O'RTA ASR MUSULMON TURK DUNYOSIDA MUNAJJIMLIK
Full text
412 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc O‘RTA ASR MUSULMON TURK DUNYOSIDA MUNAJJIMLIK Jo‘rakulova Mukambar Tursunmurod qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi talabasi Email: [email protected] Orcid: https://orcid.org/0009-0004-5862-5238 https://doi.org/10.5281/zenodo.17646465 Annotatsiya. O‘rta asrlarda munajjimlik islom olamida keng tarqalgan edi. Bu institut turli davrlarda va geografiyalarda paydo bo‘lgan, jumladan turk sulolalarida ham asrlar davomida mavjud bo‘lib kelgan. Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Usmoniylar, Ayyubiylar, Temuriylar, Mamluklar va boshqa sulolalar davr talablariga mos ravishda munajjimlar faoliyat olib borganlar. Temur shaxsiyati bilan ajralib turgan va o‘z ishida mohir bo‘lgan munajjimlarga ishonch bildirgan. Oq Quyunli Uzun Hasan o‘z munajjimlarining tayyorlagan taqvimlarini tahlil qilgan. O‘rta asr tarixchilari odatda katta janglar arafasida yoki hukmdorlarning vafoti munosabati bilan munajjimlarga murojaat qilganlar. Mamluk tarixchilari esa, bundan farqli ravishda, ularni ba’zan sultonlikka da’vogarlar haqida bashorat berganliklari uchun eslatadilar. O‘rta asrlarda nujum ilmi jamiyatning barcha qatlamlarini o‘ziga jalb qilgan. Mazkur maqolada turk hukmdorlarining munajjimlik institutiga munosabatlari, nujum ilmiga qanchalik ta’sirlanganliklari tahlil qilinib, munajjimlar tomonidan baxtli yoki baxtsiz deb hisoblangan ramziy ma’nolar ham o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Munajjim, astrologiya, rasadxona, yulduz, oy, tush, Saljuqiylar, Mamluklar, Temur, Xorazmshohlar ASTROLOGY IN THE MEDIEVAL MUSLIM-TURKIC WORLD Abstract: During the Middle Ages, astrology was widespread in the Islamic world. This institution emerged across various periods and geographies, including Turkic dynasties, where it persisted for centuries. The Seljuks, Khwarazmshahs, Ottomans, Ayyubids, Timurids, Mamluks, and other dynasties employed astrologers due to the demands of their time. Timur, in particular, stood out for his trust in skilled astrologers. Aq Qoyunlu Uzun Hasan analyzed calendars prepared by his court astrologers. Medieval historians often referenced astrologers on the eve of major battles or in connection with the deaths of rulers. In contrast, Mamluk historians occasionally mentioned them for their predictions regarding claimants to the sultanate. Astrology in the Middle Ages attracted interest from all strata of society. This article examines the attitudes of Turkic rulers toward the institution of astrology, the extent of their reliance on astrological knowledge, and the symbolic interpretations, whether auspicious or inauspicious, associated with celestial phenomena. Keywords: Astrologer, astrology, observatory, star, moon, dream, Seljuks, Mamluks, Timur, Khwarazmshahs АСТРОЛОГИЯ В СРЕДНЕВЕКОВОМ МУСУЛЬМАНСКО-ТЮРКСКОМ МИРЕ Аннотация: В средние века астрология получила широкое распространение в исламском мире. Этот институт существовал в различных периодах и регионах, в том числе в тюркских династиях, где сохранялся на протяжении веков. Сельджуки, Хорезмшахи, Османы, Айюбиды, Тимуриды, Мамлюки и другие династии активно использовали астрологов в соответствии с требованиями эпохи. Особо выделялся Тимур, который доверял опытным
