scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUMTOZ ASARNING LINGVISTIK EKSPЕRTIZASI XUSUSIDA

Suvonov Zavqiddin Norqulovich

Full text

506 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar MUMTOZ ASARNING LINGVISTIK EKSPЕRTIZASI XUSUSIDA Suvonov Zavqiddin Norqulovich DSc. DTPI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.17649450 Annotatsiya: Annotatsiya. Lingvistik ekspertiza har qanday shaxsiy muammoli nutq tahliliga daxldor. Adabiy matn – shaxsiy nutqning yuqori ko‘rinishi. Unda shaxsiy subyektiv mulohazalar aks etgani tufayli qonfliktli holatlar lingvistik ekspertizaga tortilishi lozim. Mumtoz matnlar tahlili va nashrida, ularni yosh avlodga taqdim etishda lingvistik ekspertizadan o‘tkazish maqsadga muvofiq. Lingvistik ekspertiza mumtoz matnlarda “shaxsiy matnlarni muqaddaslashtirmaslik” tamoyili ustiga quriladi. Kalit so‘z. mumtoz adabiyot, badiiy matn, lingvistik ekspertiza, “tekstologik”, “filologik”, “stilistik”, “semasiologik” ekspertiza. Annotation. Linguistic expertise pertains to the analysis of any problematic personal discourse. A literary text is a heightened form of personal speech. Since it reflects individual subjective opinions, conflict-prone situations should be subjected to linguistic examination. In the analysis and publication of classical texts, as well as in presenting them to the younger generation, it is advisable to carry out linguistic expertise. Linguistic expertise of classical works is built upon the principle of “not sanctifying personal texts.” Keywords: classical literature, literary text, linguistic expertise, “textological,” “philological,” “stylistic,” “semasiological” expertise. Abstraktniy. Lingvistika ekspertiza kajdiy kanday lichnost golovolomka rech sootvetstvuyushiy analiz. Literaturniy tekst-personalniy diskurs Yukori rezina. Unda chelovek subyektivniy mislitel na foto etgani blagodarya kanfliktli yazikovedu ekspertiza tortilya nujna. Mumtoz tekstlar proanaliziroval i opublikoval, ularni ish avrodga predlojil etishda lingvistik ekspertiza uzakazish selesoobrazno. Lingvistika ekspertiza mojet bit tekstovoy "personifikatsiya svyashennix tekstov" tamoyili ustiga kuriadi. Klyuchevoye slovo. klassicheskaya literatura, xudojestvenniy tekst, lingvisticheskaya ekspertiza, «tekstologicheskaya», «filologicheskaya», «stilisticheskaya», «semasiologicheskaya» ekspertiza. Zamonaviy adabiyotda obyektiv voqelikka real munosabatda bo‘lish – badiiy ijodning muhim talabi. Bugun adabiyot zarur gapni, dolzarb muammoni inson taqdiriga bog‘lab, ta’sirli ifodalash kerakligiga odatlanib borayotir. Biroq milliy adabiyotimizda zarur gapni yalang‘och yo‘sinda, keskin tarzda aytish fazilatga o‘tib borar ekan, bu holat ifoda go‘zalligiga putur yetkazadi va adabiyotda “tabulashtirish” “tasvirning evfemistikligi” tamoyiliga zid keladi. Bu va bu kabi holatlar badiiy matnning lingvistik ekspertizasiga ehtiyoj tug‘dirdi va ayni ehtiyoj keyingi yillarda uning nutq tahliliga kiruvchi lingvistik ekspertizaning mustaqil turi sifatida shakllanishiga olib keldi 1 . U tahlil va o‘rganishga maxsus lingvistik bilimlarnigina jalb qilib qolmasdan, og‘zaki yoki yozma nutq orqali sodir etilgan aksilqadriyat