scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI O'QITISH PLATFORMALARIDA TALABALAR TANQIDIY FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH METODLARI

Donayeva Nozimaxon Norbo'tayevna; Toshtemirova Mavluda Turg'unovna

Full text

408 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc RAQAMLI O‘QITISH PLATFORMALARIDA TALABALAR TANQIDIY FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH METODLARI Donayeva Nozimaxon Norbo‘tayevna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Toshtemirova Mavluda Turg‘unovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika ta'lim yo‘nalishi 1bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17646433 Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli o‘qitish platformalarining talabalarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishdagi roli tahlil qilingan. Xususan, Moodle, Google Classroom va Coursera tizimlarida tarix fanini o‘qitish jarayonida tanqidiy va tahliliy yondashuvni rivojlantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada raqamli ta’limning afzalliklari, interaktiv topshiriqlar va muhokama asosidagi metodlar orqali talabalarni mustaqil fikrlashga, dalillarni tahlil etishga va xulosa chiqarishga yo‘naltiruvchi yondashuvlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Raqamli ta’lim, tanqidiy fikrlash, tarix fani, raqamli pedagogika, onlayn o‘qitish, Moodle, Google Classroom, Coursera, interaktiv metodlar, mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv, innovatsion texnologiyalar, masofaviy ta’lim, raqamli kompetensiya, muammoli ta’lim, o‘quv motivatsiyasi. Аннотация: В данной статье проанализирована роль цифровых образовательных платформ в формировании критического мышления у студентов. В частности, рассмотрены методы развития критического и аналитического подхода при преподавании истории с использованием систем Moodle, Google Classroom и Coursera. В статье освещены преимущества цифрового обучения, а также подходы, направленные на развитие у студентов самостоятельного мышления, анализа фактов и умения делать выводы посредством интерактивных заданий и дискуссионных методов. Ключевые слова: Цифровое образование, критическое мышление, история, цифровая педагогика, онлайн-обучение, Moodle, Google Classroom, Coursera, интерактивные методы, самостоятельное мышление, аналитический подход, инновационные технологии, дистанционное обучение, цифровая компетентность, проблемное обучение, мотивация обучения. Abstract: This article analyzes the role of digital learning platforms in developing students’ critical thinking skills. In particular, it examines methods for fostering critical and analytical approaches in teaching history through the use of Moodle, Google Classroom, and Coursera systems. The article highlights the advantages of digital education and presents approaches that encourage students to think independently, analyze evidence, and draw conclusions through interactive tasks and discussion-based methods. Keywords: Digital education, critical thinking, history, digital pedagogy, online learning, Moodle, Google Classroom, Coursera, interactive methods, independent thinking, analytical approach, innovative technologies, distance learning, digital competence, problem-based learning, learning motivation. Bugungi kunda ta’lim jarayoni tobora raqamli muhitga ko‘chib borayotgan bir davrda, o‘qitishning asosiy maqsadi faqat ma’lumot berish emas, balki talabalarning tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilmoqda. Ayniqsa, tarix fani bu jarayonda alohida o‘rin tutadi, chunki tarixiy voqealarni o‘rganish, ularning 409 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc sabab-oqibatlarini tahlil qilish, turli manbalarni solishtirish tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi tabiiy jarayondir.lRaqamli o‘qitish platformalari — Moodle, Google Classroom, Coursera — o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ushbu platformalar talabalarga nafaqat ma’lumot olish, balki tahlil qilish, izlash, solishtirish va baholash imkonini beradi. Tanqidiy fikrlash — bu o‘quvchi yoki talabaning ma’lumotni shunchaki qabul qilish emas, balki uni