scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SHARQ FALSAFASIDA INSON RUHINING POKLANISH MUAMMOSI

Norbo'tayev Islombek Musurmonovich

Full text

364 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc SHARQ FALSAFASIDA INSON RUHINING POKLANISH MUAMMOSI Norbo‘tayev Islombek Musurmonovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Email: [email protected] UDK: 1:740:122 https://doi.org/10.5281/zenodo.17646214 Kalit so‘zlar: Sharq falsafasi, Inson ruhi, ruh poklanishi, nafs, komil inson, tasavvuf, budda, konfutsiy, axloqiy kamolot, ma’naviy yuksalish. Annotatsiya: Ushbu maqola Sharq falsafiy tizimlarida inson ruhining poklanish muammosini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda qadimgi Hindiston (Vedanta, Budda), Xitoy (Daosizm, Konfutsiy) va islom olami (Tasavvuf) kabi Sharq madaniyatlaridagi ruhni yuksaltirish, nafsni jilovlash va "Komil Inson" darajasiga erishish konsepsiyalari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqotda Sharq mutafakkirlari (masalan, Jaloliddin Rumiy, Al-G‘azzoliy, Lao-Szi, Budda) ta’limotlari asosida ruhning "ifloslanish" sabablari (dunyoga berilish, ehtiroslar) va ulardan xalos bo‘lish yo‘llari (zuhd, riyozat, meditatsiya, axloqiy me’yorlarga amal qilish) ochib beriladi. Maqola Sharqiy hikmatning inson ma’naviy kamoloti uchun universal ahamiyatini ko‘rsatadi. ПРОБЛЕМА ОЧИЩЕНИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОЙ ДУШИ В ВОСТОЧНОЙ ФИЛОСОФИИ Ключевые слова: Восточная философия, Человеческая душа, Очищение души, Эго, Совершенный человек, Суфизм, Буддизм, Конфуцианство, Нравственное совершенствование, Духовный подъём. Аннотaция: Настоящая статья посвящена глубокому анализу проблемы очищения человеческой души в системах Восточной философии. В ней сравнительно исследуются концепции возвышения души, обуздания нафса (эго) и достижения уровня «Совершенного Человека» (Инсан-и Камил) в культурах Востока, включая Древнюю Индию (Веданта, Буддизм), Китай (Даосизм, Конфуцианство) и исламский мир (Суфизм). Исследование, опираясь на учения восточных мыслителей (таких как Джалаладдин Руми, Аль-Газали, ЛаоЦзы, Будда), раскрывает причины «загрязнения» души (привязанность к миру, страсти) и пути избавления от них (аскеза, риязат, медитация, следование моральным нормам). Статья демонстрирует универсальное значение Восточной мудрости для духовного совершенствования человека. THE PROBLEM OF PURIFICATION OF THE HUMAN SOUL IN EASTERN PHILOSOPHY Key words: Eastern Philosophy, Human Soul, Purification of the Soul, Perfect Human, Sufism, Buddhism, Confucianism, Moral Perfection, Spiritual Ascent (Elevation) Abstract: This article is devoted to the in-depth analysis of the problem of the purification of the human soul within Eastern philosophical systems. It comparatively examines the concepts of elevating the soul, mastering the nafs (ego), and achieving the state of the "Perfect Human" (Insan-i Kamil) across various Eastern cultures, including ancient India (Vedanta, Buddhism), China (Taoism, Confucianism), and the Islamic world (Sufism). The research, based on the teachings of Eastern thinkers (e.g., Rumi, Al-Ghazali, Lao-Tzu, Buddha), reveals the causes of the soul’s "defilement" (attachment to the world, passions) and the ways to be liberated from them (asceticism, spiritual discipline, meditation, adherence to moral norms). The article demonstrates the universal significance of Eastern wisdom for human spiritual perfection. 