Full text
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.7 (2025) 90 IJTIMOIY TARMOQLARNING SHAKLLANISHI VA ULARNING TA’LIM-TARBIYADAGI ROLI Ismailova Lola Abdumajid qizi Pedagogika nazariyasi va tarixi Yo’nalishi 2 bosqich magistranti Ilmiy Rahbar: Ismoilov Temurbek Islamovich Annotatsiya: Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning shakllanish jarayoni va ularning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya davrida ijtimoiy tarmoqlar nafaqat muloqot yoki ko‘ngilochar vosita, balki samarali ta’lim platformalari sifatida ham qaralayotgani yoritiladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ta’lim jarayoniga integratsiya qilinish imkoniyatlari keng tahlil etilgan. Shuningdek, YouTube, Instagram, TikTok kabi platformalarning o‘quvchilarda motivatsiyani oshirish, mustaqil fikrlash va raqamli madaniyatni shakllantirishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish ta’lim sifatini oshirish, hamkorlikni rivojlantirish hamda uzluksiz ta’limni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: ijtimoiy tarmoq, ta’lim, raqamli transformatsiya, interaktivlik, raqamli madaniyat, onlayn ta’lim, gemifikatsiya. Annotation: This article analyzes the formation of social networks and their role in education and upbringing from a theoretical and practical perspective. In the era of digital transformation, social networks are viewed not only as tools for communication and entertainment but also as effective educational platforms. The paper explores the historical development of social networks, their influence on society, and the opportunities for integrating them into educational processes. The study emphasizes the role of platforms such as YouTube, Instagram, and TikTok in increasing students’ motivation, developing independent thinking, and promoting
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.7 (2025) 91 digital literacy. The findings show that the proper use of social networks can improve the quality of education, enhance collaboration, and support lifelong learning. Keywords: social network, education, digital transformation, interactivity, digital literacy, online learning, gamification. Аннотация: В статье рассматривается процесс формирования социальных сетей и их роль в системе образования и воспитания. В условиях цифровой трансформации социальные сети рассматриваются не только как средство общения и развлечения, но и как эффективная образовательная платформа. Анализируются этапы развития социальных сетей, их влияние на общество и возможности интеграции в учебный процесс. Особое внимание уделено платформам YouTube, Instagram и TikTok, способствующим повышению мотивации учащихся, развитию самостоятельного мышления и цифровой культуры. Результаты исследования показывают, что грамотное использование социальных сетей способствует повышению качества образования и развитию непрерывного обучения. Ключевые слова: социальная сеть, образование, цифровая трансформация, интерактивность, цифровая культура, онлайн-обучение, геймификация. Raqamli transformatsiya va uzluksiz texnologik taraqqiyot davrida ijtimoiy tarmoqlar endilikda faqatgina muloqot yoki ko‘ngilochar vosita sifatida emas, balki samarali ta’lim platformalari sifatida ham qaralmoqda. Ular o‘rganish jarayonini boyitish, interaktivlikni kuchaytirish hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida yangi aloqa ko‘priklarini yaratish imkonini bermoqda. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarni ta’lim tizimiga qanday muvofiq va foydali tarzda integratsiya qilish mumkinligi borasida dolzarb savollarni keltirib chiqarmoqda. Axborot texnologiyalari sohasida "ijtimoiy tarmoq" atamasi, odatda, foydalanuvchi tomonidan yaratilgan va boshqariladigan interaktiv vebplatformalarni anglatadi. Ularning mazmuni tarmoq a’zolari tomonidan