holatini aniqlash imkonsiz yoki qiyin holatlar toifalari uchun majburiy “kompleks imtihon” tusini oldi. Xususan, ekspertizasi zarur bo‘lgan mualliflik huquqi, badiiy adabiyotdagi prototip muammosi, aksilgumanistik g‘oyalar bilan bog‘liq masalalar ham ko‘p topiladi. Matn lingvistik ekspertizasini amalga oshirishning ijtimoiy tartibi masalani qonun doirasida ko‘rib chiqish uchun professional ekspert va lingvistik mutaxassis yordamiga ham ehtiyoj sezmoqda. Bunda nafaqat badiiy adabiyot, balki iste’molchisi xalq, shaxs, ommaviy axborot vositalari va internetnashrlarni qamrab olgan har qanday ma’lumot va hujjatlar hamda nizolar sonining o‘sib borishi yuridik lingvistik ekspertizadan o‘tkazishni dolzarblashtirmoqda. Bunda san’atni tahlili yagona, ilmiy 1 Қаранг: Антонова Ю. А. Лингвистическая экспертиза: опасность семантической валентности / Ю. А. Антонова // Современная политическая коммуникация : материалы Междунар. науч. конф. (Екатеринбург, 21–24 сент. 2009 г.) / Урал. гос. пед. ун-т ; гл. ред. А. П. Чудинов. – Екатеринбург, 2009. – С. 10–14. 507 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar asoslangan usul va lingvistik texnologiyalar bo‘yicha amalga oshiradigan, to‘g‘ri tashkil etilgan texnologik jarayon darajasiga ko‘tarishni taqozo etadi. Bu muammo ilgari “tekstologik o‘rganish”, “filologik tahlil”, “stilistik tahlil”, “semasiologik tahlil”, “badiiy tahlil” va boshqa nomlar ostida qo‘rilgan 2 . Ammo sud amaliyotida nutqiy faoliyat mahsulotlari bilan bog‘liq turli ekspert vazifalarini hal qilishga borgan sari talab ortib boryapti. Shuning uchun ekspert amaliyotiga “lingvistik ekspertiza” atamasi ham kirib keldi. Bu yondashuvlar ifodaning zaif tomonlari yoki mantiqiy yuksakligini ochishda, ba’zida shaxs, xalq erkiga botiniy kuch tahdidi yoki zo‘ravonlik targ‘ibi natijasida etno-siyosiy mojarolar olovini yoqishga intilishlar tahlili va ularning ildizlarini ochishda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Lingvistik ekspertiza, xususan, etnik kamsitish va yuzaga kelayotgan nizolarni tartibga solish yoki oldini olishda ham katta metodik ahamiyatga ega 3 . Bu metodika ekspertiza predmetiga tegishli faktik ma’lumotlarni aniqlash uchun uning obyektlarini o‘rganishda qo‘llanadigan mantiqiy yoki instrumental operatsiyalar tizimi va jarayonini o‘z ichiga oladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, badiiy matnning lingvistik ekspertizasi avvaliga muallifning faqat matnshunoslik yo‘nalishi maqsad va vazifalari, matnning originalligi yoki muallifni aniqlash, tanqidiy matnlarni tayyorlash amaliyoti sifatida namoyon bo‘lgan. Bugungi kunda dunyo fanida badiiy matn sud nutqi jarayonida ham o‘rganish obyektiga aylanmoqda. Bu, birinchi navbatda, intellektual mulk agentligi faoliyatida ko‘zga tashlanadi va mualliflik huquqi obyektlarini intellektual mulk (tovar) belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish kun tartibidagi masalalardan. Bundan tashqari, giyohvandlik vositalaridan foydalanishning, pedofiliya, separatizm, etnonizolarning maxfiy targ‘ibini tashkillashtirishga hissa qo‘shadigan ma’lumotlarning mavjudligi ham matnni tahlil qilishga zarurat tug‘dirmoqda. Shuningdek, bunda tarixiy shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish, ularga nisbatan noxolis munosabatda bo‘lish – haqorat, tuhmat qilish bilan avlodlar oldida tarixiy xizmatlarini kamsitish, badiiy adabiyotda ham zimdan targ‘ibiga ega bo‘layotgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning tarqalishiga qarshi kurash bugun jamiyatdagi og‘riqli masala. Badiiy asardagi umuminsoniy qadriyatlarga zid holatlarni aniqlash va unga yo‘l qo‘ymaslik, inson sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini himoya qilish ehtiyoji ham lingvistik ekspertiza shakllanishiga turtki bermoqda. Badiiy matnni legallashtirish mumkin emas, albatta. Ijodkor erkiniligi ta’minlanishi zarur hodisa. Ammo amaldagi qonunlarga zid talqinlar maqbul emas. Bu muammolar talqini bo‘yicha uzoq yillik filologik an’anaviy norasmiy tavsiyalar mavjud. Bunda muammo o‘rganilayotgan obyektning o‘ziga xos xususiyatlariga tegishli qator masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Muallifning badiiy shakldan foydalanishi uni qo‘yilayotgan javobgarlikdan ozod qiladimi? Agar shunday bo‘lsa, qanday sharoitlarda, degan savollar ko‘ndalang turadi. Mumtoz matnlarning lingvistik ekspertizasi badiiy matn tahlili tajribadan kelib chiqib, filologik talqin qilish an’analariga asoslanganmi yoki boshqa taxminlardan kelib chiqadimi? Badiiy asar, jumladan, xarakterni hayotdagi odamlar bilan bog‘lash qay darajada mumkin va uning mezonlari bormi? Tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima munosabati, tarixiy voqelik va shaxsning badiiy talqinida yo‘l qo‘yiladigan va yo‘l qo‘yilmaydigan holatlar nisbati qay darajada? Agar matn aralash janr (badiiy publitsistika yoki hujjatli badiiyat) ga xos bo‘lsa, bu masalalar yanada keskinroq tus oladi. Bugungi kunda mumtoz adabiyotni muqaddaslashtirish, adiblarning asarlariga sakral tus berish, ifodalarni noto‘g‘ri talqin qilish yoki atayin soxtalashlashtirish holatlari uchrab turadi. Ayrim 2 Қаранг: Аблин М. В. Классификации лингвистических экспертиз в юрислингвистике / М. В. Аблин // Юрислингвистика. – 2012. – № 1. – С. 105–111. 3 Қаранг: Анализ художественного текста. Под. ред. Н. М. Шанского. - М., 1975. Вып.1. 1976. Вып.2. 1979. Вып.3 508 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar pedofilik mazmundagi matnlarni haspo‘shlash hollaridan ko‘z yumib bo‘lmaydi. XV va XVI asr voqealari aks etgan “Boburnoma”da axloq normalariga zid va etnik kamsitilishni aks ettirgan bitiklar ham ko‘zga tashlanadi. Asarda muallif tomonidan eng ko‘p tilga olingan tarixiy shaxslardan biri Shayboniyxon. Bobur Shayboniyxonga xolis baho bermaydi. O‘quvchi Boburning fikriga asoslanib, Shayboniyxon haqida salbiy xulosa chiqarishi kerak emas. Va, shu asar sabab Shayboniyxonga munosabatlar hanuzgacha boshqacha. Hozirda ziyolilarimizning qarashlarida ham bir tomonlama yondashuv bor. Bobur Shayboniyxon faoliyatiga obyektiv baho berar ekan, uning o‘sha davr tarixiy sharoitiga ko‘ra siyosat maydoniga kirib kelganini, temuriylar saltanatining tanazzuliga sababchi bo‘lgan dushman ekanligini alohida ta’kidlaydi. Lashkarboshi sifatida o‘z mavqeini tiklab olmasdanoq temuriy shahzodalarning birlashishini, bu xavfli dushmandan ertaroq qutulish