365 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Kirish. Insoniyat tarixining barcha davrlarida inson ruhi va uning poklanishi masalasi nafaqat dinlar, balki falsafiy ta’limotlarning ham markaziy o‘rnida turgan. Sharq falsafasi G‘arb ratsionalizmi va moddiyotga yondashuvidan farqli o‘laroq, asosan ichki dunyo, ma’naviy etuklik va ongga chuqur e’tibor qaratadi. Bu ta’limotlarda insonning haqiqiy baxtga erishuvi uning ruhiy poklanish darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Sharqiy mutafakkirlar nazarida, ruhning ifloslanishi (nafs, ehtiroslar, dunyoviy bog‘liqliklar) inson azob-uqubatining asosiy manbai hisoblanadi. Globalizm va texnologik taraqqiyot davrida moddiy qadriyatlar ustuvorlik qilayotgani sababli, insonning ichki muvozanati va ma’naviy qashshoqlanishi jiddiy muammoga aylanmoqda. Sharq falsafasidagi ruhni poklash mexanizmlari bu muammolarga yechim topishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun, turli Sharqiy an’analarda ruh poklanishining nazariy asoslarini qiyosiy o‘rganish, zamonaviy jamiyat uchun axloqiy-ma’naviy yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqishda dolzarb ahamiyatga ega. Maqolaning maqsadi: Sharq falsafiy tizimlarida inson ruhining poklanish kontseptsiyasini chuqur ilmiy-falsafiy tahlil qilish va uning universal qadriyatlarini ochib berishdan iborat. Asosiy qism. Sharq falsafasi insonning ruhiy va ma’naviy jihatiga, uning ichki dunyosi va hayotiy tajribalariga katta e’tibor beradi. Bu falsafiy maktablar insonning ruhini poklash, aql va qalbni yuksaltirish, ichki muvozanat va ma’naviy mukammallikka erishish masalalarini markazga qo‘ygan. Sharq falsafasida ruhiy poklanish tushunchasi ko‘pincha etik, mistik va falsafiy kontekstda o‘rganilgan bo‘lib, insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotidagi axloqiy mas’uliyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada biz Sharq falsafasida ruhning tabiati, uning poklanishi, ma’naviy o‘sish va ruhiy mukammallik masalalari Sharqning turli falsafiy tizimlari, xususan, hind falsafasi, buddizm, sufizm va konfutsiylik qarashlari doirasida tahlil qilinadi. Maqola ilmiy tahlil uslubida yozilgan bo‘lib, manbalar bilan ta’minlangan. Ruh tushunchasi sharq falsafasida. Sharq falsafasida ruh tushunchasi turli maktablarda turlicha izohlangan. Umuman olganda, ruh insonning ichki mohiyati, ong va ong osti tajribalarining markazi sifatida qaraladi. Islom falsafasi va ayniqsa tasavvufda ruh tushunchasi murakkab tizimga ega. Ruh bu ilohiy zarracha, Alloh tomonidan insonga puflangan pok va abadiy mohiyat hisoblanadi. U tana o‘limidan keyin ham mavjud bo‘ladi va o‘zining asl manbai Allohga qaytishga intiladi deb hisoblanadi. Qalb esa ruhiy va aqliy markaz sifatida e’tirof etiladi. U faqat hissiy organ emas, balki haqiqatni bilish va idrok etish markazidir. Poklanish jarayoni aynan qalbni tozalashga qaratilgan. Nafs insonning eng past, jismoniy istaklar, ehtiroslar va g‘ururga moyil tomoni. Ruh poklanishi jarayoni nafsni yetti bosqich 1 orqali tarbiyalashdan iborat. Ruhning poklanishi uning o‘zini o‘zi anglash, tanadan ustun bo‘lgan va Allohga bog‘langan abadiy mohiyat ekanligini idrok