"DENOV AHOLISINING OILAVIY MAROSIMLARI:TARIXIY-ETNOGRAFIK TAXLIL"
Full text
357 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc “DENOV AHOLISINING OILAVIY MAROSIMLARI:TARIXIYETNOGRAFIK TAXLIL” Abdig’apparov Sayfiddin Mamatmo’min o’g’li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix yo’nalishi magistranti e-pochta: [email protected] Tel: +998990452102 https://doi.org/10.5281/zenodo.17646172 Annotatsiya. Ushbu maqola Surxondaryo viloyatining Denov tumani aholisi orasida shakllangan oilaviy udumlar va marosimlarni tarixiy-etnografik jihatdan o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqot davomida Surxon vohasida, xususan, Denov hududida avloddan avlodga o‘tib kelgan farzand tug‘ilishi, akika, beshik to‘yi, chilla udumlari, o‘nqadam marosimlari, o‘yoq to‘yi (tushov kesdi), sunnat to‘yi, shuningdek, to’yona berish, ayollar marosimlari va diniy qadriyatlar bilan bog‘liq rasm-rusumlar tahlil qilinadi. Marosimlarning mazmun-mohiyati, ularning ijtimoiy funksiyasi, iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘rni o‘rganilib, Sovet davri va mustaqillikdan keyingi davrda kuzatilgan o‘zgarishlar tahlil etiladi. Shuningdek, hozirgi Denov aholisining marosimlaridagi yangilanishlar, ayrim an’analarning qisqarishi yoki qayta tiklanishi, zamonaviylikning udumlarga ta’siri ham ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqola oxirida mazkur mavzuni chuqur o‘rganishda duch kelinadigan ilmiy muammolar hamda ularning bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Kalit so’zlar: Denov, Surxon vohasi, oilaviy marosimlar, beshik to‘yi, sunnat to‘yi, tushov kesdi, chilla, etnografiya, udum, an’ana, xalq og‘zaki ijodi, diniy marosimlar. Kirish. Surxon vohasi, xususan, Denov hududi O‘zbekistonning eng boy madaniy qatlamiga ega bo‘lgan mintaqalardan biridir. Bu hududda asrlar davomida shakllangan oilaviy marosimlar xalqning diniy qarashlari, dunyoqarashi, turmush tarzi va iqtisodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular o‘zbek xalqining umumiy madaniy merosi tarkibida alohida o‘rin tutadi. S. Tursunov, T. Pardaev, A. Qurbanov va N. Tursunovlarning tadqiqotlarida qayd etilishicha, Surxon vohasida oila turmushidagi har bir bosqich – farzandning dunyoga kelishi, voyaga yetishi va jamiyat hayotiga qo‘shilishi – alohida marosimlar orqali nishonlangan 1 . Denov aholisi orasida bu udumlar katta hurmat bilan avloddan avlodga yetib kelgan bo‘lib, ular bugungi kunda ham o‘z mazmunini yo‘qotmagan. Farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlar Denov aholisining qadimiy e’tiqodlari asosida shakllanib, ular odatda akika, chilla udumlari, chaqaloqni ko‘z tegishdan asrash urf-odatlari kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Akika marosimi Denovda ham Surxon vohasining boshqa hududlarida bo‘lgani kabi farzandning jinsiga qarab ikki yoki bir qo‘y so‘yilishi bilan o‘tgan. Chilla davrida ona va chaqaloqning xavfsizligi uchun turli e’tiqodiy qoida-qonunlarga qat’iy rioya qilingan. Masalan, yangi tug‘ilgan bola yoniga havo almashtirish bahonasida o‘ta musofir yoki aza marosimidan qaytganlargina emas, balki oila uchun “og‘ir qadam” deb qaralgan ayrim kishilar ham kiritilmagan. Farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq marosimlar Denov aholisining qadimiy e’tiqodlari asosida shakllanib, ular odatda akika, chilla udumlari, chaqaloqni ko‘z tegishdan asrash urf-odatlari kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Akika marosimi Denovda ham Surxon vohasining boshqa hududlarida bo‘lgani kabi farzandning jinsiga qarab ikki yoki bir qo‘y so‘yilishi bilan o‘tgan. Chilla davrida ona va chaqaloqning xavfsizligi uchun turli e’tiqodiy qoida-qonunlarga qat’iy rioya qilingan. Masalan, yangi tug‘ilgan bola yoniga havo almashtirish bahonasida o‘ta musofir yoki aza 1 С. Турсунов, Т. Пардаев, А. Курбонов, Н. Турсунов. Ўзбекистон тарих ва маданияти – Сурхондарё этнографияси. – Тошкент. B – 175-176.
