scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'TKIR HOSHIMOV "TUSHDA KECHGAN UMRLAR" ROMANIDAGI O'ZIGA XOSLIK

Nematova, Nasiba Odiljon qizi; Tulishova, Gulzina Ravshanovna

Abstract

Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimovning yozuvchilik sehri, kitobxonga barcha asarlari birday manzur kelishligi haqidagi sirlilik, adibning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida uning “Tushda kechgan umrlar” romani orqali ochib berilgan. Shuningdek, asarlaridagi hayotiy haqiqatlar, gapga chechanlik, oddiylik, qat’iy bir ishonchli so‘zlarga egaligi, obrazlilik, predmet yoki shaxs tasviridagi ishonchlilik kabilar haqida asarlaridagi mahoratli tasviri ham yoritilgan.

Full text

INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 67 DOI: https://10.5281/zenodo.17645008 O‘TKIR HOSHIMOV “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANIDAGI O‘ZIGA XOSLIK Nematova Nasiba Odiljon qizi JDPU Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Tulishova Gulzina Ravshanovna JDPU Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimovning yozuvchilik sehri, kitobxonga barcha asarlari birday manzur kelishligi haqidagi sirlilik, adibning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida uning “Tushda kechgan umrlar” romani orqali ochib berilgan. Shuningdek, asarlaridagi hayotiy haqiqatlar, gapga chechanlik, oddiylik, qat’iy bir ishonchli so‘zlarga egaligi, obrazlilik, predmet yoki shaxs tasviridagi ishonchlilik kabilar haqida asarlaridagi mahoratli tasviri ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: O‘tkir Hoshimov, tushda kechgan umrlar, roman, sirlilik, nasrdagi, tarona, nasrdagi shoir, Qurbonoy xola, Rustam, komissar Soat G‘aniyev, mustamlakachilik. ABSTRACT In this article, the magic of O‘tkir Hashimov’s writing, the mystery of how all his works are enjoyed by the reader, and the place of the writer in Uzbek literature are revealed through his novel “Tushda kechgan umlar”. Also, his skillful depiction of real life truths, eloquence, simplicity, the possession of certain reliable words, figurativeness, reliability in the image of an object or a person in his works are also covered. Keywords: O‘tkir Hashimov, lives spent in a dream, novel, mystery, poet in prose, song, prose, Aunt Kurbanoi, Rustam, commissar Saat Ganiyev, colonialism. KIRISH XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyoti, aniqrog‘i nasri rivojida O‘tkir Hoshimovning munosib o‘rni bor. Mustabid tuzum sharoitida u o‘zining haq so‘zi bilan INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 68 el orasida e’tibor qozondi. Yozuvchi o‘z asarlarida hamisha haq gapni aytishga intilgan. Ehtimol, uning hikoya, pyesalarida yuzaki o‘rin bordir, ammo adib hech qachon yolg‘on gap aytmagan. Mustabid, mafkura, siyosat nog‘orasiga o‘ynab vijdonini sotmagan, murosasozlik yo‘liga kirmagan. U o‘tkinchi mayllarga berilmay, so‘z san’atining azaliy muammosi - shaxs jumbog‘i, ijtimoiy adolat tuyg‘u ifodasi bilan qiziqdi. Adabiyot dunyosida “nasrdagi tarona”, “nasrdagi shoir” atamalari bor. Yangi o‘zbek adabiyotida Abdulla Qodiriy bilan Said Ahmad haqli ravishda prozaning shoiri deb nom olganlar. ASOSIY QISM Zamonaviy o‘zbek adabiyotida O‘tkir Hoshimovni ham nasrdagi shoir, yetuk asarlarini esa nasrdagi qo‘shiq, tarona deb atash mumkin. Uning barcha asarlaridagi o‘ziga xos mushtaraklik shuki, ular betakror, benazir, sirli musiqiy ohang bilan yo‘g‘rilgan. Muallif qo‘lidagi qalam shunchaki yozmaydi, balki qalami uchidan so‘zlar musiqa singari quyilib keladi. Uning hikoyalari she’rdek, dostondek