scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BUGUNGI KUNDA YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O'RNI VA ROLI

Erkin Bobomurodov Haitovich; Jovliev Jo'rabek Alisher o'g'li

Full text

375 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc BUGUNGI KUNDA YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI VA ROLI Erkin Bobomurodov Haitovich TerDU professori, falsafa fanlari doktori, Jovliev Jo‘rabek Alisher o‘g‘li TerDPI o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17646267 Annotatsiya: Yoshlar tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rni beqiyos ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Yoshlar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlar orqali tarbiyalash muhimligi aytib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Yoshlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq, ta’lim, tarbiya. Аннотатсия: Показано, что рол натсионалных и общечеловеческих сенностей в воспитании молодежи неотсенима. Подчеркнута важност воспитания молодежи через натсионалные сенности в образователном протсессе. Ключевые слова: молодеж, натсионалные и общечеловеческие сенности, нравственност, образование, воспитание. Abstract: It is shown that the role of national and universal values in the education of young people is invaluable. The importance of educating young people through national values in the educational process is emphasized. Key words: youth, national and universal values, morality, education, upbringing. Yoshlar tarbiyasi haqida gap ketganda uni milliy va umuminsoniy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qadim tarix sahifalarida ulug‘ donishmandlar bitiklarida, xalqning ruhi va qalbini ifodalovchi rivoyatu hikoyatlarda, ilg‘or va hur fikrli ijodkorlar, san’atkorlar, siyosat namoyandalarining ma’naviy-ma’rifiy meroslarida ulug‘ qadriyatlar silsilasi namoyondir. Ular ezgulik g‘oyalari bilan jilolangan durdonalardir. “Bori yaxshilig‘ qilg‘ilkim, ondin yaxshi yo‘q, Kim degaylar dahr aro qildi falondin yaxshilig‘” degan Boburning ezgu qarashlari butun-butun avlodlarga ibrat namunasidir. Yaxshilik chinakam insoniylik bo‘lib, u xalqimizning insonparvarlik qarashlarining mehr-oqibatlilik fazilatining ifodasidir. Ota-bobolarimiz o‘z turmushlarida doimo yaxshi niyat bilan, orzu-istaklarini ularda jo qilib yashaganlar, ular o‘zlarining yaxshi nomlari bilan butun jahonga dong taratganlar. Sohibqiron Amir Temur “Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni esa o‘z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa, do‘stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko‘rsatdim”[1], degan. Yaxshilik komil tarbiya ko‘rgan kishilarga xos bo‘lib, bu ma’naviyat bilan bog‘lanadi. Ma’naviyatlilik esa, avvalo, o‘zlikni anglash bilan bog‘lanadi. “O‘z xalqi tarixini bilmagan millatlar xotira va idroklarini yo‘qotib qo‘ygan dovdirlarga o‘xshaydi.”[2] Demak, ma’naviyat to‘g‘rilikka eltuvchi yo‘l, aniqroq aytganda, to‘g‘rilik-rostlikning o‘zidir. “Ma’naviyat tushunchasi asosida rostlik, haqqoniylik, to‘g‘rilik mujassamdir. Misol: odamlar payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni “amin”, Amir Temur bobomizni do‘stlari va raqiblari “rostgo‘y” deyishgan. PrezidentimizShavkat Mirziyoev haqida xalqimiz “to‘g‘ri so‘z”, “adolatli odam”, “so‘zi bilan ishi bir odam ekan” deyishmoqda. Hadislarda “Iymondan keyin keladigan, ammo iymon qadar aziz turadigan so‘z bormi?”- deb so‘rashganda, Payg‘ambarimiz: “Bor, u so‘z lafzdir”, deganlar. Lafz esa to‘g‘rilikdir. Biz to‘g‘rilik zamonida yashayapmiz”[3]. Ajdodlarning boy madaniy merosi Markaziy Osiyo xalqlarining qonuniy milliy iftixoridir. Masalan, "Xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, tafakkur va dunyoqarashi, hayotga, voqelikka munosabatining ifodasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi namunalari, “Alpomish”, “Shashmaqom” kabidurdonalari ma’naviyatning bitmas-tuganmas manbai, yoshlarimiz dunyoqarashining asosidir. 