INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 75 DOI: https://10.5281/zenodo.17645031 “MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDA MILLIY QADRIYATLAR VA INSONIY KECHINMALAR TALQINI Fayzullayeva Feruza Xusan qizi JDPU Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Email:
[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani badiiy tahlil qilinib, asarda inson ruhiyati, muhabbat va sadoqat, halollik va xiyonat, shuningdek, milliy qadriyatlar talqiniga alohida e’tibor qaratilgan. Asarda qahramonlarning ichki kechinmalari, ularning ijtimoiy muhit va jamiyatdagi o‘rni orqali o‘zbek xalqining o‘tgan davrdagi ma’naviy hayoti yoritiladi. Yozuvchi tarixiy haqiqat, realistik tasvir va badiiy ifoda vositalari orqali inson qalbining nozik jihatlarini, ijtimoiy ziddiyatlarni hamda milliy o‘zlikni anglash g‘oyasini yuksak mahorat bilan ifodalagan. Maqolada “Mehrobdan chayon” romani o‘zbek adabiyotining rivojidagi muhim bosqich sifatida tahlil etilib, undagi obrazlar tizimi, ruhiy dramatizm va badiiy falsafa ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon”, milliy qadriyatlar, insoniy kechinmalar, muhabbat va fidoyilik, halollik va xiyonat, ma’naviy qashshoqlik, ijtimoiy ziddiyatlar, realizm, o‘zlikni anglash, tarixiy haqiqat, adabiy tahlil, ruhiy dramatizm, o‘zbek romanchiligi. ABSTRACT This article provides a literary analysis of Abdulla Qodiriy’s novel “Mehrobdan chayon” (“The Scorpion from the Altar”), focusing on the depiction of human psychology, love and loyalty, honesty and betrayal, as well as the interpretation of national values. The novel reflects the spiritual life of the Uzbek people of the past through the inner experiences of the characters, their social environment, and their role in society. The author masterfully conveys the subtleties of the human soul, social conflicts, and the idea of national identity through historical truth, realistic description, and artistic expression. The article examines “Mehrobdan chayon” as an important stage in the development of Uzbek literature, analyzing its system of characters, psychological drama, and artistic philosophy.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 76 Keywords: Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon”, national values, human emotions, love and devotion, honesty and betrayal, spiritual poverty, social conflicts, realism, self-awareness, historical truth, literary analysis, psychological drama, Uzbek novel writing. KIRISH “Mehrobdan chayon” – oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman birinchi marta 1929-yil Samarqandda bosilib chiqdi. Roman mavzusi XIX asr hodisalari – “xon zamonlari” davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan. Asarni “Mehrobdan chayon” deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih maxdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslar tomonidan yozuvchining jiddiy yutugʻi deya hisoblanadi. Abdulla Qodiriy. Mehrobdan chayon romani. 1994-yilgi nashrning ichki koʻrinishi asar uzoq yillar davomida juda koʻp marotaba qaytadan nashr etilgan. Jumladan, 1994-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Oʻtkan kunlar bilan bir kitobda 602 betli 60 000 nusxada, 2016yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 512 betli yumshoq muqovada, 2008 va 2018-yillarda Sharq nashriyoti tomonidan 288 betli qattiq muqovada nashr etilgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR “Mehrobdan chayon” romanida xonliklar davri zugʻumi muayyan darajada sezilsa ham, adibda goho tarafkashlik mayllari koʻrinadi. Adib amalda realizm mavqeida turgan tarixiy haqiqatni mumkin qadar haqqoniy ifodalashga intilgan. Romanda muallif yengil hazil-mutoyiba, kulgi-yumor, piching, kinoya-kesatiq, hajv orqali Solih maxdumning tabiatiga xos “maqtab boʻlmaydigan” xususiyatlarni batafsil koʻrsatadi. Bunday xususiyatlarning ichki va tashqi ijtimoiy ildizlarini ham ochadi. Ayni paytda, mahdumning “hamma nuqsonlarini yuvib ketarlik” fazilatini ham taʼkidlaydi: “nima boʻlganda ham maxdum oʻz zamonasining eng oldingi domlalaridan, Qoʻqon aksariyatining savodxon boʻlishlariga sababchi ustozlardan”. Romandagi Anvar bilan Raʼno obrazlari, bir qarashda, romantik qahramonlarday taassurot beradi. Barkamollik – aql-zakovat, doʻstga, sevgiga sadoqat, erk, adolat yoʻlidagi shijoat bobida ular afsona, doston qahramonlarini eslatadilar. Ishqiy mulohazalar bobida bu ikki yosh juda erkin, oralaridagi gap-soʻzlar bir qadar kitobiy,
