BOSHLANG'ICH TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MODULLI TA'LIMNING AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda modullita'limning ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modulli ta’lim asosidata’lim berishni har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlaryaratish, muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatininamoyon qilayotgan oʻquvchilarni aniqlash, oʻquvchilar mustaqil fikrlashfaoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash, oʻqituvchi vaoʻquvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish, ijodiy faoliyatnirivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oidfikr-mulohazalar bildirilgan.
Full text
BOSHLANG'ICH TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MODULLI TA'LIMNING AHAMIYATI. Qahhorova Maftuna Ulug‘bek qizi. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o‘qituvchisi. Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda modulli ta'limning ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida modulli ta’lim asosida ta’lim berishni har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan oʻquvchilarni aniqlash, oʻquvchilar mustaqil fikrlash faoliyatini rivojlantirishga doir innovatsion faoliyatga tayyorlash, oʻqituvchi va oʻquvchilar munosabatida hamkorlik faoliyatini vujudga keltirish, ijodiy faoliyatni rivojlantirishda bilishga doir innovatsion texnologiyalardan foydalanishga oid fikr-mulohazalar bildirilgan. Kalit soʻzlar: modulli ta'lim, innovatsion faoliyat, hamkorlik, faoliyat, ijodkor shaxs, ijodiy yondashuv, ijodiy qobiliyat, rivojlanish darajasi. Аннотация В статье рассматривается значение модульного обучения в повышении эффективности начального образования, создание условий, обеспечивающих всестороннее развитие модульного образования у учащихся начальной школы, выявление учащихся, проявляющих глубокий интерес, стремления и способности в определенных областях, подготовка учащихся к инновационной деятельности для развития самостоятельного мышления, организация совместной деятельности учителей и учащихся, использование инновационных технологий обучения в развитии творческой активности. Ключевые слова: модульное обучение, инновационная деятельность, сотрудничество, активность, творческая личность, творческий подход, творческие способности, уровень развития. Annotatsion. This article discusses the importance of modular education in increasing the effectiveness of primary education, creating conditions that ensure the comprehensive development of education based on modular education among primary school students, identifying students who demonstrate deep interest, aspirations and abilities in certain areas, preparing students for innovative activities to develop independent thinking, creating cooperative activities between teachers
2 and students, and using innovative technologies for learning to develop creative activity. Keywords: modular education, innovative activity, cooperation, activity, creative personality, creative approach, creative ability, level of development. Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, barkamol insonni shakllantirish kelajak taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biridir. Shuning uchun ham Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘zining bir qancha ma’ruzalarida bu vazifani davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatdi. Boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirishda modulli ta’limning ahamiyati katta. Modulli o'qitish ta'lim jarayonining eng samarali va istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi. Modul nima va uni qanday shakllantirish kerak? Modul lotincha “modulus” so‘zidan olingan bo‘lib - me‘yor, o‘lchov degan ma‘noni anglatadi. Modul ta’lim jarayonida o‘rganilayotgan predmetni ma‘lum qismlarga bo‘lib, uni o‘rganishning aniq tizimi yaratiladi. Ta’lim jarayonida alohida modullar asosida o‘quv faoliyatini tashkil etilishi o‘quvchining ta’lim jarayoni subyekti sifatida rejali, mustaqil bilim o‘zlashtirishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishida katta imkoniyatlar yaratadi. O'quvchi o'quv materiali ustida mustaqil ishlaydi, muammolarni mustaqil yechadi va xulosalar chiqaradi Modulli o‘qitishda o‘qituvchining roli muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi modul rejasini ishlab chiqadi, reja asosida