MANG'IT AMIRLARI
Abstract
Maqolada Mang‘it amirlari davrida Buxoro amirligining siyosiy va ijtimoiy hayoti tahlil qilinadi. Davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar, islohotlarning ahamiyati va ularning natijalari ilmiy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 79 DOI: https://10.5281/zenodo.17650747 MANG‘IT AMIRLARI Boqijonova Sarvinozxon Bahromjon qizi Namangan davlat universiteti, tarix yo‘nalishi E-mail: boqijonova[email protected]om Ilmiy rahbar: Dadamirzayeva Gulchehra Abdunabiyevna dotsent t.f.b f.d ANNOTATSIYA Maqolada Mang‘it amirlari davrida Buxoro amirligining siyosiy va ijtimoiy hayoti tahlil qilinadi. Davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar, islohotlarning ahamiyati va ularning natijalari ilmiy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Mang‘it amirlari, Buxoro amirligi, Mang‘itlar sulolasi, davlat boshqaruvi, islohotlar, siyosiy hayot, Markaziy Osiyo tarixi. АННОТАЦИЯ В статье анализируются политическая и социальная жизнь Бухарского эмирата в период правления Мангитских эмиров. Рассматриваются изменения в государственном управлении, значение и результаты проведённых реформ. Ключевые слова: Мангитские эмиры, Бухарское эмиратство, династия Мангитов, государственное управление, реформы, политическая жизнь, история Средней Азии. ABSTRACT The article analyzes the political and social life of the Bukhara Emirate during the rule of the Mangit emirs. It examines changes in governance, the significance of reforms, and their outcomes from an academic perspective. Keywords: Mangit emirs, Emirate of Bukhara, Mangit dynasty, state governance, reforms, political life, history of Central Asia.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 80 KIRISH XVIII asr oʻrtalarida Ashtarxoniylar sulolasi inqirozga yuz tutib, Buxoro taxti uchun kurashlar kuchaygan bir davrda mangʻit urugʻi vakillari siyosiy maydonda yetakchi kuch sifatida shakllandi. 1756-yilda Muhammad Rahimxon mangʻitning taxtga chiqishi bilan Buxoro amirligida yangi sulola — mangʻitlar sulolasi hukmronligi boshlandi. Ularning hokimiyatga kelishi mamlakatda siyosiy beqarorlikka barham berishga, davlat boshqaruvini mustahkamlashga xizmat qildi. Ayniqsa, mangʻit amirlari muntazam qoʻshin tuzishga alohida e’tibor qaratib, davlat qudratini kuchaytirishga erishdilar.Mangʻit amirlari davrida soliqlar tizimi qayta tartibga solindi, harbiy va maʼmuriy boshqaruv yangilandi, tashqi siyosatda esa qoʻshni xonliklar bilan doimiy raqobat, Rossiya imperiyasi va boshqa davlatlar bilan esa murakkab diplomatik aloqalar olib borildi. Shu tariqa mangʻit amirlari XVIII asrning ikkinchi yarmidan XIX asr oxirigacha bo‘lgan davrda Buxoro amirligini Markaziy Osiyodagi yirik siyosiy markazlardan biriga aylantirdilar. Mang‘itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimbiy 1747 yilda eroniy qizil boshlarni tor-mor keltirib, Buxoroda hokimiyatni to‘la o‘z qo‘liga olgan edi. U barcha viloyat, shahar va qabilalar boshliqlarini Buxoroga taklif qilib, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan dasturini e’lon qilib, bo‘ysunmaganlarni qatl qilaman, deb ogohlantirdi. Muhammad Rahimbiy Abdulmo‘min (1747–1748), Ubaydulla Sulton (1748– 1756) nomlaridan davlatni boshqargan davrida Miyonqal’a, Nurota, Hisor, Qo‘bodiyon, Boysun, Shahrisabz, Urgut viloyatlariga bir necha bor yurish qilib, ularni o‘ziga bo‘ysundirdi. Bu muvaffaqiyatlar uning rasmiy hokimiyatni ham qo‘lga olishi uchun yo‘l ochib berdi.Abulfayzxonning qiziga uylanib, xonlar avlodi bilan qarindosh bo‘lgan Muhammad Rahimbiyga amir unvoni berildi va oq kigizda ko‘tarilib oliy hukmdor deb tan olindi. Uning 1757–1758 yillarda markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun olib borgan urushlari bir qancha vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi. Xiva xonligiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan Muhammad Rahimbiyni Qo‘qon, Balx, Toshkent, Marv kabi mustaqil mulklar hukmdorlari Buxoro qonuniy hukmdori deb o‘z elchilarini jo‘natganlar. 