o‘qiladi, ular yakka so‘zda chalingan dilrabo kuydek yangraydi, hikoyalari ko‘p ovozli simfoniyani eslatadi, hatto uning badiiyalari, publitsistik maqolalarni o‘qiganda inson ko‘ngil xazinasining, tuyg‘ularining xilma-xil jilolari mujassam, oddiy maishiy kechinmalardan tortib ulkan ijtimoiy mushohadalar, keskin ruhiy dramalar, fojialar, qabohatlar haqida qalam tebratganda ham ajib samimiyat, hazin va nurli bir kuy akssado berib turadi. O‘tkir Hoshimov nasrining kitobxonga manzur qilgan joziba sirlaridan biri shunda. Odamzot hayotida shunday pallalar bo‘ladiki, ba’zida ularni hech qachon unutgisi kelmaydi, ba’zida esa tushda kechirgandek unutishni xohlaydi, ammo bunday vaqtlar hayotda qanday iz qoldirganidan qat’iy nazar, baribir qalbning bir bo‘lagi hamisha o‘sha xotiralar bilan band bo‘lib qolaveradi. “Tushda kechgan umrlar” asarini o‘qigan kitobxon qalbidan ham shunday o‘ylar kechadi. Romanda keltirilgan voqealar qamrovi juda keng bo‘lib, 30-yillarning mash’um “qatag‘on” qilish manzaralari, 80-yillardagi ko‘pchilikning yostig‘ini quritgan Afg‘oniston urushi lavhalari, shu yillarda sodir bo‘lgan “o‘zbek ishi” insonlar hayotida sodir bo‘ladigan bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir-biri bilan bog‘lashda yozuvchi mahoratiga tan bermaslikning iloji yo‘q. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, “Bahor qaytmaydi” kabi asarlari kitobxonlarning qalbidan joy olgan. “Tushda kechgan umrlar” romani ham xuddi shunday desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Asar 1991-1992 -yillarda yozilgan. Ilk bor “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilingan. Asar o‘ziga xos tuzilishga ega. Unda Rustamning kundaligidan lavhalar va tergov hujjatlaridan ma’lumotlar keltirilgan. Voqealar kuz tasviri bilan boshlanadi va oxirida ham shu tasvir keltiriladi: Kuz o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi. Oyoq ostida kasalmand xazonlar ingraydi. Shuncha urunishlari zoye ketganini tushunib olamga ma’yus boqadi. Yer-u ko‘kni INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 69 kafandek oppoq tuman chulg‘aydi. Oq zulmat orasidan qarg‘alarning xosiyatsiz fig‘oni eshitiladi.” Kuzning o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshatilishi, xazonlarning ingrashi, yer-u ko‘kni kafandek oppoq tuman qoplashi, qarg‘alarning bexosiyat fig‘oni asarda qandaydir noxush vaziyatlar bo‘lishiga ishora qiladi. Asarning bosh qahramonlardan biri Rustam o‘qishni to‘xtatib armiyaga ketadi. Armiyadan esa urush bo‘layotgan Afg‘onistonga jo‘natiladi. U Vatani va xalqi uchun emas, sovet hukumatining bosqinchilikdan iborat siyosiy manfaati uchun jang qildi. Temur, Xayriddin kabi o‘ziga o‘xshash yosh yigitlarning Afg‘oniston hududida bekordanbekorga o‘lib ketishlariga, afg‘onlarning urushdan katta azob ko‘rayotganlariga guvoh bo‘ldi. Urush natijasida u kasallikka chalindi. Asar voqealar markazida turgan qahramonlar: Rustam, uning otasi, Komissar Soat G‘aniyev, Qurbonoy xolalarning hayoti xuddi tushdagidek ma’nisiz va alg‘ov -dalg‘ov o‘tdi. Rustam afg‘on urushi xotiralaridan qutula olmadi. U o‘zi sevgan qiz Shahnozaga uylangan bo‘lsa ham, ikkalasi birbirini qattiq sevsa ham, ular baxtli bo‘la olishmadi. Bu baxtsizliklarning asosiy sababi urushning salbiy ta’siri edi. Uyga qaytgandan keyingi ketma-ket adolatsizliklar, nohaqliklarga guvoh bo‘lishi, ayolining baxtsizligiga o‘zini aybdor his etishi uning fojiali o‘limiga sabab bo‘ldi. Komissar Soat G‘aniyev har bir kitobxonning qalbida nafrat uyg‘otadi. U otasining izidan borib, sovet komissari bo‘lib yetishadi. Yoshligidan