scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSTAQILLIK YIILARIDA TURKMAN VA QORAQALPOQ XALQLARINING MADANIY ALOQALARI

Opaev, Baymurat

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosni tiklash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayonda qo‘shni davlatlar va xalqlar bilan madaniy aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, turkman va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Tarixiy va madaniy mushtaraklik, qardoshlik tuyg‘usi ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga zamin yaratdi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 33 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com MUSTAQILLIK YIILARIDA TURKMAN VA QORAQALPOQ XALQLARINING MADANIY ALOQALARI Opaev Baymurat O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Nukus shahri. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosni tiklash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu jarayonda qo‘shni davlatlar va xalqlar bilan madaniy aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, turkman va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Tarixiy va madaniy mushtaraklik, qardoshlik tuyg‘usi ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga zamin yaratdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning tarkibiy qismi sifatida o‘zining etnik va madaniy xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu hududda o‘zbeklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlar, ruslar va boshqa millat vakillari asrlar davomida tinch-totuv yashab kelmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan millatlararo totuvlikni mustahkamlash siyosati Qoraqalpog‘istonda ham o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Yurtimizda millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, turli millat vakillarining madaniy merosini asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. “Вести Каракалпакстана” gazetasida 2012 yilda Qoraqalpog‘istondan borgan vakillarning Turkmanboshi shahrida o‘tkazilgan “Avaza – 2012” san’at festivalida ishtirok etgani bayon etiladi. Buni mustaqillik davrida qoraqalpoq turkmanlarining o‘z madaniyatini namoyish etish, boshqa xalqlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatlarining kengaygani sifatida ko‘rsatish mumkin. Ko‘rgazmada qoraqalpoq milliy kiyimlarining, hunarmandchilik buyumlarining, zargarlik buyumlarining va musiqa asboblarining namoyish etilishini mustaqillik davrida milliy madaniyatga bo‘lgan e’tiborning ortishi sifatida ta’riflash mumkin[1, 4]. Gazetada O‘zbekistondagi turli millatlarning do‘stlik va hamjihatlikda yashayotgani, milliy madaniyatlar rivojlanayotgani haqida aytilgan. Ta’kidlash joizki, Qoraqalpog‘istondagi turkmanlarning ahvoli ham umumiy tendensiyalarga mos. Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyida tashkil etilgan “Jayhun sohilida ahil oilada” mavzusidagi bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Rus, Qozoq, Koreys va Turkman madaniyat markazlari vakillari ishtirok etib, milliy kiyim-kechaklar, bezak buyumlari, milliy gilam mahsulotlari, milliy cholg‘u asboblari ko‘rgazmaga qo‘yilib, INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 34 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com Qoraqalpog‘istonda yashayotgan xalqlarning eng yaxshi vakillari bilan tanishtiruvchi fotoko‘rgazma tashkil etildi. Buni Mustaqillikdan keyin Qoraqalpog‘istonda turkman madaniyatining rivojlanishiga e’tibor qaratilayotgani sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Turkman madaniyat markazining ushbu tadbirda ishtirok etganini alohida ta’kidlash lozim. Bu fakt turkman milliy madaniyati va san’atining tiklanishi va qo‘llabquvvatlanishining yorqin dalilidir. Ta’kidlash joizki, Turkman madaniyat markazining ishtiroki orqali turkmanlar o‘z madaniyatini namoyon etib, boshqa millatlar bilan do‘stlik munosabatini mustahkamlamoqda. Har yili o‘tkaziladigan “Navro‘z” bayrami dasturxoni milliy