413 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc астрологам. Ак-Коюнлу Узун Хасан анализировал календари, составленные придворными астрологами. Средневековые историки часто упоминали астрологов накануне крупных сражений или в связи со смертью правителей. В отличие от них, мамлюкские историки иногда отмечали их предсказания относительно претендентов на султанский трон. Астрология в средние века вызывала интерес у всех слоев общества. В данной статье анализируется отношение тюркских правителей к институту астрологии, степень их влияния на астрологическую науку, а также символические значения (благоприятные или неблагоприятные), связанные с небесными явлениями. Ключевые слова: Астролог, астрология, обсерватория, звезда, луна, сон, Сельджуки, Мамлюки, Тимур, Хорезмшахи Kirish. Qadimgi turklarning diniy marosimlari va kundalik hayotida fol ochish muhim o‘rin egallagan. Ular qamlar (shamonlar) orqali kelajakdan xabar olinishiga ishonishgan va turli asboblar bilan fol ochishgan. qamlar har yili ma’lum kunlarda o‘tkazilgan marosimlarda trans holatiga kirib, o‘sha yilgi ocharchilik, mo‘lchillik, yomg‘ir, qurg‘oqchilik, xavf, xavfsizlik va dushman hujumi haqida ma’lumot berishgan. Astronomiyani bilgan qamlar oy va quyosh tutilishini ham oldindan aytishgan [9. B-76]. Islom dini yoyilgach, ba’zi fol ochish amaliyotlari ham turkiy xalqlarda turlicha shakllarda davom etdi. Juvayniyning ta’kidlashicha, “Islomning kuchli ta’siriga qaramay, Movarounnahr va Turkistonda ko‘plab ayollar kelajakni o‘qish (bashorat qilish) bilan shug‘ullanishgan. Ularning ayrimlari jinlar va parilar bilan aloqa qilayotganliklarini iddao qilganlar. Agar kimdir og‘rib qolsa yoki kasal bo‘lsa, ziyofat uyushtirib, jindor yoki sehrgarlarni chaqirishgan, ular bilan birga raqs tushib, qo‘shiq aytishgan va boshqa “Johilona” amallarni bajarganlar. Oddiy va savodsiz xalq ularga ishongan” [1. B-138]. Islomdan avvalgi Yaqin Sharqda ham shunga o‘xshash holat mavjud bo‘lgan. Johiliya davri arab jamiyatida folbinlar har joyda mavjud edi. Har qanday ish boshlanishidan avval ularga murojaat qilinardi. Bu madaniyatda kohinlar yulduzlarning harakati va joylashuviga qarab qahatchilik, urush kabi umumiy muammolar haqida bashorat qilishardi. Islom faqatgina Alloh g‘aybni bilishini e’tirof etib, bu amaliyotlarni inkor etdi. Biroq kutgan natijadan farqli o‘laroq, an’anaviy amaliyotlar bu taqiqdan ustun keldi va folbinlar asta-sekin yana keng tarqaldi. Barcha islom mamlakatlarida, jumladan turklar yashaydigan hududlarda ham, folbinlik shahar hayotida daromad manbai va kasbga aylangan. Ibn Xaldun bu haqida shunday deydi: “Xalq ertalab-kechqurun bu kishilarga borib, savdolarida, mansablarida, tirikchilikda, odamlar bilan munosabatlarda, dushmanlikda va boshqa ko‘plab holatlarda qanday natijaga erishishini bilishni xohlardi” [3. B-148]. Adabiyotlar tahlili. Mazkur ilmiy maqolada Oʻrta asrlar musulmon Turk dunyosida munajjimlik institutining oʻrni va Turk hukmdorlarining unga boʻlgan munosabati tahlil qilingan. Tadqiqot manbashunoslik va tarixiy tahlil usullari asosida olib borilgan. Tadqiqotning asosini O‘rta asrlar islom va Turk sivilizatsiyasiga oid fundamental tarixiy asarlar tashkil etadi. Bu manbalar munajjimlikning saroy va ijtimoiy hayotdagi amaliy holatini bevosita yoritib bergan. Ibn al-Asirning "al-Kamil fî’t-tarix" asari Saljuqiylar va boshqa sulolalarning munajjimlarga boʻlgan munosabati, jumladan Qutalmishning munajjimlikka oid bilimlari hamda Sulton Muhammadning oʻgʻli Mahmud bilan suhbati kabi muhim maʼlumotlarni taqdim etgan. Nizomulmulkning "Siyosatnoma" va Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" kabi Siyosatnoma turkumidagi asarlar munajjimlik kasbining zaruriyati va davlat boshqaruvidagi oʻrni borasidagi qarama-qarshi siyosiy-nazariy qarashlarni ochib berishda muhim hisoblangan. Ibn Xaldunning "Muqaddima" asarida folbinlikning (munajjimlik)