1758 yil 24martda vafot etgan Muhammad Rahimbiy o‘rniga mang‘it urug‘idan bo‘lgan Miyonqal’a hokimi Doniyolbiy (1758–1785) taxtga ko‘tarildi.[5,314-315] Muhammad Doniyolbiy 27 yil davomida (1758-1785)Buxoro amirligini boshqaradi va siyosiy markazlashuv jarayonini o‘zboshimchaligiga qarshi kurashadi. Qo‘shni davlatlar bilan savdo-aloqalarıni olib borishga katta e’tibor qaratadi. Amir Muhammad Doniyolbiyning o‘n ikki o‘g‘li bor edi.Davlat boshqvruvida ulardan ayrimlarining ishtirokini kuzatish mumkin U hukmronlik davrining so‘nggi yıllarıda davlat ishlarini aksariyat hollarda go‘shbegi, devonbegi va o‘z o‘g‘illariga
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 81 taqsimlabbergan. 1775-yil u saroy a’yonlari va ra’iyat talabi bilan amirlik taxtini o‘z o‘g‘li Shohmurodga topshiradi va oradan ko‘p o‘tmay, 75 yoshida vafot etadi. Amir Muhammad Doniyolbiy Bahouddin Naqshband mozori yonidagi "Dahmai shohon"da dafn etilgan. Xullas,Buxoro amiri Muhammad Doniyolbiy o‘zining 27 yillik hukmronligi davrida mamlakat uchun katta ishlar gildi. Muhammad Rahimxondan keyin mangitlar saltanatini parchalanib ketishdan aynan u saqlab qoladi.(3,184) 1785-1800-yillarda Buxoro amirligini boshqargan Shohmurod 1748-yilda tavallud topgan edi. U otasining vafotidan keyin rasman Buxoro taxtini egallab kelayotgan ashtarxoniy Abulg‘ozixonni hokimiyatdan chetlatib, 1785-yilning 9iyunida o‘zini Buxoroning amiri deb e’lon qildi hamda otasining «amir ul-umaro» degan unvonini qabul qildi. Manbalarda qayd etilishicha, Shohmurod sakkiz yoshida Karmana viloyati hukmdori bo‘lib, unga otasi bolalik yillaridanoq harbiy san’at sirlarini o‘rgatgan. U keyinchalik Qarshi viloyatining hukmdori bo‘lgan. Shohmurod kunning birinchi yarmida islom huquqshunosligi ilmi bilan, kunning ikkinchi yarmida esa «Qur’on»ning sura va oyatlarini yod olish bilan shug‘ullanib, sakkiz yoshidayoq uni yod bilgan. Amir Shohmurod boshqa hukmdorlardan farqli ravishda kamtarona hayot kechirib, eng arzon va oddiy kishilar kiyadigan oyoq kiyimini kiygan. Oila ehtiyojlarini Buxoro shahri atrofidagi «Raboti kofirun» qishlog‘ida istigomat qiluvchi, islomni qabul qilmagan kishilardan olinadigan juz’ya solig‘i hisobidan qondirib, kunlik xarajati yetti tangadan oshmagan. O‘zining o‘n besh yillik hukmdorligi davrida amir Shohmurod mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishga harakat qilib, mamlakatning ichki hayotini, iqtisodiy ahvolini yaxshilash maqsadida pul islohoti o‘tkazgan va sof kumushdan tanga zarb qildirgan. Amir Shohmurod 1800-yilning 30-noyabrda vafot etib, Jo‘ybordagi Eshoni Imlo qabristonidagi o‘zining piri Shayx Safar qabri oldida dafn etilgan.(4,258-259-260) Manbalarda aytilishicha, amir Shohmurod vafot etganda o‘g‘illaridan birinchisi amir Haydar Qarshi hokimi, yana biri Dinnosirbek Marv hokimi, uchinchi o‘g‘li Muhammad Husayn Samargand hokimi edi. Ulardan hech biri otasi vafot etgan paytda Buxoroda emas edilar. Ikki kundan so‘ng amir Haydar (1778-1826) 1800-yil 2dekabrda, 22 yoshida Qarshi viloyatidan kelib, Buxoro amirligi taxtiga o‘tiradi. Amir Haydar davrida davlatning Qo‘qon xonlari bilan munosabatlari chigallashdi. Ming sulolasi hukmdori Olimxon (1798-1810)ning O‘ratepaga (1807, 1810), shuningdek, Jizzax, Zomin hududlariga qilgan yurishlari mamlakatning chekka o‘lkalariga rahna soldi. Ularga qarshi yuborilgan 18 ming askardan iborat Amir Haydar qo‘shinlari Qo‘qon harbiy kuchlariga dosh bera olmay, ortga qaytishga majbur bo‘ldi.Olimxon Samarqandni ham qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rdi. Umuman