etishdir. Hind falsafasida esa ruh yoki ātman 2 tushunchasi markaziy ahamiyatga ega. Vedanta maktabida ātman abadiy, o‘zgarmas va ilohiy mohiyat sifatida talqin qilinadi. Ushbu maktab ruhning poklanishi va mukammallikka yetishi uchun insonning ichki olamini idrok etishi, dunyo bilan bog‘liqligini anglash va brahman bilan birlashishi kerakligini ta’kidlaydi. Hind falsafasida ruh tushunchasi borliqning fundamental asosi bilan bog‘langan. Atman hind falsafasida asosan individual ruhsifatida talqin etiladi. Har bir tirik mavjudotdagi individual, o‘lmas ruh hisoblanadi. Bu insonning ichidagi sof mohiyatni talqin etib, haqiqiy men tushunchasini ifodalab keladi. Brahman 3 esa butun koinotni 1 Jumhur ulamolar nafsni yetti bosqichini ilmiy tavsirlab bergan. Bular: ammora,lavvoma, mulhama, mutainnah, roziya, marziya va komila nafslar. 2 Atman bu hind falsafasida individual ruhga nisbatan qo‘llaniliadi. Ya’ni har bir tirik mavjudotdagi individual, o'lmas ruh. Bu insonning ichidagi sof mohiyat, haqiqiy "Men". 3 "Brahman" atamasi hinduizmda uchta ma'noga ega: bu din falsafasidagi oliy abstrakt haqiqat (Brahman), yaratuvchi xudo (Brahmā) va oliy kasta vakili (Brahmanlar). Oliy abstrakt haqiqat (Brahman) barcha narsalarning va hodisalarning 366 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc qamrab olgan yagona, abadiy va o‘zgarmas oliy haqiqat, universal ruh hisoblanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotni u bilan bog‘laydi. Oliy qadriyat sifatida braxman inson ma’naviy olamining ma’naviy oziqlantruvchisi hisoblanadi. Bu yerda asosiy g‘oya ruhning poklanishi va ozod bo‘lishi bu ayni bir mohiyatni chuqur idrok etishdan iboratdir. Budda falsafasi ruhning hind an’analarida mavjud bo‘lgan abadiyligini inkor etishi bilan ajralib turadi. Buddizmda anatta (ya’ni ruhning yo‘qligi) tushunchasi mavjud. Budda ta’limotiga ko‘ra, "abadiy, o‘zgarmas ruh" mavjud emas. Inson "men"i faqat beshta to‘plam (Skandhalar: jism, hissiyotlar, idrok, xohishlar, ong)ning vaqtinchalik yig‘indisidan iborat hisoblanadi. Buddizmda Vijñāna (ya’ni ong, idrok) tushunchasi mavjud bo‘lib, bu onging o‘zgaruvchan oqimi deb e’tiqod qilinadi. Kengroq mulohaza yuritadigan bo‘lsak bir hayotdan ikkinchi hayotga o‘tadigan narsa (ya’ni, uzluksiz energiya) dinning asosini tashkil etadi. Etiqodiy jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak poklanish (Nirvana 4 ) bu "men" illyuziyasidan butunlay voz kechishdir. Ruhni tozalash emas, balki "men" ning mavjud emasligini anglash orqali azob manbai bo‘lgan Trishnadan 5 xalos bo‘lishga erishiladi. Xitoy falsafasida Daosizm va Konfutsiychilik ijrimoiy falsafiy ta’limotida ruh tushunchasi ko‘proq kosmik energiya va tabiiy tartib bilan bog‘liq. Daosizmda: Shen (ya’ni ruh,ong) insonning ruhiy va ongli jihati sifatida qaraladi. Ruhiy poklanish shenni tinchlantirish, istaklarni kamaytirish va uni koinotning asosiy kuchi bo‘lgan Dao bilan uyg‘unlashtirish orqali amalga oshiriladi. Ch’i esa asosan hayotiy energiya sifatida etirof etilib inson ruhining holati uning tanasidagi hayotiy energiya oqimiga bog‘liq deb ishoniladi. Poklanish Ch’ini tozalash va mustahkamlashni ham o‘z ichiga oladi. Inson umrining mazmuni yaxshi fazilatlar og‘ushida bo‘lishi bu ta’limotning asosiy me’zonidir. Tabiiy energiya toza ruhli tanaga singishi aqida darajasiga