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.7 (2025) 92 shakllantiriladi. Sotsiologiyada esa bu atama odatda shaxslar yoki guruhlar orasidagi ijtimoiy aloqalarni ifodalovchi struktura sifatida talqin etiladi. Vebplatforma esa umumiy manfaatlarga ega foydalanuvchilarga o‘zaro muloqot qilish, fikr almashish va hamkorlik qilish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan muhit hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardan biriga aylangan. Zamonaviy ta’lim tizimlari tez o‘zgarayotgan dunyoga moslashish, dolzarb va raqobatbardosh bo‘lib qolish uchun yangicha yondashuvlarni izlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlar bu borada bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi: ular ta’lim olish jarayonini interaktivlashtirish, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish, shuningdek, hozirgi raqamli davr uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. “Hozirda dunyo bo‘yicha 3,8 milliarddan ortiq inson ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda. Ushbu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. 2019-yildan buyon foydalanuvchilar soni 9,2 foizga ko‘paygan. 2021-yilga kelib, foydalanuvchilar kuniga o‘rtacha 2 soat 24 daqiqa vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgan bo‘lsa, 2022-yilda bu raqam 1,4 foizga o‘sgan. 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich yanada ortgan” 1 . Bu esa ijtimoiy platformalarning keng auditoriyani jalb qilish, u bilan uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish imkoniyatini yanada kuchaytiradi. Ijtimoiy tarmoq 2 – bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn aloqaga ega boʻlgan odamlar oʻrtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma. Ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanish tarixi insoniyatning axborot texnologiyalari sohasida erishgan eng muhim yutuqlaridan biri sifatida baholanadi. Ular dastlab 1 https://www.qalampir.uz/uz/news/k-aysi-izhtimoiy-tarmok-eng-kup-obunachiga-ega-3515 (murojaat qilingan sana 10.06.2025) 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_tarmoq (murojaat qilingan sana 10.06.2025)
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.7 (2025) 93 oddiy aloqa vositalari sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, bugungi kunda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning ilk ko‘rinishlari 1990-yillarda paydo bo‘ldi. Ularning dastlabki namunalari sifatida 1997-yilda ishga tushirilgan SixDegrees.com 3 saytini tilga olish mumkin. Bu platforma foydalanuvchilarga profil yaratish, do‘stlar ro‘yxatini tuzish va ular bilan bog‘lanish imkonini bergan. Garchi u ko‘p davom etmagan bo‘lsa-da, keyingi ijtimoiy tarmoqlar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. 2000-yillarning boshlarida ijtimoiy tarmoqlar tez sur’atlarda rivojlana boshladi. 2003-yilda LinkedIn ishga tushirilib, asosan professional aloqalar uchun mo‘ljallangan platforma sifatida mashhur bo‘ldi. Shu yili MySpace ham ommalashdi va ayniqsa yoshlar orasida katta mashhurlikka erishdi. Ammo 2004yilda Facebook sahnaga chiqdi va tez orada butun dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoqqa aylandi. Dastlab faqat universitet talabalari uchun mo‘ljallangan bu platforma keyinchalik ochiq ommaga taqdim etildi va global miqyosda kengayib bordi. Keyingi yillarda turli maqsadlarga xizmat qiluvchi yangi ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘ldi. Masalan, 2006-yilda yaratilgan Twitter (hozirgi X) qisqa xabarlar almashish orqali tezkor axborot tarqatish vositasiga aylandi. 2010-yilda Instagram ishga tushirilib, vizual kontent – suratlar va videolar almashishga ixtisoslashgan platformaga aylandi. TikTok esa 2016-yildan boshlab qisqa videoroliklar asosidagi yangi avlod ijtimoiy tarmog‘iga aylandi va ayniqsa yosh foydalanuvchilar orasida katta ommalashdi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar faqatgina shaxsiy aloqa vositasi bo‘lib qolmay, balki biznes, ta’lim, siyosat va madaniyat sohalarida ham muhim rol o‘ynamoqda. Ular orqali brendlar o‘z mahsulotlarini targ‘ib qiladilar, siyosatchilar elektorat bilan muloqot olib boradilar, jamoatchilik esa ijtimoiy muammolarni muhokama qiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt, algoritmlar va foydalanuvchi ma’lumotlarini tahlil qilish asosida bu tarmoqlar yanada takomillashmoqda.