GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 21 DOI: https://10.5281/zenodo.17664343 VIJDON BILAN YUZMA –YUZ: XURSHID DO‘STMUHAMMAD QISSALARINING PSIXOLOGIK TALQINI Saydaliyev Samandar Ulug‘bek o‘g‘li JDPU Filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Email:
[email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri – Xurshid Do‘stmuhammadning ijodi, xususan, uning qissalarida inson ruhiyati va vijdon nazorati masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Adibning “So‘roq” qissasi asosida qahramonlar ruhiy olamining ochilishi, psixologik tasvir mahorati, insonning o‘zini o‘zi taftish etishi, ijtimoiy muhitdagi axloqiy masalalarning badiiy aks-sadosi yoritiladi. Shuningdek, yozuvchining ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishdagi o‘rni, yoshlar tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri va adabiy jarayondagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Xurshid Do‘stmuhammadning badiiy uslubidagi o‘ziga xosliklar, psixologizm, vijdon, poklik kabi tushunchalarning yoritilishi maqolaning asosiy tadqiqot doirasini tashkil etadi. Kalit so‘zlar: Xurshid Do‘stmuhammad, “So‘roq” qissasi, psixologizm, vijdon, ma’naviy qadriyatlar, ruhiy tahlil, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, qahramon ruhiyati, badiiy uslub, axloqiy muammolar, yoshlar tafakkuri. ABSTRACT This article analyzes the works of one of the prominent representatives of contemporary Uzbek literature, Xurshid Do‘stmuhammad, focusing particularly on the artistic interpretation of human psychology and moral self-examination in his novellas.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 22 Based on the author’s novella “So‘roq” (“The Inquiry”), the study highlights the revelation of the characters’ inner world, the writer’s mastery of psychological depiction, the individual’s self-reflection, and the artistic expression of ethical issues within the social environment. The article also examines the author’s role in promoting spiritual values, his influence on the intellectual development of the youth, and his significance in the modern literary process. The unique features of Xurshid Do‘stmuhammad’s artistic style – such as psychological depth, conscience, and purity– constitute the central focus of this research. Keywords: Xurshid Do‘stmuhammad, the novella “So‘roq” (“The Inquiry”), psychologism, conscience, spiritual values, psychological analysis, contemporary Uzbek literature, character psychology, artistic style, ethical issues, youth worldview. KIRISH Zamonaviy oʻzbek adabiyotida yashab ijod qilayotgan hamda oʻzlarining salmoqli adabiy merosini qoldirgan adiblar, XX asr boshida yashab ijod etgan ma’rifatparvar ijodkorlar asarlarida yoshlar tarbiyasiga oid muhim masalalar aks ettirilgan. Jumladan, Xurshid Doʻstmuhammad yoshlarimiz, xalqimiz ma’naviyaxloqiy tafakkur dunyosining shakllanishiga oʻziga xos ta’sir ko‘rsatib kelayotgan iste’dodli ijodkorlardan biridir. “Xurshid Doʻstmuhammad adabiyotning abadiy va azaliy mavzusi– muhabbat bobida qalam tebratar ekan, “Hijronim mingdir mening…” qissasida maktub uslubini tanlaydi. Inson qalbining javhari boʻlmish ishq tuygʻusini maktub yozishlari yoʻsinida ifoda etadi. Muallif muhabbatdek pokiza, bokira, toza histuygʻuni har narsadan ustun qoʻyayotgan rassom yigitning dardlarini qogʻozga muhrlashga muvaffaq boʻladi.”[1-25] Bugungi kunda yoshlar qalbida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, go‘zallik va nafosatga shaydolik tuyg‘ularini kamol toptirishda Xurshid Doʻstmuhammad qissalari muhim manba bo‘la oladi. Adabiy ta’lim jarayonida talaba-yoshlar ma’naviyatini badiiy asarlar tahlili jarayonida, ayniqsa ularni psixologik tasvir, qahramon ruhiyati tahlilini o‘qitish bilan yuksaltirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ijodkorlikka undash, ijodiy ishlarga yo‘llash masalalari olimlar