lozimligini uqtiradi: “Xoja Abulmakorimning tavassuti bila bu so‘zni orag‘a soldimkim, Shayboqxondek g‘anim paydo bo‘lubtur, muning zarari turkka va mo‘g‘ulg‘a musovidur. Muning fikrini hololiqtakim, ulusni hanuz yaxshi bosmaydur va ko‘p ulg‘aymaydur, qilmoqlik vojibdur” 4 . Bu holatda Boburning subyektiv fikrlaridan kelib chiqqan holda hozirgi ijtimoiy tafakkurda Shayboniyxonga salbiy munosabat shakllanib ulgurgan va uning tarixiy xizmatlari bunday munosabatlar soyasiga o‘tib ketgan. Matnda millatlararo kelishmovchiliklar va milliy-etnik kamsitish unsurlari ham seziladi. Bobur Shayboniyxonni bir marta jang maydonida yuzma-yuz ko‘rgan, u bilan bir zamon va makonda yashab, Movarounnahr hamda Xuroson hududidagi janglarda g‘oyibona uchrashgan, o‘zaro kurashlar olib borgan, uning fe’l-atvori haqida o‘z davrining bek-a’yon va lashkaridan eshitgan xolos. Tarixiy haqiqat Bobur talqinidan ko‘ra butkul o‘zgacha bo‘lishi ham mumkin. Lingvistik ekspertizada, demak, obyektiv ilmiylik tamoyili ham ustuvorlik qiladi. Mumtoz adabiyotda matn tahlilining barcha bosqichlarida ekspertiza jarayonining ishtirokchilari uchun yagona tadqiqot usullariga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotir. Zero, badiiy matn ekspertizasida umumiy talablarning yo‘qligi da’vogar va javobgarning ekspert baholaridan norozi bo‘lishiga olib keladi. Buning natijasida ko‘plab tekshiruv jarayonlari qaytadan o‘tkaziladi va keyinga qoldiriladi. Shu sababli, konfliktli nutqiy vaziyatlarga ham lingvistik, kerak bo‘lsa, ham huquqiy baho berishni ta’minlaydigan badiiy matnning kompleks lingvistik ekspertizasi tarixiy haqiqatning badiiy talqinida muhim. Bundan kelib chiqib, muammo doirasida umumiy tamoyil va o‘ziga xos metodologiyani ishlab chiqishga ilmiy va ijtimoiy ehtiyoji mavjud. Asarda Bobur Husayn Boyqaro bilan biror marta ham yuzma-yuz uchrashmagani haqida to‘xtaladi. U haqidagi ma’lumotlarni kimdandir eshitgan, surishtirib bilgan yoki biror manba asosida bayon etgan. Umuman, muallifning bu shaxs haqidagi fikrlari, temuriylar saltanatida Husayn Boyqaroning tutgan o‘rni, uning davlatchiligi va siyosat yuritishi bo‘yicha ma’lumotlar Boburning shaxsiy mulohazalaridek taassurot uyg‘otadi kishida. “Boburnoma”da 1496-1497 yillar voqealaridan boshlab Sulton Husayn Boyqaroning nomi tez-tez uchray boshlaydi. Aynan, shu vaqtga kelib Husayn Boyqaroning o‘g‘li Badiuzzamon mirzo va boshqa farzandlari bilan toj-taxt uchun kurash jiddiylashib boradi. Bu davrda Hirot saltanatida shahzodalarning Husayn Boyqaro amriga itoat etmaslik, saltanatga qarshi oshkora kurashish holatlari sodir bo‘ladiki, bu jarayonlar xususida Bobur: “...oxir otaliq, o‘g‘ulluk orasida bu guftugo‘lar anga munjar bo‘ldukim, otasi otasining ustiga va o‘g‘li o‘g‘lining ustiga Balx va Astrobodqa cherik torttilar” 5 , - deb yozadi. Taassufki, badiiy matndagi qahramonlar axloq normalaridan toydirilgan matnlarning lingvistik ekspertizasini amalga oshirish va tadqiq qilishda ba’zi tajribali va malakali mutaxassislar munosabati zarur. Bobur Husayn Boyqaroning hukmronlik davri va shaxsiyati haqida fikr yuritar ekan, shuncha yil umrini g‘oliblikda 4 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Нашрга тайёрловчи С.