XORAZM MA'MUN AKADEMIYASI ALLOMALARIDAN TARIXIY SHAXS - ABU NASR IBN IROQ IJODIY FAOLIYATI
Full text
322 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI ALLOMALARIDAN TARIXIY SHAXS - ABU NASR IBN IROQ IJODIY FAOLIYATI Masharipova Gularam Kamilovna Alfraganus university professori, falsafa fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17645547 Annotatsiya: Abu Nasr ibn Iroq - Xorazm Ma’mun akademiyasining mashhur allomalaridan biri bo‘lib, u matematika, astronomiya va geodeziya fanlarining rivojiga katta hissa qo‘shgan. U Ma’mun akademiyasida faoliyat yuritgan davrda ilmiy izlanishlarni tizimli shaklga solib, tajriba va nazariyani uyg‘unlashtirgan. Abu Nasr ibn Iroq tomonidan yaratilgan asarlar nafaqat o‘z davrida, balki keyingi asrlarda ham ilmiy tafakkurning shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Uning ilmiy merosi bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va qadrlanmoqda. Kalit so‘zlar: Abu Nasr ibn Iroq, Xorazm Ma’mun akademiyasi, matematika, astronomiya, geodeziya, ilmiy meros, Markaziy Osiyo. Аннотация: Абу Наср ибн Ирак - выдающийся учёный Хорезмской академии Мамуна, внёсший значительный вклад в развитие математики, астрономии и геодезии. В период своей деятельности в Академии Мамуна он систематизировал научные исследования, сочетая теоретические и практические методы. Его труды оказали большое влияние на формирование научной мысли Средневековья и остаются важным источником для современных исследователей. Ключевые слова: Абу Наср ибн Ирак, Академия Мамуна, математика, астрономия, геодезия, научное наследие, Центральная Азия. Abstract: Abu Nasr ibn Iraq was one of the eminent scholars of the Khwarezm Ma’mun Academy who made significant contributions to the fields of mathematics, astronomy, and geodesy. During his tenure at the academy, he organized scientific studies in a systematic way, combining theoretical reasoning with empirical observation. His scholarly works played a crucial role in the development of medieval science and continue to serve as a valuable source for modern researchers. Keywords: Abu Nasr ibn Iraq, Khwarezm Ma’mun Academy, mathematics, astronomy, geodesy, scientific heritage, Central Asia. Abu Nasr ibn Iroq boshlang‘ich ma’lumotni Xorazmda oldi. Unda yoshlik chog‘idan boshlab tabiiy fanlarga, ayniqsa, riyoziyot va falakiyotga qiziqish uyg‘ondi. U qadimgi yunon olimlari Evklid, Ptolemey, Menelay, Teodosiy, Arximed asarlari bilan mukammal tanishdi. Riyoziyot tarixiga oid ko‘p yillik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, tekis va sferik uchburchaklar uchun sinuslar teoremasining isboti birinchi marta xorazmlik olim Abu Nasr ibn Iroq tomonidan bajarilgan. Buning haqiqat ekanligini Abu Rayhon Beruniy va Nasiriddin Tusiylar ham tasdiqlaganlar. SHulargaasosan Abu Nasrni tekis va sferik trigonometriya asoschisi,deyiladi. Amir Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq X asrda yashagan riyoziyotchilardan hisoblanadi. Uning hayoti Xorazmda o‘tganiga shubha yo‘q. Abu Rayhon