376 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Feodalizm davridayoq Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy ongining asosiy xususiyatlari bilimga, dunyoviy ma’rifatga intilish; salaflarning madaniy yutuqlaridan keng foydalanish; tabiatni bilishga, uning boyliklaridan inson manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilish; ratsionalizm; hurfikrlilikning rivojlanishi; axloqiy qadriyatlarni hamda insoniy fazilatlarni tarannum etishda, tabiatning eng oliy xilqati bo‘lmish insonga munosabatda namoyon bo‘ladigan gumanizm; og‘zaki va yozma so‘zga muhabbat; kishi ma’naviy dunyosini shakllantirishga intilishdan iborat bo‘lgandi. Milliy merosni o‘rganish, tiklash va targ‘ib qilishning mohiyati, milliy va umumbashariy ahamiyati, tarixiy-madaniy merosga munosabat konsepsiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi masalasining aks etishi muammosi kelgusidagi ijtimoiy fanlar sohasida yangi yo‘nalishlarga, tadqiqotlarga asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Chunki tarixiy-madaniy merosimizning tiklanishi jamiyatimizni yangilash va hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir. Bu borada “Bir bolaga еtti mahalla ham ota, ham ona” degan shior doimiy kun tartibida turishi lozim. Biz yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur”.[4] Ma’lumki, inson shaxs sifatida tarbiyalanib shakllanishida xalqimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy – ma’rifiy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Bunga ilmiy – texnika va aqliy imkoniyatlar, ta’lim – tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, milliy qadriyatlar, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va boshqalarni kiritish mumkin. Prezident Sh.Mirziyoev o‘zining saylovoldi uchrashuvlarida va prezidentlik davridagi ma’ruzalarida xalqimizning tarixi va ma’naviyatini bezab turgan bunday noyob yodgorliklar, ulug‘ siymolar haqida, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va roli haqida qayta – qayta ta’kidladilar. Jumladan, andijonliklar bilan bo‘lgan uchrashuvda ta’kidlab aytdilarki, tarixga qarasak ham, bugungi kunga qarasak ham, Andijon zaminidan ko‘p sohalar bo‘yicha ko‘plab buyuk, fidoyi insonlar еtishib chiqqaniga amin bo‘lamiz. Chunki millat, el – yurt taqdiri uchun kuyish, milliy g‘urur, or – nomus uchun bel bog‘lab maydonga chiqish – Andijon ahliga xos fazilat. Mana, ulug‘ ajdodimiz Zahriddin Muhammad Boburni olaylik. Bu buyuk zot o‘n ikki yoshidan boshlab Temuriylar davlatinisaqlab qolish uchun o‘zini o‘qa ham, cho‘qqa ham urdi, hech qanday dushmandan ham, sinovdan ham qo‘rqmadi. Qirq olti yillik umri davomida bir zum ham halovat bilgani yo‘q. O‘z avlodlariga Vatanga bo‘lgan buyuk muhabbatini, ezgu fazilatlarini meros qilib qoldirdi. Davlatimiz rahbari farg‘onaliklar bilan saylovoldi uchrashuvlarida bu vohaning tarixiga to‘xtalib o‘tdilar. Chunki Farg‘onada, deganda, avvalo, Qubo – hozirgi Quva, Marg‘ilon, Qo‘qon kabi ko‘hna sivilizatsiya maskanlari, buyuk tarix va madaniyatga ega qadimiy va go‘zal bir o‘lka ko‘z oldimizda jilvalanadi. Bu fikrning tasdig‘i sifatida Farg‘ona nomini butun dunyoga taratgan Ahmad Farg‘oniy bobomizning o‘n ikkinchi asrdayoq lotin va yahudiy tillariga tarjima qilingan “ Astronomiya asoslari” kitobini eslash kifoyadir. Ulug‘ allomaning loyihasi asosida Nil daryosi suvining sathini o‘lchaydigan inshoot “Miqyosi Nil” Misrda hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Yoki yana bir ulug‘ ajdodimiz Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asari necha yuz yillardan buyon musulmon dunyosida islom huquqi bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib kelayotir. Bular bugungi avlodda o‘ziga xos g‘urur va iftixor tug‘dirishi tabiiy. Prezidentimizning buxoroliklar bilan bo‘lgan saylovoldi uchrashuvda eslab o‘tgan madaniy meros haqidagi dalillari