scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV - MILLIY UYG'ONISH DAVRINING MA'RIFATPARVAR YO'LBOSHCHISI

Usmonov Nurmuhammad Eshmahmat o'g'li; Omonov Nodir Yodgor o'g'li

Full text

309 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV - MILLIY UYG’ONISH DAVRINING MA’RIFATPARVAR YO’LBOSHCHISI Usmonov Nurmuhammad Eshmahmat o'g'li Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti talabasi [email protected] Tel:998903777796 Omonov Nodir Yodgor o'g'li Denov tadbirkorlik va pedagogika inistituti talabasi [email protected] 94 224 44 03 https://doi.org/10.5281/zenodo.17645510 Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy uyg’onish davrining yirik namoyondalaridan biri - Munavvarqori Abdurashidxonovning hayoti, ma’rifatparvarlik faoliyati va o’zbek xalqining ma’naviy taraqqiyotiga qo’shgan ulkan hissasi yoritilgan. maqolada jadidchilik harakatining shakllanishida Munavvarqorining tutgan o’rni, uning millatni ilm, ma’rifat va ozodlik sari yetaklash yo’lidagi fidokorona xizmatlari tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, u yaratgan yangi maktab tizimi, darsliklar va ta’limdagi islohotlar, shuningdek, milliy o’zlikni anglash jarayonidagi o’rni ilmiy asosda yondashuv bilan ko’rsatib berilgan. Tadqiqot natijasida Munavvarqori Abdurashidxonov shaxsining milliy uyg’onish davrida tutgan beqiyos o’rni hamda uning g’oyalari bugungi ta’lim va ma’naviy hayot uchun dolzarb ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Kalit so’zlar: Munavvarqori Abdurashidxonov, fors, «millatchilik», tabiatshunoslik, «Taraqqiy», «Turkiston kutubxonasi», «Adibi avval», «Sadoi Turkiston», odinochka, kontrrevolyutsion faoliyat. Abstract: This article highlights the great contribution of Munavvarqori Abdurashidkhanov, one of the national figures of the Renaissance, to the life of enlightenment and the spiritual development of the Uzbek people. The article analyzes the place of Munavvarqori in the Jadid movement, his selfless services in leading the nation to knowledge, enlightenment and freedom. The article analyzes the national, the new school system he created, textbooks and development in education, his place in the process of understanding minorities on a scientific basis. The unique place occupied by the personality of Munavvarqori Abdurashidkhanov in the industry during the period of national revival and the benefit of his ideas for today's education and spiritual life are substantiated. Keywords: Munavvarqori Abdurashidkhanov, Persian, nationalism, natural science, "Progressive", Turkestan Library, Adibi avval, Sadoi Turkestan, odinochka, counter-revolutionary activity. Аннотация: В статье освещается огромный вклад Мунавваркори Абдурашидханова, одного из национальных деятелей эпохи Возрождения, в просвещенную жизнь и духовное развитие узбекского народа. Анализируется роль Мунавваркори в движении джадидов, его бескорыстные заслуги в руководстве народом к науке, просвещению и свободе. Анализируются созданная им национальная новая школьная система, учебники и прогресс в образовании, а также его роль в научном познании меньшинств. Обосновывается уникальная роль Мунавваркори Абдурашидханова в этой области в период национального возрождения и практическая польза его идей для современного образования и духовной жизни. Ключевые слова: Мунавваркори Абдурашидханов, персидский язык, национализм, естественные науки, «Тараккипарвар», Туркестанская библиотека, Адиби аввал, Садои Туркестан, одиночка, контрреволюционная деятельность. 