scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XO'JA ISLOM JO'YBORIYNING BUXORO XONLIGINING IJTIMOIY SIYOSIY HAYOTIDAGI O'RNI

Nаzirov Bахtiуor Sаfаrovich; Ibragimova Manzura Mahmasiddiq qizi

Full text

278 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XO‘JA ISLOM JO‘YBORIYNING BUXORO XONLIGINING IJTIMOIY SIYOSIY HAYOTIDAGI O‘RNI Nаzirov Bахtiуor Sаfаrovich Tаriх fаnlаri bo‘уichа fаlsаfа doktori (РhD), dotsеnt. Dеnov tаdbirkorlik vа реdаgogikа instituti. Telefon raqami: +99899 677 60 22 E-mail: b.nаzirov@dtрi.uz ORCID: https://orcid.org/0000-0002-8580-4299 Ibragimova Manzura Mahmasiddiq qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika institut talabasi E-mail: [email protected] Tel:+998994838206 ORCID: https://orcid.org/0009-0007-4206-6795 https://doi.org/10.5281/zenodo.17645432 Annotatsiya: Ushbu maqolada Xo‘ja Islomning Buxoro xonligidagi ijtimoiy-siyosiy o‘rni va faoliyati tahlil qilinadi. Asarda u yashagan davrning siyosiy muhitida diniy yetakchilarning ta’siri, ularning xalq orasidagi nufuzi va davlat boshqaruvidagi roli yoritilgan. Xususan, Xo‘ja Islomning xonlik siyosatidagi ishtiroki, uning diniy qarashlari hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi sa’yharakatlari tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Maqolada, shuningdek, Xo‘ja Islomning islomiy qadriyatlarga asoslangan adolatli boshqaruv haqidagi fikrlari hamda uning Buxoro xonligi ijtimoiy hayotiga ko‘rsatgan ta’siri ochib berilgan. Tadqiqot natijasida Xo‘ja Islomning Buxoro tarixidagi o‘ziga xos o‘rni va merosi ilmiy jihatdan asoslab ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar. Naqshbandiya tariqati, Makka, tojsiz hukmdor, Movarounnahr, Sumitan, hazira, masjid, madrasa, xonaqoh, Buxoro, Iskandarxon, Abdullaxon II. Annotation. This article analyzes the socio-political role and activities of Khoja Islam in the Bukhara Khanate. It highlights the influence of religious leaders in the political environment of his era, their authority among the people, and their role in state governance. In particular, the article examines Khoja Islam’s participation in the khanate’s politics, his religious views, and his efforts to ensure social stability based on historical sources. Furthermore, it reveals his ideas about just governance founded on Islamic values and his impact on the social life of the Bukhara Khanate. As a result of the study, Khoja Islam’s unique place and legacy in the history of Bukhara are scientifically substantiated. Keywords: Naqshbandi order, Mecca, crownless ruler, Mawarannahr, Sumitan, shrine, mosque, madrasa, khanqah, Bukhara, Iskandar Khan, Abdullah Khan II. Аннотация. В данной статье анализируются общественно-политическая роль и деятельность Ходжи Ислама в Бухарском ханстве. Освещается влияние религиозных лидеров на политическую среду его эпохи, их авторитет среди народа и роль в государственном управлении. В частности, рассматривается участие Ходжи Ислама в политике ханства, его религиозные взгляды и усилия по обеспечению социальной стабильности на основе исторических источников. Также раскрываются его идеи о справедливом управлении, основанном на исламских ценностях, и его влияние на общественную жизнь Бухарского ханства. В результате исследования научно обосновано особое место и наследие Ходжи Ислама в истории Бухары. Ключевые слова: тарикат Накшбандия, Мекка, безкоронный правитель, Мавераннахр, Сумитан, хазира, мечеть, медресе, ханакох, Бухара, Искандархан, Абдуллахан II. Kirish. Jo‘ybor shayhlari – naqshbandiya tariqati namoyondalari hisoblanib, Buxoro shahrining janubi-g‘arbida joylashgan Jo‘ybor qishlog‘ida istiqomat qilishgan. Jo‘ybor so‘zining 279 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc “oqar suv” degan ma’noni anglatadi. Joʻybor shayxlari oʻzlarini islom dinini targʻib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb hisoblaganlar. Jo‘ybor shayxlari qariyb ikki asr mobaynida o‘z iqtisodiy qudrati va manaviy-siyosiy salohiyatlarini saqlab keldilar. XVI-XVII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy hayotini Jo‘ybor xojalarisiz tassavvur qilish qiyin. Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan ikki sulola-Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida bu xonadon vakillari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdilar. XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro xonligida diniy arboblarning mavqei nihoyatda kuchli bo‘lagan. Davlat boshlig‘ining hokimiyati ilohiy qudratga ega bo‘lganligi Qur’oni Karimning qator sura va oyatlarida xuddi shu narsa belgilab qo‘yilgan: “U sizlarni yer yuzida xalifa qilib qo‘ygan ” yoki “Va biz uni yuksak martabaga ko‘tardik” kabi qoidalar ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo xon xokimiyati zaiflashganda tasavvuf shayxlarining siyosiy ishlarga faol aralashganlik holatini xam ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda Movaraunnahr hukmdorlari diniy ulamolarni yaxshi iltifotlar ko‘rsatib katta davlat lavozimlariga tayinlaganlar. Shayxulislom, rais, sadr, naqib, qozi kalon mansablari merosiy nasldan naslga o‘tib kelgan. Joʻybor shayxlarining siyosiy ta'siri, ayniqsa, Muhammad Islom davriga kelib sezilarli darajada oshdi. Abu Bakr Sa'dning nevarasi Muhammad Islom Joʻybor shayxlarining iqtisodiy va siyosiy jihatdan katta nufuzga ega bo‘lishida asosiy rol o‘ynadi. U 1550-yillarda Buxoro xonligidagi tojutaxt uchun bo‘lgan kurashlarga faol aralashib, o‘z muridi Abdullaxon II ning taxtga chiqishiga yordam berdi . Bu harakat Joʻybor shayxlarining Shayboniylar davlatidagi siyosiy mavqeyini belgilab bergan muhim qadam bo‘ldi. Abdullaxon II davrida hokimiyatni boshqarishda diniy ulamolar faoliyatiga tayangan(ba’zi manbalarda ularni “tojsiz hukmdorlar” deb ta’riflangan). Asosiy qism. Jo‘ybor shayhlari orasida Xoja Islomning ijtimoiy-siyosiy mavqei boshqalarga nisbatan xar jihatdan yuqori bo‘lgan. Jo‘yboriylarga bag‘ishlangan manbalarda Xoja Islomdan avvalgi avlodlari ijtimoiy mavqei haqida chuqur ma’lumot berilmagan. Xoja Islom o‘zining ustamon va tadbirkorligi bilan ajralib turadi. U ota tarafdan oltinchi imom-Imom Jafar as-Sodiqqa borib bog‘lanadi. Ona tarafdan ham buzrukzodalardan hisoblangan. Xoja Islomning ona tarafdan bobosi Mavlono Umar bin Mavlono Alouddin, Shayh Mansurning avlodi bo‘lgan. Uning bolalik va o‘smirlik yillari Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng og‘ir davriga to‘g‘ri keladi. XVI asrda boshlarida bu hududda siyosiy beqarorlik hukm surdi. So‘nggi Temuriylar va Shayboniylar o‘rtasida Movarounnahr va Xuroson yerlari uchun qonli to‘qnashuvlar avj oldi. XVI asrning 30-yillaridan boshlab Xoja Islom Naqshbandiya tariqatida tanila boshladi. Shayboniy sultonlar ham uning ma’naviy-siyosiy mavqei bilan hisoblashishga, unga yaqin bo‘lishga harakat qildilar. Xoja Islom bilan yaqin aloqada bo‘lgan Shayboniy sultonlaridan biri Iskandarxon ibn Jonibek sulton sanaladi. Xoja Islom va Iskandarxonni birlashtiruvchi jihatlardan biri, ikkalasi Naqshbandiya tariqati peshvosi Mahdumi A’zam Xoja Kosoniyning muridi hisoblanadi. XVI asr 40-yillaridan Xoja Islom siyosiy faoliyatida burilish davri boshlandi. U Naqshbandiya tariqati piri sifatida e’tirof etilgach, Buxoro taxtiga da’vogar Shayboniy sultonlari uning qo‘llabquvvatlashiga umid bog‘lab, tez-tez unga murojaat qilishardi. Lekin ularning aksariyati Xoja Islomning marhamatiga sazovor bo‘lisholmadi. Birgina Abdullaxon bundan mustasno edi. Xoja Islom faqat shu shayboniyzodani Buxoro taxtiga munosib ko‘rdi va uni qo‘llab-quvvatladi. Xoja Islom o‘zining ustamon va tadbirkorligi bilan ajralib turadi. U mamlakatdagi siyosiy vaziyatni o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga harakat qilib, Sumitanga bo‘lgan da’vosini va chorbakrlarga qondoshligini huquqiy jihatdan asoslashga erishdi. Chorbakr avlodiga mmansublik, eng avvalo Xoja Islomga va uning vorislariga jamiyatda yuksak mavqe tutishga imkoniyat yaratdi. 