FOROBIYNING "FOZIL ODAMLAR SHAHRI" ASARIDA JAMIYAT FAROVONLIGI OMILLARIGA E'TIBOR
Full text
379 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc FOROBIYNING “FOZIL ODAMLAR SHAHRI” ASARIDA JAMIYAT FAROVONLIGI OMILLARIGA E’TIBOR Botirova Sevara Mamurovna O‘zbekiston. NamDPI Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent. Karimov Islomjon Isroiljon o‘g‘li O‘zbekiston. NamDPI 1-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17646290 Annotatsiya: mazkur maqola Abu Nasr Forobiyning ilmiy-falsafiy qarashlari ifodalangan “Fozil odamlar shahri” asarida kishilik jamiyatining ijtimoiy barqaror muhitda yashashi va farog‘atga erishishida zaruriy bo‘lgan omillar yuzasidan mulohazalarni tahlil qiladi. Mavzu ijtimoiy barqarorlikni asrash masalalari dunyo hamjamiyati oldida turgan muhim vazifalardan bir sifatida ko‘rilgani uchun ham dolzarbdir. Kalit so‘zlar: Forobiy falsafasi, islom teologiyasi, fazilatli shahar, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat ravnaqi, sohibi qonunlar, siyosiy tafakkur, Sharq ma’rifiy rivojlanishi. Аннотация: В данной статье анализируются эмпирические соображения, необходимые для выживания и благополучия человеческого общества в социальной среде и использовании досуга в произведении «Добродетельный город людей», выражающем научно-философские взгляды Абу Насра аль-Фараби. Тема актуальна также и потому, что вопросы решения социальных проблем рассматриваются как одна из важных задач, стоящих перед мировым сообществом. Ключевые слова: философия аль-Фараби, исламское богословие, добродетельный город, социальное развитие, социальное процветание, законопослушные граждане, политическая мысль, развитие восточного просвещения. Abstract: This article analyzes the empirical considerations necessary for the survival and wellbeing of human society in the social environment and the use of leisure in the work “The Virtuous City of People”, which expresses the scientific and philosophical views of Abu Nasr Al-Farabi. The topic is also relevant because the issues of solving social problems are considered one of the important tasks facing the world community. Keywords: Al-Farabi’s philosophy, Islamic theology, virtuous city, social development, social prosperity, law-abiding citizens, political thought, the development of Eastern enlightenment. Sharqdagi IX-XII asrlardagi boy madaniy-ma’rifiy taraqqiyotning amalga oshishida jonbozlik ko‘rsatgan qomusiy olimlardan biri sifatida Abu Nasr Forobiy alohida e’tirof etiladi. Abu Nasr Muhammad al-Farobiy Islom siyosiy falsafasining asoschisi sifatida tanilgan. [1] Forobiyning ijodi ko‘plab tarmoqlarga doir bo‘lsa ham uning falsafa va nazariy bilimlarning shakllanishidagi xizmatlari mufassalroq o‘rganilgan. “Fozil odamlar shahri” asari Forobiyning jamiyat va uning rivojlanish jarayonlari va istiqbollari yuzasidan muhim o‘rganishlarini bayon etadi. Asar fuqarolik jamiyatini shakllantirish va globallashayotgan dunyoda insoniyatning muammolari avj olayotgan bugungi davrda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mavzuning tadqiqotida qo‘llangan adabiyotlar birlamchi navbatda Forobiyning ijtimoiyma’rifiy asarlari, jumladan “Fozil odamlar shahri” asari va uning ilmiy o‘rganilishi uchun yozilgan tadqiqotchilarning ishlari hisoblanadi. Forobiy asarlariga doir Abusodiq Irisov, Muzaffar Xayrullayev, Jaloliddin Yusupovlarning ilmiy izlanishlari, Forobiyning asarlariga muhim manba bo‘lgan qadimgi yunon mutafakkirlarining, Platonning “Qonunlar” asari hamda Arastu, Epikur, Porfiriylarning qarashlari ham Forobiyning asarlarida muhim yo‘nalish bergan edi.