310 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Kirish: XX asr boshlarida O’rta Osiyo xalqlari xususan, o’zbek millati hayotida tub ijtimoiysiyosiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Bu davr tarixda milliy uyg’onish davri nomi bilan tanilgan bo’lib, xalqning milliy o’zligini anglash, ilm va tafakkur orqali ozodlikka erishish jarayonlari jadallashdi. Bu davrning eng yorqin namoyandalaridan biri - Munavvarqori Abdurashidxonov bo’lib, u xalqni ma’rifat, ilm va ozodlik sari yetaklagan ma’naviy yo’lboshchi sifatida tarixda chuqur iz qoldirdi. Munavvarqori Abdurashidxonov 1878-yilda Toshkent shahrida diniy ilm ahli oilasida tug’ilgan. Yoshligidan ilmga chanqoq, fikr doirasi keng, zamonasining ilg’or fikrli yoshlaridan biri bo’lgan. U dastlabki savodini mahalliy maktabda so’ngra Toshkentdagi mashhur madrasalarda olgan arab, fors, turk va rus tillarini o’rgangan. Bu bilimlar unga islom ilmlari bilan birga zamonaviy fanlarni ham o’zlashtirish imkonini berdi. U diniy an’analar va zamonaviy ilm o’rtasidagi uyg’unlikni topish xalqni jaholatdan chiqarish va ilm orqali ozodlik sari boshlash zarurligini chuqur his qilgan. Shu maqsadda u 1901-yilda Toshkentda «Namuna» nomli yangi usuldagi maktab ochdi. Bu maktab Turkistonda milliy uyg’onish harakatining dastlabki amaliy namunalaridan biri bo’ldi. Biroq uning bu faoliyati keyinchalik sovet tuzumiga yoqmagan. Munavvarqori «millatchilik», «kontrrevolyutsion faoliyat»da ayblanib 1931-yilda hibsga olindi va o’sha yilning o’zida otib tashlandi. Munavvarqori Abdurashidxonov 1931-yil Toshkentda qatag’on qurboni bo’ldi. Ammo uning g’oyalari asarlari va ma’naviy merosi o’zbek xalqining ilm-ma’rifat yo’lidagi harakatida abadiy yashab qoldi [1]. Asosiy qism: Munavvarqorining faoliyati Turkistonda ma’rifat va yangi tafakkur sari yo’naltirilgan harakatning tarkibiy qismi edi. U yoshligidanoq ilmni millat ravnaqi uchun yagona yo’l deb bildi. O’sha davrda eski usuldagi maktablarda faqat diniy ta’lim berilar, zamonaviy fanlarga e’tibor yetarli emas edi. Munavvarqori bu holatni tanqid qilib, o’qitish usullarini yangilash, o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, dunyoviy bilimlarni kengaytirish zarurligini ta’kidladi. 1901-yilda u «Namuna» maktabini ochdi. Bu maktabda o’quvchilar nafaqat Qur’on va diniy fanlarni balki geografiya, tarix, tabiatshunoslik, hisob, yozuv, o’qish kabi dunyoviy fanlarni ham o’rganish imkoniga ega bo’ldilar. Munavvarqori dars jarayonida yozma mashg’ulotlar, savol-javob uslubi, tushuntirish asosidagi metodlarni qo’llab, o’qitish samaradorligini oshirdi. Uning bu islohotlari o’sha paytdagi diniy doiralar tomonidan qarshilikka uchragan bo’lsa-da xalq orasida keng e’tirof topdi. Munavvarqori o’z asarlarida ta’limni millat taraqqiyotining kaliti deb bilgan. Uning fikricha xalqning ozod bo’lishi uchun eng avvalo tafakkur ozod bo‘lishi kerak tafakkur ozodligi esa ilm va ma’rifat orqali shakllanadi [2]. Munavvarqori o‘z maktabi uchun tovush usulida yozgan “Adibi avval” (“Birinchi adib” 1907yil) alifbe kitobi, “Adibi us-soniy” (“Ikkinchi adib”1907-yil) oʻqish kitoblari bir necha bor nashr qilingan. 1904-yildan ijtimoiy siyosiy, madaniy hayotga aralasha boshlagan. 1906-yildan “Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy”, "Taraqqiy" gazetalarida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida "Xurshid" gazetasini tashkil etgan. 