bolta urilayotgan, quriyotgan millat kabi. Hikoya davomida Sotiboldining, ayolining qarindoshlari haqida mutlaqo so‘z bormaydi, bu ularning qarindoshlari yo‘qligini emas, yordam beruvchi yo‘qligini bildiradi. Bemorning qanday kasalga chalinganligi ham aytilmaydi, uning kasalini tabiblar-u baxshilar ham bilmaydi. Zamona ilmsizligining qurboni bo‘lgan bu kimsalardan biri – tabib. Bir amallab “tabib” olgan kimsa, yuqorida aytilganidek, ayolning nima kasal bilan og‘riganini bilmay turib undan qon oladi. Buning oqibatida esa “betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib” qoladi[2]. Demak, “tabib” bemorga foyda emas, balki zarar yetkazdi. Holbuki, u bunday davolash usulini birgina Sotiboldining ayoliga emas, o‘sha atrofdagi yuzlab bechoralarga qo‘llaydi. Tabibdan keyin xonadonga baxshi kirib keladi. U ayolning yonida o‘tirib bir nimalarni o‘qiydi. Lekin bu o‘qigan narsalari ayolga em bo‘ladimi-yo‘qmi, bu bilan uning ishi yo‘q. baxshi ham qayerga chaqirilsa, qaysi kasalga ro‘paro kelsa, hammasiga ko‘r-ko‘rona yodlab olgan narsalarni o‘qib, chiqib ketaveradi. Uning uchun ko‘r ichak ham, tomoq og‘rig‘i ham, ruhiy xastaliklar ham bir-farqi yo‘q. “Abdulla Qahhor ijodi namunalari xalqqa hamdardligi ohanglari bilan ham ajralib turadi. Uning asarlarida
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 48 aholi dardi tabiiy tarzda ufurib turadi. U o‘z asarlarida bayon qilgan vaziyatlar bir qarashda odamzot dilini xiralashtiruvchi bo‘lib tuyulsa-da, u umidsizlikni targ‘ib etmaydi. Aksincha, u inson ruhiyatining kuchi va chidamliligini, shu bilan birga, qiyinchiliklarga duch kelganda shaxslarning ma’no va maqsadni topish qobiliyati qay darajada yuksalishi mumkinligini namoyish etadi. “Bemor” hikoyasi o‘zining adabiy salohiyati, insoniyatning cheklangan va bepoyon imkoniyatlarini erkin yoritganligi bilan keng maqtovlar va olqishlarga sazovor bo‘ldi. Tanqidchilarning ta’kidlashicha, hikoyada ijtimoiy va iqtisodiy omillarning shaxslar hayotini shakllantirishdagi o‘rni, qashshoqlik va tengsizlik masalalari yetuk bir ijodkor tomonidan Qalam kuchining noyob qirralarida tasvirlab berilgan. Abdulla Qahhor O‘zbekistonda va boshqa dunyo mamlakatlarida sermahsul ijodi bilan hurmatga va e’tiborga sazovor yozuvchi hisoblanadi”[3]. Uning ijodi bir qancha mukofotlar, jumladan, Pushkin nomidagi adabiyot medali bilan taqdirlangan, romanlari va qissalari ingliz, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. “Bemor” uning eng mashhur va qudratli asarlaridan biri bo‘lib qolmoqda va bugungi kunga qadar butun dunyo o‘quvchilari bilan rezonanslashishda davom etib kelmoqda. Asarda tabib, baxshi, qonlovchilardan-da mudhishroq hodisa bor. Butun boshli jamiyatning birgina qizaloq qiladigan duolar bilan kifoyalanishiasarning mazmunini ochib beruvchi eng kata omildir. Butun boshli jamiyatda bir ayolning dardiga darmon bo‘ladigan, yordam beradigan, kishi topilmaydi. Shifoxonalar, shifokorlar, boylar, badavlatlar ko‘p bo‘la turib, aqalli bir kishi topilmaydi. Shuncha yordam berishga qodir kishilari bo‘la turib bir bemor va yosh ayolni saqlab qolaolmagan jamiyatda, tuzumda eng katta ayb. Bemor Sotiboldining xotini emas. Davr, muhit, insonlarning ma’naviyatiinsoniyligi-bemor aslida. Millat Hamza Hakimzoda Niyoziy fikri bilan aytganda, o‘sha davr “tanasidan qon oldirgan bemor”ga aylanib qolgandi. Bu paytda millatni jaholat botqog‘idan qutqarishga qodir kishilar bo‘la turib, bunga o‘z hissasini qo‘shishni istamasliklari eng og‘ir dardga chalingan jamiyatlardagina uchraydigan holat. XULOSA Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasida XX asrning bir qancha haqiqatlari yoritib berildi. Jumladan, o‘lkadagi ilmsizlik, qashshoqlik, insoniy fazilatlarning inson bollalaridan uzoqlashishi kabilar. Hikoyada insonni qashshoqlik emas, loqaydlik halokatga yetaklab borishi isbotlab berildi. Asar bugungi shiddatli zamonda yashab, bir qancha tuyg‘ulardan uzoqlashayotgan yangi davr kishilari uchun ibrat bo‘la oladi. “Bugun Abdulla Qahhor xotirasini yod etib, ruhini shod etar ekanmiz – bir haqiqatni unutmaylik – u adabiyotimizning qudratli, zabardast chinorlaridan biri edi. Bu chinorning quyuq soyasidan bahramand bo‘laylik”[4.484]. Tegishli xulosalar chiqarishga va xatolarni takrorlamaslikka undaydi. Shu sababdan, Abdulla Qahhorning
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 49 hayotning ko‘plab haqiqatlarini o‘zida jamlagan bu kichik hikoyasi asrlar davomida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. “Anor” qissa va hikoyalar toʻplami, A.Qahhor, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotmanbaa uyi.Toshkent 2012-yil. 2. Abdulla Qahhor “Bemor” hikoyalar to‘plami. 2021. 3. https://uz.m.wikipedia.org 4. Ozod Sharafiddinov. Tanlangan asarlar. “SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHTIRIYATI.TOSHKENT. 2019.484bet. 5. https://talaba.su 6. Anna Makushina, “Tajik Short Stories,” Culture Trip, 8 May 2017 3. 7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdulla_ 8. https://www.ziyouz.com