414 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc shahar hayotida daromad manbai va kasbga aylanishi hamda Mamluk sultonlarining daʼvogarlar haqidagi bashoratlarga eʼtibori haqidagi nazariy asoslar keltirilgan. Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asari Amir Temur va uning shaxsiy munajjimlariga, xususan Abdulloh Lison va Sayfiddin Bek kabi shaxslarga boʻlgan ishonchi va ularning faoliyatini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qilgan. Nasaviyning "Siyratu Jaloliddin Manguberdi" asari Xorazmshohlar davridagi Sirojiddin Sakkokiyning sirli fanlar va Amir Nosiriddin Hamza ibn Muhammadning nujum ilmida mohirligi haqidagi maʼlumotlarni bergan. R.P.A. Dozy, J.Paul Roux, Ali Sevim, Erdoğan Merçil, Osman Turan, Yavuz Unat kabi olimlarning ilmiy ishlari Oʻrta asr Turk xalqlari diniy eʼtiqodlari (qamlar - shamanlar), islomdan avvalgi fol ochish amaliyotlari, "munajjim" atamasining arab tilidagi boshqa sinonimlari, Saljuqiylar davrida munajjimlik va Kichik Osiyo Saljuqiylaridagi amaliyotlar haqidagi muhim kontekstual va terminologik maʼlumotlar uchun foydalanilgan. Hayrunnisa Alan, Nebi Bozkurt, Tülay Metin va boshqa tadqiqotchilarning maqolalari munajjimlarning "nadim" sinfiga mansubligi, turli sulolalar davridagi oʻrni, sultonlarning ishonch darajasiva munajjimlik amaliyotining jamiyatdagi keng tarqalganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha tahliliy maʼlumotlarni boyitgan. Metodologiya. Tadqiqot tarixiy-qiyosiy tahlil va funksional yondashuv metodologiyalariga asoslangan holda amalga oshirildi. Xulosa qilib aytganda, tadqiqot asosiy tarixiy manbalardan olingan maʼlumotlarni tizimli ravishda tahlil qilish, ularni zamonaviy ilmiy yondashuvlar orqali qiyoslash va munajjimlik institutining Oʻrta asr Turk davlatchiligidagi funksiyasini ochib berishga qaratilgan. Muhokama va natijalar. “Munajjim” arabcha so‘z bo‘lib, yulduz (najm, ko‘pligi: nujum) so‘zidan olingan bo‘lib, yulduzlar asosida fol ochish bilan shug‘ullanuvchi kishini anglatadi. Arab tilida “munajjim” so‘zi bilan bir qatorda “doribu’r-raml” (qumga qarab fol ochuvchi), “‘arrof” (bashoratchi), “kohin” (kohin), “kaldoniy” (Kaldiy ilmlari bilimdoni), “ahli ta‘dil” va “ilm-i falakiyya” kabi boshqa atamalar ham ishlatilgan [2. B-159]. O‘rta asr saroylarida munajjimlar “nadim” sinfiga mansub bo‘lib, ular adabiyot, musiqiy san’at, tabobat, nujum, ichimliklar, o‘yinlar, sayr-u tomosha, ov, chavgon, kurash kabi sohalardagi bilimi va san’ati bilan hukmdorning vaqtini maroqli o‘tkazishiga xizmat qilganlar. Munajjimlarning vazifasi yulduzlarning osmondagi holatiga qarab baxtli yoki baxtsiz vaqtlarni aniqlash, kelajak haqida xabar berish, tushlarni ta’bir qilish, o‘tgan voqealardan kelajak uchun ma’no chiqarish edi. Islomda astrologiya (ahkom an-nujum) astronomiya ilmining rivoji bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlangan va ko‘plab