ham qimmatlidir. Chunki azim Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan bu go‘zal vohadagi Varaxsha va Nirshax singari qadimiy sivilizatsiya o‘choqlari, ko‘hna Ark, 377 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Somoniylar maqbarasi, chashmai Ayub, Minorai Kalon, Chor Baxr va o‘nlab noyob me’moriy obidalar tariximiz, madaniyatimiz qanday chuqur izldizlarga ega ekanligini yaqqol tasdiqlaydi. Bu qutlug‘ zamindan еtishib chiqqan Imom Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Narshaxiy, Abduxoliq G‘ijdivoniy, Mir Said Kulol, Xo‘ja Orif Revgariy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk mutafakkirlarning nomlari, ularning boy merosi butun Sharq va G‘arb olamida mashhurdir. Shunday qilib, xalqimizning milliy qadriyatlari, umuminsoniy ezgu qadriyatlar bilan uyg‘unlik, hamohonglik kasb etadi. Buni milliy g‘oyamiz va milliy mafkuramizning tarkibiy tushunchasi deb qarasak o‘rinli bo‘ladi. Chunki milliy mafkura tushunchasidagi “milliy” aniqlovchisi etnik mansublikni bildirmaydi, balki mamlakatga, muayyan jamiyatga mansublikni bildiradi. Shu bois milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalari”milliy istiqlol”, “milliy byudjet”, “milliy yalpi mahsulot”, “milliy xavfsizlik”, “milliy gerb”, “milliy bayroq” tushunchalari kabi O‘zbekistonda yashovchi barcha halqlarga tegishlidir. Xalq ongiga milliy g‘oya qanchalik chuqur singsa, uning o‘zligini anglashi, ichki mushtarakligi, millati, tili va dinidan qat’i nazar, o‘zini yagona xalq-o‘zbekistonlikdeb his qilishi shunchalik kuchayadi. Milliy mafkura milliy g‘oya tevaragida shakllanadi va u ifodalagan oliy maqsad yo‘lida jamiyat a’zolarining etnik mansubligidan, ijtimoiy ahvolidan, jinsi,yoshi, tilidan qat’i nazar, jiplashtiradi. Boshqacha aytganda, milliy g‘oya milliy mafkuraorqali xalqning kuch – g‘ayrati, irodasini, aqliy va hissiy salohiyatini belgilangan omollarga, orzu-umidlarga erishish tomon yo‘naltiradi, bu yo‘lda uchraydigan qiyinchiliklarni еngishga safarbar etadi. Ma’lumki, o‘zbek xalqiko‘p qirrali boy madaniyatga ega bo‘lgan va o‘z maqsadi bilan jahon sivlizatsiyasi rivojlanishiga munosib hissa ko‘shib kelgan. Xalqimiz tomonidan uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida yaralgan madaniyatimiz o‘zining tarixiy ildizlariga, o‘z qadriyatlariga ega. Yoshlarning komil insonlar, mustahkam oila vakillari bo‘lib еtishishida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni beqiyos. Mustaqil O‘zbekistonning kuch–qudrat mabai–xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, yaxshilik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangicha mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik,madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishining kamol topishiga erishish uchun zarur shart – sharoit yaratishda o‘z ifodasini topmoqda. Qadriyatlar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy omil sanaladi. Qadriyatlar ta’lim – tarbiyaning muhim vositasi sifatida inson hayoti uchun, vujudning tirikligi, sihat–salomatligi, mehnati, bilimi, muomalasi kabilarga jiddiy ta’sir etadi. Yosh avlodda qadriyatlarga munosabatda bu xususiyatlarni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Jamiyat taraqqiy etgan sari umuminsoniy qadriyatlar ko‘payib boraveradi. Masalan, erkinlik, tinchlik, tenglik, ma’rifat, haqiqat, ma’naviyat, go‘zallik, yaxshilik,insonparvarlik, ijtimoiylik, demokratiya, qonun ustuvorligi va boshqalar. Bu tuyg‘ular mustaqilligimizning yangi bosqichga ko‘tarilishi jarayonida xalqimizning ong va shuuriga tobora mustahkamlanib bormoqda. Shuning uchun ham muhtaram Prezidentimiz “Navro‘z falsafasida, Navro‘z qadriyatlari-odamlar dardu– tashvishi bilan yashash, keksalarni hurmatlash, muhtoj oilalarga e’tibor va yordam ko‘rsatish, adolat va xalqparvarlik faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda”, deydi.