darsni modullarga ajratadi, har bir modulning vazifalarini aniq belgilaydi, ajratilgan vaqtni belgilaydi, modul ustida ishlash uchun o‘quvchilarga tavsiyalar tayyorlaydi. Modul dasturini loyihalashga kirishishdan oldin o‘qituvchi o‘zining yangi funksiyasini aniq anglab olmog‘i lozim. Uning yangiligi shundan iboratki, o‘qituvchi: - o‘quvchilarning biluv faoliyatini boshqaradi, ya‘ni, o‘qituvchi tayyor bilimni beruvchi emas, balki o‘quvchilarning shaxsiy - biluv faoliyatining tashkilotchisiga aylanadi; - darsda o‘quvchilarni biluv faoliyatiga qiziqtirib (motiv), ularning o‘quv predmetiga ijobiy munosabatini tarbiyalaydi; - darsda o‘quvchilarni axborot materiallari bilan ishlashga o‘rgatadi va mustaqil ishlarni tashkil etadi; - ta’limning jamoa usulidan foydalanib, barcha o‘quvchilarni ijodiy ishlashga jalb etadi, ular o‘rtasida o‘zaro yordamni tashkil etadi;
3 - muvaffaqiyatga erishish vaziyatini yaratadi, ya‘ni, har bir o‘quvchining kuchi yetadigan topshiriqlar va ularning metodikasini ishlab chiqadi, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi; - o‘quvchining o‘z faoliyatini tahlil qilishi va baholashini tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, modulli ta’limning mohiyati shundaki, o‘quvchi modullar bilan ishlash jarayonida o‘quv-biluv faoliyati oldiga qo‘yilgan maqsadga mustaqil ravishda to‘liq erishadi (ba‘zida o‘qituvchi yordamidan foydalanadi). Biz quyida modulli dars ishlanmasidan namuna keltiramiz: O‘qish (2 sinf) Modulli dars. Mavzu: «Ta’zir» (Xudoyberdi To‘xtaboyev) Maqsad: Modulli o’qish metodikasi asosida yangi mavzu bilan tanishtirish. Ta’limiy: modulli o’qish metodikasidan foydalangan holda yangi mavzu bilan tanishtirish, asar mazmunini tushunishlariga, ifodali o’qish malakalarini o‘zlashtirilishiga erishish. Tarbiyaviy: O’zbek xalqining milliy xususiyatlaridan biri kattalarni hurmat qilish, ularga yordam berish kabi ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Ongli, to‘g‘ri o’qish malakalarini takomillashtirish. Ijobiy xulq-atvorni tarbiyalash bilan birga mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish. Dars jihozi: Individual modul-jadval, tayyorgarlik signallari, rasmlar, Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlaridan ko‘rgazma. Darsning borishi I. Tashkiliy qism 1-Modul, 1topshiriq 1) Psixologik gimnastika Har bir kun, har bir soat Yangilik olib kelsin. Yaxshilik sizga hamroh, Aqlingiz mayoq bolsin. Bu so‘zlar bugungi darsimiz shiori bo‘ladi. 2) O‘qiganda to‘g‘ri nafas olish va aniq talaffuz qilishni rivojlantirish mashqlari. - nafas gimnastikasi (gulni hidlash, shamni o‘chirish, shar shishirish) - So‘zlash mashqi (xattaxtada yozilgan she’r ustida ishlash) Yaxshilik yaxshi doim Ezgu maqsadga chorlar. Yaxshilik qilsang mudom Duodadir momolar. 3) O‘tgan darsni mustahkamlash:
4 - Ko‘z bilan o‘qish; - Ovozsiz, ichda o‘qish; - Shivirlab o‘qish; - Baland ovozda, tez, aniq, ravon o‘qish. - Tez o‘qish musobaqasi. - O‘tgan mavzu yuzasidan savol-javob. II. Mavzu ustida ishlash. 2-Мodul, 1,2topshiriqlar 1) Muallifning hayoti va ijodi kо‘rgazmasi. (Ko‘rgazmada X.To‘xtaboyevning bolalalar uchun yozgan asarlaridan qo‘yiladi) Muallifning qaysi asarlarini bilasiz? Bobom qurgan kо‘prik, Sariq devni minib, Erkacholning о‘rigi, X.Tо‘xtaboyev Siz bu muallif haqida nimalarni bilasiz? Muallifning qaysi asarlari bilan tanishsiz? Biz ko'rgazmada qo'ygan kitoblardan muallif asarlarini o'rganishingiz mumkin. 2) O'qituvchi hikoyani o'qiydi, o'quvchilar tinglaydilar. Sizga hikoya yoqtimi? Bahromjonning harakatlarini qanday baholaysiz? Kim haq deb o‘ylaysiz? Lug‘at ishlari o‘tkaziladi. Prognostika ishlari. Asarda nima haqida gap boradi? Topshiriq: Muhokama qiling va asar janrini aniqlang. Asardagi qahramonlarning ketma-ketligini aniqlang. (Hikoya o'qilgandan keyin xattaxtada qahramonlarning illyustrasiyalari ilinadi) Mazmun ustida ishlab, o‘quvchilar bilimini faollashtirish. (juftlikda ishlash) Hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz? Bahromjonning qaysi ishi sizga yoqmadi? Hayotda shunday ishlar bo‘lib turishini kuzatganmisiz? Bahromjon nima uchun birdan o‘zgarib qoldi? Buvisi Bahromjonga qanday saboq berdi? Quyidagi maqol nimani anglatadi: Yaxshilik nur keltirar, Yomonlik – zulmat Hikoya qahramonlariga baho bering. Buvi nimani o‘yladi? Bahromjon xatosini qanday tushundi? Tez o‘qish mashqi. (musobaqa tarzida o‘tadi).