ilmiy an’analarni o‘z ichiga olgan. Shu bois, Sharq olimlari orasida astrologiyaga qiziqmaganlar juda kam bo‘lgan. Siyosatnoma turkumiga kiruvchi asarlarda ham nadimlar va munajjimlar eslab o‘tiladi. Saljuqiy vaziri Nizomulmulk esa hukmdorlarning shikoyatini keltirib, “Ular bizni ishni bajarishdan, masalalarni hal qilishdan to‘xtatadi. Shuning uchun bu toifadagilarga (tabib va munajjimlarga) faqat zarurat tug‘ilganda murojaat qilish kerak”[7. B-124-125] deganini bayon qiladi. Bu ikki davlat arbobi o‘rtasidagi farq Yusuf Xos Hojibning munajjimlarni ideallashtirishi va nujum ilmini nisbatan ijobiy baholashi, Nizomulmulkning esa amaliyotdagi muammolarni hisobga olgan holda bu soha vakillarini tanqidiy baholashi bilan izohlanadi. Biroq har ikki fikr egasi bu kasbning zaruriyati borligini tan oladi. Saljuqiylar sultonlari turli sabablar bilan munajjimlarga murojaat qilishgan. Masalan, Chag‘ribek Saraxsda, To‘g‘rulbek esa Dandanoqon jangidan oldin munajjimlar bilan maslahatlashgan. Sulton Alp Arslon Malazgirt jangidan oldin, Sulton Muhammad Tapar esa Hillah amiri Sadaka ustiga yurishdan avval munajjimlar fikrini olgan. Biroq munajjimlar hukmlari hukmdorlarning qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatgan deb aytish qiyin. Sulton Malikshoh davrida
415 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc xizmat qilgan Ibrohim ismli munajjim, ehtimol, muhandislik bilimiga ega bo‘lgan. U To‘g‘rulbek sharafiga bunyod etilgan masjidning qiblasini aniqlash uchun rasad ishlarida sulton va boshqa kuzatuvchilar bilan birga qatnashgan. Sulton Sanjar esa Anvariy ismli shoir-munajjimning nujumga doir bilimlariga e’tibor bergan. Anvariy 522/1128 yilda Saturn sayyorasining Tarozi burjiga kirishi bilan qahatchilik va notinchlik yuz beradi degan hukm chiqargan. Biroq bu bashorat amalga oshmagach, sulton bilan aloqasi buzilgan va u Balxga borishga majbur bo‘lgan. Anvariy Balxda astronomiya bilan shug‘ullangan. Saljuqiylar sulolasining ba’zi a’zolari nujum ilmi bilan jiddiy shug‘ullangan. Ayniqsa, Qutalmish va uning oilasi bu ilmdan xabardor bo‘lgan. Ibn al-Asir bu haqda shunday deydi: “Ajablanarlisi shuki, Qutalmish turk bo‘lishiga qaramay, astrologiyani mukammal bilgan”[4. B-174] U Qutalmishning etnologiyani ham bilganini, o‘limidan so‘ng farzandlari ham nujum ilmini o‘rganishga davom etganlarini, hatto dinlariga zarar yetkazganlarini yozadi. Qutalmish o‘z shaxsiy bashoratlari va munajjimlarining maslahatlariga asoslanib siyosiy qarorlar qabul qilgan. U To‘g‘rulbek muayyan vaqtda vafot etishini yulduzlar asosida aniqlatib, o‘sha vaqtda taxtga chiqishni rejalashtirgan. Sulton Alp Arslon bilan bo‘lgan taxt talashuvi paytida ham yulduzlar unga jang kuni baxtsizlik keltirishini ko‘rsatganini bilgan va jangni kechiktirmoqchi bo‘lgan. Ammo oxir-oqibat, voqea uning foydasiga ishlaydi deb o‘ylab, harakatga o‘tgan va bu jangda halok bo‘lgan. Ilmga qiziqqan Kirmon hokimi Arslonshoh ham nujum ilmi bilan shug‘ullangan. Saljuqiylar sulolasi a’zolari Arslon Arg‘un ibn Alp Arslon, Ridvon ibn Tutush va Sulton Muhammad Taparning o‘g‘li Mahmud ham munajjimlarning ta’sirida bo‘lgan. Ibn al-Asirning yozishicha, Sulton Muhammad o‘limidan oldin o‘g‘li Mahmud unga “Nujum ilmi bo‘yicha bugun baxtsiz kun”, deb aytganida sulton unga “Ha, sen haq aytding, bu kun men uchun baxtsiz, ammo sen uchun bu kun saltanatning muborak boshlanishi