358 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc marosimidan qaytganlargina emas, balki oila uchun “og‘ir qadam” deb qaralgan ayrim kishilar ham kiritilmagan. Bolani ilk qadam qo‘yish marosimi – tushov kesdi – Denovda alohida tantana bilan o‘tkazilib, unda bola oyoqlariga bog‘langan oq va qora iplardan tayyorlangan “tushov” keksalar tomonidan kesiladi 2 . Marosim bolaga kelajakda oson yo‘l, baxt va baraka tilash ramzi sifatida qaraladi. Tushov kesishda sochqi sochish, bolaga yangi kiyimlar kiydirish kabi amaliyotlar jamiyatning bolaning ulg‘ayishiga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi. Denovda eng katta oila marosimlaridan biri – bu albatta sunnat to‘yi sanaladi. Surxon vohasining boshqa hududlarida bo‘lgani kabi, Denovda ham sunnat to‘yiga katta tayyorgarlik ko‘rilib, bir necha bosqichda tashkil etiladi: maslahat oshi, tandir qurish, non yopish, quyon (yoki qo‘y) so‘yish, hatmi Qur’on o‘qish, asosiy to‘y va undan so‘ng sunnat qildirish marosimi o‘tkaziladi 3 . Sunnat to‘ylari odatda qishloq yoki mahallaning umumiy ishtirokida, keng ko‘lamli tarzda o‘tadi. Denovda to‘y kunlari o‘nlab qozonlarda palov pishirilishi, tandir kabob va sho‘rvalar tayyorlanishi marosimning ijtimoiy birdamlik va saxovat ramzi sifatida qanchalik qadrlanganini ko‘rsatadi. Marosimlarning yana bir muhim jihati – bu tuyona berish odati. Denov aholisi orasida tuyona “sovun” nomi bilan mashhur bo‘lib, to‘y egasini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadini anglatadi. Tuyona berish o‘zaro yordam tizimining shakllanganligini va bu hududda jamoatchilik ruhining qadimdan kuchli bo‘lganini ko‘rsatadi. Mavzuning ilmiy muammolari: • Denov hududi an’analari yuzasidan yagona kompleks etnografik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmagan. • Sovet davri ta’siri bilan qisqargan ayrim marosimlarning asl shaklini tiklash murakkablashgan. • Mahalla va qishloq udumlaridagi farqlar yetarli qayd etilmagan. • Hozirgi zamonaviylik ta’siri ostida an’anaviy marosimlar qanday o‘zgarayotgani yetarlicha ilmiy tasvirlanmagan. • Yoshlarda etnografik savodxonlikning pasayishi natijasida ayrim udumlarning mohiyati tushunilmay qolmoqda. Tadqiqotning zaruriyati: • Denov hududining o‘ziga xos oilaviy marosimlari O‘zbekiston madaniy merosining muhim qismi sanaladi. • An’analarning saqlanishi, ularning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni haqida yangi ilmiy xulosalar chiqarish zarur. • An’analarning bugungi kundagi amaliyotini hujjatlashtirish kelajak avlod uchun muhim bo‘ladi. • Mavzu Surxon vohasi bo‘yicha yirik etnografik izlanishlarning davomiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Taklif va yechimlar • Denov hududining oilaviy marosimlarini mahalliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda videohujjatlashtirish. • Mahalliy maktablar va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Surxon vohasi etnografiyasi” bo‘yicha maxsus seminarlar tashkil etish. 2 O’sha joyda. B – 175. 3 С. Турсунов, Т. Пардаев, А. Курбонов, Н. Турсунов. Ўзбекистон тарих ва маданияти – Сурхондарё этнографияси. – Тошкент. B – 177.
359 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc • Marosimlar tarixini yozma tarzda saqlash uchun mahalla oqsoqollari, momolaridan maxsus suhbatlar yig‘ish (oral history). • Marosimlarning zamonaviy ko‘rinishlarini ilmiy asosda o‘rganib, an’ana va innovatsiya uyg‘unligiga oid ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish. • “Denov marosim madaniyati” bo‘yicha maxsus monografiya va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish. References: 1. Турсунов С., Пардаев Т.,Курбонов А. , Турсунов Н. Ўзбекистон тарих ва маданияти – Сурхондарё этнографияси. – Тошкент. 2. Раҳимов Ш. Ўзбек халқ урф-одатлари ва маросимлари. – Тошкент: Фан. 3. Мамажонов А. Оила ва ан’ana: Etnografik tadqiqotlar. – Самарқанд. 4. Каримов А. Surxon vohasining ijtimoiy-madaniy hayoti. – Termiz. 5. Jo‘rayev M. O‘zbek xalqining marosim tizimi. – Toshkent.