Beruniy o‘z asarida uni «Ustozim» deb hurmat etishi bungaetarli dalildir. Ular orasida samimiy munosabat bo‘lgan. Evropa tarixchilari I asrda o‘tgan iskandariyalik Menelayning «Makala fi islax shakl Menelay fi kuriyyat» («Menelay «Sferika»si ilovasini takomillashtirish haqida maqola»)ini Abu Nasr ibn Iroq arabchaga tarjimasi qilganini tan olganlar [1]. U Abu Nasr ibn Iroq kuniyalik bo‘lganligi uchun ba’zi ovrupaliklar, xususan, Vaynrix (Veinrich) uni Abu Nasr Forobiy bilan bir shaxs, deb gumon qiladilar. Abu Nasr ibn Iroq Xorazmda uzoq vaqt bo‘lgan va Xorazmshohlarning so‘ngisi Abu-l-Abbos Ali ibn Ma’munning iltifotiga sazovor bo‘lgan. Bu hukmdor hijriy 407/milodiy 1018 yilda qatl
323 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qilinganidan keyin Abu Rayhon Beruniy bilan G‘aznaga Sulton Mahmud ibn Sabuktegin xorazmlik olimlarning barchasini G‘aznaga olib ketadi. Abu Rayhon Beruniy 427/1035-36 yili yozgan «Risolat ul-fihrist» («Fixrist risolasi») nomli mashhur asaridaAbu Nasr ibn Iroqning eng muhim risolasi «Al-Majistiy ash-SHohiy» يطسيجملا( )يهاشلا («Podshoh al-Magesti») bo‘lib, Xorazmshoh Abu-l-Abbos Ali ibn Ma’munga bag‘ishlanganligini ta’kidlaydi. Xorazm Ma’mun akademiyasida riyoziy ilmlarni rivojlantirishdaAbu Nasr ibn Iroqning xizmatlari katta. Abu Rayhon Beruniy e’tirofiga ko‘ra,»musallasoti kurraviyni «echishda» shakli mug‘anniyni» eng birinchi muomalaga kiritgan Abu Nasr ibn Iroqdir. Abu Nasr ibn Iroq falakiyot, geometriya va riyoziyotga oid birqancha risolalar yozib, shulardan 12 tasini Abu Rayhon Beruniyga bag‘ishlaydi. Bu asarlar quyidagilar [2]: 1. «Kitab as-sumut» )تومسلا باتك( («Azimutlar haqida kitob»). 2. «Kitab fi ‘illati tansif at-ta’dil ‘inda asxab as-Sind» يف باتك( لا فيصنت ةلع )دنسلا باحصأ دنع ليدعت («Sindhind mualliflari fikricha, tenglamani teng ikkiga bo‘lishning sababi haqida kitob»). 3. “Kitab fi tasxixi kitab Ibraxim ibn Sinan fi tasxixi ixtilaf al-kavakib al-‘ulviya» حيحصت يف باتك( اوكلا فلاتخا حيحصت يف نانس نبا ميهاربا باتك )ةيولعلا بك («Ibrohim ibn Sinonning «YUqoridagi yoritgichlar harakatidagi farqlarini to‘g‘rilash haqida» kitobini tuzatish to‘g‘risida kitob»). 4. «Risala fi-l-baraxin ‘ala ‘amal Xabash bi jadval at-taqvim» )ميوقتلا لودجب شبح لمع ىلع نيهاربلا يف ةلاسر( («Habashning taqvimlar jadvalini tuzish usulining isbotlari haqida risola»). 5. «Risala fi tasxixi mo vaqa’a li-Abu Ja’far al-Xozin min as-saxvi fi zij as-safoyihi» يف ةلاسر( )حئافسلا جيز يف وهسلا نم نزاخلا رفعج يبلأ عقو ام حيحصت (“Abu Ja’far Xazinning «Doiraga ishlangan zij»ida sodir bo‘lgan xatoni to‘g‘rilash haqida risola»). 6. «Risala fi majazat davair as-sumut fi-l-asturlab» )بلارتسلاا يف تومسلا رئاود تازاجم يف ةاسر( («Asturlobda azimutlar doiralarining o‘tish joylari haqida risola»). 7. «Risala fi jadval ad-dakaik» )قئاقدلا لودج يف ةلاسر( («Daqiqalar jadvali haqidagi risola»). 8. Risala fi-l-baraxini «ala ‘amal Muhammad ibn as-Sabbax fi imtixan ash-shams» ىف ةلاسر( )سمشلا ناحتما يف حابسلا نب دمحم لمع ىلع نيهاربلا («Muhammad ibn as-Sabbohning «Quyoshni tekshirish usuli»ni isbotlash haqida risolasi»). 