1908-yil uning “Sabzazor” (toʻplam), “Yer yuzi” (geografiyadan), “Tajvidal Qur’on” (Quronni oʻqish usulini oʻrgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qoʻllangan. "Shuhrat" (1907), “Tujjor” (1907), “Osiyo” (1908) gazetalarini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim vazifasini bajargan. Soʻng “Sadoyi Turkiston” (1914-1915) gazetada masʼul muharrir muovini, “Al-isloh" jurnali (1915-1917)da maxfiy muharrir, "Najot" va "Kengash" (1917) gazetalarida masʼul muharrir. Munavvarqori ibn Abdurashidxon turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U “Jamiyati Imdodiya” (1909), “Turon” (1913), “Turkiston kutubxonasi” (1914), “Umid” (1914), “Maktab” (1914), “Koʻmak” (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shuʼbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahri maorif noziri, Sharq xalqlari syezdi (1920, Boku) delegat va hayʼati aʼzosi. BXSR 311 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920-1921), Toshkent shahri ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi pedagogika texnikumi, ayollar pedagogika institutida muallim (1923-1925), Samarqand shahri muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Toshkent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927-1928) bo‘lib faoliyat yuritdi [3] U yaratgan darsliklar - “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Muallimi avval”, “O‘qish kitobi” - o‘zbek xalqining birinchi zamonaviy o’quv qo’llanmalari sifatida tarixda muhim o’rin tutadi. Bu darsliklarda o’qitishning psixologik va didaktik asoslari ilgari surilgan bo’lib, o’quvchi shaxsiga individual yondashuv tamoyili ilgari surilgan. Munavvarqori ta’limni insonparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, milliy g’urur va vatanparvarlik ruhida olib borishni taklif qilgan. U uchun o’qituvchi shaxs jamiyatda eng muhim rolni o’ynaydi - u xalqni ongli, iymonli va bilimli qilib tarbiyalaydigan kuchdir. Uning pedagogik qarashlarida ayollar ta’limi masalasi ham markaziy o’rin egallaydi. U ayollarni o’qitish, ularga bilim berish jamiyatning ma’naviy rivoji uchun zarurligini targ’ib qilgan. Shu ma’noda u o’z davrining gender tenglik g’oyalarini ilgari surgan jasoratli ziyolilardan edi. Munavvarqori Abdurashidxonov jadidchilik harakatining nazariy poydevorini shakllantirgan ziyolilardan biridir. U «jadidchilik»ni faqat yangi maktab tizimi emas balki yangi tafakkur, yangi dunyoqarash sifatida talqin qilgan. Uning fikricha, millatning kuchi bilimda, taraqqiyot esa tafakkur erkinligida. Shu bois u «xalqning jaholatini sindirish uchun birinchi qurol - maktabdir» deb yozgan. Munavvarqori «Taraqqiy», «Hurriyat», «Najot», «Shuhrat», «Sadoi Turkiston» kabi gazetalarda faol publitsistik maqolalar bilan chiqish qilgan. U o’z maqolalarida millatning orqada qolish sabablari, iqtisodiy mustamlakachilik, madaniy qullik va jaholatni keskin tanqid qilgan. Uning g’oyalari Behbudiy, Fitrat, Avloniy, Cho’lpon kabi jadid ziyolilariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Ularning barchasi Munavvarqorining «ilm orqali ozodlik» konsepsiyasini amaliyotda davom ettirdilar [4]. 1917-yilgi fevral inqilobidan so’ng Turkistonda siyosiy uyg’onish kuchaydi. Munavvarqori xalq manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil siyosiy tuzum zarurligini ta’kidladi. U Turkiston muxtoriyati g’oyasini qo’llab-quvvatlab, xalqning o’z taqdirini o’zi belgilashi kerakligini ilgari surdi. U «Millat uchun ozodlik, xalq uchun adolat» degan shior bilan chiqdi. U siyosiy faoliyatda ham o’qituvchilikdagi printsiplarini saqlab qoldi har bir siyosiy o’zgarishning asosi xalqning ongida bilimida va iymonida bo’lishi lozim deb hisoblagan. Biroq sovet hokimiyati bu g’oyalarni «millatchilik» sifatida talqin qildi. Muallimlikdan chetlatilgach Munavvarqori qo’lqop tikib sotish bilan ro’zg’or tebratadi. Kun kechirish nihoyatda qiyin bo’lgani uchun nafaqaga chiqishga harakat qiladi. Maorif komissarligida va ijtimoiy ta’minot idoralarida o’tirgan shaxslar uni ovora-yu sarson qiladilar. 