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 82 olganda, Amir Haydar davrida amirlikning sharqiy qismida ancha yo‘qotishlar va o‘zgarishlar yuz bergan edi. Amir Haydar o‘z hukmronligi davrida asosan ichki dushmanlarga qarshi kurash olib bordi. Shahrisabz, Samarand, Urgut bekliklarida bo‘lib o‘tgan g‘alayonlar, Marv vohasi uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan olib borilgan urushlar amir Haydarni davlatda harbiy-siyosiy islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. Amir Haydar hukmronlik davri qanchalik tahlikali, ziddiyatli bo‘lmasin, u ichki va tashqi dushmanlarga garshi kurashish bilan birga mamlakatda bir qator islohotlarni amalga oshirdi. U 1826-yil 6-oktabrda 49 yoshida vafot etdi. Jasadi Hoji Habibulloh qabristoniga, otasi Amir Shohmurod yoniga qo‘yildi. (1, 56-59-61) Amir Haydar hukmronligi ancha taxlikali bo‘lib markaziy hokimyat qudrati susaygan edi. Buning isbotini shundan ham bilib olsa bo‘ladiki, uning o‘limidan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘illariamir Husayn ikki yarim oy, keyin esa amir Umar to‘rt oygina hukmronlik qilganlar holos. Shu yili amirlik kursisini amir Nasrulla (1827-1860) egallaydi. Amir Nasrulla Xiva va Qo‘qonni yana Buxoro atrofida birlashtirishga ko‘p uringan siyosatchidir. Amir Nasrullaning Qo‘qonga nisbatan tutgan siyosati unumliroq bo‘lgan, deyish mumkin. 1840-1842 yillar davomida u katta urinishlar natijasida Xo‘jand, Toshkent, Qo‘qon kabilarni Buxoroga bo‘ysundirishga erishadi. (2,283-284 Mirzo Abdulazim Somiyning yozishicha, amir Nasrullo 20 yil mobaynida Shahrisabz ustiga 32 marta harbiy yurish qilib, nihoyat, 1856-yil Shahrisabzni uzilkesil egallagan. Tarixchi olim Qahramon Rajabovning ayd etishicha, amir Nasrullo taxtga chiqqach, o‘z manfaatini davlat va xalq manfaatidan ustun qo‘ygan saroy amaldorlari hamda akobirlarni egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirdi, ularga nisbatan qat’iy jazo choralarini ko‘rdi. (1,67-69-71) Uning tomonidan olib borilgan harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati mustahkamlana bordi. 1837-yilda harbiy sohada islohotlar o‘tkazib, o‘z qo‘shinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarboz bo‘luklari va 250 kıshilik to‘pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo‘shinining soni 40000 kishidan ortiq bo‘lgan.(3,187-188) Amir Nasrulloxon hukmronligi davriga kelib Turkiston mintaqasida RossiyaAngliya manfaatlari o‘zaro to‘qnashdi. Nasrulloxonning harbiy islohot o‘tkazib, qo‘shin sonini keskin ko‘paytirganligi, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilganligi hamda Turkistonni birlashtirishga uringanligi - bularning barchasi Rossiya va Angliya hukmron doiralarini befarq qoldirmagan edi. (4,268) Nasrullo 1860-yil 5-oktyabrda vafot etadi.U 56 yil yashagan va 35 yil hukmronlik qiladi. Amir Nasrullo Buxoroda dafn etilgan. Nasrulloning o‘limidan so‘ng taxtga