380 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Mavzuni o‘rganishda aynan o‘rganilayotgan mavzu va unga nisbatan qilingan taqrizlar, ilmiy o‘rganishlar natijalarini tizimli tahlil, aksiologik yondashuv bilan o‘rganish maqsadida qiyosiy tadqiq etish, ma’lumotlarni sintez qilish metodlaridan foydalanilgan. IX-XII asrlarda Islom ma’rifatparvarligi ta’sirida madaniy-ma’rifiy taraqqiyotning kuzatilishi Sharqda ijtimoiy hayotning turli sohalarida yuksalishlar, muvafaqqiyatlar bilan namoyon bo‘ldi. Ushbu davrda turkiy xalqlar hayotida Islom dini kuchli ta’sir ko‘rsatgan va madaniy uyg‘onish uchun to‘la shart-sharoitlar yetilgan edi. Abu Nasr Forobiyning falsafiy va boshqa qomusiy ilm sohalarida olib borgan faoliyati Sharqdagi ushbu yuksalishning muhim yutuqlaridan biri bo‘lib qoldi. Forobiyning 160 dan ziyod sifatida baholanuvchi ilmiy asarlari orasida falsafiy tafakkurni o‘zida mujassam etgan “Fozil odamlar shahri” asari bugungi davrda ham aktual va ilmiy asoslanganligi bilan ajralib turadi. Jamiyat hayoti bilan bog‘liq muammolarga Forobiy nafaqat o‘z davri nuqtayi nazaridan, balki makon va zamon munosabatlaridan qat’iy nazar barcha jamiyatlarda amal qiladigan qonuniyatlarni asoslab berishga muvaffaq bo‘lgan. Abu Nasr Forobiyning jamiyat hayoti, xalqlar, davlatlarning rivojlanishi to‘g‘risida bildirgan mulohazalariningg shakllanishida uning antik davr yunon donishmandlarining asarlarini o‘rgangani va ularga sharxlar yozish va boshqalarga ta’lim berish davomida o‘zlashtirgan bilimlari muhim o‘rin tutadi. Al-Forobiy Aristotel ijodiga sharh ham yozgan va uning eng ko‘zga ko‘ringan asarlaridan biri “Ara Ahl al-Madina al-Fadila” bo‘lib, u erda ideal davlat nazariyasini ilgari surgan, go‘yoki Aflotunning “Respublika” asaridan namuna olgan. [2] Shuningdek, u o‘rgangan bilimlarini o‘zi yashab turgan va u bilan bog‘liq bo‘lgan turli jamiyatlarning hayoti bilan taqqoslab nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashga intilgan. Yana bir muhim omil sifatida esa, faylasufning fikrmulohazalarida islom dini mafkurasi va uning nazariy jihatlari muhim rol o‘ynagani ham e’tirofga sazovor jihatlardan biridir. Forobiy jamiyatlarning taraqqiy etishini ularning a’zolaridagi yakdil ijtimoiy dunyoqarash bilan aloqador hisoblaydi. Din, milliylik xususiyatlari, aksiologik qadriyatlari jihatidan bir-biriga mos holda yashovchi jamiyatlarda birdamlik nisbiy yuqori bo‘lishi turgan gap. Forobiy aks holda, jamiyat a’zolari o‘rtasida tafovutlar va qarama-qarshiliklarning uchrab turishi muqarrar bo‘lib qolishi mumkinligini inobatga olgan. Insonlar ham ayni omilni yaxshi anglaganlari uchun ham bunga rioya qilganlar. O‘rta asrlarda ko‘plab hududlarda bir hududda hunarmand ustalarning mahallalari tuzilgani (Yevropa sex birlashmalari joylashgan shahar mahallalari) yoki jamiyatning toifalanishiga ko‘ra (aslzodalar va qashshoqlar mahalllari kabi bo‘lingani kabi holatlar) Forobiy davrida ham mavjud edi. Mutafakkir insonlar turmush tarzining turli jabhalarini boshqarishga yordam beradigan sohibi qonun bo‘lish ilmi hisoblangan ilm-al madaniya, ya’ni shaharlarni boshqarish borasidagi tajribalarini bayon qiladi. Unga ko‘ra, qonun qabul qiluvchilarning qonun qabul qilishlariga jamiyat rozilik bilan rioya qilishni hohlasa, bunday holda jamiyat barqarorligi uzoq saqlanadi. Biroq bunda insonlarning har qanday istaklariga ham rioya qilgan holda qonunlar tuzilavermasligi lozim. Odamlarning fikrlash saviyasi sayozlashadagigan bo‘lsa, qonunlarda ham bu o‘z aksini topishi mumkin va bunday holatlarda qonunlar ularni isloh etish uchun majburlashga ham tayyor turmog‘i lozim. Har qanday holda ham insonlar o‘zlari uchun nima zarur yoki bunday emasligini anglayvermaydilar. Platonning qonunlar tuzish va jamiyatga tatbiq etish haqidagi asarinini sharxlash davomida Forobiy uning dunyoqarashidagi muhim jihatlarni izohlaydi. Yunon mutafakkiri qonunlar tuzish va janiyatning unga bo‘ysunishi jamiyatning kuchayishi uchun zarurat ekanligini bildiradi va yunonlar jamiyatida qonunlar xudolar hohish irodasi sifatida talqin qilingani uchun ham insonlarni yaxshiroq boshqarishga muvaffaq bo‘lganini anglatadi. Bunday holat ko‘plab jamiyatlarda, jumladan qadimgi Xitoyda va Misrda ham uchragan. Forobiy ham islom mafkurasiga shaxar davlatni kuchli qiladigan
