scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"XURSHID DO'STMUHAMMAD "OROMKURSI" QISSASINING BADIIY TALQINI"

Xamraqulova, Vosila Ulug'bek qizi; Tulishova, Gulzina Ravshanovna

Abstract

Mazkur maqola Xurshid Do‘stmuhammadning “Oromkursi” asarida inson qalbi va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarning badiiy ifodalanishini tahlil qiladi. Asarda insonning ichki kechinmalari, hayotdagi o‘z o‘rnini izlash va ma’naviy uyg‘unlikka intilishi tasvirlangan. “Oromkursi” ramzi orqali muallif jamiyatdagi adolatsizlik, ruhiy ziddiyatlar va shaxsiy hayotning nozik tomonlarini yoritadi. Maqola Xurshid Do‘smuhammadning badiiy uslubi va asarda ko‘tarilgan falsafiy masalalarni o‘rganishga qaratilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 54 DOI: https://10.5281/zenodo.17644958 “XURSHID DO‘STMUHAMMAD “OROMKURSI” QISSASINING BADIIY TALQINI” Xamraqulova Vosila Ulug‘bek qizi JDPU Filologiya fakulteti talabasi Ilmiy rahbar: Tulishova Gulzina Ravshanovna JDPU Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] ANNOTATSIYA Mazkur maqola Xurshid Do‘stmuhammadning “Oromkursi” asarida inson qalbi va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarning badiiy ifodalanishini tahlil qiladi. Asarda insonning ichki kechinmalari, hayotdagi o‘z o‘rnini izlash va ma’naviy uyg‘unlikka intilishi tasvirlangan. “Oromkursi” ramzi orqali muallif jamiyatdagi adolatsizlik, ruhiy ziddiyatlar va shaxsiy hayotning nozik tomonlarini yoritadi. Maqola Xurshid Do‘smuhammadning badiiy uslubi va asarda ko‘tarilgan falsafiy masalalarni o‘rganishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Xurshid Do‘stmuhammad, Oromkursi, ruhiy ziddiyatlar, ma’naviy uyg‘unlik, jamiyat va shaxs, badiiy uslub, adabiy tahlil, falsafiy mohiyat, ichki kechinmalar, adolat izlanishi. ABSTRACT This article analyzes the artistic depiction of the conflict between the human soul and society in Khurshid Dustmuhammad’s work “The Armchair of Peace.” The story portrays a person’s inner experiences, the search for one’s place in life, and the aspiration for spiritual harmony. Through the symbol of the “armchair of peace,” the author reveals issues of social injustice, psychological contradictions, and the subtle aspects of personal life. The article focuses on Dustmuhammad’s unique artistic style and the philosophical themes raised in the work. Key words: Khurshid Dustmuhammad, The Armchair of Peace, psychological conflicts, spiritual harmony, society and individual, artistic style, literary analysis, philosophical essence, inner experiences, quest for justice. INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 55 KIRISH Kitobni o‘qishning o‘zigina kifoya emas, o‘qilganining ma’no-mazmuni, mohiyatini uqmoq ham kerak. Qolaversa, hozir juda ko‘p kitoblarni takror mutolaa qiladigan davrda yashamoqdamiz. Zamon, davr, qarashlar, tafakkurlar, munosabatlar o‘zgarayotgan bir paytda u yoki bu kitob haqidagi ilgarilari shakllangan qarashlarimizni qayta ko‘rib chiqishimiz, yangidan-yangi xulosalarga kelishimiz kerak bo‘layotgan bir paytda kitobni tez va tushunib o‘qish alohida muammo bo‘lib qolmoqda. Kitobni to‘g‘ri o‘qish va tushunib o‘qishning naqadar zarurligini, buning uchun vaqt ozligi, imkoniyatlar cheklanganligini yoshlarimiz hozirdanoq bilib qo‘yishlari zarur. Xurshid Doʻstmuhammad zamonaviy oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri hisoblanadi. Dastlabki kitobi – 1989-yilda “Hovli etagidagi uy” nomi bilan nashrdan chiqqan. Shundan keyin