[5] “Hammamizni tarbiyalagan, voyaga еtkazgan shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham – shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq”, deydi hurmatli Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev[6]. 378 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Darhaqiqat, ishonch - ulug‘ tuyg‘u. Ishonch-bu odamlarning dili va qalbini tozalovchi katta kuchdir. Ishonchning asosiy mazmunida halollik, adolat, sof vijdonlilik, poklik, so‘z bilan ish birligi kabi axloq-odob fazilatlari o‘z ifodasini topgan. Ishonchning muhim shartlari-odamlar mehrini qozonish, marosim va ma’rakalarda qatnashish, keksalarga yordam va tasalli berish, nogiron va hastalarning holidan xabar olish, doimo insonlar bilan munosabatda bo‘lish va boshqa shu kabilardir. Ishonchga erishish ezgu fazilatlar tufaylidir. Chunki qallob, firibgarlarga hech kim ishonmaydi. Ishonchning kushandasi aldamchilik. Odamlar senga ishonmas ekan, bu-baxtsizlik Alisher Navoiyga butun xalq ishonardi. Uning hurmati ham, bsyukligi ham, baxti ham shunda edi. O‘zbek xalqi qadim-qadimdan bir-birlariga ishonib kelgan. Ayniqsa, ishonchi bor kishilar elda e’tirozlangan. Uning bir og‘iz so‘zi bilan hal bo‘lmayotgan ishlar ham bitib ketgan. Xalqimiz hayotda to‘g‘riligi bilan hurmat qozongan kishilarga ishonch bilan qaraganlar, uning nomini hamma joyda hurmat bilan tilga olganlar. Tarixdan ma’lumki, vatanini, xalqini sevgan kishilar xalqning ishonchiga sazavor bo‘lganlar. Ular ezgu ishlari, toza xulqi bilan el-yurt manfaati yo‘lida fidoyilik ko‘rsatganlar. Bugungi kunda muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoevga ham xalqimizshunday katta ishonch bilan qaramoqda. Chunki uning rahnamoligida yurtimizda amalga oshayotgan obodonchilik, faravonlik, tub islohiy o‘zgarishlar, xalqni baxtli-saodatli etish uchunolib borilayotgan ezgu tadbirlar, xalqaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat, yoshlarni barkamol etib tarbiyalash borasidagi sa’yharakatlar xalqimizda katta ishonch va hurmat paydo qilmoqda. O‘zbekiston yoshlari bu beqiyos hamho‘rliklardan katta rag‘bat va ilhomga to‘lib, ulkan vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatishga intilmoqdalar. Ular o‘zlarida bor iste’dodlarini namoyon etib, ilmu hunarda, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda, mehnatda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, fanda, san’atda, madaniyatda, sportdajasarot namunalarini ko‘rsatmoqdalar. Yurtboshiga, bugungi va ertangi baxt-saodatli kunlarga, yurtning buyuk kelajagiga ishonch ularni yangi-yangi zafarli ishlarga otlantirmoqda. Bu ishonch yurtmizning xalqimizning baxtli kunlarida, buyuk o‘zgarishlarda ifoda topmoqda. Bular Yurtboshining nazari tushgan, demak xalqimizning nazari tushgan yoshlardir. Vatanparvar, fuqarolik tuyg‘usi mustahkam, bag‘rikeng, qonunlarni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga qat’iy ishonchli yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning ko‘lami naqadar kengligini har bir vatandoshimiz ko‘rib, xis etib turibdi. Buni xorijlik xolis kishilar ham tan olmoqda. Yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bugungi kuning dolzarbdir. References: 1. Amir Temur o‘gitlari. T.: “Navro‘z”, 1992. 2. Turkiy xalqlar mafkurasi. TURON. T.: “Cho‘lpon” 1999 yil 3. Harakatlar srategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanishlar sari. Risola. Nashrga tayyorlovchilar: M. Bekmurodov, Q. Quranboev, L.Tangirov. T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi HMUY, 2017. 4. Mirziyoev Sh. Xalqimiz roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. T.: “O‘zbekiston” HMUY, 2018. II TOM. 479 bet. 5. Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: “O‘zbekiston” HMUY, 2017.I TOM. 6. Harakatlar srategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanishlar sari. Risola. Nashrga tayyorlovchilar: M. Bekmurodov, Q. Quranboev, L.Tangirov. T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi HMUY, 2017.