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 23 diqqat markazida turdi va bu jarayon davom etmoqda. Zamonaviy oʻzbek qissalarida psixologik tasvir mahoratini, jumladan, Xurshid Doʻstmuhammad psixologik tasvir mahoratini adibning qissalari misolida tahlil etish. MUHOKAMA VA NATIJALAR Inson ichki dunyosini tasvirlash, psixologizm – bu obrazni qurish, tasvirlash, u yoki bu hayotiy xarakterni tushunib yetish va baholash usuli. Psixolgizm bevositamuallif mulohazasi yoki qahramonlarning o‘z-o‘zini tahlil qilishi shaklida va yoki bilvosita – qahramonlar mimikasi, hatti-harakatini ko‘rsatish shaklida boʻladi. Ruhiy tahlil hodisasi qanchalik qadimiy, doimiy, sirli bo‘lsa-da, insoniyatning alohida shaxs kechinmalariga munosabati tarixi, erishilgan tajribalari yuzasidan ko‘plab izlanishlar olib borish mumkin. Qissa janri shunday tahlil uchun munosib maydon bo‘ladi. Xurshid Do‘smuhammadning “Soʻroq” qissasida asarning bosh qahramoni Bozorboy. U oddiy traktorchi. Yaqinda Shabnam ismli qizga uylangan. To‘y sabab shunchalar qarzga botadiki, hozirgi topishi bilan qarzlarini 7 yilda uzishi mumkin edi, xolos. Shu sabab paxta zavodida tuzukroq amaldagi Aminvoydan iltimos qilib, yukchilikka tayinlanadi. Shabnam homilador bo‘ladi. Ammo oy-kuni yetsa hamki, ha deganda tug‘avermaydi. Bola 12 oyga qarab o‘tib ketadi. Bozorboy horib-tolib kechasi ishdan qaytardi. Bir kun darvozasidan kiray deganda tepadan nur tushadi. Nurdan esa odamsimon maxluqlar chiqib kelishadi. Bozorboydan hol-ahvol so‘rashadi. Turli savollar berishadi. Nurni ko‘rgan qo‘shnilar shu tomonga kelishayotganini ko‘rgan maxluqlar ketishga majbur bo‘lishadi. Ertasiga Paxtaqaynar qishlog‘ida shov-shuv tarqaladi. Bozorboy mashhur bo‘lib ketadi. Hamma undan voqeani batafsil hikoya qilishini istardi. Bozorboy ham bundan erinmasdi. Bir kun Bozorboy paxta zavodida ekanida maxluqlar yana kelib, so‘roq qilishni boshlaydi. Bu jarayonga tasodifan 12 farzandli Narziqul amaki ham aralashib qoladi. Bozorboyning yoniga kelgan amakiniyam so‘roqqa tutib ketishadi. Azbaroyi qo‘rqqan Narziqul amaki kasalxonaga tushib qoladi. Odamlar orasida, ayniqsa, rahbarlar ichida vahima ko‘tarilib ketadi. Chunki maxluqlar endi rahbarlarniyam savolga tutishayotgandi-da.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 24 Kelgindilar qo‘shni qishloqqa uy qurib, joylashib olganligi, har bir odamni so‘roqdan o‘tkazayotgani haqida mish-mish urchiydi. Vahima, qo‘rquv shu darajaga yetadiki, rahbarlar tamoman dovdirab qoladi. Ba’zilari joniga qasd qila boshlaydi. Birgina Bozorboy negadir qo‘rqmas, hayiqmas, hatto kelgindilar unga bir qadar yaqin bo‘lib qolgandek edi. U faqat farzandi tug‘ilmayotganidan xavfsirardi. Atrofiga nazar tashlab fikr qilgan Bozorboy eng to‘g‘ri xulosaga keladi: agar inson o‘zini o‘zi tergab yashasa, o‘zi bergan savollarga javob berolsa, kelgindilardan qo‘rqmasa ham bo‘ladi. Beradigan savollarga javob beroladigan darajada to‘g‘ri yashasa, xotirjam bo‘la oladi. Tug‘ilajak farzandlar ham xotirjam tug‘iladi. O‘zi bilan o‘zi so‘roq-savol qilolmagan inson boshqasining savolidan yurak yorilgudek darajada qo‘rqaveradi. Tug‘ilajak farzandi ham qo‘rqoqlar ichiga tushgisi yo‘q. Tushgudek bo‘lsa, tinch muhitda, qo‘rqmas bo‘lib tug‘ilishi, umri davomida savollar ila o‘zini taftish qilib yashashni o‘rganishi lozim… Uchar likopchada kelgan o‘zga sayyoraliklarni ko‘p eshitganmiz. Yozuvchi aynan shu motiv orqali asarda vijdon tergovchilari obrazini shakllantirgan. Odamsifat