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 77 shoirona. Masalaga sinchiklab qaralsa, Anvar va Raʼnodagi favqulodda, kitobiy tuyulgan hislatlar, ularning “gʻayritabiiy” xatti-harakatlari mantiqan va ruhiy jihatdan asoslangan. Ular maktab koʻrgan, yaxshi tarbiya, chuqur bilim olgan, Sharqning yuksak madaniyati, gumanistik gʻoyalarini oʻzlari uchun chin eʼtiqod, bosh maqsad qilib olgan odamlardir. Adib asar personajlari qismati bilan bogʻliq holda muhim tarixiy hodisalar, shaxslar, sarguzashtlar haqida ham maʼlumot berib oʻtadi. Solih maxdumning kechmishi, ota-bobolari qismati bahonasida keltirilgan Amir Umarxonning kanizi toʻgʻrisidagi hikoya, haq ishlari uchun jabr koʻrgan Sayidxon, mulla Siddiq va Moʻminjonlarning achchiq qismati, Xudoyorxon tarixi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Ogʻacha oyim sarguzashtlari, xon harami, xotinlari, oʻrdadagi qullar haqidagi aniq maʼlumotlar asarda salmoqli oʻrin tutadi. Ular bilan tanishganda hujjatlitarixiy, publitsistik asar oʻqiyotganday boʻlasiz. Yozuvchi baʼzan qahramonlarining tabiatini, xususan, haramdagi qizlar fojiasini hazilmutoyiba, oʻyin-kulgi orqali ochib beradi. Ammo, bu kulgili boʻlib tuyulgan hodisalar zamirida jiddiy insoniy drama va shafqatsiz haqiqat yotadi. Xullas, “Mehrobdan chayon” hayot haqiqatini “orttirmay va kamitmay” oʻz holicha jamiki qirralari, tovlanishlari bilan gavdalantirgan, xarakterlar olamini, ruhiyatini oʻziga xos ohanglar, boʻyoqlar vositasida kashf etib bergan oʻxshashi yoʻq badiiy obida boʻlib hisoblanadi. “Turkiston feodallarining keyingi vakili boʻlgʻan Xudoyorning oʻz xohishi yoʻlida dehqon ommasi va mayda hunarmand – kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim boʻlmasin, rahmsiz jazo berishi roʻmonning mavzuidir. Xudoyorning bu yoʻldagʻi birinchi istinodgohi boʻlgʻan ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, Madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolgʻani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sigʻdirgʻan qadar bayon qilinadir. Bular roʻmonning nomargʻub – manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi “tuban” sinf – kambagʻallar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch – ulamo alayhigachiqishi. Mehnatkash kambagʻallarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmishi va birbiriga aloqasi, samimiyati. Albatta, men bu soʻnggʻi margʻub qahramonlarni oʻzbek tarixining hazmi koʻtargan qadar oʻz holicha olishqa tirishdim. Ularning xon va ulamoga qarshi isyoni tabi’iy – shar’iydir. Chunki shundan ortigʻi soxta boʻlishi ustiga kitobning qadrini ham tushurar edi. Shu ikki sinfkurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy vaetnoʻgʻrafiy lavhalar, oʻzbek hayoti, qiziqchiligʻi, tanqidchiligʻi, oʻzbek xotin-qizlari orasidagʻIisteʼdod, shoirlar, azkiyachilik va boshqa yana koʻbnuqtalarni qamrab olindi. “Mehrobdan chayon” – Abdulla Qodiriy tomonidan yozilgan, o‘zbek adabiyotining klassik asarlaridan biri. Ushbu asar, insoniy his-tuyg‘ular, sevgi, fidoyilik va ijtimoiy munosabatlar haqida chuqur fikr yuritadi. Asar qahramonlarning
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 78 ichki dunyosini va ularning hayotiy tanlovlarini o‘rganadi. Qodiriy, o‘z qahramonlari orqali, sevgi va umidning kuchini, shuningdek, hayotdagi qiyinchiliklar va sinovlarni yoritadi. Asardagi muloqotlar va hissiyotlar, o‘quvchiga qahramonlarning ruhiy holatini chuqur his qilish imkonini beradi. Badiiy uslub va tasvirlar, asarning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Yozuvchi, metafora va simbolik ifodalar orqali, o‘quvchini hayotning murakkabliklari va insoniy qadriyatlar haqida o‘ylashga undaydi. XULOSA Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani o‘zbek adabiyotida inson ruhiyatini, milliy qadriyatlarni va ijtimoiy ziddiyatlarni yoritishda yangi bosqich yaratgan asardir. Yozuvchi o‘z asarida inson qalbining murakkab kechinmalarini, muhabbat va vijdon, halollik va xiyonat, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni mahorat bilan tasvirlaydi. Asarda tarixiy haqiqat bilan badiiy to‘qima uyg‘unlashib, o‘quvchini o‘tgan zamon hayoti va uning ma’naviy muammolari haqida chuqur o‘ylashga undaydi. “Mehrobdan chayon” faqat bir davr manzarasini emas, balki butun insoniyatning ma’naviy izlanishlarini aks ettirgan asar sifatida qadrlanadi. Abdulla Qodiriy o‘z qahramonlari orqali jamiyatdagi adolatsizlik, soxtalik va riyo bilan kurashgan, insoniy poklik va vijdon ustuvorligini ulug‘lagan. Shu bois, mazkur roman o‘zbek romanchiligi tarixida o‘chmas iz qoldirgan badiiy durdona hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbek tilining izohli izohli lug‘ati 1,2,3,4,5 jildlar “O‘zbekiston” nashriyoti Toshkent-2020 2. Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” “Sharq”nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2013 3. uzsmart.ru electron darsliklari. 4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Mehrobdan_chayon 5.https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/abdulla-qodiriy-18941938/abdulla-qodiriy-mehrobdan-chayon-roman