yozuvchining “Panoh”, “Oromkursi”, “Soʻroq”, “Sof oʻzbekcha qotillik”, “Mahzuna”, “Ibn Mugʻanniy”, “Yolgʻizim – Siz”, “Koʻz qorachigʻidagi uy” kabi asarlari, ayniqsa 1997yilda nashrdan chiqqan “Jajman” hikoyasi, shuningdek, 2000-yilda nashr etilgan “Hijronim mingdir mening” qissa va hikoyalar toʻplami, “Yolgʻiz” qissa va maqolalar toʻplami, “Bozor” romani va boshqa asarlari adabiy jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilingan. Yozuvchi shuningdek, qatagʻon qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bagʻishlangan “Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari” xotira essesi va 2002-yilda nashr qilingan “Jurnalist boʻlmoqchimisiz?” nomli risolasi va shu yili chop qilingan “Chayongul” kinossenariysi muallifi [1]. MUHOKAMA VA NATIJALA O‘z asarlarida yangi qirralarni kashf etgan Xurshid Do‘stmuhammad ijodida o‘ziga xosliklar talaygina. Uning roman, qissa va hikoyalarida boshqa asarlarda uchrayvermaydigan uslub va mazmun mavjud. Bugungi kunda yoshlar qalbida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, go‘zallik va nafosatga shaydolik tuyg‘ularini kamol toptirishda Xurshid Doʻstmuhammad qissalari muhim manba bo‘la oladi. Adabiy ta’lim jarayonida talaba-yoshlar ma’naviyatini badiiy asarlar tahlili jarayonida, ayniqsa ularni psixologik tasvir, qahramon ruhiyati tahlilini o‘qitish bilan yuksaltirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ijodkorlikka undash, ijodiy ishlarga yo‘llash masalalari olimlar diqqat markazida turdi va bu jarayon davom etmoqda. Zamonaviy oʻzbek qissalarida psixologik tasvir mahoratini, jumladan, Xurshid Doʻstmuhammad psixologik tasvir mahoratini adibning qissalari misolida tahlil etish. Yozuvchining ko‘pgina asarlari yangi modernistic yo‘nalishdagi asarlar sirasiga kiradi. Xurshid Do‘stmuhammadning “Oromkursi” qissasida ayrim asarlaridagi singari o‘ziga xos uslublarni ko‘rishimiz mumkin. Bir o‘qiganda tushunilavermaydigan hodisalarni uchratamiz. Ba’zan ularni anglay olmay qolamiz. Asosan, bu asardagi voqealar bir inson ruhiyatidagi ahvol bilan izchillikda yuzaga kelgan. Dastlab asarning mavzusiga diqqatni qaratsak, “Oromkursi” INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 56 so‘zi qissada asosiy elementlardan biri hisoblanadi. Yozuvchi oromkursi orqali aslida amal kursisini nazarda tutadi. Ya’ni hozirgi davr adabiyotida ham so‘zda ko‘p ma’no chiqarish uslubi yetakchi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu qissada ham amalparast, molparast, mansabparast insonlar qoralanadi. Masalan, ayrimlar mansab va amal uchun o‘z jonini ham o‘ylamay unga tomon intilaveradilar. Abdulg‘ofur Rasulov o‘zining “Shafoat yog‘dusidan bahramandlik” maqolasida Xurshid Do‘stmuhammadning ushbu qissasi haqida to‘xtalib o‘tganlar: “Buyumni yurakyurakdan sevib qolish, narsaning quliga aylanish, o‘zligidan judo bo‘lish – adabiyotimizdagi yangi masala. To‘g‘rirog‘i, hozir odamlar o‘rtasida keng tarqalgan baxillik, molparastlik, ma’naviy bo‘shlik “Oromkursi” da qattiq qoralangan. Qissa qahramoni Ko‘klam Tongotarovning ishqi oromkursiga tushadi. Qayerda oromkursi ko‘rsa, u o‘zini tutolmay qoladi. U oromkursini har xil qiyofada ko‘radi, u bilan xuddi bir insondek muomala qiladi. Uni jonidan ortiq yaxshi ko‘radi, undan xafa bo‘ladi, arazlaydi. Ko‘klam Tongotarov doimo o‘z xayolini band etgan oromkursi haqida o‘ylaydi. Bundan qanchalik qutulishni istasa ham qutula olmaydi. U bu holatni bir kasallik deb biladi. Bunday dard o‘zining otasida ham bo‘lganligidan xabardor