scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KREATIV O'QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATINING ENG MUHIM XUSUSIYATI SIFATIDA

Matchanova, Sanobar Matqurbonovna

Abstract

Ushbu maqola o‘qituvchining kreativ va innovatsion faoliyatidagi asosiy sifatlarni tahlil qiladi. Muallif o‘qituvchining ijodkorligi, moslashuvchanligi, texnologik savodxonligi va talabalar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi sifatlarni asosiy omillar sifatida ko‘rsatadi. Maqolada zamonaviy ta’lim muhitida innovatsiyalarni joriy etishning psixologik, pedagogik va amaliy jihatlari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kreativ o‘qituvchi talabalarning motivatsiyasini oshiradi va ta’lim sifatini yaxshilaydi. Innovatsion yondashuvlardan foydalangan holda ,o‘qituvchilar tanqidiy fikrlashni ,muammolarni hal qilishni va ilmiy izlanishlarga ishtiyoqni rag‘batlantiradigan ta’lim muhitini yaratishi mumkin.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 26 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17652353 KREATIV O‘QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATINING ENG MUHIM XUSUSIYATI SIFATIDA Matchanova Sanobar Matqurbonovna Urganch Ranch texnologiyalari universiteti “Pedagogika” fakulteti 25-01 gurux magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqola o‘qituvchining kreativ va innovatsion faoliyatidagi asosiy sifatlarni tahlil qiladi. Muallif o‘qituvchining ijodkorligi, moslashuvchanligi, texnologik savodxonligi va talabalar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi sifatlarni asosiy omillar sifatida ko‘rsatadi. Maqolada zamonaviy ta’lim muhitida innovatsiyalarni joriy etishning psixologik, pedagogik va amaliy jihatlari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kreativ o‘qituvchi talabalarning motivatsiyasini oshiradi va ta’lim sifatini yaxshilaydi. Innovatsion yondashuvlardan foydalangan holda ,o‘qituvchilar tanqidiy fikrlashni ,muammolarni hal qilishni va ilmiy izlanishlarga ishtiyoqni rag‘batlantiradigan ta’lim muhitini yaratishi mumkin. Kalit so‘zlar: kreativlik, innovatsionlik, moslashuvchanlik, texnologik savodxonlik, hamkorlik, motivatsiya, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, ilmiy izlanish, raqamli texnologiyalar, ta'lim samaradorligi, interfaol darslar. АННОТАЦИЯ Данная статья анализирует основные качества учителя в креативной и инновационной деятельности. Автор выделяет такие качества, как креативность, адаптивность, технологическая грамотность и способность к сотрудничеству с учениками. В статье обсуждаются психологические, педагогические и практические аспекты внедрения инноваций в современной образовательной среде. Результаты исследования показывают, что креативный учитель повышает мотивацию учеников и улучшает качество образования. Статья предназначена для учителей, руководителей образовательных учреждений и специалистов в области педагогики. Ключчевые слова: креативность, инновационность, гибкость, технологическая грамотность, сотрудничество, мотивация, критическое INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 27 мышление, решение проблем, исследование, цифровые технологии, эффективность обучения, интерактивные уроки. ANNOTATION This article analyzes the key qualities of a teacher in creative and innovative activities. The author identifies creativity, adaptability, technological literacy, and the ability to collaborate with students as primary factors. The psychological, pedagogical, and practical aspects of implementing innovations in the modern educational environment are discussed. Research findings indicate that a creative teacher enhances student motivation and improves educational quality. The article is intended for teachers, educational institution leaders, and pedagogy specialist Keywords: creativity, innovation, flexibility, technological literacy, collaboration, motivation, critical thinking, problem-solving, research, digital technologies, educational effectiveness, interactive lessons. Kirish Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining roli tubdan o‘zgarmoqda. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va globalizatsiya ta’sirida ta’lim jarayoni innovatsion yondashuvlarni talab qilmoqda. O‘qituvchi endi faqat bilim beruvchi emas, balki talabalarni ijodkorlikka, muammolarni hal qilishga va yangi g‘oyalarni yaratishga undovchi kreativ rahbar bo‘lishi kerak. Ushbu maqolada o‘qituvchining kreativ innovatsion faoliyatidagi asosiy sifatlari tahlil qilinadi. Maqsad – ushbu sifatlarni aniqlash, ularning ta’lim samaradorligiga ta’sirini baholash va amaliy takliflar berish. O‘zbekistonda esa Milliy ta’lim dasturi (2022-2026) o‘qituvchilarning kreativ malakasini oshirishni ustuvor vazifa qilib belgilagan. Shu sababli, o‘qituvchining asosiy sifati – kreativlik va innovatsionlikdir. Kreativlik — bu o‘qituvchining har bir vaziyatda noodatiy fikrlash, yangicha yechim topish, o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir. O‘qituvchining kreativligi o‘z faoliyatida yangi metodlarni joriy etish, darslarni interfaol shakllarda tashkil etish, o‘quvchilarning shaxsiy fikrlashini rivojlantirish bilan namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining kreativ innovatsion faoliyatidagi asosiy sifatlari quyidagilardan iborat: Ijodkorlik (Kreativlik): Bu sifat o‘qituvchiga darslarni qiziqarli va noodatiy qilish imkonini beradi. Kreativlik — bu yaratuvchanlik, ijodkorlik, bir xillikdan qochib, yangicha yondashish ko‘nikmasidir. Bu, shuningdek, turli tajribalarni bog‘lash, yangi g‘oyalar topish va ularni amalga oshirish qobiliyati deb ham ta'riflanadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 28 Kreativlik jamiyatda muvaffaqiyatga erishishda muhim rol o‘ynaydi, chunki u insonni har bir ishda o‘zgalardan ajratib turadi. Bugungi ta’lim tizimi o‘qituvchidan yangilik yaratuvchi, ijodkor shaxs bo‘lishni talab etadi.Kreativlik — o‘qituvchining innovatsion salohiyatini belgilovchi muhim fazilat. Kreativlik tuѕhunshaѕi lotincha “creare” ѕo‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, uning ingliz tilidagi еkvivalenti “creativity”dir. Bu ѕo‘z “yaratmoq, tug‘dirmoq, yuzaga keltirmoq” ma’noѕida qo‘llanadi. Amerikalik psixolog Pol Torrenѕ ta’rifiga ko‘ra, kreativlik kamchiliklar, yеtiѕhmayotgan qiѕmlar, muammolar, bilimlardagi bo‘ѕhliqlar, nomuvofiqliklar (tartibѕizliklar) va hokazolarga niѕbatan ѕezgir bo‘liѕh, qiyinchiliklarni aniqlaѕh hamda ularga yеchim izlaѕh, baѕhorat qiliѕh yoki bu kamchiliklar haqida farazlarni yaratiѕh, uѕhbu farazlarni ѕinovdan o‘tkaziѕh, qayta ѕinovdan o‘tkaziѕh va farazlarni o‘zgartiriѕh orqali xuloѕaga keliѕh јarayonidir.Kreativlik – bu insonning noan’anaviy, original g‘oyalar va ularga yеchimlar topish qobiliyatidir. Kreativlik, avvalo, noodatiy fikrlash va yangi g‘oyalar generatsiyasi bilan bog‘liq.Ijodkorlik - bu sifat jihatidan yangi narsalarni yaratadigan o‘ziga xosligi va ijtimoiy yonishi bilan ajralib turadigan faoliyat. Ijodkorlik – bu yangi va original, jamiyat, madaniyat yoki fan uchun ahamiyatga molik narsalarni yaratish jarayonidir. Ijodkorlik san’at, fan, adabiyot va boshqa sohalarda namoyon bo‘lib, insonning ilhom, his-tuyg‘u va bilimlarini o‘zida mujassam etadi. Ijodiy fikrlashning mantiqiy isbotga tushirib bo‘lmaydigan va uning muhim bo‘g‘ini (tasavvur, sezgi, idrok va boshqa ongsiz holatlar) tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqish va o‘rganish zarurligini ta’kidlaydilar.A. Eynshteyn ilmiy ijodda sezgiga katta ahamiyat bergan. Uning fikricha, intuitiv jarayonlar tadqiqot faoliyatining haqiqiy ijodiy tarkibiy qismidir. Mantiqiy apparat, mantiqiy fikrlashning o‘zi hali yangi narsalarni yaratishga imkon bermaydi. Ijodiy faoliyat yangilik, noan’anaviylik, barqarorlik va muammoni shakllantirishda qiyinchilik bilan ajralib turadigan maxsus muammolarni hal qilish bo‘yicha faoliyat turi sifatida tavsiflanishi mumkin . Bunday vaziyatdan chiqish yo‘lini topish uchun inson yangi faoliyat strategiyasini yaratishi, ya’ni ijodkorlik harakatini amalga oshirishi kerak..Ijodkorlik har doim ma’lum narsani o‘zgartirishga asoslangan yangi narsani yaratishdir. Material va metodlar: O‘qituvchining kreativ innovatsion faoliyatidagi asosiy sifatlari quyidagilardan iborat: Bu sifat o‘qituvchiga darslarni qiziqarli va noodatiy qilish imkonini beradi.Ijodkorlik nima? U o‘zini qanday namoyon qiladi? Ijodiy jarayon inson hayoti va faoliyatida qanday rol o‘ynaydi? Ijodkorlikni o‘rgatish va o‘rganish mumkinmi? Pedagogika, psixologiya va falsafa ijodiy jarayonning mohiyatini o‘rganishda sezilarli yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq savollar bizning davrimizda ham dolzarbligicha qolmoqda. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, ijodkorlik va ijodiy faoliyatning INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 29 mohiyati haqidagi masalan turli tarixiy davrlarda turlicha hal etilgan Zamonaviy dunyoda o‘zgarishlar tez sodir bo‘ladi. O‘qituvchi pandemiya davrida onlayn ta’limga tez moslashgan bo‘lishi kerak. Finlyandiya ta’lim modelida moslashuvchanlik asosiy omil sifatida qayd etilgan, bu esa o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos darslar yaratishga yordam beradi. O‘qituvchining kasbiy faoliyati tarkibida ijodkorlik bir qator xususiyatlarga ega. Shunday qilib, V. A. Kan-Kalik va N. D. Nikandrovlar uning bir qancha darajalarini aniqlaydilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga faqat ba’zi ma’lumotlarni yetkazsa, lekin ularning o‘zlashtirilishiga rahbarlik qilmasa, ijodkorlik bo‘lmaydi.Ijodkorlikning birinchi darajasi - sinf bilan elementar o‘zaro munosabatlar darajasi. O‘qituvchi fikr-mulohazalardan foydalanadi va uning natijalari asosida ta’sirlarni moslashtiradi. Ikkinchi daraja - uni rejalashtirishdan boshlab dars faoliyatini optimallashtirish darajasi. Bu erda ijodkorlik o‘qituvchiga allaqachon ma’lum bo‘lgan o‘qitishning mazmuni, usullari va shakllarini mohirona tanlash va mos kombinatsiyadan iborat. Uchinchi daraja evristik. O‘qituvchi talabalar bilan jonli muloqot qilish uchun ijodiy imkoniyatlardan foydalanadi. O‘qituvchi ijodiyotining eng yuqori darajasi uning to‘liq mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Motivatsiya va emotsional intellekt: O‘qituvchi talabalarni rag‘batlantirishi va ularning psixologik holatini hisobga olishi kerak. Daniel Goleman nazariyasiga ko‘ra, emotsional intellekt kreativlikni 30% ga kuchaytiradi.Ichki Motivatsiya: O‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirish va shaxsiy qoniqish uchun harakat qilishi: Ijodiy o‘z-o‘zini ifodalash, kasbiy o‘sish va yangi bilimlar olish istagi, ta'lim jarayonidan qoniqish hissi, talabalar muvaffaqiyatidan zavqlanish,Tashqi Motivatsiya: Tashqi omillar ta'sirida yuzaga keladigan harakatlantiruvchi kuchlar, moddiy mukofotlar va rag‘batlantirish, kasbiy e'tirof va hurmat, tashkiliy qo‘llab-quvvatlash, karyera o‘sishi imkoniyatlari. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ichki va tashqi motivatsiya muvozanati o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini eng samarali rag‘batlantiradi. O‘qituvchilar o‘z ishiga chin dildan qiziqib, shu bilan birga tashqi qo‘llab-quvvatlash olganlarida, ular eng yuqori natijalarga erishadilar. Xulosa va takliflar: Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchining kreativ innovatsion faoliyatidagi asosiy sifati – moslashuvchan ochiq fikrlilik va doimiy o‘rganishdir. Bu sifatlar ta’limni zamonaviy, qiziqarli va samarali qiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, kreativ o‘qituvchilar o‘quvchilarning muvaffaqiyatini 50% dan ortiq oshiradi (global statistika asosida). O‘zbekiston uchun bu milliy rivojlanishning kalitidir.Kreativlik qobiliyat tug‘ma bolishi kerakmi degan savol tug‘iladi .Qaysidir ma’noda albatta kerak bo‘ladi .Lekin hammasi mehnatnaga ,o‘z ustida ishlashga borib taqaladi.Kreativo‘qituvchi har tomonlama rivojlangan ,har bir darsni qiziqarli o‘ta oladigan ,yangi metodlar va texnikalardan habardor va barcha o‘quvchilari uchun sevimli bo‘lgan mahoratli ustoz INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL: LEARNING AND TEACHING VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2025 https://web-teaching.com/ Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 30 .Shuni unutmaslik kerakki ,bugungi kunda jamiyat bir xillikdan zerikdi .Endi faqat kreativ o‘ylagan insongina hammadan ajralib tura oladi.Chunki Kreativlik –bu cheklash mumkin bo‘lgan tushuncha emas .Uni rivojlantirish har birimizni qo‘limizda .Unutmang ,Kreativlik –xx1 asr talabi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Hasanboyeva, O. (2022). Kreativ pedagogika va innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU nashriyoti. 2. To‘raqulova, M. (2021). Pedagogik innovatsiyalar nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan va texnologiya. 3. Qodirov, B. (2020). Ta’lim jarayonida kreativ yondashuv va innovatsion metodlar. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 4. Abdullayeva, D. (2023). Pedagogik tafakkur va kreativ kompetensiyalarni shakllantirish. – Samarqand: SamDU matbaasi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim tizimini raqamlashtirish va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida”gi PQ–4884-son qarori, 2020-yil. 6. Shodiyeva, Z. (2021). O‘qituvchining kasbiy mahorati va ijodiy salohiyati. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”. 7. Karimov, I. (2019). Innovatsion yondashuv asosida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘llari. – Buxoro: BDU nashriyoti.