ko‘tarilgan. Konfutsiychilikda esa ruh ko‘proq axloqiy va ijtimoiy tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lib, insonning "Asl tabiatini" (yaxshilikka moyilligini) jamiyat va Li 6 (marosimlar, axloqiy qoidalar) orqali yuzaga chiqarishga e’tibor qaratiladi. Bu ichki poklanish ijtimoiy tartibni ta’minlaydi. Inson ruhininmg barqarorligi axloqiy me’zonlar doirasida shakllanadi. Konfutsiylik falsafasida ruhning poklanishi, asosan, axloqiy o‘sish va ijtimoiy me’yorlar bilan bog‘liq. Insonning ruhiy mukammalligi ren (insongarchilik) orqali erishiladi. Shu nuqtai nazardan, ruhiy poklanish shaxsning ichki fazilatlarini rivojlantirish, o‘zini boshqarish va ijtimoiy mas’uliyatni anglashni o‘z ichiga oladi. Sharq falsafasida ruhiy poklanishning asosiy tamoyillarisharhi. Sharq falsafasida ruhiy poklanish insonning oliy haqiqatga erishishi yo‘lidagi eng munavvar yo‘l hisoblanib ubir qator umumiy tamoyillarga asoslanadi. Bular: O‘zini anglash – inson ruhining mohiyatini idrok etish va o‘z ichki dunyosini tahlil qilish. Etik va axloqiy mukammallik – ruhiy poklanish faqat axloqiy hayot bilan erishiladi. Oliy dunyoga intilish – dunyoviy istak va hissiyotlardan ozod bo‘lish. Meditatsiya va zikr – ruhiy poklanishning amaliy usullari sifatida meditatsiya, ibodat va zikr ishlatiladi. dastlabki asosi bo‘lib, u shaxsiy xudodan yuqori turadi, "Brahmā" esa dunyoni yaratuvchi xudolardan biri (Trimurti) hisoblanadi, "Brahmanlar" esa hindiston kasta tizimidagi eng yuqori tabaqa vakillaridir. 4 Nirvana (sanskritcha, aynan - soʻlish) — buddizm va jaynizmning asosiy tushunchasi. Inson intilishining oliy holatini, maqsadini ifodalaydi. Buddizmda nirvana inson ichki dunyosining mukammalligi, orzu-istaklar, yashash hissi, qanoat, tarki dunyochilik kabi ruhiy holatlar. 5 "Trishna" (yoki "tanha") hind falsafasidagi tushunchadir, bu hayotga bo‘lgan tashnalikni bildiradi va barcha tirik mavjudotlarning asosiy xususiyati hisoblanadi. 6 Konfutsiychilikda "li" (odob-axloq qoidalari) - bu shaxsiy va ijtimoiy hayotni tartibga soluvchi axloqiy qoidalar va marosimlarning muhim tushunchasidir. Bu insonparvarlik (jen), adolat, va xulq-atvor kabi fazilatlarni o'z ichiga oladi va yoshi ulug'lar hurmat qilinishini va jamiyatda tartib o'rnatilishini ta'minlaydi. 367 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Ilohiylik bilan uyg‘unlik – ruhiy poklanish insonni ilohiy prinsiplar va mavjudot bilan uyg‘unlashtiradi. Ruhning poklanishi bir qator metodologik yondoshuvlarni talab etadi. Bu yondoshuvlar o‘ziga xos talablar va har bir din axloqiy tuzilmasidan kelib chidib belgilanadi. Masalan, sharq falsafasida ruhni poklash metodlari turlicha bo‘lsa-da, umumiy jihatlar mavjud. Meditatsiya va introspeksiya jarayoni hind falsafasida meditatsiya ruhiy poklanishning markaziy usuli sifatida qabul qilinasa. Buddizmda ham meditatsiya insonni ichki ongni anglash va ruhiy holatni tozalash vositasi hisoblanadi. Sufiylikda ruhiy poklanish insonning axloqiy hayotidan mustahkam bog‘liq. Nafsi va dunyoviy istaklarni nazorat qilish, mehr-muhabbat va sabr orqali ruh tozalanadi. Konfutsiylikda esa axloqiy me’yorlarga amal qilish ruhiy poklanishning asosiy vositasi sifatida ko‘riladi. So‘fiylikda ruhiy poklanish ko‘pincha ilohiy sevgiga intilish orqali amalga oshadi. Ibn Arabiy va Rumiy ruhning