5 3 - modul, 1topshiriq. Modul tablitsasiga murojaat qilamiz. (Modul tablitsasi o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim) Vazifa: Hikoya mazmuni ustida ishlash uchun vazifalarni tanlang. 9-vazifa (ichda o‘qish), 8 (shivirlab o‘qish), 7 (juftlikda o‘qish), 5 (diktorlarga taqlid qilib o‘qish). Mimik mashqlar. (O‘qituvchi hikoya qahramonlari rolini bajarib berishni topshiradi.) Yana modul tablitsasiga murojaat qilamiz va shu asosda ishimizni davom ettiramiz. (Juftlikda ishlash: hikoyani o‘qish va bir-biriga uning mazmunini gapirib berish, muammoli savollar berish). Tanlab o‘qish. (gaplarning mazmuniga qarab tanlab o‘qish) Har bir qahramonning xarakteri, ovoz tempi, hayajonli replikalarni tanlab o‘qish. Rollarga bo‘lib o‘qish. Musiqali dam olish. (Chiroyli yengil musiqa ovozi. O‘qituvchi asta, tinch ovoz bilan bolalarni o‘zlarini bo‘shashtirib, dam olishlarini aytadi.) 4-modul, 1topshiriq Markazlarda ishlash. O‘qish markazi– rollarga bo‘lib o‘qish. Ro‘yxatdagi shaxsiy sifatlardan (odamlarga xos har xil – ijobiy, salbiy sifatlar ro‘yxati yozilgan bo‘ladi) hikoya qahramonlarini xarakterlovchi sifatlarni ajrating. Dramalashtirish markazi – hikoya insserovkasini yaratish. Tadqiqot markazi – «Klaster» tuzish. Insoniy sifat O‘z-o‘zini tarbiyalash ODOB Kattalarga hurmat Ota-onasiga quloq solish Markazlarning taqdimotlari. 5-modul. Refleksiya. Quyidagi maqollardan qaysi biri hikoya mazmunini ifodalaydi? Odob – insonga husn. Odobli bola elda aziz
6 Odob bilan baxt topilar, Sabr bilan –taxt. Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan. Odob – kishining zeb-ziynati. Kattaga hurmatda bo‘l, Kichikka izzatda bo‘l. Sabr qilsang, qadr topasan. O‘quvchilar maqollarni tanlab, Uni izohlaydilar. Darsimiz boshlanishidagi xattaxtaga yozilgan she’rni o‘qing va mazmunini izohlang. Dars qiziqarli bo‘ldimi? Unda keling darsga baho beramiz. Darsni yaxshi deb hisoblaganlar xattaxtadagi ko‘rgazmali qurolning cho‘ntakchalariga yashil doirachalarni soladilar, darsga qiziqmaganlar esa sariq doirachalarni tanlab, cho‘ntakchaga joylaydilar. O‘quvchilar xattaxta oldiga kelib, topshiriqlarni bajaradilar. O‘qituvchi: Mehnat qilsang, ko‘ksing tog‘, Hurmat qilsang, diling chog‘. III. Uyga vazifa. (Matnni ota-onasiga o‘qib berish va muhokama qilish) 6-modul, 1topshiriq. Hikoyaning rejasini tuzish va shu reja asosida qayta hikoya qilishga tayyorlanib kelish. 2topshiriq: Ijodiy ish daftarida: hikoyadan olgan taassurotlari asosida rasm chizish. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Khaitova, I. I., & Olimov, S. S. (2020). The Main Problems Of Studying Electronic Information And Educational Environment Of The High School: Experience Of Analysis Of Scientific Literature. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(12), 127-131. 2. Avliyoqulov N.X. O‘qitishning Modul tizimi va pedagogik texnologiyasi amaliy asoslari, – Buxoro, 2001, – 7 b. 3. Rashidov X., Xabib X. va boshqalar. Kasbiy pedagogika. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T., 2007, – 23 b. 4. Raximov B.X., Mavlyanov A., Choriyev V. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar sxemalarda. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiyalar. 2009, – 83 b.
7 5. Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. – T.: Ta’lim markazi, 1999, – 43 b. 6. Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). –T.: Moliya. 2003, – 76 b. 7. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan. O‘zPFITI, 2006, – 81 b.