scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON ZAMONAVIY TASVIRIY SAN'ATIDA KITOB GRAFIKASINING O'RNI: UMUMIY GRAFIKA BILAN UZVIY BOG'LIQLIGI VA BADIIY-ESTETIK TENDENSIYALAR

Anvar Alimjanovich Mamadjanov; Turabekova Marjona Usubali qizi

Abstract

Mazkur maqolada mustaqillik davri O‘zbekiston tasviriy san’atida kitob grafikasining o‘rni, uning umumiy grafika bilan o‘zaro ta’siri, texnika va janrlar kengayishi hamda badiiy-estetik rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar davrida kitob grafikasining funksional va badiiy ahamiyati ortib borayotgani, grafik rassomlarning milliy an’analar va zamonaviy uslublar sinteziga asoslangan izlanishlari yoritiladi.

Full text

603 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 O‘ZBEKISTON ZAMONAVIY TASVIRIY SAN’ATIDA KITOB GRAFIKASINING O‘RNI: UMUMIY GRAFIKA BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI VA BADIIY-ESTETIK TENDENSIYALAR Anvar Alimjanovich Mamadjanov Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Turabekova Marjona Usubali qizi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dastgoh va kitob grafikasi mutaxassisligi magistri. https://doi.org/10.5281/zenodo.17647060 Annotatsiya. Mazkur maqolada mustaqillik davri O‘zbekiston tasviriy san’atida kitob grafikasining o‘rni, uning umumiy grafika bilan o‘zaro ta’siri, texnika va janrlar kengayishi hamda badiiy-estetik rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar davrida kitob grafikasining funksional va badiiy ahamiyati ortib borayotgani, grafik rassomlarning milliy an’analar va zamonaviy uslublar sinteziga asoslangan izlanishlari yoritiladi. Kalit so‘zlar: kitob grafikasi, umumiy grafika, raqamli texnologiyalar, milliy an’analar va zamonaviy uslub. МЕСТО КНИЖНОЙ ГРАФИКИ В СОВРЕМЕННОМ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ УЗБЕКИСТАНА: ЕЁ ВЗАИМОСВЯЗЬ С ОБЩЕЙ ГРАФИКОЙ И ХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ Аннотация. В данной статье анализируются место книжной графики в изобразительном искусстве Узбекистана периода независимости, её взаимосвязь с общей графикой, расширение техник и жанров, а также процессы художественноэстетического развития. Освещается возрастающее функциональное и художественное значение книжной графики в эпоху цифровых технологий, а также поиски графиков, основанные на синтезе национальных традиций и современных стилей. Ключевые слова: книжная графика, общая графика, цифровые технологии, национальные традиции и современный стиль. THE ROLE OF BOOK GRAPHICS IN CONTEMPORARY VISUAL ARTS OF UZBEKISTAN: ITS INTEGRATION WITH GENERAL GRAPHICS AND ARTISTIC-AESTHETIC TRENDS Annotation. This article analyzes the role of book graphics in the visual arts of Uzbekistan during the independence period, its interaction with general graphics, the expansion of techniques and genres, and the processes of artistic and aesthetic development. It highlights the increasing functional and artistic significance of book graphics in the digital age, as well as the research of graphic artists based on the synthesis of national traditions and contemporary styles. Keywords: book graphics, general graphics, digital technologies, national traditions and contemporary style. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida badiiy ijodning boshqa turlari qatori tasviriy san’at sohasi rivojiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelgan ijodiy erkinliklar o‘zbek grafika san'atida ijod qiluvchi rassomlar asarlarida ham yangi ifoda vositalarining paydo bo‘lishiga olib keldi. 604 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Aynan shunday holatlar rassomlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirib yubordi. Shuningdek, o‘zining betakror san'atiga ega bo‘lgan taniqli va yosh rassomlar shular jumlasidandir. 