1929-yil sentabrda u nafaqaga ilinadi. Ammo uning bir so’m pul olgani noma’lum. 1929-yil 6-noyabrda qamoqqa olinadi. Uyida tintuv o’tkazilib, barcha hujjatlari, kitoblari hovlisida yoqib tashlanadi. Dastlabki uch oy mobaynida o’tkazilgan tergovda Munavvarqori ham, sheriklari ham o’zlarini aybsiz hisoblab, so’roq varaqasiga imzo chekmaydilar. Ammo davlat siyosiy boshqarmasi sharq bo’limining boshlig’i K.Belskiyning shaxsan o’zi va Agidullin nomli xodimi adibga jismoniy tazyiq o’tkaza boshlaydilar. 18-20 raqamli azobxonalarda konveyer usulida olib borilgan so’roqlar, uzlatxonada saqlashlar, oddiy insoniy zaruratlardan mahrum qilishlar mahbuslarning irodasini sindirib, so’roq varaqasiga imzo chekishga majbur qiladi. Millat fidoyisi bo’lgan bu siymo nihoyatda g’ayriinsoniy sharoitda saqlandi. Uning 1930-yil 30-oktyabrda birlashgan davlat siyosiy boshqarmasiga (OGPU) yozgan arizasida: «Hozir qattiq betobman, oyog’im shishib ketganidan yurolmayman, boshqalarning yordamiga muhtojman. Shu sababli meni umumiy kameraga ko’chirishingizni yoki shifoxonaga yotqizishingizni so’rayman», deb murojaat qiladi. Biroq murojaati javobsiz qoldirilib, yetti oy nur ko’rmasdan, yolgiz ozi («odinochka» 312 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc degan uzlatda) saqlanib, 1931-yil 23-aprelida otiladi. Shu tariqa o’zbek milliy uyg’onishining eng yirik namoyandalaridan biri hayotdan bevaqt ketdi. Munavvarqorining ilmiy merosi - o’zbek pedagogikasi, milliy ma’rifat va ma’naviyat tarixining eng boy sahifalaridan biridir. U ta’limni inson ruhining uyg’onish manbai sifatida talqin qilgan. Uning «Adibi avval» darsligi hozirgi boshlang’ich ta’lim metodikasining asosiy g’oyalari bilan hamohang. Uning ta’lim konsepsiyasi quyidagi tamoyillarga tayanadi: 1. Ta’lim milliy qadriyatlar asosida bo’lishi kerak; 2. Har bir o’quvchi tafakkur erkinligiga ega bo’lishi zarur; 3. O’qituvchi jamiyatda yo’lboshchi rolini bajaradi; 4. Ma’naviy tarbiya ilm bilan uyg’un bo’lishi shart. Munavvarqori ilgari surgan «ta’lim orqali taraqqiyot» g’oyasi bugungi mustaqil O’zbekiston ta’lim siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida o’z aksini topmoqda. Bugun O’zbekiston ta’lim tizimida insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash, dunyoqarash kengligi, ma’naviy barkamollik tamoyillari Munavvarqorining g’oyalariga tayanadi [5] Xulosa: Munavvarqori Abdurashidxonov o’zbek milliy uyg’onish davrining buyuk siymosi, jadidchilik harakatining nazariy va amaliy asoschisi, o’z xalqining ozodligi uchun jonini fido qilgan fidoyi inson edi. U ilmni eng yuksak qadriyat deb bildi ma’rifatni millatni qutqaruvchi kuch sifatida talqin qildi. U yaratgan maktablar, darsliklar, yozgan maqolalar bugungi o’zbek jamiyatining ma’naviy va ta’limiy poydevorida o’z aksini topmoqda. Munavvarqorining o’limi zulm qurboni, ammo g’oyalari millat uchun abadiy hayot manbai bo’lib qoldi. Uning hayoti xalqni jaholatdan nur sari boshlagan ma’rifat yo’lboshchining hayotiy maktabidir. References: 1. Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. - Toshkent: Ma’naviyat, 1998. 2. To’xtasinov Sh. Munavvarqori Abdurashidxonov hayoti va faoliyati. - Toshkent: Fan, 2002. 3. Abdug’afforov R. O’zbek jadidlari: ta’lim va ma’rifat yo’lida. - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2018. 4. Rasulov A. Milliy uyg’onish davri ziyolilari merosi. - Toshkent: Sharq, 2020. 5. S. Xolboyev «Munavvarqori Abdurashidxonov» - « yoshlar nashriyoti uyi» - Toshkent 2022. 6. Sirojiddin Ahmad. Munavarqori. Esse. „Sharq yulduzi» jurnali 1992.