9. “Risala fi-d-davair allati taxuddu as-sa’at az-zamaniyya» يف ةلاسر( )ةينامزلا تاعسلا دحت ىتلا رئاودلا («Zamon soatlari chegarasini [ko‘rsatuvchi] doiralar haqida risola»). 10. “Risala fi-l-burxan ‘ala ‘amal Xabash fi matali’ as-samt fi zijixi» شبح لمع ىلع ناهربلا يف ةلاسر( )هجيز يف تمسلا علاطم يف («Habashning o‘z zijidaazimut motole’i xususida ishlagan amali uchun keltirilgan dalil haqidagi risola»). 11. «Risala fi ma’rifat al-qasii al-falakkiyyati bi-tariqin g‘ayra tariqin nisbatil muallafati» يف ةلاسر( )ةفلأملا ةبسن قيرط ريغ قيرطب ةيكلفلا يسقلا ةفرعم (“Sfera ikki yoyini murakkab nisbat usulidan boshqa usulda aniqlash haqida risola»). 12. «Risala fi xall shubxa»arada laxu fi-l-makalaas-salasa ‘ashara min kitab» دارأ ةهبشلا لح يف ةلاسر( هل )باتك نم رشع ةثلاثلا تلااقملا يف («[Uqlidisning «Al-usul»] «Boshlang‘ich kitobi»ning o‘n uchinchi [bobida] yuz bergan shubhani hal qilish haqida risola). Evropalik mashhur riyoziyot tarixchisi K.Zaxau (1845-1930) va nemis tarixchisi M.Krauze (1909-1944) larning fikricha, Abu Nasr ibn Iroqning «Al-Majistiy ash-SHohiy» )يهاشلا يطسجملا( asari Xorazmshoh Ma’munga bag‘ishlangan bo‘lib, bu kitob 997-1010 yillar orasida Ma’mun akademiyasida yozilgan. SHuningdek, Menelayning «Sferika»siga oid kitobi ham 1007-1008 yillarda
324 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc yozilgan bo‘lib, Ma’mun akademiyasida yozilganligidan dalolat beradi. Bu qo‘lyozma Leyden universitetida 989 raqami bilan saqlanadi [2, 66-b.]. Abu Nasr 1017 yili Ma’mun akademiyasining barcha olimlari qatori Abu Rayhon Beruniy bilan G‘aznaga ketadi. Uning bu davrdagi hayoti haqidama’lumotlar kam bo‘lsa ham, Abu Nasrga tegishli quyidagi riyoziyot va falakiyotga doir asarlari mavjud [3, 63-b.]: 1. «Risala fi xall shubxa ‘arada laxu fi-l-makalaas-Salisa ’ashara min kitab al-Usul» يف ةلاسر( هبشلا لح)لوصلأا باتك نم رشع ةثلاثلا تلااقملا يف هل دارأ ة («[Evklidning] «Boshlang‘ich kitobi»ning o‘n uchinchi [bobida] yuz bergan shubhani hal qilish haqida risola”). 2. «Islax kitab Menelay fi-l-kuriyyat» )ةيركلا يف ىلاانم باتك حلاصا( («Menelay «Sferika»siga sharhi»). 3. «Kitab fi kuriyya as-Sama» )امسلا ةيرك يف باتك( («Osmon sferasi haqida risola»). Bu asar qo‘lyozmasi Patna kutubxonasida 2468/22-raqami bilan saqlanadi. 4. «Taxzib at-ta’alim» )ميلاعتلا بيذهت( («Riyoziy tarbiyalash») asari. 5. «Risala fi javob masail al-xandasa» )ةسدنهلا لئاسم باوج يف ةلاسر( («Geometriyaning ba’zi savollariga javoblar haqida risola»). Bu risola qo‘lyozmasi Patnada 2468/19-raqami bilan saqlanadi. 6. «Risala fi san’aal-asturlab bi-t-tarik as-sina’i ilaAbu ‘Abdallax Muhammad ibn ‘Ali alMa’muni» )ىنومأملا ىلع نب دمحم الله دبع يبأ ىلا ةعانصلا قيرطلاب بلارتسلاا ةعنص يف ةاسر( («Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali al-Ma’munga san’at usuli bilan asturlobni qurish haqidagi takliflari haqida risola») va shunga o‘xshash birqanchaasarlari Patnada 2468/9, 2468/10, 468/11, 2468/12, 2468/13, 2468/14, 2468/15, 2468/16, 2468/17, 2468/18, 2468/19, 2468/20, 2468/21, 2468/22 - raqamda saqlanadi [4, 166-b.]