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.7 (2025) 94 Zamonaviy dunyoda ijtimoiy tarmoqlar nafaqat shaxsiy muloqot vositasi, balki ta’lim sohasida ham muhim rol o‘ynay boshladi. Ular o‘qituvchilar va talabalar uchun qulay, samarali va tezkor axborot almashish platformalariga aylangan. Ayniqsa, dunyo aholisining yarmidan ko‘pi kuniga o‘rtacha uch soatga yaqin vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotganini hisobga olsak, ta’lim jarayonida bu vositalardan foydalanish zarurati tobora ortib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning ta’limga integratsiya qilinishi bir nechta asosiy yo‘nalishlarda foydali bo‘lishi mumkin. Quyidagi jadvalda ushbu yo‘nalishlar yoritilgan: 1-jadval Asosiy yo‘nalish Izoh Kontent yaratish va targ‘ib qilish Ta’lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, darsliklar, video darslar va yangi texnologiyalar haqidagi e’lonlarni Youtube, Instagram va boshqa platformalarda tarqatish orqali auditoriyaga yetkazish mumkin. Foydalanuvch i ishtirokidagi muloqot Talabalar o‘z fikrlarini bildirishadi, savollarga javob berishadi, muhim voqealar bo‘yicha mulohazalar yuritadilar, virtual flesh-moblar va interaktiv aksiyalarda ishtirok etishadi. SMM orqali muloqot o‘rnatish Ijtimoiy tarmoqlarda faol auditoriyaga ega bo‘lgan SMM (ijtimoiy media marketing) vositalari yordamida ta’lim muassasalari o‘z maqsadli auditoriyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va samarali aloqa o‘rnatishlari mumkin. Ta’limiy va ilmiy ijtimoiy tarmoqlar Bo‘limlar yoki guruhlar uchun maxsus ijtimoiy platformalar mavjud. Ular orqali ma’lumotlar, ma’ruzalar, dars jadvali, uy vazifalari saqlanadi va ulardan onlayn foydalanish mumkin. Bu tizim o‘quvchilar o‘rtasida
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.7 (2025) 95 hamkorlik va muhokamalarni kuchaytiradi. Shuningdek, universitetlar va o‘quv muassasalari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish orqali o‘z o‘quv jarayonini moslashuvchan, ochiq va zamonaviy talablarga javob beradigan tizimga aylantirmoqda. Maxsus platformalar orqali o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida uzluksiz axborot almashinuvi, dolzarb masalalarni muhokama qilish, o‘quv materiallari bilan oson bo‘lishish imkoniyati yaratiladi. Ijtimoiy tarmoqlar o‘quv jarayonini yanada interfaol va moslashuvchan shaklga keltiradi. YouTube, Instagram va TikTok kabi platformalar orqali vizual, audio va infografik materiallar keng tarqalmoqda. Ushbu vositalar murakkab ilmiy tushunchalarni oddiylashtirib, o‘rganish jarayonini soddalashtiradi va talabalar faolligini oshiradi. Ijtimoiy media platformalari talabalarga o‘zlarining ehtiyojlari va qiziqishlariga mos tarzda o‘quv materiallarini tanlash, muhokama qilish va sharhlash imkonini beradi. Bu esa ta’limni shaxsiylashtirishni ta’minlaydi va mustaqil fikrlashga undaydi. Ijtimoiy tarmoqlar ta’lim ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Onlayn guruhlar, loyihalar va forumlar orqali talabalar o‘zaro fikr almashadilar, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar va o‘quv jarayonini yanada chuqurlashtiradilar. Zamonaviy ta’limda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish orqali talabalar turli raqamli vositalardan to‘g‘ri foydalanishni, shuningdek, axborot xavfsizligi, maxfiylik va mualliflik huquqlari masalalarini anglab yetadilar. Bu esa raqamli madaniyatni shakllantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Ijtimoiy media vositalari yordamida ta’lim jarayoni an’anaviy auditoriyadan tashqariga chiqib, global miqyosda davom etmoqda. Darslardan tashqari o‘quv faoliyatini davom ettirish imkoniyati uzluksiz ta’lim tamoyilini ro‘yobga chiqaradi.