1 O‘zbekiston tasviriy san’ati mustaqillik yillarida yangi bosqichga ko‘tarildi. Ijodiy erkinlik, milliy o‘zlikka qaytish, modern va postmodern yo‘nalishlarning kirib kelishi grafik san’at rivojida sezilarli o‘zgarishlar keltirib chiqardi. Shu jarayonda kitob grafikasi va umumiy grafika o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yanada kuchaydi. Kitob grafikasi nafaqat nashr bezagi, balki milliy timsollarni talqin qilish, matnning mazmunini badiiylashtirish va grafik san’at poetikasini rivojlantirishning muhim maydoniga aylandi. Umumiy grafika esa — ofort, litografiya, ksilografiya, plakat, avtor grafikasi, raqamli grafika kabi zamonaviy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan keng badiiy makon bo‘lib, uning yutuqlari kitob grafikasiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. San’atning ushbu turiga xos bo‘lgan mazmun va shakl birligi nuqtai-nazardan qilingan tahlil grafika asarlar ramziy ma’noga ham egaligi to‘g‘risidagi fikrga olib kеladi. Grafikaning shakli va obrazlarini yuzaga kеltirgan uslubiy vazifalardan ma’no vazifalariga o‘tishning tahlili qiyin, biroq, mumkin va u hodisalar mohiyatini to‘liqroq tushunib olish uchun zarur. Grafika asarlarning ma’no-mazmunli, badiiy obrazli ifodalilikning yuqori bosqichiga ko‘tarilgan didaktik mohiyatiga kirib borish ularning ahamiyatini tushunish, kishilarning alohida ichki dunyosiga kirish, o‘z ko‘zi bilan ko‘rishning o‘ziga xos sharqona muattar hidini hamda lazzatini xis qilish, vaqt o‘tgan sari grafikalar qanday o‘zgarganligini va qayta anglanganini kuzatish imkonini beradi. 2 Kitob grafikasining rivoji ko‘p jihatdan umumiy grafikadagi yangilanishlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, rassomlar litografiya, ofort, akvatinta, avtor grafikasi, kollaj, raqamli illustratsiya kabi texnikalarni kitob bezagiga olib kirishi natijasida kitob san’ati yangi bosqichga ko‘tarildi. Ayni paytda umumiy grafika ham kitob grafikasi bilan o‘zaro boyish jarayonini boshdan kechirdi: miniatyura maktabi an’analari, xalqona ornamentlar, kompozitsiyaviy soddalik va ramziylik umumiy grafik yondashuvlarni ham boyitdi. Kitob grafikasi O‘zbekiston tasviriy san’atida qadimdan shakllangan an’anaga ega. Unda miniatyura, xalq amaliy san’ati ornamenti, epigrafika, ritmik kompozitsiya kabi badiiy komponentlar mujassam. Kitob grafikasining badiiy yechimlarida ko‘pincha kompozitsiya aniqligi, chiziqning ifodaviyligi, ramziy obrazlar, matn va tasvir uyg‘unligi, ornamental ritmlar ustuvor bo‘ladi. Bu esa umumiy grafik san’atning asosiy tamoyillari bilan bevosita bog‘liq. Shunday qilib, kitob grafikasi umumiy grafikaning eksperimental, texnologik va konseptual yutuqlarini o‘zlashtirgan holda, o‘z navbatida umumiy grafikaga milliylik, nafislik va poetiklik uyg‘otadi. O‘zbekiston grafikasida milliy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Bu ikki yo‘nalish ham o‘z badiiy mohiyatini: miniatyura estetikasi, sharqona ritm, milliy naqshlar, tarixiy-mifologik obrazlar orqali boyitadi. Matn va tasvir uyg‘unligi, chiziqning nozikligi, ramziylik kitob grafikasini milliy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashtiradi. Bugungi zamonda raqamli texnologiyalarning kirib kelishi natijasida har ikki yo‘nalish – kitob grafikasi ham, umumiy grafika ham yangi bosqichga ko‘tarildi. 1 Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259 2 Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259 605 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Raqamli illustratsiya, grafik dizayn, virtual maketlashtirish, elektron nashrlar kitob grafikasi uchun yangi ijodiy imkoniyatlar yaratmoqda. Umumiy grafikada esa 3D-grafika, mixed-media, vizual eksperimentlar kuchaymoqda. Oʻzbekistonda grafika san’ati XX asrda shakllandi va rivojlandi. XX asrning oxirgi choragida ijodkorlar safiga M. Kagarov, L. Ibrohimov, M.Sodikov, A. Mamajonov, A. Bobrov, V. Apuxtin, Q. Basharov, A. Li, G. Li kabi rassomlarning kelib qoʻshilishi grafikani ham badiiy mahorat, ham mavzu jihatdan boyishini taʼminladi. Oʻzbek grafikachilari grafikaning barcha sohalari (akvarel, litografiya, ksilografiya va boshqalar)da samarali ijod qilib, mavzu jihatdan rang-barang (tarix, zamonaviylik, ekologiya va boshqalar) asarlar yaratmoqdalar, jahon va oʻzbek mumtoz adabiyotiga, Sharqning buyuk arboblari, yozuvchi va olimlari siymolariga murojaat qilmoqdalar. M. Kagarov “Sayyoh” M. Kagarov “Keksalik” 606 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 A. Bobrov Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romaniga ishlangan illustratsiya O‘zbekiston rassomlari namoyon etgan yuksak badiiy tafakkur madaniyatining, ular butunligining go‘zalligi qarama-qarshi elеmеntlarning jo‘shqin murakkab tizimi sifatida ochib bеriladigan yangi sintеz, yangi «ma’naviy» uyg‘unlikni