Ҳасанов. Тошкент. Шарқ. 2002. – Б. 90. 5 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Нашрга тайёрловчи С.Ҳасанов. Тошкент. Шарқ. 2002. – Б. 90 509 Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 LPTIENP International Scientific-Practice Conference on “Linguistics and Pedagogical Technologies: International Experience and National Practice” Denau, November 20, 2025 in-academy.uz/index.php/ejar kechirgan Xuroson sultonining ham g‘olib va sururli damlarini, ham nobop o‘g‘illari tufayli fojiali fursatlarini tasvirlab beradi. Bobur temuriy shahzodalar, xususan, Husayn Boyqaro o‘g‘illarining xislati va xarakteri haqida fikr yuritar ekan, har bir davr uchun nojoiz bo‘lgan maishiy buzuqlik, mayparastlikni qoralaydi. Xullas, mumtoz asar bo‘y cho‘zgan haqiqatning hujjatli poetik tasviri lingvistik ekspertizaning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tekshirishlar orqali milliy adabiyotning tasvir mezonlari haqida fikrga ega bo‘lasiz. Badiiy tahlil, lingvistik tekshiruv ishlari, ko‘pincha, ekspert muassasalari devoridan tashqarida, xolislik va boshqa mantiqiy tamoyillardan xoli holda amalga oshirildi hamda shunday davom etib kelmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab nufuzli filolog olimlar har doim ham o‘zlarining faoliyat doirasini aniq tushunishmagan. Masalan, muammo yechimiga tegishli kompetensiyasiz va kasbiy malakasiz, ekspert muassasalari bilan aloqasi bo‘lmagan shaxslar muayyan ish bo‘yicha ekspert sifatida jalb etiladi. Shu sababdan o‘zbek amaliy tilshunosligida badiiy matnning lingvistik ekspertizasi ko‘p muammolarga yechim sifatida maydonga chiqadi. Ko‘pincha ular lingvistik nazariya va (amaliy) ekspertiza faoliyati vazifalarini qorishtirib yuboradilar va muammodan uzoqlashib ketadilar. Professional mutaxassis bo‘lmagan filologlarning xulosalarida ko‘pincha tasdiqlanmagan versiyalar, taxminlar, farazlar ilmiy muhokama uchun maqbul bo‘lishi mumkin. Ammo ekspert xulosasi sifatida mos kelmaydigan subyektiv fikrlar mavjud. Ishonchliligi ilmiy tasdiqlashni talab qiladigan tekshirilmagan lingvistik usullardan ham foydalanib kelishadi. Natijada bunday xulosalar ekspert qarorlarida ijobiy baholanmaydi yoki ular tomonidan umuman dalil sifatida qabul qilinmaydi ham. Xulosa sifatida aytish mumkinki, badiiy matn, xususan, mumtoz matnlar ham yechimi ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar fonida lingvistik ekspertiza obyektiga aylanishi mumkin va bu konseptual, prinsipial hamda kompetensial yondashuvni taqozo qiladi. References: 1. Аблин М. В. Классификации лингвистических экспертиз в юрислингвистике / М. В. Аблин // Юрислингвистика. – 2012. – № 1 (12). – С. 105–111. 2. Антонова Ю. А. Лингвистическая экспертиза: опасность семантической валентности / Ю. А. Антонова // Современная политическая коммуникация : материалы Междунар. науч. конф. (Екатеринбург, 21–24 сент. 2009 г.) / Урал. гос. пед. ун-т ; гл. ред. А. П. Чудинов. – Екатеринбург, 2009. – С. 10–14. 3. Анализ художественного текста. Под. ред. Н. М. Шанского. - М., 1975. Вып.1. 1976. Вып.2. 1979. Вып.3 4. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. Нашрга тайёрловчи С.Ҳасанов. Тошкент. Шарқ. 2002. – Б. 90.