tahlil qilish, ishonchliligini baholash, turli manbalar orasidagi bog‘liqlikni aniqlash va asosli xulosa chiqarish jarayonidir. Tarix fanida bu ko‘nikma ayniqsa muhim, chunki tarixiy voqealar ko‘p hollarda turli talqinlarga ega bo‘ladi.Psixologik nuqtayi nazardan, tanqidiy fikrlash — bu shaxsning mavjud ma’lumotlarga shubha bilan qarashi, ularni turli manbalar bilan solishtirishi va o‘z nuqtayi nazarini asoslashga intilishidir. Pedagogik jarayonda esa bu, o‘qituvchi tomonidan savol-javob, tahlil, muhokama, keys-stadi (vaziyatli o‘rganish) va muammoli ta’lim metodlari orqali amalga oshiriladi.Raqamli o‘qitish platformalari tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda keng imkoniyat yaratadi. Masalan, Moodle tizimida talabalarga turli darajadagi testlar, esse yozish topshiriqlari, hamda forumlarda bahs yuritish imkoniyati beriladi. Bu jarayonlar talabani faol fikrlash, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish va dalillar bilan isbotlashga o‘rgatadi. Google Classroom platformasida o‘qituvchi tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlarni turli shakllarda — videodarslar, onlayn muhokamalar yoki hamkorlik loyihalari tarzida berishi mumkin. Bu talabalarni bir-birining fikriga e’tibor berish, tahlil qilish va baholashga o‘rgatadi. Coursera kabi xalqaro platformalarda esa tanqidiy fikrlash kompetensiyasi global miqyosda shakllanadi[1]. Talabalar turli mamlakatlardan bo‘lgan ishtirokchilar bilan fikr almashib, madaniyatlararo muloqot, global masalalarga ilmiy nuqtayi nazardan yondashish kabi yuqori darajadagi tafakkur ko‘nikmalarini hosil qiladilar. Bundan tashqari, tarix fanida tanqidiy fikrlash alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tarix fanida tanqidiy fikrlash alohida ahamiyatga ega. Chunki tarixiy voqealarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, manbalardagi ma’lumotlarni solishtirish, turli nuqtayi nazarlarni baholash — bu jarayonning asosiy qismidir. Masalan, talabalar uchun tarixiy manbalar asosida “agar bu voqea boshqacha kechganida nima bo‘lardi?” degan savollarni qo‘yish, ularni muammoli vaziyatlarga yo‘naltirish orqali chuqur tahliliy fikrlashni shakllantirish mumkin. Raqamli ta’lim muhiti — bu nafaqat bilim beruvchi, balki fikrlashni o‘stiruvchi intellektual maydondir. Unda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish o‘qituvchining didaktik yondashuvi, motivatsion muhit yaratishi va refleksiya jarayonlarini to‘g‘ri boshqarishi orqali yuqori samaradorlikka erishadi.Raqamli muhitda tanqidiy fikrlash samaradirligini oshirish uchun quyidagi pedagogik -psixologik metodlardan foydalanish, ko'zlangan maqsadni tezroq amalga oshishiga turtki bo'ladi. Refleksiv tahlil metodi (o‘z fikrini anglash):Psixologik asos: refleksiya — shaxsning o‘z tafakkuri, qarori va xatti-harakatini anglash jarayonidir. Pedagogik qo‘llanilishi: darsdanso‘ng talabalar onlayn refleksiya yozadi:“Men bu mavzuda nimalarni o‘rgandim?”“Qaysi fikrlar menga yangicha qarash berdi?”Natija: talabada tahliliy, o‘z-o‘zini baholovchi tafakkur shakllanadi. Dialogik o‘qitish metodi: Psixologik asos: M. Baxthinning “dialogik tafakkur” nazariyasiga ko‘ra, har qanday fikr muhokama orqali rivojlanadi.Pedagogik qo‘llanilishi: raqamli muhitda (forum, chat, meet) o‘qituvchi “ha/yo‘q” savollari o‘rniga ochiq, bahsli savollar beradi.Masalan: “Tarixiy voqeaning natijasi adolatlimi edi?”Natija: talabalar dalillash, bahslash, murosaga kelishni o‘rganadi. Kognitiv ziddiyat (Cognitive conflict) metodi: Psixologik asos: Piaget nazariyasiga ko‘ra, bilim “ziddiyat orqali o‘sadi” — ya’ni inson fikriga zid ma’lumotni uchratganda, uni tushunish uchun aqliy o‘sish yuz beradi.Pedagogik qo‘llanilishi: o‘qituvchi talabalarni ataylab qarama-qarshi fikrlar bilan tanishtiradi[5]. Masalan: “Bu tarixiy voqeani turli manbalar har xil yoritgan — qaysi biri ishonchli?”Natija: talabada dalillarni solishtirish va xolis qaror chiqarish malakasi shakllanadi. 