KASBIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA BIZNES ASOSLARI FANIDAN QOʻLLANILAYOTGAN SIMULIATSION OʻYINLARNING AHAMIYATI
Abstract
Hozirgi kunda jahonda maqsadi professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilariga “Biznes asoslari” oʻquv dasturini amaliyotga joriy etish va amalga oshirish jarayonida qoʻllab‒quvvatlashdir. Ushbu oʻquv qoʻllanma “Biznes asoslari” oʻquv dasturi asosida va “Jamgʻarma oʻyini”, “Mikro biznes oʻyini” va “Biznesni rejalashtirish va kredit olish boʻyicha suhbatga tayyorgarlik koʻrish” oʻquv modullari ketma‒ketligi bir‒biri bilan bogʻlangan. Shuningdek, qoʻllanmada dars jarayonlarida oʻrganish uchun qulay boʻlgan kichik guruhlarda ishlash, rolli oʻyinlar va darsda oʻquvchilar bilan muhokama tashkil etish orqali faollashtiruvchi mashqlarni qoʻllash tavsiya etilgan.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 185 DOI: https://10.5281/zenodo.17664726 KASBIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA BIZNES ASOSLARI FANIDAN QOʻLLANILAYOTGAN SIMULIATSION OʻYINLARNING AHAMIYATI Suloymonova Roza Abdukarimovna Toshkent viloyat Olmaliq kon metallurgiya texnikum oʻqituvchi Email: [email protected] ANNOTATSIYA Hozirgi kunda jahonda maqsadi professional ta’lim muassasalari oʻqituvchilariga “Biznes asoslari” oʻquv dasturini amaliyotga joriy etish va amalga oshirish jarayonida qoʻllab‒quvvatlashdir. Ushbu oʻquv qoʻllanma “Biznes asoslari” oʻquv dasturi asosida va “Jamgʻarma oʻyini”, “Mikro biznes oʻyini” va “Biznesni rejalashtirish va kredit olish boʻyicha suhbatga tayyorgarlik koʻrish” oʻquv modullari ketma‒ketligi bir‒biri bilan bogʻlangan. Shuningdek, qoʻllanmada dars jarayonlarida oʻrganish uchun qulay boʻlgan kichik guruhlarda ishlash, rolli oʻyinlar va darsda oʻquvchilar bilan muhokama tashkil etish orqali faollashtiruvchi mashqlarni qoʻllash tavsiya etilgan. Kalit soʻzlar: Kasbiy ta’lim, biznes asoslari, Germaniya metodikasi, dual taʼlim, amaliy ta’lim, ta’lim innovatsiyalari, ta’lim texnologiyasi, pedagogika. KIRISH Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi. Oʻyin texnologiyasi ham oʻyin metodidan oʻzining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak boʻlgan jarayonlarning mantiqiy ketmaketligi va oʻzaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qilad. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda biznes bilimlarini egallash har qanday kasb egalari uchun zarur boʻlib qolmoqda. Germaniyaning “Biznes asoslari”ni oʻqitishdagi yondashuvi nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy biznes qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Germaniya kasbiy ta’lim tizimi, ayniqsa dual ta’lim modeli
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 186 dunyoda eng samarali tizimlardan biri hisoblanadi. “Biznes asoslari” fanini oʻqitishda nemis metodikasi nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uygʻunlashtirishga qaratilgan. Bu maqolada Germaniya tajribasining Oʻzbekiston sharoitida qoʻllanilishi, metodik qoʻllanmalarning adaptatsiyasi va oʻquv jarayonini takomillashtirish yoʻllari tadqiq qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy ta’limni isloh qilish jarayonida xalqaro tajribalardan foydalanish ayniqsa muhim. ASOSIY QISIM Kasbiy ta’lim tashkilotlarida biznes asoslari fanidan qoʻllanilayotgan simuliatsion oʻyinlarning ahamiyati. Kasbiy ta’lim tashkilotlarida biznes asoslari fanidan qoʻllanilayotgani va buning uchun kasbiy ta’lim oʻqituvchilan maxsus fanlarni oʻqitish uslubiyatini, kasbiypedagogik mahorati va amaliy koʻnikmalarini oshirib borishlari talab qilinadi. Hozirgi kunda jahon andozalariga moslashish ehtiyojidan kelib chiqqan holda kasbiy ta’lim oʻqituvchi — kadrlarning asosiy qismi zamonaviy texnika va texnologiyani chuqur bilishi hamda tahlil qila olishi, zamonaviylik yaratish darajasiga ega boʻlishi juda muhim. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va faol ta’lim omillaridan foydalanish, zamonaviy ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tatbiq qilish, talabalarni koʻproq mustaqil ishlashga undash, ilgʻor tajribalardan saboq berishning turli yoʻllaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kasbiy ta’lim olayotgan talabalarning kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallashlari uchun maxsus fanlarni oʻqitishni samarali tashkil qilish, ushbu jarayonni zamonaviy darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari bilan ta’minlash lozim. Oʻquv majmuada kasbiy ta’limni metodologik asoslari va ilmiy tadqiqot metodlari koʻrsatiladi. Kasb ta’limi tamoyillari va oʻqitishning turli metodlari batafsil keltiriladi. Kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etish, oʻtkazish va bilim, koʻnikma hamda malakalarni baholash. Professional taʻlim tizimi oʻquvchilarini xorijiy tajribalar asosida moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda professional taʻlim tizimi pedagog kadrlarini Germaniya metodikasi asosida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur tajribalar asosida xalqaro ekspertlar bilan birgalikda professional ta’lim muassasalari oʻquvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan simulyatsion va kompetensiyaga asoslangan “Biznes asoslari” oʻquv dasturi ishlab chiqildi. Ushbu oʻquv dasturining maqsadi, oʻquvchilarga oʻz biznes-g‘oyasini amalga oshirish va shaxsiy daromadga ega boʻlish hamda daromadlarini oshirish uchun oʻzining shaxsiy tadbirkorlik korxonasiga asos solishga oʻrgatishdan iborat. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real obʻektlarga
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 187 nisbatan juda ham arzon alternativa ekanligidadir. Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar maʻruza vaqtida oʻrgangan bilimlarini virtual boʻlsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadbiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qoʻshadilar. Bundan tashqari oʻsha simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda oʻz xissalarini qoʻshishlari mumkin. Bu oʻz oʻrnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi. Bu esa oʻz navbatida talabalarda oʻqish va tadqiqotlarga boʻlgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi. “Biznes asoslari” oʻquv jarayonlari Germaniya tajribasidan kelib chiqib simulatsion oʻyinlar, Noy-hau sessiyalar, enerjayzerlar, amaliy mashqlar, ishtirokchilarning taqdimotlari va feedback kabi usullardan foydalanib tashkil etiladi, oʻquv jarayonlari davomida oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalar ichki nazorat boʻyicha amaldagi tartib asosida baholanishi belgilangan. Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlar, ishbilarmonlik-vaziyatli rolli oʻyinlarni bajarish orqali oʻquvchilarning oʻquv elementini oʻzlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Taʻlim tizimi uchun ahamiyati “Biznes asoslari” fanini Germaniya uslubida oʻqitish talabalarga: - Haqiqiy biznes muhitida qoʻllash mumkin boʻlgan koʻnikmalar beradi - Tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi - Iqtisodiy fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ular yangi ish oʻrinlarini yaratish, innovatsiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish va aholi daromadlarini koʻpaytirish orqali iqtisodiy tizimning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun davlat tomonidan koʻplab qulay sharoitlar yaratilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T:, Oʻzbekiston, 2017. 2. F.R.Qodirova, Sh.K.Tashpulatova. Bolalar bog‘chasida metodik ishlar – T.: Voris - 2012 kasb-hunar uchun darslik. 3. Rauner, F. (2012). “Dual Vocational Education and Training”. Springer.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | November, 2025 188 4. BIBB (2021). “Framework Curriculum for Business Basics in VET”. Germaniya. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2020). “Kasbiy taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi”. 6. UNESCO-UNEVOC (2019). “Germany’s Dual System: Best Practices”.