bo‘lsin”, [4. B-48-49] degan. Zangiylar va Ayyubiylar sulolasi a’zolari va ularning amaldorlari ham munajjimlik va nujum ilmi borasida zamonasining ruhi bilan uyg‘un munosabatda bo‘lganlar. Masalan, Malikshohning bolalikdagi do‘sti va Otabeg Zangining otasi Aksungur, Malik Tutushga qarshi harakat boshlashdan avval o‘z munajjimiga fol ochdirgan va munajjimining “siyosiy zafar topasan” degan so‘zlariga shu darajada ishongan-ki, jangda askarlariga kishanlar olib kelib, Tutushni tutib olishni buyurgan. Biroq Aksungur bu jangda mag‘lub bo‘lgan va o‘ldirilgan [10. B-72]. Amir Temurning munajjimlari orasida Sayfiddin Beg, Mavlono Abdulloh Lison va Mavlono Ahmad alohida ajralib turadi. Amir Sayfiddin Beg Temurning Qarshi shahrini qamal qilish vaqtini aniq belgilagan [12. B-47]. Xulosa. Turk davlat arboblari munajjimlikga katta e’tibor qaratgan. Ehtimol, qadimgi turkiy e’tiqod tizimida kelajakdan xabar beradigan deb hisoblangan amaliyotlarning mavjudligi buning asosiy omillaridan biridir. Bu kasb vakillari omadli va omadsiz vaqtlarni aniqlash, tushlarni sharhlash, katta voqealar qanday natijalanishi kabi masalalar bo‘yicha bilim va vakolatga ega bo‘lgan. Munajjimlarga asrlar davomida ehtiyoj sezilgan. Siyosatnoma mualliflari bu ehtiyojga alohida e’tibor qaratgan. Ulardan Yusuf Xos Hojib bu kasbning zarurligini himoya qilganlardan biri bo‘lgan. O‘rta asr turk-islom dunyosida munajjimlik keng tarqalgan. Hukmdorlarning juda ozigina munajjimlardan uzoq turgan. Davlat arboblari ham shaxsiy kelajagi, ham davlatining taqdiri haqida qiziqganligi sababli bu kasb vakillariga ahamiyat bergan. Shu sababli, munajjimlar tarixiy manbalarda ko‘pincha katta janglar oldidan ko‘zga tashlanadi. O‘rta asrlarda munajjimlik har bir qatlam uchun qiziqarli mavzu bo‘lgan. Qutalmish, Kirmon hokimi Arslonshoh, Ahmad Jaloyir kabi ba’zi sulola vakillari va hukmdorlar nujum ilmida shuhrat qozongan. Amir Temur o‘z yaqinida munajjimlarni saqlashga alohida e’tibor bergan.
416 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJSSPC) ISSN: 2181-2888 MINWHPS International Scientific-Practice Conference on “Modern Interpretation of National and World History: Problems and Solutions” Denau, November 17, 2025 in-academy.uz/index.php/ejsspc References: 1. Ata Melik Cuveynî, Tarih-i Cihangüşa, çev. Mürsel Öztürk, TTK Yayınları, Ankara, 2013. 2. Dozy, R.P.A., Takmilatu al-Maojim al-Arabiyya, thq. Muhammad Salim Nuaymiy, Vizaratu'sSaqofa va'l-Funun, Bag’dod, 1991. 3. Ibn Haldun, Mukaddime, I, çev. Halil Kendir, Yeni Şafak Yayınları, Ankara, 2014. 4. Ibnü’l Esîr, el-Kâmil fî’t-Târîh, c. X, çev. Abdülkerim Özaydın, Bahar Yayınları, İstanbul, 1987. 5. İbn Tağrîberdî, en-Nücûmu’z-Zâhire, c. XV, Dârü’l-Kütübi’l-Mısriyye Yayınları, Kahire, 1971. 6. Nesevî, Sîretü Celaleddin Mengüberti, çev. Necip Asım, İstanbul Devlet Matbaası, 1934. 7. Nizamülmülk, Siyâsetnâme, çev. Mehmet Taha Ayar, Türkiye İş Bankası Kültür Yayınları, İstanbul, 2009. 8. Ravendî, Râhat-üs-Sudûr ve Âyet-üs-Sürûr, c. II, çev. Ahmed Ateş, TTK Yayınları, Ankara, 1999. 9. Roux, J. Paul, Türklerin ve Moğolların Eski Dini, İşaret Yayınları, İstanbul, 1994. 10. Sevim, Ali, Azîmî Tarihi, TTK Yayınları, Ankara, 2006. 11. Sevim, Ali, Mir’âtü’z-Zamân fî Târîhi’l-âyân’da Selçuklular, TTK Yayınları, Ankara, 2011. 12. Yazdiy, Sharafuddin Ali, Amir Temur (Zafarnoma), trj. Ahsan Batur, Selenge Yayınları, İstanbul, 2013.