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 83 uning yagona vorisi Muzaffar (1860-1885) o‘tiradi. U otasi amir Nasrullo davrida Karmanaga hokimlik gilgan.Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga to‘g‘ri keladi.(5,188) Buxoro amirligi taxti Nasrullodan so‘ng uning o‘g‘li Amir Muzaffarxon (18601885) ga o‘tadi. Bu ham o‘z avlod-ajdodlari izidan borib amirlik hududlarini kengaytirish maqsadida qonli urushlar olib boradi. Butun Farg‘ona vodiysini zabt etib Qashqar hududlarigacha yetadi. (8,80) Buxoro amiri Muzaffar tashqi siyosati va diplomatik munosabatlari tarixi haqida so‘z ketganda, avvalo, uning davlatni boshqargan yillarda amirlikning Rossoya imperiyasiga mustamlaka bo‘lgan davriga alohida to‘xtalib o‘tish joizdir. Chunki ushbu davr, ya’ni 1868-yilning 11iyulida Rossiya va Buxoro amirligi o‘rtasida tuzilgan sulh shartnomasiga asosan amirlikning Rossiya imperiyasi vassaliga aylanganligini huquqiy asosi vujudga kelgan davr. (6,53) Amir Muzaffarxondan o‘g‘li Amir Abdulahad (1885-1910)ga yarim mustamlaka va batamom Rossiyaga qaram bo‘lgan Buxoro taxti meros bo‘lib o‘tadi. U biror ishni mustagil hal qila olmas edi. Amir Abdulahadga qarshi bir qator hududlarda norozilik harakatlari bo‘ladi. Biroq shuni aytish kerakki, 1886-1887-yillarga oid hujjatlarning guvohlik berishicha, amir Abdulahadxon qui va cho‘rilarga rasman ozodlik berish to‘ g‘risida farmon chiqargan. U 1910-yilda vafot etgach, taxt voris o‘g‘li Olimxon (1910-1920)ga nasib etadi. Olimxon 1881-yilda tavallud topgan. 1893-1896-yillarda Sankt-Peterburgda o‘qigan. 1898-yilda Qarshi viloyatiga hokimlikka yuboriladi. O‘n ıkki yıl hokimligi davrida Olimxon bir qator qurilishlar qiladi. Jumladan, Qarshi shahrida Qashqadaryo ustida uzunligi 122 m, eni 8,2 m daryo tubidan balandligi 5,35 m bo‘lgan ustunlari g‘isht va tosh ohakdan ko‘prik qurdiradi.(8,81) Rossiyaga qaramlik Olimxon zamonida (1910-20) yanada ortdi. 1-jahon urushi boshlanishi bilan bilan amirlik aholising ahvoli yanada og‘irlashdi. Huddi shu davrga kelib jadidlik harakati asosida yosh buxoroliklar partiyasi faoliyati kuchaydi. Yosh buxoroliklar bolsheviklar bilan hamkorlikda 1918-yil martida amir hukumatini ag‘darishga urinadilar. Ammo bu harakat muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1920yil 2sentyabrda Buxoro bosqini natijasida amirlik tutildi. ( 7,304) XULOSA Mang‘it amirlari davrida Buxoro amirligi siyosiy jihatdan markazlashgan bo‘lsada, davlat boshqaruvida mutlaq hokimiyat va konservativ tuzum saqlanib qoldi. Islohotlar yuzaki xarakterga ega bo‘lib, ijtimoiy tengsizlik va iqtisodiy qoloqlikni bartaraf eta olmadi. Tashqi siyosatda esa Rossiya imperiyasi ta’sirining kuchayishi Buxoroning mustaqilligini chekladi va Mang‘itlar sulolasi inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘ldi.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 84 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1.A. Zamonov, A.Egamberdiyev. “Buxoro amirligi tarixi” (XVIII asr o‘rtalariXIX asr o‘rtalari)-T.: “Tamaddun”,2022,183 b. 2.A.Ziyo . “ O‘zbekiston davlatchiligi tarixi”-T.: “Sharq”, 2001,366 b. 3.H.To‘rayev. “Buxoro tarixi”-B.: “Durdona”, 2020, 316 b. 4. H.To‘rayev, B.Mirzaqulov.” O‘zbekiston tarixi” (Buxoro tarixi)-T.: “O‘zbekiston”, 2023, 629 b. 5.R.Murtazayeva. “O‘zbekiston tarixi”- T.: “Yangi asr avlodi”,2003, 673 b. 6.J.Shodiyev.”Buxoro amirligi davlatchiligining rivojlanishi”-T.: “Tezkor nashr markazida”,2010, 113 b. 7.” O‘zbekiston milliy ensiklopediysi”2-T.: “ O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”,2001, 703 b. 8. Sh.Karimov, R.Shamsuddinov, S.Xoshimov, O‘.Ubaydullayev. “Vatan tarixi” (XVI-XX asr boshlari)-T.: “Sharq”,2016.