taomlar bilan to‘ldiriladi. Bu turkmanlarning milliyligining saqlanib qolinishi va ularning kundalik turmushda hamda bayramlarda muhim o‘rin tutganini bildiradi. Shuningdek, respublika xalqlarining milliy taomlarining deyarli har bir oilaga kirib borgani haqidagi jumla Qoraqalpog‘istonda turkmanlarning o‘z madaniyatini saqlash bilan birga, boshqa millatlar bilan madaniy integratsiyalashuv jarayoni borayotganini oydinlashtiradi. Qoraqalpog‘istondagi turkmanlar o‘zlarini erkin va teng huquqli his qilib, O‘zbekistonning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotganini ta’kidlash kerak. Rus, qozoq, koreys madaniyat markazlari bilan birga Turkman madaniyat markazining ishtiroki, Qoraqalpog‘istondagi barcha milliy madaniyatlar teng darajada qo‘llabquvvatlanayotganini ta’kidlash lozim[2, 3]. 2014 yilda Maxtumqulining yubileyi munosabati bilan xalqaro konferensiyalar o‘tkazilib, kitoblar va to‘plamlar nashr etildi. Karimbay Qurambaev va akademik B. Nazarovning tadqiqotlari uning merosining jahon madaniyati uchun ahamiyatini ochib berdi. Bu tadbirlar va tadqiqotlarni Qoraqalpog‘istondagi turkmanlarning madaniy hayotiga integratsiyalashuvining dalili sifatida ko‘rsatishimiz mumkin. Ya’ni, qoraqalpog‘istonlik turkmanlar ham shunday tadbirlarda ishtirok etib, o‘zlarining madaniy o‘zligini saqlab qolishga va rivojlantirishga intildi[3, 3]. K.Quramboev o‘zbek, qoraqalpoq va turkman adabiyotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tadqiq etish bilan shug‘ullanib, uning asarlarida XVIII asrda yashagan buyuk turkman shoiri Maxtumquli ijodiga alohida e’tibor qaratilgan. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Qoraqalpog‘istonda turkman xalqi madaniyatining qayta tiklanishi va rivojlanishi davrida Maxtumquli merosini o‘rganish va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi Q. Quramboev va boshqa olimlarning ilmiy ishlariga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonda ularning hissasi alohida ahamiyatga ega. K.Quramboevning “Maxtumquli she’riyati O‘zbekistonda”, “Maxtumquli - ilhom manbai” nomli kitoblarining nashr etilgani, uning tadqiqotlari O‘zbekiston va Turkmaniston adabiy jamoatchiligi tomonidan qizg‘in kutib olindi. Bu fakt madaniy aloqalarning, jumladan, adabiy aloqalarning mustaqillik davrida ham saqlanib qolgani INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 35 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com va rivojlanib borayotganini tasdiqlaydi. Shunga asoslanib, Qoraqalpog‘istonda mustaqillikdan keyin turkmanlarning tarixiy Vatani bilan madaniy va adabiy aloqalari yanada mustahkamlanganini ko‘rsatish mumkin. K.Quramboevning “Mustaqillik yillarida qoraqalpoq she’riyatida Maxtumquli an’analari” nomli bobida Maxtumquli asarlarini tarjima qilish, uning obrazini yaratish bilan shug‘ullanayotgan respublika shoirlari haqida so‘z yuritgani bayon etilgan. Bu Qoraqalpog‘istonda Maxtumqulining an’analari avloddan-avlodga yetib kelganini ko‘rsatadi. Adabiyot Qoraqalpog‘istonlik turkmanlarning o‘z lingvistik o‘ziga xosligini, urf-odatlari va an’analarini qo‘llab-quvvatlash uchun asos qilib olish mumkinligini ko‘rsatish mumkin. Akademik Bartold turkiy xalqlar ichida Maxtumqulidek milliy shoirni dunyoga tanitgan ham turkmanlar ekanini ta’kidlagan edi. Bu so‘zlarda Maxtumqulining xalq uchun o‘rnak ekanligini bildiradigan falsafiy ma’no bor. Igor Belyaev Maxtumquli she’rlarining keng tarqalganligi haqida yozib, uning asarlari nafaqat Kaspiy orti hududida, balki qoraqalpoqlar orasida ham katta qiziqishga ega bo‘lganligini ta’kidlaydi. Muallif bu hududlarda Maxtumqulining ijodi katta hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lganini alohida qayd etadi[4, 6]. Afsuski, Maxtumqulining asarlari qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan bo‘lsa-da, so‘nggi tarjimalar o‘ttiz yil oldin qilinganini ta’kidlash lozim. Bu o‘z navbatida, Mustaqillik davrida turkman adabiyotining, ayniqsa, Maxtumquli asarlarini