"ABULFAYZXON" – REALISTIK TARIXIY DRAMA
Abstract
Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyoti namunasi bo‘lgan “Abulfayzxon”tragediyasining mazmun mohiyati, yetakchi g‘oyaviy-badiiy maqsadi ochib berilgan. Abdurauf Fitrat qalamiga mansub, tarixiy haqiqatga asoslangan ilk tarixiy dramada aks etgan Buxoro xonligidagi ahvol, siyosiy tuzum,davlat boshqaruvi. Asar kompozitsiyasi,asar qahramonlari o‘rtasidagi konflikt,har bir qahramon va voqelikka nisbatan to‘xtalish,asarning bugungi kun bilan bog‘liq jihatlari aks ettirilgan.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 116 DOI: https://10.5281/zenodo.17651116 “ABULFAYZXON” – REALISTIK TARIXIY DRAMA Lapasova Gulsevar Shavkat qizi JDPU Filologiya fakulteti Kutubxonaaxborat faoliyati yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Email: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyoti namunasi bo‘lgan “Abulfayzxon”tragediyasining mazmun mohiyati, yetakchi g‘oyaviy-badiiy maqsadi ochib berilgan. Abdurauf Fitrat qalamiga mansub, tarixiy haqiqatga asoslangan ilk tarixiy dramada aks etgan Buxoro xonligidagi ahvol, siyosiy tuzum,davlat boshqaruvi. Asar kompozitsiyasi,asar qahramonlari o‘rtasidagi konflikt,har bir qahramon va voqelikka nisbatan to‘xtalish,asarning bugungi kun bilan bog‘liq jihatlari aks ettirilgan. Kalit so‘zlar: Abdurauf Fitrat, dramaturgiya, Chin Sevish, hind inqilobchilari, Abulfayzxon, Buxoro xonligi, Ulfat, Davlat, Farhod otalik, Ibrohimbiy kenagas, Nodirshoh, xayoliy obraz, toj va taxt, xiyonat. ABSTRACT In this article, the essence of the tragedy "Abulfayzkhan", which is an example of Uzbek literature of the 20 th century, is revealed management. The composition of the work, the conflict between the characters of the work, the focus on each character and reality, the connection of the work with today related aspects are shown. Keywords: Abdurauf Fitrat, dramaturgy, Chin Sevish, Indian revolutionaries, Abulfayz Khan, Bukhara Khanate, Ulfat, Davlat, Farhad paternalism, Ibrahimbi kenagas, Nadirshah, fictional character, crown and throne, betrayal. KIRISH Abdurauf Fitrat ijodi hammamizga ma’lum va mashhurdir. “Drama XVII asr Buxoro xonligidagi Ashtarxoniylar sulolasining soʻnggi vakili Abulfayzxon davri voqealariga bagʻishlangan. Asar davomida hokimiyatni egallash hamda uni qoʻlida saqlab qolish payida boʻlgan Abulfayzxonning toj-taxtga daʼvogarlik qilgan barchani oʻldirib yuborishi va shu orqali oʻz fojiasiga zamin yaratgani bilan bogʻliq voqealar
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 117 ochib berilgan” [1] Buyuk ustozning “Abulfayzxon” dramasi buning yorqin dalili. Fitrat bu asarida bir millat egalarining axloqi, ish yuritish yo‘llari tartibi, tarbiyasi haqida chin so‘zlarni aytdi, rost so‘zlarni qog‘ozga tushirdi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Fitrat yurt kuyunchagi, millat ertasi haqida o‘ylar edi. Ustozga shon-sharaf emas balki, uning yoziqlaridan chiqarilgan xulosalar va ularning amaliyotlari kerak edi. Bugun juda ko‘p tanqidiy tahliliy yillarda nazm va nasr faol. Biz asl ma’nosini ochishga bel bog‘lagan dramamiz ham chuqur ma’noli asardir. Asar boshlanishida shaxmat o‘yinini o‘ynayotgan yurt boshqaruvchilarini ko‘ramiz. Aslida nega aynan shaxmat? Boshqa yin emas. Yurtni boshqarish o‘rniga, xalq manfaatini o‘ylash o‘rniga bekorchilar kabi tutib o‘zlarini shaxmat o‘ynashlari aslida mamlakat siyosatidan, Abulfayzxon davridan, uning atrofidagi insonlardan xabar beradi. Birinchi Prezidentimiz aytgan edilar: “Yoshlarimizning bo‘sh vaqti, dushmanlarimizning ish vaqti”, – deb. Bu haqiqat vaziru ayonlar turli o‘yinlar bilan band bo‘lgan bir paytda Nodirshoh o‘z maqsadlarini amalga oshira boshlagandir. Shaxmat o‘yinida ham ramziylik bor, o‘yinda kimdir yutadi kimdir esa yutqazadi, kimdir shoh, yana kimdir piyoda. Abulfayzxon taxt uchun nimalar qilmadi deysiz o‘z akasini o‘ldirdi, islomdan xalovat izlang deganlar nahotki o‘sha paytlar yani akasini o‘ldirgan paytlar dinni anglagan sifatlar xonni yonida emasdilar. Kechalari uxlayolmay, qotiliga aylangan insonlar ruhi xonni bezovta qilishi hammasi tabiiy hol. Gunohlar qachon tug‘iladi bilasizmi? Ular e’tiborsizlikdan tug‘iladi deyishadi mashoyihlar. Dramada chuqur ma’no yashiringan, asarning har bir bandi tahlil qilishga arzigulik. Keling asarda qay darajada e’tiborsizlik va ilmsizlik ma’naviy qashshoqlik borligini ochishga urinamiz. Buyuk sohibqiron nomi bilan yetti iqlimga dong taratgan Amir Temur juda adolatli va rostgo‘y edi. O‘z dushmanlarini ya’ni Nodirshohni sohibqiron darajasiga olib chiqishlarini o‘zi mana shu aslida tubdan qulash, ildizlar darz ketishi. Nodirshoh biznikilardan ancha aqlli edi va shuning uchun ham g‘alabaga erishdi. Amir Temur “Ko‘kda yagona Alloh, yerda yagona xoqon” degan shiorga amal qilgan buyuk davlat arbobi edi. E’tibor beradigan bo‘lsak, buyuklarda maqsadlar ham fikrlar ham mustaqil va qa’tiy bo‘lgan. Bizning qahramonimiz Abulfayzxon esa o‘zining fikrlarining o‘rnini Ulfat va Davlatning fikrlariga berdi, bir so‘z bilan aytganda, kaltabinligi tufayli mag‘lubiyatga uchradi. Bu ishlar voqealar adolatsizlikar ortida juda ko‘p sabablar va kimlarningdir g‘arazli maqsadlari bor edi. Asarda, Ibrohimbiy obraziga ko‘zimiz tushar ekan, unda adolat kabi kerakli tamoyillarni ko‘ramiz. U davlatning faqat bugunini, balki ertasini o‘ylar edi. Chog‘ir ichib e’tiborsiz yashayotgan xonga emas, aslida butun millatga achinar edi. Ibrohimbiy kabi o‘ylaydigan kuyunchaklar afsus juda kam edi, balki shuning uchun ham uning qo‘li baland kelmagandir. O‘z vatanini sotish, unga xiyonat qilish hammasi ma’naviyat bilan, tarbiya bilan uzviy bog‘langan.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 118 Dramaturgiya Fitrat merosing kattagina qismini egallagan adabiy janrlardan biri. Shuning uchun o‘zbek adabiyoti tarixida mahoratli dramaturg sifatida nom qoldirgan. Fitrat dramalari bu janrning dastlabki namunalari bo‘lishiga qaramasdan adabiyotimizning bebaho marvaridlariga aylana oldi. Ijodkor 1916-1934-yillar davomida 13 ta drama yaratgan, ammo bizgacha barchasi yetib kelmagan.1920yillarda yaratilgan “Chin sevish”, “Hind ixtilochilari” kabi dramalarda bir qarashda romantik ruh ustunligi sezilgan bo‘lsa-da,muallif ishq-muhabbatning foni orqasida millatparvarlik g‘oyalarini aks ettiradi, Keyinchalik aynan shu asarlarining sho‘ro hukumati tomonidan noto‘gri sharhlanishi tufayli Fitrat “millatchi”, “xalq dushmani” degan tuhmatlar ostida qolib ketadi. Fitrat ijodining bebaho gavhari sanalmish “Abulfayzxon” dramasi 1924-yilda yaratilgan bo‘lib, unda tarixning shafqatsiz va haqqoniy sabog‘i yuksak mahorat bilan bezatilgan tarzda ifodalanadi. Dahshatli fojialarga sabab behisob insonlar qonining besabab to‘kilishi sabab qilib ko‘rsatiladi.Tragediyaning badiiy g‘oyasi zulm-zo‘ravonlikning yakuni, albatta, mudhish falokat bilan tugallanishi, taxt va mansab uchun o‘z yaqinlariga shafqatsizlik qilgan shaxslarning razilliklari hamda ayanchli taqdiri ro‘y-rost tasvirlanadi. Dramada Buxoroda hukmronlik