280 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Keyinchalik Sumitan mozori va bu yerda barpo etilgan masjid, madrasa, xonaqoh va ular foydasiga qilingan vaqflar Jo‘yboriylarning katta iqtisodiy qudratga ega bo‘lishini ta’minladi. Ayniqsa, vaqflar Jo‘yboriylarning asosiy daromad manbaiga aylandi. Xoja Islom va Abddullaxon o‘rtasida chuqur ildiz otgan munosabatlarni farzandi Xoja Sa’d davom ettirishlini istab, uni xonadon mol-mulkini bosh merosxo‘ti etib tayinladi. O‘zidan talab etilgan barcha narsalar bundan keyin Xoja Sa’ddan talab etilishini e’tirof etdi. Diniy ulamolarning Buxoro xonligi tashqi aloqalarida ayniqsa Jo‘ybor xojalaridan Xoja Islom, Xoja Sa’d, Xoja Tojiddin va boshqalar nomiga turli davlatlar, jumladan Xindiston, Xuroson, Eron, Turkiya, Yorkend, Qoshg‘ar va Qozoq xonliklaridan juda ko‘plab xatlar kelgan. Bundan diniy ulamolarning bu vakillarixonlikda xatlar orqali olib borilgan tashqi siyosiy aloqalarida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Shuningdek xolikda jo‘ybor xojalari nomiga boshqa viloyat xokimlari, chet davlat hukmdorlaridan ham Buxoro bilan aloqalarnimustahkamlash uchun ko‘mak so‘rab yozilgan xatlar ham kelgan. Bu ma’lumotlarorqali diniy ulamolarning davlatlar o‘rtasidagi aloqalarda ham elchilik qilganliginiko‘rishimiz mumkin. Abdullaxonning o‘z ma’naviy rahnamosi Xoja Islom oldidagi eng katta xizmati uning ajdodlari va o‘zi sharafiga Sumitanda masjid, madrasa va xonaqoh qurdirganidir. Uning birinchi tadbiri Abu Bakr Sa’d qabri atrofiga hazira (chambara) o‘rnatish bo‘ldi. Mozor atroflaridan 100 tanob yer olib, uni chorboqqa aylantiradi, turli anvoyi daraxtlar bilan to‘ldiradi. Bu yerda hovuz, ulug‘vor ko‘rinishxona qurdiradi. Amirlarga o‘zi yaratgan chorbog‘ atrofiga yana bog‘ qurishga farmon beradi. Farmonga muvofiq Sumitan chahorbog‘i atrofiga Abdullaxon amirlari tomonidan ko‘plab bog‘ barpo etiladi. Shergiron darvozasining janub tomonidagi devor buzilib, Shayx Jalol darvozasigacha qaytadan kengaytirib urib chiqiladi. Natijada Xoja Islom manzili bo‘lgan Jo‘ybor shahar ichkarisiga olinadi. Xulosa. Diniy ulamolar Buxoro xonligi tashkil topgan paytdan boshlab XIX asr o‘rtalariga qadar xonlik ijtimoiy tabaqalari orasida o‘zining mustahkam o‘rnini saqlab keldi. Shayboniylar davrida ular yuksak o‘bro‘ va mavqe egalari sifatida xukmron tabaqalar qatorida turgan. Xo‘ja Islomning Buxoro xonligidagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni nihoyatda katta bo‘lgan. U o‘z davrida nafaqat diniy peshvo, balki siyosiy maslahatchi va iqtisodiy islohotchi sifatida ham faoliyat yuritgan. Uning tashabbusi bilan tashkil etilgan vaqflar, qurilgan masjid va madrasalar, shuningdek, xalq farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlari Buxoro jamiyatining taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. Xo‘ja Islomning Naqshbandiya tariqatidagi yetakchilik mavqei esa mamlakatda ma’naviy birlikni, adolat va halollik qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Shunday qilib, Xo‘ja Islom o‘z faoliyati bilan Buxoro xonligining siyosiy barqarorligi, iqtisodiy rivoji va ma’naviy hayotining yuksalishiga beqiyos hissa qo‘shgan tarixiy shaxs. References: 1. Qodirov Z. Joybor xojalari. Toshkent, 2021. 2. To‘rayev H. “Manoqibi Sadiya” – Jo‘ybor xo‘jalari tarixini o‘rganish bo‘yicha muhim manba. Toshkent, 2005. 3. Xofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma. Toshkent: Sharq, 1999. 414 b. 4. Badriddin Kashmiriy. Ravzat ar-rizvon. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozma fondi. 5. To‘rayev H. Buxoro xonligining XVI – XVII asrlar ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy hayotida Jo‘ybor xojalarining tutgan o‘rni. Tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent, 2007.