Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 83 DOI: https://10.5281/zenodo.17664815 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI VA OILA O‘RTASIDA HAMKORLIK Gaziyeva Nigora Shamsiddinovna Angren universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedra katta o‘qituvchisi Bo‘stonova Ozoda Masharif qizi Angren universiteti, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada oila jamiyatning asosiy boʻgʻini u davlatlar ichida kichik bir davlat ekanligi jamiyatning rivojlanishi ham aynan mana shu kichik boʻg‘indan boshlanishi. MTT ota-onalar bilan jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qoʻshib olib borish keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkinligi haqida ochib berilgan. Maqolada oila hamkorligi va uning mohiyati bola tarbiyasidagi muhim jihatlari toʻgʻrisida hamda bola ijtimoiylashuvini taʼminlovchi hamkorlik metodlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlasiz. Qolaversa bolaning tashkilotga moslashuvi uning bilishga boʻlgan obyektiv ehtiyojini yaxshilash. Bola oʻzligini namoyon etuvchi omillar haqida ham bayon qilamiz. Kalit soʻzlar: Maktabgacha taʼlim, оila hamkorlik, ota-ona, bola tarbiyasi, bola shaxsi, hamkorlik metodlari, jamiyat taʼsiri, soʻrovnoma, tashviqot, ijodkorlik, jamoa, individual, natija
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 84 АННОТАЦИЯ В данной статье семья - это главное звено в обществе это маленькое государство внутри государств с этого маленького звена начинается развитие ОБЩЕСТВА дошкольные образовательные организации работают с родителями как в команде и индивидуально. Положительные результаты в воспитании детей обусловлены умелым сочстанием форм организацией педагогической пропагандической работы среди широких слоев населения. Статье вы узнаете о семейном сотрудничестве его сущности и важных аслектах в воспитании детей а также ометодах сотрудничества обеспечивающих социализацию ребёнка. Кроме того мы опишем факторы определяющие адаптацию ребёнка к МТТ и формирование у него обьективной потребности в зданиях. Ключевые слова: Дошкольное образование, сотрудничество с семьёй, родители, воспитание ребёнка, личность ребёнка, методы сотрудничества, влияние общества, опрос, агитация, творчество, коллектив, индивидуальный, результат. ABSTRACT In this article the family is the main link in society it is a small state within the states the development of society begins from this small link preschool education organizations with parents as a team and individually. It is revealed that the achievement of positive results in the upbringing of children through the skillful combination of forms of work the organization of pedagogical propaganda work among the general population. Article you will leam about family cooperation it is essence and important aspects in child upbringing as well as cooperation methods that ensure that ensure the socialization of the child in addition we will describe the factors that determine the child’s adaptation to the MTT and improve his objective need for knowledge.
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 85 Keywords: Preschool education, family collaboration, parents, child upbringing, child personality, collaboration methods, social influence, survey, promotion, creativity, team, individual, result. Oila xalqning jamiyatning hayoti turmushiga oid urf odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bağrida asrab avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oz farzandlarini tarbiyalab ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga bodhlanğich ijtimoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga jamiyatga qoʻshish bilan esa oila jamiyat yoʻnalishi iqtisodiyoti madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan oʻzbek oilalarining serildizlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarining muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba ortirib borishi tejamli va sarishta roʻzgʻor turishi farzandlarni odobli manaviy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar ota onaning roʻli katta oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saranjomsarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qоndoshlik rishtalarini hurmat qilishi mehr oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi. Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi. Bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga koʻra - oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. U jamiyat hamda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib amaliy tadbirlar belgilangan. Oilani jamiyatning ravnaq topilishida tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 1998yilni "Oila yili"