maxluqlar kelib, odamlarning vijdonini tergayotgandi. Qishloq ahlidan tortib, rahbarlargacha shu sababdan ham qo‘rqib ketadi. Inson bilib-bilmay xatolarga yo‘l qo‘yadi. Agar butun hayotimizning lahzasigacha videoga olinib, jamoa oldida ko‘rish kerak bo‘lsa ko‘rolmasdik. Har kimning o‘ziga yarasha hech kimga ayon bo‘lmagan sirlari mavjud. Masalan, asardagi rahbarlardan tortib Narziqul amakigacha bo‘lgan odamlarning zavodda amalga oshiradigan qing‘ir ishlari bor edi. Rahmatov, Davlatov, Aminboy singari kimsalar qursog‘i yo‘lida bunday chirkin ishlarni qilsa, Narziqullar esa noilojlikdan aralashib yurardi. Ammo Narziqul kabi «kichik odamcha»larning vijdoni qotib ulgurmagan edi. Shu sababdan ham u boshqalardan ko‘proq qo‘rquvga tushib, aqldan ozay degandi. Chunki undaylarning asl fitrati toza bo‘ladi. Nopok ishlarning zarrasida undaylarni dahshatga soladi. Hali unday nopokliklarga aralashib ulgurmagan, sofligi yo‘qolmagan, sodda Bozorboygina maxluqlardan qo‘rqmaydi. Boshqalarning vahimasidan ham hayron
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 25 bo‘ladi. Chunki uning vijdoni toza, birov bilishidan qo‘rqadigan hech qanday siri yo‘q edi. Xayratlana-xayratlana tushunadiki, hamma ham o‘zi singari pok emas ekan. Har kimning bir-biridan yashirgan siri, qo‘l urgan nopokliklari bor ekan. Bundan tashqari, asarda xalqimizning to‘y-hashamga ortiqcha mablag‘ sarf qilib, qarzga botib qolishi, qarzdan qutulaman deb vijdoniga xilof ish tutib qo‘yishi Narziqul va Bozorboy timsolida ko‘rsatib berilgan. Traktorchi holatida qarzlarini 7 yil davomida uzoladigan darajaga chiqish uchun odam qanday to‘y qilishi kerak? Narziqul amaki o‘g‘il uylab, qiz chiqaradigan edi. Albatta, unga ham mablag‘ zarur. Oddiy oylikka to‘y qilib bo‘larmidi… Agar umri davomida inson bosgan qadamini sarhisob qilsa, doimiy taftish etsa, to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmaydi. To‘g‘ri yo‘ldagi kimsalar esa katta xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Unday kishilar ketidan kimdir kelib tekshirgudek bo‘lsa xotirjamligi buzilmaydi. Chunki uning tashqi savollarga beradigan javoblari aniq. Eng og‘ir jang o‘zing bilan bo‘ladigan jang, eng og‘ir tergov o‘zing bilan qilinadigan tergov. Boshqasidan nimalarnidir yashirib qolishing mumkindir, ammo o‘zingdan yashirolmaysan, o‘zingdan qocholmaysan. XULOSA Oddiy aholi mayli, ammo aholi boshida turgan “kattalar” o‘z-o‘zini taftish qilsa, vijdoni bilan “so‘zlashib” tursa, yurt obod, chin ma’noda kelajak porloq bo‘lgan bo‘lardi… Mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlarning va adabiyot o‘qitishning bosh maqsadi bo‘lmish barkamol shaxsni tarbiyalash ishida zamonaviy adabiyotni, xususan, Xurshid Doʻstmuhammad ijodini, shuningdek, adib asarlari turfa manbalardan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Yaralishidan to bugungi kungacha insonlarga komillik yo‘llarida mayoq bo‘lib kelayotgan, qadimiy qadriyatlarimiz ma’naviy an’analarimiz hamda uzoq tarixga ega pedagogik amaliyotimiz bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan inson ruhiyati, inson qadri haqidagi g‘oyalar taniqli adib Xurshid Doʻstmuhammad ijodida ham o‘z ifodasini topgan.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 26 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Do‘stmuhammad Xurshid. So‘roq. –T.: Sharq, 2011. 2.Karimov B. Ruhiyat alifbosi. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2018. 25-b. 3.https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/xurshid-dostmuhammadaytmishlari-va-fiqralar.html 4. https://kitobxon.com/oz/kitob/hurshid-dostmuhammad-qissalar 5. www.ziyonet.uz 6. www.edu.uz 7. www.o‘zbekadabiyoti.com