scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAMLAKATIMIZDA YOSHLAR ONGIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIKNING MA'NAVIY-G'OYAVIY ASOSLARINING AHAMIYATI

N.N.Tursunov

Full text

387 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc MAMLAKATIMIZDA YOSHLAR ONGIDA TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNING MA’NAVIY-G‘OYAVIY ASOSLARINING AHAMIYATI N.N.Tursunov Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Tarix” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.17646328 Annotatsiya: Maqolada, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik masalalariga asosiy e’tiborni qaratgan holda milliy o‘ziga xoslikning ifodasi bo‘lmish o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish, respublika hududida yashovchi xalqlarning madaniyati va tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, har bir inson o‘z e’tiqodi va diniga amal qilish, o‘zining diniy marosimlarini erkin ado etish huquqiga egaligi, biror bir dunyoqarashning yakkahokimligi yangilangan jamiyatga yot ekanidan kelib chiqib, hurfikrlilik va vijdon erkinligini qaror toptirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: din, totuvlik, bag‘rikenglik, til, aholi, xalq, millat, elat, davlat, madaniyat, g‘oya, marosim, e’tiqod. Аннотация В статье научно анализируются вопросы развития узбекского языка, являющегося выражением национальной идентичности, с акцентом на межнациональное согласие и религиозную толерантность в нашей стране, последовательную и полную реализацию его государственного статуса, уважительное отношение к культуре и языку народов, проживающих в республике, право каждого человека исповедовать свою веру и религию, свободно отправлять свои религиозные обряды, определение свободы мысли и совести, исходя из того, что обновленному обществу чужда монополия какого-либо одного мировоззрения. Ключевые слова: религия, гармония, толерантность, язык, население, народ, нация, народ, государство, культура, идея, ритуал, вера. Annotation. The article scientifically analyzes the issues of developing the Uzbek language, which is an expression of national identity, consistently and fully realizing its state status in our country, respecting the culture and language of the peoples living in the republic, respecting the right of every person to practice their own faith and religion, freely performing their religious rituals, and establishing freedom of thought and conscience, based on the fact that the dominance of any one worldview is alien to a renewed society. Keywords: eligion, harmony, tolerance, language, population, people, nation, people, state, culture, idea, ritual, belief. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab jamiyatimizda ma’naviy-ruhiy jihatdan xalqimizning dunyoqarashini milliy anglash g‘oyasi bilan shakllantirishga, turli sohalarda esa islohotlarning g‘oyaviy asoslarini mustahkamlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ayniqsa, bugungi kunda jahon hamjamiyatining integratsiyalashuvi, mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi tarixiy davrda milliy madaniyatlarni saqlash, o‘rganish dolzarb muammoga aylanib boryotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod vakillari yonma-yon yashab kelgan. Bu yurt ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Sharq va G‘arbning, Shimol va Janubning, qadim o‘tmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi, Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatning eng ko‘hna 388 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc o‘choqlaridan biridir. Shubha yo‘qki, Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosati eng avvalo, Vatanimizda barqaror, adolatli va demokratik davlat qurish, mamlakatimizning tashqi dunyoga ochiqlik tamoyilini ilgari surish hamda mintaqaviy va ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini yanada mustahkamlash orqali yuqorida tilga olingan yo‘nalishlarda tashabbuskor va namuna bo‘lishdan iborat. Mamlakatimizda buning uchun ham nazariy, ham amaliy qadamlar qo‘yilgan. O‘zbekistonning tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligida keyingi yillarda BMT Bosh Assambleyasining bir necha maxsus rezolyutsiyalari qabul qilindi. “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” buyicha qabul qilingan rezolyutsiyalar quyidagilardan iborat: - “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” (2018 yil 22 iyun); - “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” (2019 yil 19 dekabr); - “Orol buyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish” (2021 yil 18 may) kabi ko‘plab rezolyutsiyalar aynan shu sohaga tegishli bo‘lgan masalalarnigina emas, balki ularni harakatga keltiruvchi subyektlar – mamlakatlar fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi va ishonchni barqarorlashtiradi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Markaziy Osiyo mintaqasida va butun dunyoda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda bu masalalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Shuni inobatga olgan holda, biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishning dastlabki davridayoq tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashni ustvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldik” [1, 311-b.];. Mamlakatimizda keyingi yillarda kechayotgan tub o‘zgarishlarning natijalari, hukumatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan izchil va faol tashqi siyosat, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari bilan olib borilayotgan yaqin qo‘shnichilik muhiti tobora mustahkamlanib, yurtimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshishiga olib kelmoqda. Ana shunday an’analar asosida shakllangan milliy g‘oya O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlar vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar davomida intilib kelgan orzuumidlari, olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadi. Shu ma’noda, jamiyatimizning milliy mafkurasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir. Ushbu tizimning tarkibiy qismi millatlararo totuvlik g‘oyasi bo‘lib, u-umumbashariy qadriyat, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yer yuzida 7 milliarddan ziyod aholi mavjud. O‘zbekiston hududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda. Dunyoning har bir davlatida turli millat vakillarining mavjudligi azal-azaldan unga o‘ziga xos tabiiy rang-baranglik baxsh etib kelgan. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o‘z qadriyatlari ham bor. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg‘un bo‘lishi mumkin. Bunda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekiston xalqaro maydondagi siyosiy vaziyat va yuzaga kelayotgan har qanday tahlikadan qat’iy nazar, o‘tgan tarixiy taraqqiyotning barcha og‘ir va yengil kunlarida ham o‘zining mustaqilligi va suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda barcha fuqarolarning farovonligini ishonchli tarzda ta’minlanishiga qaratilgan ochiq insonparvarlik siyosatini olib borganini jahon hamjamiyati yaxshi biladi. 389 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 7 fevralda imzolangan, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rkenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga” [2, 5-6-b.]; - alohida e’tibor qaratilganligi o‘ta muhimdir. Shu Farmonga berilgan 1Ilovaning “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarning” 5.2 bandi “Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarda” ko‘plab dolzarb vazifalar singari quyidagi konseptual masalalarga ham alohida e’tibor qaratilgan: “Davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o‘rnini va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kiritish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish; Dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish” [3, 27-28-b.];. Shu narsa ma’lumki, O‘zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar vakillari manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyot taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, xalqaro maydondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog‘liqdir. Xalqimizning “Qo‘shning tinch-sen tinch” degan maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan. Butun dunyoda, birinchi navbatda, tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, hamkorlik, hamjihatlik, teng huquqli munosabat bo‘lmasa, ulardan hech biri o‘zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi. Shu bilan birga, bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng qondirish, ular rivojini ta’minlash juda murakkab masala ekanini ham anglamog‘imiz darkor. Millatlararo totuvlik g‘oyasi ana shu masalani to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Bu g‘oya-bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir. Bu g‘oya-har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi. Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olijanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Millatlararo totuvlik g‘oyasi ilgari surilgan va amalda unga erishilgan mustaqil O‘zbekiston rivojida qo‘lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir. Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro tamoyillarga mos yo‘l bilan yechish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rdi. Bu borada konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutildi. Yurtimizning ko‘p millatli xalqi ongida “O‘zbekiston-yagona Vatan” degan g‘oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg‘usini shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida “O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi” [4, 6-b.];,- deb aniq belgilab qo‘yilgan. “O‘zbekiston xalqi” tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy-g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urfodatlari va an’analari hurmat qilishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” [5, 390 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 4-5-b.]; ,-deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1992 yildayoq milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko‘maklashish maqsadida Respublika baynalminal madaniyat markazi tashkil etilgani bunga misol bo‘ladi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining o‘z ona tilida o‘qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, maktablar va oliy o‘quv yurtlarida bunga amal qilinayotgani, ko‘plab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir. Qayerdaki, millatlararo totuvlik g‘oyasining ahamiyati anglab yetilmasa, jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi, ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo‘layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev bu haqida, “O‘zbekiston xalqaro maydondagi vaziyat va yuzaga kelayotgan har qanday tahlikadan qat’iy nazar, o‘zining mustaqilligi va suvereniteti va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda barcha fuqarolarning farovonligi ishonchli tarzda ta’minlanishiga qaratilgan siyosat olib bormoqda” [6, 326-b.];. O‘zbekiston jahon hamjamiyati bilan keng ko‘lamda barcha sohalarda integratsiyalashgan, zamonaviy demokratik davlatni qurishdan iborat strategik vazifani, shubhasiz, tahdid va har qanday tajovuzkorlikni bartaraf etishning ustvor yo‘nalishi deb biladi. XX asr oxirida jahon tarixida dunyoda yuzaga kelgan geosiyosiy vaziyat ko‘lami jihatidan noyob o‘zgarishlarni boshlab bergani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Bunday sharoitda, nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar, hamkorlik va ularning mexanizmlarini chuqur o‘ylab ko‘rish, balki ko‘p jihatdan qayta baholashni ham talab etmoqda. Albatta, bu sohadagi o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, yaratilmaydi, balki ilg‘or dunyo tajribasini o‘rganish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali bosqichma-bosqich hal etib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida tashqi siyosatimizga bag‘ishlangan bo‘lib, uning