. Abu Nasrning riyoziyot va falakiyot sohalaridagi ishlariga Umar Xayyom shunday baho beradi: «Riyoziyot fani bilan shug‘ullanadigan olimlarning eng ulug‘i Abu Nasr ibn Iroqdir» [5, 313 b.]. Mustafo ibn Abdulloh Kotib CHalabiy Hoji Xalifa (1609-1657) o‘zining «Kashf az-zunun fi asami al-kutub va-l-funun» )نونفلاو بتكلا يماسأ يف نونظلا فشك( («Fan va kitob nomlariga tegishli ba’zi shubhalar kashfi») asarida Abu Nasrning iskandariyalik Menelay (I-II asr)ning «Sferika» nomli asarini qaytadan ishlaganligi haqida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: «Menelayning bu asarini birinchi marta ishlagan olim Muhammad ibn Iso Abu Abdulloh al-Maxaniydir (IX asr). Ikkinchi marta bu muammo bilan o‘z davrining mashhur riyoziyotchi olimi Abu Fozil Ahmad ibn Abu Sa’id Hiraviy shug‘ullangan. U boshlagan ish tugallanmay qolgan. Menelay kitobini to‘g‘rilash ishini boshdan oxirigachaetkazgan olim Amir Abu Nasr Mansur ibn Iroqdir. Menelayning «Sferika»siga u yozgan sharhi 3 qismdan iborat bo‘lib, risoladagi geometriyaviy nomlar 31 tadan iborat. Keyingi davr olimlari o‘rtasidaAbu Nasr risolasidagi jumlalar soni haqida yana bir qancha fikrlar bildirildi. Ba’zi olimlar Abu Nasr asaridagi jumlalar 25, 39 ta desalar, ba’zilari 24 ta deb tasdiqlaydilar. Bir guruh olimlar esa Abu Nasr ibn Iroq asaridagi jumlalar soni 85 ta degan qarorga kelganlar. Keyingi fikrni Nasiriddin Tusiy (1201-1274) ham tasdiqlaydi. Menelayning bu asarini isloh qilgan olimlar ishlarining barcha nusxalarini Nasiriddin Tusiy qaytadan o‘zaro solishtirib ko‘rgan. Olimlar fikrlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaganligi uchun bu xulosalar orasida Abu Nasr tomonidan qilingani ma’qul bo‘lgan. Nasiriddin Tusiy o‘zining bu masalaga bag‘ishlab yozgan risolasini hijriy 663 yili sha’bon/milodiy 1965, avgust oyida yozib tamomlagan. Xulosa. Abu Nasr ibn Iroq qarashlaridagi davlat boshqaruvi va Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari uchun yaratilgan shart-sharoitlarda ularning muhim o‘rni bor.
325 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc References: 1. Zokiy Solih. Osori boqiya, 1 jild. Istanbul matbaa ilmi. 1329. O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik instituti. 18464-ashyo raqamli manba. 2. Masharipova G.K. Abu Nasr ibn Iroqning matematika va astronomiya sohasidagi ilmiy izlanishlari. Ilm sarchashmalari, 2004, № 3. 66-69-bb. 3. Masharipova G.K. Uchinchi Renessans vorislarini tariyalashda Abu Nasr ibn Iroq boy ilmiy merosining muhim ahamiyati. Uzacademia scientific-methodical journal ISSN (E) – 2181 – 1334 Vol 3, Issue 7 (27), Feburary 2022. Part 1.- Pp. 63-70. 4. Masharipova G.K. Xorazm Ma’mun akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy merosining ijtimoiyfalsafiy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri. Falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent. 2021. 302 b. 5. Омaр Хaйям. Трaктaты. – Москва: Гост.лит, 1961. – 313 с.