381 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc nazariy vosita sifatida alohida urg‘u berib, hukmdorlik sifatiga ega bo‘lganlar uchun muhim talablardan biri sifatida ko‘rsatadi. Farobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. [3] Faylasuf davlat yoki xalqlarga tegishli umumiy masalalarni bayon qilsa ham, qarashlarini ifodalashda shaharlar misolida tushuntirishga urinadi. Forobiy jamiyatning mavjudligi insonning tabiiy ehtiyojlari natijasida zaruriy tarzda amalga oshishini ta’kidlaydi va bunda insonlar bir-birlariga yordam berish uchun turli kasblarni egallashlari va bora-bora manfaatlar va umumiy ehtiyojlar yuzasidan yakdil harakat qilishlarini tushuntiradi. Bunday uzluksiz jarayon oiladan boshlanib, qabila va urug‘lar darajasida davom etishi va ulkan jamiyatlar va davlatlarni vujudga keltirishi mumkin bo‘ladi. Insoniyatning uzluksiz va zaruriy to‘qnash keadigan birlamchi va boshqa ehtiyojlari birlashtirgani barobarida ularning tuzgan jamiyatlarining qay tarzda rivojlanishi va qanday prinsiplarga asosan hayot kechirishi ham Forobiy izlanishlarining diqqat markazida turgan. Forobiyning qarashlarida odamlar to‘liq va to‘liqsiz jamiyatlarga ajratilgan bo‘lib to‘liqsiz jamiyatlar asta-sekinlik bilan jamiyatni shakllantirib boradi deb hisoblaydi. Shunga qaramasdan, ular rivojlanish jihatdan to‘liqsiz sifatida tasniflanadi. To‘liqsiz bo‘lganda oila, kichik mahallalar yoki urug‘-qabilaning shakllanishidagi holatlar e’tiborga olingan bo‘lsa, to‘liq jamiyatlar nisbatan murakkab o‘rganilishni taqozo qiladi va uch guruhga bo‘linadi. To‘liq jamiyatlar uch turli: buyuk jamoa, o‘rtacha jamoa va kichik jamoa. [4] To‘liqsiz jamiyatlarning eng kichik birlashuvi oila misolida ko‘rilsa, to‘liq jamiyat uchun shahar jamoasi birlashmasi inobatga olinadi. To‘g‘ri taraqqiyot qonuniyatlari asosida yashalganda, kichik darajadagi jamiyatchalar xalqlar sifatida o‘rta miqyosga chiqadilar va keyin buyuk jamiyat sifatida dunyoning siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotiga ta’sir ko‘rsatadilar. Biroq bunda qanday rivojlanish yo‘li jamiyat uchun foydali va ijtimoiy buxronlarsiz hisoblanishi Forobiyning “Fozil odamlar shahri asari”da nazariy tahlil qilinadi. Buning uchun mutafakkir jamiyatlarning hayot tarzi va uning a’zolarining boshqa xususiyatlariga e’tibor qaratadi. O‘zi yashab turgan musulmon Sharqidagi jamiyatlar va boshqa jamiyatlar borasidagi bilimlarini muqoyasa qilgan holda tasniflaydi. Tasniflashga e’tibor qaratishi davomida faylasuf ularning “fazilatli”, “jaholatdagi” shaharlarga aylanishlari sabablari va buning oqibatlarini ko‘rsatish bilan muammoning yechimlarini ko‘rsata oladi. U yana qanday shahar fozil shahar va qanday odam fozil odam ekanligini tushuntiradi, qoidali va sog‘lom fikrlash fazilatiga ega bo‘lgan shahar va fozil odam hamisha g‘olib ekanligini ko‘rsatadi. [5] Forobiyning qarashlarini to‘g‘ri anglash uchun shahar atamasini jamiyat sifatida qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Chunki bu o‘sha davr muhiti nuqtayi nazaridan kelib chiqib shunday tarzda tushuntirilgan edi. Forobiy inqirozga yuzlangan va shunday havfga to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan jamiyatlarni ajratadi. Fazilatli jamiyatlarga zid yashovchi bunday shaharlardan biri jaholatga berilganlar shahri bo‘lib, faylasuf unda insonlar qalb hastaligi va johillik sababli o‘zlarini isloh qilmas ekanlar, saodatga yeta olmasliklari aniqligini ta’kidlaydi. Bunday vaziyatdan chiqish uchun ular moddiy boyliklar va turli hohishlarga ergashib o‘zlarini chalg‘itmoqchi bo‘ladilar. Biroq ular ergashgan bunday yo‘l ularni yanada tubanlashtirib, hayvoniy istaklarga ruju qo‘ygan sof insoniy tabiatdan uzoq jamiyatga aylantiradi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, Forobiyning dunyoqarashida o‘z jamiyatidagi mustahkam shakllanib ulgurgan islom teologiyasining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Yana bir baxtsizlikka duchor bo‘lgan, fazilatsiz shahar vakillari zalolatdagi shaharda umr kechiruvchilar bo‘lganlari holda o‘z hollari haqida bilmaydilar va bunday vaziyatlaridan qanday chiqib ketish mumkinligini ham tushunmaydilar. Ayirbosh qiluvchilar shahrida ezgulik va barakamollikka erishish uchun har qaysi jamiyatlardagidan ko‘ra ko‘proq imkonlari mavjud bo‘lsa
382 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc ham, buning o‘rniga badbaxtlik yo‘lini tutgan insonlarning jamiyati tushuniladi. Bunday jamiyatning sohibi qonunlari ham, ushbu qonun-qoidalarga itoata etuvchilar ham birdek bu hollari uchun aybdor bo‘ladilar. Benomuslar shahrida razolat va qabihliklarning har qanday turlari shu darajada avj oladiki, insonlarning sog‘lom dunyoqarashi yo‘qolib, yomon narsalar ham odatiy va zaruriy degan qarashga insonlar ko‘nikib boradilar. Jamiyat osoyishtaligi uchun yoshlarning qanday qilib tarbiyalanishlari va shaxs sifatida shakllanishlari ham jamiyatning muhim muammolaridan biri ekanligini tushuntirganda Forobiy Platonning qarashlariga murojaat qiladi va uning yoshlarni qonunlarga itoatkor sifatida tarbiyalashga urg‘u berganini e’tirof etadi. Bunga sababni keltirib, yoshlar yetarli darajada muhim masalalarda xulosa chiqarishga qodir bo‘lmaganlari oqibatida siyosatda va qoidalarni belgilashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Ularning qarashlari asta-sekin o‘zgarib, yetarli darajada shakllangach avvalgi davrdagi jamiyat an’analarini bardavomligini saqlaydilar va ular doimo jamiyat e’tiborida tutilishi va nazorat qilinib, axloqi va dunyoqrashi to‘g‘ri yo‘naltirilishi kerak deb xisoblaydi. Xulosa. Jamiyatning rivojlanishidagi va ijtimoiy hayotning muhim masalalarida Forobiy islom ma’rifatparvarligi muhiti va qadimgi davrda ijod qilgan yunon faylasuflarining asarlarini o‘rganish davomida yetarli tajriba to‘plashga muvaffaq bo‘lgan va nazariy asoslab bergan. Forobiy aksiologik qadriyatlarning zaruriy ekanligini bildiradi va ularning to‘g‘ri belgilanishi kerakligiga ham e’tibor beradi. Forobiy jamiyatlarni tasniflashda G‘arb ijtimoiy tafakkuridan farqli ravishda materialistik yo‘ldan ko‘ra, teologik qarashlar ta’sirida ideologik yondashadi. References: 1. Butterworth 2015, p. 2a; Daiber 1996, p. 848; Galston 1990, p. 5; 2. Netton, I.R. (1994). Allāh Transcendent: Studies in the Structure and Semiotics of Islamic Philosophy, Theology and Cosmology. London & New York: Routledge. p. 100. 3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Forobiy [Murojaat qilingan sana: 11.11.2025] 4. Фозил одамлар шаҳри. Абу Наср Форобий / Таржимонлар Абдусодиқ Ирисов, Маҳкам Маҳмудов, Урфон Отажон. Масъ ул муҳаррирлар М.Хайруллаев, М.Жакбаров. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. – 21-б. 5. Фозил одамлар шаҳри. Абу Наср Форобий / Таржимонлар Абдусодиқ Ирисов, Маҳкам Маҳмудов, Урфон Отажон. Масъ ул муҳаррирлар М.Хайруллаев, М.Жакбаров. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2016. – 238-б.