qilayotgan Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili bo‘lgan Abulfayzxon boshqaruvining tanazzuli va mang‘itlar sulolasining Buxoro xonligini egallashi asosiy syujetni tashkil etadi. Abulfayzxon taxtni egallagach, hammadan, hattoki eng yaqin kishilaridan ham shubhalana boshlaydi, chunki o‘zi ham akasiga xiyonat qilib, uning umriga zomin bo‘lib keyingina hukmronlikka erishadi. Shu sababli atrofidagilarga hamisha hadik bilan qaraydi, ishonchsizligi tobora kuchayib ko‘pchilikni hibsga olib, birma-bir qatl etadi. “Al qasos minal haq” deyilganidek, o‘zi ham fitna qurboni bo‘lib, vahshiylarcha qatl ettiriladi. Asarda tarixning ayanchli va illatli tuzumi, zulm va zo‘ravonlik, davlat boshqaruvidagi adolatsizlik oshkora akslantiriladi. Abulfayzxon har ishda hatto davlat ahamiyatidagi qarorlarni qabul qilish jarayonida ham qullari bo‘lgan Ulfat va Davlatning fikrlariga tayangan holda, hech qanday mashvaratsiz farmonlar chiqarishi hukmronligining zaiflashuviga bir omil bo‘ladi. Davlat bilan Ulfat shu qadar mug‘ombirki, ba’zi o‘rinlarda xon ularning ra’yiga qarshi borolmaydi. Ulfatning “Podshohlik qon bilan sug‘oriladigan o‘g‘ochdir” degan birgina gapi asar mohiyatini ochib beradi. Ular xonni tubsiz jarlik sari yetaklab,so‘ngra omon qolish maqsadida qochib ketishadi.Bu ikki obraz ramziy timsol hisoblanib, dramaturg bu obrazlar orqali aysh-ishrat, mol-dunyo va mansab insonga hech qachon vafo qilmasligini isbotlay olgan. Hakimbiy Otaliq, Hakimbiy singari amaldorlari esa sotqinlik yo‘liga kirib,Vataniga xiyonat qiladi; Eron hukmdori Nodirshoh bilan birgalikda fitna tuzadi. Natijada mamlakat tanazzulga tobora yaqinlashib boradi. Tragediyada Farhod otaliq, Ibrohimbiy kenagas obrazlari ham mavjud bo‘lib, ular haqqoniy fidoiy davlat amaldorlari edi. “Biz xon hazratlarig‘a
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 119 o‘zimizni qurbon qildik, emdi nomusimizni ham istamasinlar” degan so‘zlari Farhod otaliq shaxsiyatini ochib berish bilan birga uning o‘limiga ham sabab bo‘ladi. Farhod otaliq-to‘g‘ri so‘z jasoratli, e’tiqodidan qaytmaydigan halol shaxs. Asardagi “Xayol” obrazi tomonidan asar yakunida taxtga nisbatan aytilgan: “Eng qop-qora saodat sensan”, – degan fikr Rahimbiy timsolidagi xongagina emas, ayni asar yozilgan davrning davlat amaldorlariga ham bir ishoradir. “Tinchlik saqlamoq bahonasi bilan millionlarcha inson ko‘ma(boshi)ni chuqurdan-chuqurga yumalatmog‘ingning zamoni hanuzgacha bitmadimi?” deyilgan fikrda Fitrat o‘zi yashayotgan zamonaga xitob bilan chiqqanday go‘yo. XVIII asr Buxoro hayotidan aynan olingan ushbu drama tarixiy haqiqat asosida yozilgan birinchi tragediyadir. XULOSA Jahon miqyosida ommalashayotgan ushbu janrning namunasi bo‘lgan “Abulfayzxon” dunyo kitobxonlari tan olgan shoh asar bo‘lib qoldi. Asar o‘zbek xalqi tarixidagi ayanchli voqea-hodisalar va tarixiy shaxslarni aynan va chinakamiga tasvirlaydi. Zulm-zo‘ravonlik, istibdod qanchalik kuchli bo‘lmasin, baribir adolat g‘alaba qozonishi, shafqatsizlik asosiga qurilgan har qanday hukumat bir kuni albatta, zavol topishi kabi necha ming yillardan beri davom etib kelayotgan masalalarning betakror talqin etilgani asarning qiymatini oshiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. https://cyberleninka.ru/article/n/abulfayzxon-dramasida-ilmsizlik-oqibati 2. Abdurauf Fitrat “Tanlangan asarlar” I jild Ma’naviyat nashri T: 2000. 3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Abulfayzxon_(drama) 4. https://cyberleninka.ru/article/n/abulfayzxon-dramasida-ilmsizlik-oqibati