ko‘plab insonlarning (mahalladoshi Husan, To‘lagan) nohaq jazolanishiga sabab bo‘lgan, bir ayolning nomusiga tekkan bu odam keksayganda ham pushaymon bo‘lmaydi. U o‘tgan umridan afsuslanmaydi. dunyoqarashini o‘zgartirmaydi. Komissar 70 yillik zulm saltanatining timsoli. U oddiy emas, o‘ta xavfli manqurt. Qurbonoy xola umrini nimaga sarflaganini bilmaydi, sog‘ligi yomonlashib ishga yaramay qolsa ham har kungi yumushlarini qo‘ymaydi. Doktorlar man etishsa ham o‘z bilganidan qolmay, kundalik tashvishlari bilan band. Bu ayolning umri ham xuddi tushdagidek mazmunsiz va behalovat kechdi. Asarning nega aynan “Tushda kechgan umrlar” deb nomlanishiga quyidagi jumla orqali javob topish mumkin: “O‘ylab qarasam, o‘tgan umrim umr emas, tush ekan. Go‘yo men esimni tanibtanimay birov uyqu dori ichirgan -u tush ko‘rib yuraverganman. Goh shirin, goh xatarli tush ko‘rib. O‘sha birov qayoqqa sudrasa, ketidan ergashib ketaverganman, nima buyursa quloq qoqmay bajaraverganman. Uyg‘onishga esa qo‘rqqanman. Mana endi uyg‘onib yonverimga qarasam menga o‘xshaganlar ko‘p ekan...” (Otasining Rustamga yozgan maktubidan). Ushbu parchada Shomatovning o‘zlariga nisbatan qilingan adolatsizlikdan so‘ng ko‘zlari ochilib, umrlari yolg‘on taqdir asosiga qurilganligini kech bo‘lsa ham anglab yetdi. Shu sababli ularning umrini “Tushda kechgan umrlar” deb nomlagan bo‘lsa kerak yozuvchi. Yolg‘on aqidalar, be’mani urush, qatag‘on siyosati, begunoh insonlarning jazolanishi va h.k kabilar. Said Ahmad “Tushda kechgan umrlar” asariga quyidagicha baho beradi. “Romanni loqayd hayajonsiz o‘qib INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 70 bo‘lmaydi, u kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqani solmagan, qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil-dilidan qarg‘ish yog‘diradi”. Haqiqatdan ham asarni shunchaki o‘qib bo‘lmaydi. XULOSA Shuni aytish kerakki, afg‘on urushi insonlar boshiga ko‘plab kulfatlarni soldi. Qatag‘on siyosati esa undan ham oshib tushdi. Bunga sabab esa mustamlakachilikdir. Qachonki xalq, davlat mustaqil bo‘lsa, uni bosqinchilar xohlagancha boshqara olmaydi. O‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmaydi. O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani, inson qalbining og‘riqli kechinmalari, urush va zulmning inson ruhiyatiga ko‘rsatgan ta’sirini chuqur aks ettirgan badiiy asardir. Muallif inson umrining ma’nosiz o‘tib ketish holatini “tush” ramzi orqali ifodalaydi. Asarda Afg‘on urushi, qatag‘on siyosati, “o‘zbek ishi” kabi tarixiy fojealar inson hayotini izdan chiqaruvchi omillar sifatida yoritilgan. Rustam obrazi orqali yozuvchi urushning dahshatini, insonning ichki fojiasini, nohaqlikka qarshi ichki kurashini ko‘rsatadi. Komissar Soat G‘aniyev esa manqurtlashgan, vijdonsiz sovet tuzumining timsoli sifatida tasvirlangan. Asar insoniylik, vijdon, adolat va ozodlik kabi abadiy qadriyatlarni himoya qiladi. O‘tkir Hoshimov o‘zining bu asari orqali o‘quvchini o‘zo‘zini anglashga, hayot mazmuni haqida chuqur mushohada yuritishga chorlaydi. “Tushda kechgan umrlar” romani shunchaki urush yoki siyosiy fojealar haqidagi asar emas - u inson ruhining uyg‘onish dostonidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. https://teletype.in/@mutolaa_sehri/tushdakechgan 2. “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari" mavzusidagi xalqaro anjuman materiallari 1-kitob. 3. S.U.To‘raqulova “O‘.Hoshimov hikoyalarining o‘ziga xos qirralari” Jizzax2023. 4. https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBtkir_Hoshimov 5. https://tafakkur.net/otkir-hoshimov.haqida