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.7 (2025) 96 Ijtimoiy tarmoqlarda turli xil va ba’zan ishonchsiz axborot manbalarining mavjudligi tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab etadi. Talabalar ma’lumotlarni tahlil qilish, manbalarni baholash va noto‘g‘ri xulosalarni aniqlashni o‘rganadilar. Bu esa ularni axborotga ongli yondashishga o‘rgatadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ta’lim jarayoniga gemifikatsiya(o’yin) elementlarini joriy qilish talabalarda qiziqish va motivatsiyani oshiradi. Rag‘batlantiruvchi mexanizmlar, interaktiv testlar va bellashuvlar orqali talabalar bilim olishga faolroq jalb qilinadi. Talabalar ijtimoiy media orqali o‘zlarining professional imijlarini yaratish, portfoliolarini namoyish qilish va akademik yutuqlarini ommalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishlariga xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarning ta’limda keng qo‘llanilishi axloqiy va huquqiy masalalarni ham yuzaga keltiradi. Raqamli axloq, onlayn xavfsizlik, soxta yangiliklarni tan olish va axborotdan mas’uliyat bilan foydalanish borasida talabalar ongini oshirish muhim hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish jarayonida ijtimoiy tarmoqlar inqilobiy rol o‘ynamoqda. Ushbu platformalar o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish, o‘zaro ta’sirni kuchaytirish, ta’lim resurslariga kengroq kirish imkoniyatini ta’minlash orqali o‘rganishning yangi, innovatsion shakllarini yuzaga keltirmoqda. Ular orqali yaratilayotgan interaktiv, moslashuvchan va talabalar ehtiyojiga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti bugungi kun ta’lim manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Biroq, ijtimoiy media vositalarining keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq xavfsizlik, maxfiylik, axborot sifati va raqamli etika kabi muammolar ham mavjud. Shu bois ta’lim muassasalari va pedagoglar ushbu texnologiyalarni ongli ravishda joriy etish, yuzaga keladigan tahdidlarni minimallashtirish va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha puxta strategiyalar ishlab chiqishlari zarur. Bu
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.7 (2025) 97 nafaqat texnik, balki pedagogik va psixologik yondashuvlarni ham o‘z ichiga olishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanilganda, ular ta’lim tajribasini sezilarli darajada boyitadi — o‘quv jarayonini yanada samarali, mazmunli va dolzarb qiladi. Shu bilan birga, talabalarni raqamli dunyo sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlash imkonini beradi. Aynan shu omil ijtimoiy tarmoqlarni ta’lim strategiyalariga integratsiyalash, ularni doimiy tahlil qilish va zamonaviy o‘quv dasturlariga moslashtirish zaruratini yuzaga chiqaradi. Kelajakda ijtimoiy tarmoqlarning ta’limdagi roli yanada ortib borishi kutilmoqda. Masofaviy ta’lim, onlayn kurslar, virtual sinflar va ta’lim hamjamiyatlarini shakllantirishda bu platformalar muhim ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalar rivoji esa yangi o‘quv uslublari va vositalarining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi. Shunday qilib, ijtimoiy tarmoqlar ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular bilim almashish, interaktiv o‘qitish, hamkorlikda o‘rganish va kasbiy rivojlanish uchun kuchli vositani taqdim etadi. Ularning salohiyatidan oqilona foydalanish orqali ta’limning sifatini oshirish, uni global, ochiq va raqamli dunyoga moslashtirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. 1 https://www.qalampir.uz/uz/news/k-aysi-izhtimoiy-tarmok-eng-kupobunachiga-ega-3515 (murojaat qilingan sana 10.06.2025) 2. 1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_tarmoq (murojaat qilingan sana 10.06.2025)