410 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc Muammoli ta’lim metodi (Problem-based learning):Psixologik asos: inson tafakkuri muammoli vaziyatda eng faol ishlaydi (L. Vigotskiy, D. Dewey).Pedagogik qo‘llanilishi: talabaga muammoli vaziyat beriladi va u yechim topishga yo‘naltiriladi.Masalan: “Agar O‘rta asrda internet bo‘lganida, tarix qanday kechgan bo‘lardi?”Natija: ijodiy va tahliliy tafakkur uyg‘onadi, shaxs mustaqil xulosa chiqarishga o‘rganadi[2]. Refleksiv tahlil, muammoli ta’lim va kognitiv ziddiyat metodlarini qo‘llash natijasida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllanishi sezilarli darajada faollashadi[4]. Ushbu metodlar birgalikda o‘quvchi ongida intellektual jarayonlarni chuqurlashtiradi, mavjud bilimlarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi va tarixiy ma’lumotlarni dalillarga tayangan holda baholash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Birinchidan, refleksiv tahlil o‘quvchilarda o‘z fikrlash jarayonini tahlil qilish, qarorlarni asoslash va tarixiy voqealar haqida mustaqil xulosa chiqarish qobiliyatini shakllantiradi. Bu jarayon metakognitiv faollikni kuchaytiradi va o‘quvchilarni o‘ylab-fikr yuritishga o‘rgatadi. Ikkinchidan, muammoli ta’lim o‘quvchini tayyor bilimlarni qabul qiluvchidan mustaqil tadqiqotchi darajasiga ko‘taradi. Tarixiy vaziyatlar asosida tuzilgan muammoli topshiriqlar o‘quvchilarning tahliliy, solishtiruvchi va argument qiluvchi fikrlash malakalarini rivojlantirib, ularda muammoga yechim topishning bir nechta variantlarini ko‘ra olish qobiliyatini shakllantiradi. Uchinchidan, kognitiv ziddiyat o‘quvchining eski tushunchalari bilan yangi tarixiy ma’lumotlar to‘qnashganda yuzaga keladi va bu jarayon fikrlashni yanada faollashtiradi. O‘quvchilar stereotiplarni buzib, yangi ma’lumotlarni qabul qilish, faktlarni qayta tahlil qilish va tarixiy dalillarga nisbatan tanqidiy yondashuvni shakllantirishga majbur bo‘ladi. Umuman olganda, ushbu metodlarning qo‘llanishi o‘quvchilarda: 1. Dalillarga asoslangan fikrlash 2. Sabab–oqibatni aniqlash 3. Bir nechta nuqtai nazarni solishtirish 4. Mustaqil xulosa chiqarish noto‘g‘ri yoki yetarli bo‘lmagan ma’lumotlarni tanib olish,fikrni asoslab berish kabi tanqidiy fikrlashning asosiy komponentlarini rivojlantiradi. Yurutilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, raqamli o‘qitish platformalari — Moodle, Google Classroom va Coursera imkoniyatlaridan samarali foydalanish tarix ta’limida tanqidiy fikrlashni shakllantirishning zamonaviy va yuqori samarali vositasidir[3]. Raqamli muhitga mos psixologikpedagogik metodlar, jumladan refleksiv tahlil, muammoli ta’lim hamda kognitiv ziddiyat metodlarining qo‘llanilishi talabalarda tarixiy voqealarni tahlil qilish, dalillarni solishtirish, bir nechta nuqtai nazarni baholash va asosli xulosa chiqarish kabi intellektual ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim jarayonining interaktivligi, manbaviy boyligi va mustaqil fikrlash imkoniyatlari tanqidiy tafakkurni shakllantirishda an’anaviy darslarga nisbatan kengroq imkoniyat yaratishini tasdiqladi. Shuningdek, raqamli vositalar orqali berilgan muammoli topshiriqlar, tarixiy manba tahlili, raqamli debatlar va vizual tadqiqotlar o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirib, ularni tarixiy bilimni passiv qabul qiluvchidan faol tahlilchi darajasiga ko‘taradi. Umuman olganda, raqamli platformalar negizida tashkil etilgan metodik yondashuvlar nafaqat tanqidiy fikrlashni shakllantiradi, balki talabalarning tarixiy savodxonligi, media madaniyati va mustaqil izlanish ko‘nikmalarini ham chuqurlashtiradi. Bu esa zamonaviy tarix ta’limi oldida turgan asosiy vazifalardan biri — raqamli tafakkurga ega, mustaqil fikrlovchi, dalillarga tayangan holda qaror qabul qila oladigan shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi. 411 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc References: 1. Юнусова, М. Raqamli pedagogika asoslari. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2021 2. Xoshimova, M. Pedagogik texnologiyalar va zamonaviy ta’lim. Toshkent: O‘qituvchi, 2020. 3. Abdurahmonov, Q. Ta’limda innovatsion yondashuvlar. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2019. 4. Кудрявцев, В. Т. Критическое мышление в образовании. Москва: Педагогика, 2018. 5. Google for Education. Classroom Teacher Guide. education.google.com