mazmuni quyidagicha berilgan: “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi” [7, 8-b.];, deyilishining o‘ziyoq bu soha doimo dolzarb vazifa bo‘lib kelganidan darak beradi. Mamlakatimiz xalqaro subyektlar bilan qanchalik chuqur va ishonchli integratsiya aloqalari bilan bog‘langan bo‘lsa, uning xavfsizligiga solinayotgan tahdidlar ko‘lami shunchalik kam, barqarorlik esa shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bunday sharoitda O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda, bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvishlar tug‘dirish tayin. Vatan Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 2020 yil 14 yanvardagi bayram tabrigida voqea hodisalar rivojini oldindan ko‘ra bilgan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Jahondagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, dunyoning ayrim mintaqalarida ahvol keskinlashib, xalqaro terrorizm va ekstremizm xavfi ortib borayotgani bizdan xalqaro va mintaqaviy vaziyatni har tomonlama tahlil va prognoz qilishni, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovor tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ko‘chaytirishni talab etmoqda” [8, 401-b.];,- degan edi. Ko‘p millatli mamlakat bo‘lgan O‘zbekistonda azal-azaldan turli millatlar va elatlar vakillariga hurmat bilan qarash hissi yuqori bo‘lgan. 391 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Respublikamizda totuvlik va hamjihatlikni saqlash borasida amalga oshirilgan tadbirlar, xayrli ishlarning nazariy va amaliy ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidlagan holda, ushbu ishlarning o‘z o‘rnida tarixiy xotiraning rivojiga zamin yaratayotganini ham qayd etish lozim. Binobarin, ushbu ikki tushuncha o‘zaro bir-birini to‘ldiradi, biri ikkinchisining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, milliy tarixiy xotira bevosita o‘tmish bilan bog‘liq ibrat va namuna maktabi hisoblanadi. U orqali millat o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni anglashni, ularni yana takrorlamaslikni, ehtiyotkorlikni va hushyorlikni, milliy birlik va hamjihatlikni o‘rganadi. O‘zida ana shu qobiliyat va sifatlarni shakllantirish maktabini o‘taydi. Zotan, tarixiy xotira avlodlarni o‘zaro bog‘lash orqali milliy taraqqiyotdagi tadrijiylikni ta’minlaydi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik masalalariga asosiy e’tiborni qaratgan holda mustaqillikning ilk yillaridanoq davlat siyosatida milliy tarixiy xotirani tiklash, jamiyat hayotining turli sohalariga bog‘liq ravishda uni rivojlantirishning asosiy tamoyillari belgilab olindi. Ijtimoiy va ma’naviy sohada bunday tamoyillar: -Milliy o‘ziga xoslikning ifodasi bo‘lmish o‘zbek tilini rivojlantirish, uning davlat maqomini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish, respublika hududida yashovchi xalqlarning madaniyati va tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; -har bir inson o‘z e’tiqodi va diniga amal qilish, o‘zining diniy marosimlarini erkin ado etish huquqiga egaligi, biror bir dunyoqarashning yakkahokimligi yangilangan jamiyatga yot ekanidan kelib chiqib, hurfikrlilik va vijdon erkinligini qaror toptirish. Milliy tarixiy xotira rivojini ta’minlash, millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi yana bir muhim vazifa milliy tillar rivojini ta’minlash bilan bog‘liq. Zero, “Har bir millatning o‘iga xosligini, milliy ruhiyatini, xarakterini, jipsligini saqlab turgan madaniy-tarixiy tajribasi til vositachiligida avloddanavlodga yetkazilib turiladi” [9, 23-b.];. Shu nuqtai nazardan ham, milliy tilning sofligini saqlash, milliy o‘zlikni anglash jarayoniga, uning izchilligiga, qolaversa, milliy tarixiy xotira rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda yashab kelayotgan har bir millatning o‘z diniga e’tiqod qila olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish ham dolzarb vazifalardandir. Ma’lumki, din o‘z xususiyatiga ko‘ra jamiyatda birdamlik, mehr-oqibat, hamjihatlik g‘oyalarining yuksalishiga yordam beradi. Xususan, muqaddas Qur’oni karimda “Ey Muhammad, ularga tarixdan hikoya qil, toki o‘tgan qavmlar haqida (odamlar) bilib olib, o‘ylasinlar va ibrat olsinlar” [10, 113-114-b.];, -degan ko‘rsatmaning mavjudligi fikrimizning isboti bo‘la oladi. Mustaqillik davrida jamiyatni qayta qurish jarayonida dinning ana shunday tarbiyaviy ahamiyatiga katta e’tibor berildi. Xulosa qilib aytganda, millatlararo totuvlik g‘oyasining doimiy ustuvor bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan insonparvar, adolatli, huquqiy jamiyat qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mamlakatimiz aholisi ongida har bir millatning o‘z tarixiy xotirasi borligini, har bir etnos, etnik guruh dunyoda yagona ekanini, ularga nisbatan hurmatda bo‘lish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, jamiyatimizda barqororlikni saqlash har bir ishda bag‘rikenglikka tayanishga asoslanadi. Bu esa O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan qardosh xalqlar milliy xotiralarini ham yuksaltirish masalalariga e’tibor bilan qaralayotganidan dalolat beradi. Ajdodlarimiz merosi, ularning buyuk xotiralari, ibratli yo‘llari bizga doimo saboq bo‘ladi, bag‘rikenglik, hamjihatlikka chorlab turadi. Zero, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan yurtda tinchlik va osoyishtalik hukmron bo‘ladi. References: 1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.: «Ўзбекистон», 2019. 392 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc 2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида / Расмий нашр / Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. – Тошкент: “Адолат”, 2018. 3. Шавкат Мирзиёев. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент; “O‘zbekiston” нашриёти, 2021. 4. Shavkat Mirziyoyev. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-jild. Toshkent – «O‘zbekiston» - 2020. 5. Ҳайитов З. Тил – бебаҳо маданий бойлик. –Т.: Мулоқот, 2005, 3-сон. 6. Қуръони карим.-Т.: Чўлпон,1992. Б.113-114.