yaratishga qo‘shgan hissa dastgox san’ati uchun ham ahamiyatli ekanligini isbotlab o‘tirishning xojati yo‘q. 3 O‘zbekiston grafik rassomlaridan Asliddin Kalonov, Dilshod Akromov, Nigora Akbarova, Xurshid Ziyaxanov, Safi Mariya, Laylo Basharova va boshqalar – o‘z ijodiy izlanishlarida kitob grafikasining poetik-estetik imkoniyatlari bilan umumiy grafikadagi modernist va konseptual izlanishlarni birlashtirib, zamonaviy san’atga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Masalan, Asliddin Kalonov uning chiziqqa asoslangan metaforik uslubi kitob grafikasi uchun ham muhim o‘rnak bo‘lgan. Rassomning struktural chiziq plastikasiga asoslangan kompozitsiyalari hozirgi o‘zbek grafikasida yangi vizual tafakkurni yuzaga keltirdi. Noaniq kelajak. Asliddin Kalonov 2021 y Xurshid Ziyaxanovning “Buxorolik ayol”, “Kelinchak”, “Buvilarning ertaklari” “Sopolli tom” kabi asarlarida ramziylik, psixologik holat, falsafiy qatlamlar kuchli. U yaratgan konseptual grafika kitob bezagida ham zamonaviylik va chuqur ma’no berish imkonini yaratadi. 3 Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259 607 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 Kelinchak Xurshid Ziyaxanov Mato, moybo‘yoq - 2021 yil Buvilarning ertaklari Xurshid Ziyaxanov Mato, moybo‘yoq - 2012 yil Sopolli tom Xurshid Ziyaxanov Qog‘oz, ruchka - 2018 yil Dilshod Akromov va Jamshid Rashidovlar “Raqamli avlod” vakili sifatida raqamli grafika, 3D-kompozitsiya, elektron illustratsiyalar uslubini rivojlantirdi. Ularning ishlari bugungi kunda elektron kitoblar dizayni va raqamli nashriyotchilikka yangi nafas olib kirmoqda. Mustaqillik davridagi o‘zgarishlar bu ikki yo‘nalishning o‘zaro boyishini tezlashtirdi. Kitob grafikasi milliy estetik tafakkurning tarixi bo‘lsa umumiy grafika esa zamonaviy badiiy jarayonlarning markazi. Ikkalasi birga milliy vizual madaniyatning shakllanishini ta’minlaydi. Raqamli asrda kitob grafikasining qayta jonlanishi va dizayn bilan qo‘shilishi tadqiqot uchun juda qiziqarli hodisa. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, Kitob grafikasi va umumiy grafika O‘zbekiston tasviriy san’atida bir-birini to‘ldiruvchi, boyituvchi va rivojlantiruvchi ikki katta yo‘nalishdir. Ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik: badiiy tafakkurning chuqurlashuviga, milliy timsollarning zamonaviy talqiniga, grafik texnikalar rang-barangligiga, vizual madaniyatning yuksalishiga bevosita ta’sir qiladi. Mustaqillik yillarida grafik rassomlarning milliy an’ana, modernizm, postmodernizm va raqamli texnologiyalarni sintez qilishga qaratilgan izlanishlari kitob grafikasining ham, umumiy grafikaning ham yangilanishini ta’minladi. Bugungi kunda kitob grafikasi o‘zbek vizual madaniyatining muhim qatlami bo‘lib, zamonaviy grafik san’atning eng nozik va poetik ifoda vositalaridan biri sifatida rivojlanishda davom etmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI: 1. Raximova G. O‘zbekiston grafika san’ati taraqqiyoti. — Toshkent, 2018. 2. Xabibullayev N. Zamonaviy O‘zbekiston san’ati: tendensiyalar va yo‘nalishlar. — 2021. 3. Hasanov O. Milliy san’atning zamonaviy talqinlari. — Toshkent, 2017. 4. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi materiallari. 5. Quvondiqova, O. (2025). OʻZBEK GRAFIKASIDA ZAMONDOSHLAR MAVZUSINI YORITILISHI. Modern Science and Research, 4(3), 133–137. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/71855 608 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 6. Omon qizi, Z. D. (2025). The Role of Self-Portrait in Shaping Students’ Personal Identity and Creative Expression. American Journal of Education and Evaluation Studies, 2(9), 107–108. Retrieved from https://semantjournals.org/index.php/AJEES/article/view/2438 7. qizi Zarifova, D. O. (2023). RANGLARNING FAZOVIY BIRIKMALARI VA XUSUSIYATLARI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 159-162. 8. Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393. 9. Zarifova, D. O. qizi. (2023). SHARQ GRAFIKA SAN’ATIDA MAISHIY JANRNING O‘RGANILISHI. Innovative Development in Educational Activities, 2(9), 57–62. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/idea/article/view/1259 10. Dilfuza Omon qizi Zarifova Sharq grafika san’atida maishiy janrning o‘rganilishi. Innovative Development in Educational Activities 2023/5/15.