edi. Ko‘klam Tongotarov oilali insonlar yashashiga ruxsat etilgan xonadonlardan birida yashab turadi. U yerdagi xonasida oromkursining bor bo‘lishi ayni muddao bo‘ladi. Uning aql-u idroki faqat oromkursiga qaratiladi: “Oppoq oromkursi nim qorong‘I xonada yanayam oqroq ko‘rinar, bu yetmaganday, u xuddi chiroq shu’lasi bilan bas boylayotganday o‘zidan nur taratar, Ko‘klamning nazarida u yalang‘och tizzalarini yalang‘och bilaklari bilan quchoqlab o‘tirgan qiz bolaga o‘xshardi…” Xurshi Do‘stmuhammadning “Oromkusi” qissasida aslida ramziylikni qo‘llagan. “Oromkursi” negizida “amal kursi” sini tasvirlagan. “Mo‘min mo‘minga ko‘zgu” degan hadisi sharif mohiyatidagi ma’no-mazmunni salgina kengaytirishga izn berilsa, bani basharga tatigulik hikmat kelib chiqadi. Ya’ni, har bir inson har bir inson uchun ko‘zgu, ibrat va saboqdir! “Har bir insonni ko‘zgu, ibrat va saboq deb bilish uchun esa uni qadrlay bilmoq, uni asrab-avaylamoq, unga hurmat-ehtirom ko‘rsata bilmoq, unga ishonmoq kerak. Insonparvarlikning avvali — fikrparvarlikda, g‘oyaparvarlikda. Ana shu tuyg‘ularni umuminsoniy fazilatlar maqomiga qadar yuksaltirishga erishilgan taqdirdagina bu yorug‘ dunyoni asrab qolish imkoni topiladi…”[2] Ya’niki, amal ortidan yugurayotgan kimsalarni xudddi Ko‘klam Tongotarovga qiyoslagan. Shu kabi insonlar atrofda bo‘layotgan hech bir narsa bilan ishlari bo‘lmay, faqat o‘z maqsad, istaklari izidan boradilar. “Shundagina u nimaning hidi bu qadar bezovta qilayotganini hatto uyqusini qochirib yuborganini payqaydi. Bu – son-sanoqsiz odamlarni eshushidan ayirgan, man-man degan davangirlarning burnidan ip o‘tkazib istagan nag‘masiga o‘ynatgan, ne-ne oqil-u donishmandlarning insoniylik martabasini bir pul qilgan va… Ko‘klamboy Tongotarovning qalbiga bulardanda ayanchliroq dahshatlar INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 57 urug‘ini jadal qalay boshlagan oromkursining hidi edi!..” Ko‘klam shu qadar unga bog‘lanib qoladiki, hatto uning hidini ham seza boshlaydi. Qissa qahramoni oromkursi uchun ishini ham unutadi, domla va ijarachi ayasini ham, hattoki o‘z onasini ko‘rgani borishga vaqt ham topolmay qoladi. Qissadagi Ko‘klam orqali o‘z nafsini jilovlay olmaydigan, istaklari izidan boradigan na’maviyatsiz insonni ko‘ramiz. Chunki bu holatni to‘xtatishga unda iroda yo‘q. Buni u kasalga yo‘yadi. “Oromkursi” qissasining boshqa o‘rinlarini kuzatadigan bo‘lsak, Ko‘klam Tongotarovning xonasiga kelgan vakil, xizmatchilar xarakteristikasida ham noodatiy uslublar seziladi. Qissa yakunida qahramon oromkursiga bo‘lgan maylini yenga olmaydi. oromkursi vositachiligida o‘z joniga qasd qiladi. Asar mohiyatidan shu narsa anglashiladiki, mansab, unvon, boylik abadiy emas. Inson yuqori mansab ilinjida o‘z hayotini ham barbod qilishi mumkin. “ O‘zbek adabiyotiga mansub barcha asarlarni bitta qo‘ymay o‘qir edim, Moskvada, shuningdek, Boltiqbo‘yi Respublikalari, Gruziya, Ozarbayjonda nashr etiladigan adabiy-badiiy gazeta-jurnallarni goh obuna bo‘lib, goh kutubxonalardan topib o‘qir, ma’qul maqolalarni erinmay daftarga ko‘chirib yozib yurardim”[3]. “Boshlanishiga Garshin, L.Andreyev, Zasodimskiy hikoyalari, keyinroq F.Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”, “Telba” romanlari xaqiqiy ma’noda aqldan ozdirgan. Bu ikki romanni o‘zbek tilida o‘qigach, buyuk adibning “Bechora kishilar”, “O‘lik uydan maktublar” romanlari, “Kulgili odamning tushi” hikoyasi chinakam badiiy asar haqidagi tushunchalarimni vayron qilib tashlagan desam mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘ng yapon Ryunoske Akutagava, Kobe Abe, Kendzaburo Oe, keyinroq Yasunari Kavabata asarlari… Andrey Platonovning qissalari… Frans Kafkaning “Evrilish” hikoyasini bir kechaga olib, tongga qadar o‘qiganman-u, o‘zimizning adabiyot o‘zgacha ruh, o‘zgacha qarashlar, o‘zgacha konsepsiyalarga juda-juda muhtoj degan qat’iy xulosaga kelganman”[4]. Xurshid Do‘stmuhammadning boshqa asarlari singari “Oromkursi” qissasida ham noan’anaviyliklar, ramziyliklar bor. Bir o‘qishda oddiydek tuyulgan yoki tushunilmagan voqea-hodisalar tagida aslida boshqacha mohiyat yotgan bo‘ladi. Shu jihatdan Xurshid Do‘stmuhammad asarlari boshqa asarlardan o‘zing tili va uslubi bilan ajralib turadi. Inson hayoti o‘rganishdan iborat. Tug‘ilganidan to umrining so‘nggi lahazasigacha biron daqiqa bo‘lsin, o‘rganishdan to‘xtamaydi odam. Bu jarayon goh ixtiyoriy, goh ixtiyorsiz sur’atda davom etadi. Shu maqsad –shu niyatda u o‘zidagi bor imkoniyatni safarbar etadi: ko‘zi, qulog‘i, fahm-farosati, ilmi-bilimi, xotirasi, zakovoti, iste’dodi, epchilligi, uddaburonligi, boyligi… yana allaqancha “vositalari” ham yalpisiga uning o‘rganishi yo‘lida tinim bilmay xizmat qiladi. Yetti qavat samoga parvoz qilishidan, yetti qavat zamin qa’riga tushishidan, bahri muhitning tub-tubini o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagunicha tinib-tinchmaslikdan ko‘zlagan murodi ham bitta – o‘rganish! “Insoniyatning qismati, umrining mazmuni – o‘rganish. O‘rganish yo‘lidagi hech qanday sa’y-harakatni kamsitish mumkin emas, lekin bir haqiqat borki, INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 58 uni inkor etish qiyin. U haqiqat juda oddiy va juda boqiy: inson dunyoni va o‘zini o‘rganishi uchun eng katta, eng beqiyos, eng behisob, eng beminnat boyligi va ming afsuski, eng… qadrsizi ham inson!”[5]. XULOSA Har bir xalq o‘rganilgan odamlari bilan xalq darajasiga ko‘tariladi, har bir jamiyat o‘rganilgan fuqarolari bilan to‘laqonli jamiyatga aylanadi. Zero, har bir individ (kimligidan qat’i nazar!) o‘z xalqi, o‘z jamiyatining mulki hisoblanadi, agar u alohida iste’dod, alohida qobiliyat egasi bo‘lsa, nur ustiga nur – uning mulklik darajasi, qimmati chandon ziyoda bo‘ladi. Shu maqsad – shu niyatda u o‘zidagi bor imkoniyatni safarbar etadi: ko‘zi, qulog‘i, fahm-farosati, ilmi-bilimi, xotirasi, zakovoti, iste’dodi, epchilligi, uddaburonligi, boyligi… yana allaqancha “vositalari” ham yalpisiga uning o‘rganishi yo‘lida tinim bilmay xizmat qiladi. Yetti qavat samoga parvoz qilishidan, yetti qavat zamin qa’riga tushishidan, bahri muhitning tub-tubini o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagunicha tinib-tinchmaslikdan ko‘zlagan murodi ham bitta – o‘rganish! Har qanday milliy badiiy tafakkur umuminsoniy badiiy ijod kengliklarida yashaydi, uning havosidan nafas oladi. Binobarin, bashariyatga daxldor yuksak ma’naviy merosni qadrlash bilan bir vaqtda ulardan o‘rnak ola bilgan xalqning o‘zi ham bashariyat ma’naviyatining bir bo‘lagiga aylana boradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/xurshid-dostmuhammad-aytmishlariva-fiqralar.html 2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xurshid_Do%CA%BBstmuhammad 3. X. Do‘stmuhammad. Oromkursi. Sharq nashriyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent. 2011. 4. S. Sodiq. Hozirgi o‘zbek adabiyoti. “O‘zbekiston”. Toshkent. 1992. 5. Boltaboyev H. Istiqlol imkoniyatlari:yangilangan an’analar va postmodernism. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2006