qoraqalpoq tiliga qayta tarjima qilish va nashr etish zarurligini ko‘rsatadi. Bunday harakatlar Qoraqalpog‘istondagi turkmanlarning o‘z ona tilida madaniy merosdan foydalanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Mustaqillikdan keyin Qoraqalpog‘istondagi turkmanlarning madaniy hayotida K. Quramboev kabi olimlarning bajargan ishlari, turkman adabiyotining qoraqalpoq adabiyoti bilan aloqasi, Maxtumqulining an’analari va uning asarlarini tarjima qilish masalalarini yoritadi[5, 3]. Maxtumquli Firog‘iy odat bo‘yicha Hakim otaning qabrini ziyorat qilib, o‘sha yerda oqsoqollar bilan suhbatlashardi. Qoraqalpoqlar Maxtumqulini o‘zinikidek ko‘rib, qo‘shiqlarini soz bilan aytib, yodlab olgan edi. Bu boy meros og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga ma’naviy meros sifatida yetkazilgan. Aksincha qoraqalpoq klassik shoir, yozuvchilarining asarlari turkman tiliga tarjima qilindi. Masalan, Ajiniyaz Qosibay o‘g‘lining (1824-1878) 170 yillik yubileyini o‘tkazish sharafiga bag‘ishlanib, shoir asarlari A.Mamedov tomonidan turkman tiliga tarjima qilindi[6, 499]. Qoraqalpoq tarixchisi T.A.Jdanko o‘z asarlarida qoraqalpoq va turkman xalqlarining do‘stligini, madaniy va adabiy aloqalarini, birligini chuqur tasvirlaydi. Maxtumquli INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 36 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com ko‘p ellarni kezib, odamlar turmushini chuqur o‘rgangan. U jamiyatning turli qatlamlari hayotining kafolati sifatida xizmat qilgan. Shuning uchun ham Maxtumquli o‘z she’rlarida inson psixologiyasining xususiyatlarini aks ettiradi[4, 6]. 2024 yil 14 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida Maxtumquli Firog‘iyning “Tanlangan asarlar”i hamda uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar to‘plamini nashrga tayyorlash va chop etish rejalashtirilgan. 2017 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Farmoni bilan Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasidan A.A.Abaev (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Turkman milliy madaniy markazi faoli, To‘rtko‘l tumani “Mekan” gazetasi bosh muharriri) “Do‘stlik” ordeni bilan va O.A.Mirones (Nukus shahridagi “Slavutich” ukrain milliy madaniy markazi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi laboratoriya mudiri) “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi[7]. Ushbu farmon O‘zbekiston Respublikasida millatlararo totuvlikni qadrlashning yana bir ifodasi hamda Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25 yillik yubileyi munosabati bilan milliy madaniy markazlarning bir guruh faollari taqdirlanishi, ana shu totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissalarining e’tirofidir. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida turkman va qoraqalpoq xalqlarining madaniy aloqalari sezilarli darajada rivojlandi. Ushbu hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga, madaniy merosni asrab-avaylashga va mintaqada barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish kelgusida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Фойдаланилган адaбиётлар (References) 1. Пирназарова К. Национальное искусство – мост дружбы между народами/ Вести Каракалпакстана. 15.09. 2012. 2. Алексеева Г. В дружной семье на берегах Джейхуна/Вести Каракалпакстана. 01.05.2007. 3. Абаев С. Слово о Махтумкули/Вести Каракалпакстана 01.07. 2014 4. Абаев С., Хайытбаева В. Магтумгулы Гунорта Арал бойларында/Мекан №1-2 (332-333), 2024. 5. Дильманов И. Источник вдохновение/Вести Каракалпакстана, 02.02.2013. №10 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION Volume 02, Issue 10, 2025 37 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE, AND EDUCATION universalpublishings.com 6. Қарақалпақстанның жаңа тарийхы. Қарақалпақстан XIX әсирдиң екинши ярымынан XXI әсирге шекем. – Нөкис: Қарақалпақстан, 2003. 7. Элоктрон ресурс: https://old.gov.uz/qr/news/view/9062. Қаралган вақти 19.10.2025. 12:13.