poklanishini insonning qalbini ilohiy sevgi bilan to‘ldirish jarayoni sifatida tavsiflaydi. Bu jarayon nafaqat individual, balki ijtimoiy jihatdan ham insonni mukammal qiladi. Sharq falsafasida ruhiy poklanish tushunchasi zamonaviy dunyoda ham ahamiyatini yo‘qotmagan. Psixologiya, ongshunoslik va ma’naviy rivojlanish sohalarida bu g‘oya insonning stressni boshqarishi, ichki muvozanatga erishishi va ma’naviy farovonligini oshirishi nuqtai nazaridan qo‘llaniladi. Meditatsiya amaliyotlari hind va buddistik an’analaridan kelib chiqqan holda butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Shuningdek, so‘fizmning ma’naviy amaliyotlari insonni ichki tinchlik va o‘zini anglashga undaydi. Sharq falsafasida ruhning poklanishi inson hayotining markaziy masalasi sifatida qaraladi. Hind falsafasi, buddizm, so‘fizm va konfutsiylik ruhiy poklanishning turli metod va tamoyillarini taklif qiladi, ammo ularning barchasi ruhiy mukammallik, etik hayot va ichki uyg‘unlikni ta’kidlaydi. Ruhiy poklanish insonni nafaqat shaxsiy jihatdan yuksaltiradi, balki ijtimoiy va ma’naviy jihatdan ham insonni jamiyatga foydali qiladi. Shu jihatdan, Sharq falsafasidagi ruhiy poklanish tushunchasi zamonaviy inson uchun ham amaliy va ilmiy ahamiyatga ega. Xulosa. Ushbu tadqiqot Sharq falsafiy an’analarining eng markaziy va abadiy muammolaridan biri – inson ruhining poklanish muammosini qiyosiy-falsafiy jihatdan tahlil qildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turli madaniy-tarixiy zaminlarga qaramasdan (Islom, Hind, Xitoy), Sharqiy hikmat maktablari ruhni poklash borasida fundamental jihatdan mushtarak bo‘lgan yondashuvlarga ega. Global ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kuchayib borayotgan bugungi kunda, insoniyatning moddiy manfaatlarga haddan tashqari bog‘lanib qolishi sababli duch kelayotgan ma’naviy inqirozi fonida, Sharqiy falsafaning ruhiy poklanishga oid hikmatlari nihoyatda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu ta’limotlar zamonaviy insonga ichki muvozanatni tiklash, axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va haqiqiy baxt manbai tashqi dunyoda emas, balki ichki dunyoning sofligida ekanligini anglash uchun amaliy yo‘l-yo‘riq vazifasini o‘taydi. Xulosa qilib aytganda, Sharq falsafasi inson ruhining poklanish muammosiga nafaqat nazariy yechim, balki insonni ma’naviy yuksalish va etuklik sari olib boruvchi universal hayotiy dastur taklif etadi. References: 1. Komilov, Najmiddin. Tasavvuf atamalari izohli lug‘ati. Toshkent: Movarounnahr, 2017. 2. Karimov, Ibrohim. Islom falsafasi va axloq. Toshkent: Fan va texnologiya, 2014. 3. Tog‘ayev, Adhamjon. Sharq falsafasi tarixi. Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. 4. Al-G‘azzoliy, Abu Homid Muhammad. Ey farzand. (Erkin tarjima yoki yangi nashri). Toshkent: Adolat, 2015. 368 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Ruhiy tarbiya. 3 jildlik. Toshkent: Hilol Nashr, 2015-2016. 6. Dallmayr, Fred. Beyond Orientalism: Essays on Cross-Cultural Encounter. State University of New York Press, 2016. 7. Siderits, Mark. Buddhism as Philosophy: An Introduction. Ashgate Publishing, 2015. 8. Lai, Karyn L. An Introduction to Chinese Philosophy. Cambridge University Press, 2017. 9. Knapp, Bettina L. Rumi and the Sufi Path. State University of New York Press, 2012.