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 86 deb eʼlon qildi. Shunga asosan oila manfaatlarini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻrisida davlat dasturi ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasi xotin qizlar qoʻmitasi huzurida Respublikasi "Oila" ilmiy amaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston respublikasining oila kodeksi qabul qilingan. Baxtli oilalar tufayli baxtli jamoalar vujudga keladi. Chunki baxtli ota-onalar baxtli bolalarni ulg‘aytiradilar. Birbirlariga mehr qoʻygan ota-onalarning farzandlari ham bir birlariga mehr qoʻyadilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choratadbirlar natijadorligi tahliliga bagʻishlangan videosrlektor yigʻilishi oʻtkazildi. Yig‘ilishda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev bu tizimni chuqur tahlil qilib shu paytgacha nazardan chetda boʻlgan eng kichik jihatlarigacha eʼtibor qaratdi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va koʻnikmalari masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. “Bolalar tarbiyasi jarayonida oʻz ishini puxta biladigan malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog kadrlarni jalb qilgan holda ularni goʻdakligidan ongi va tafakkurini toʻgʻri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya bilim va maʼnaviyatga ega boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalash qiyin boʻladi”, - dedi Sh.M.Mirziyoyev. MTT ota onalar bilan jamoa tarzida va yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qoʻshib olib borish keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini ota ona va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllarini quyida keltiramiz. "Zero bolalarni tarbiyalash bu kelajakni tarbiya qilmoqdir". Tarbiyachi va ota-onalarning oʻzaro munosabatlariga yangi yondashuvlar axborot almashinuvi va pedagogik bilimlarni targʻib qilishdagi hamkorlikdan dialogik yoʻnalishdagi ota-onalar bilan tarbiyachining shaxslararo muloqoti sifatida hamkorlikka oʻtish. Bu yerda asosiy tushuncha dialog boʻlib u shaxsiy teng muloqotni birgalikda tajriba orttirishni anglatadi. Ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash ilgʻor pedagogik tajribalarni koʻrsatishicha ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 87 shaxsiy xususiyatlarini oʻrganib, ularni oʻzining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. MTT tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka holda olib boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan. Oilaga tarbiyachining tashrif buyurishi. Yiliga 2 marotaba oʻquv yilning boshida va oʻquv yilning oxirida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyachi bolalarning uylariga borishidan maqsad-tashkilotda qiynalgan faoliyati boʻyicha yoki tarbiyasida oʻzgarish boʻlgan bolalar bilan individual ishlashga boradilar. Bunday holatlarda tarbiyachi va ota-onaning hamkorligida amalga oshiriladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi istiqomat qiladigan xonadonga tashrif buyurishidan oldin shu tashkilot rahbari ogohlantiriladi. Soʻngra ota-onalar bilan suhbatlashib, bir kunni bir vaqtni belgilab oʻsha kunga tayyorgarlik koʻradi. Tarbiyachi bolalarning uylariga borishidan oldin qanday tayyorgarlik koʻradi? Masalan - bola MTTda mashg‘ulot faoliyati davomida yoki erkin faoliyatida muloqat qilish orqali nutqida qiynalsa u holda 30 daqiqalik mavzu tanlab olib maqsad qoʻyib kerakli jihozlarini tanlab oladi. Keyin shu mavzu asosida bolani qiziqtiruvchi metodlar oʻyinlarni tanlab oladi. Shular asosida bola bilan 30 daqiqa individual holda ishlaydi. Ota onalar uchun suhbat oʻtkazish. Ularga maslahatlar berish. Ota-onalarning tashkilot hayoti bilan tanishishlari. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-onarni guruhiy va umumiy majlisi otaonalar maktabi anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob davralari. Shunday qilib, MTT oila bilan hamkorligi turli shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu shakllar anʼanaviy (ota-onalar yigʻilishi, suhbatlar ham individual ham guruh shaklida olib boriladi) va noanʼanaviy (ota-onalar bilan anjuman, davra suhbatlari) boʻlinadi. Shunday qilib, MTT va oila hamkorligini yanada oshirish ota-onalar oʻrtasida psixologik va pedagogik fanlarning eng soʻnggi yutuqlarini keng targʻib etish ota onalar va tashkilot tarbiyachilari bilan turli mavzularda katta-kichik noanʼanaviy yigʻilishlar, tadbirlar, mashhur har sohaning vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish, badiiy kechalar oʻtkazib turish bolalarning koʻz oʻngida maʼnaviy boy shaxslarni gavdalantirish avlodlardan faxrlanish va ularga mos farzandlar boʻlish hissini uygʻotish shubhasizdir. Ammо, ushbu tashkil etilgan tadbir va uchrashuvlarning muvaffaqiyati tarbiyalanuvchilarning ota-onalar
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 88 munosabati bilan ham chambarchas bogʻliq. Shunday ekan ota-onalarimizning masʼuliyat hissini oshirishimiz asosiy vazifamiz boʻlib qolmoqda. Bugungi kun zamonaviy MTT tarbiyachisiga tavsiyalar: Rivojlangan zamonamizda axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan atrofimizdagi barcha keng foydalanmoqda. Zamonaviy tarbiyachi bundan oqilona foydalanish lozim. Umumiy va navbatdan tashqari yigʻilishlarga ota onalarni taklif qilishda "Onalar maktabi" yoki "Otalar maktabi" kabi maxsus nomlar qoʻyish. Bu taʼlim-tarbiya jarayoniga doimiy faol boʻlgan ota yoki onalardan tashqari maxsus taklif orqali har ikkalasini jalb qilish imkonini beradi. MTT ota onalar bilan jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qoʻshib olib borish keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli, bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllarini quyida keltiramiz: - ota-onalar bilan yakkama yakka holda ishlash; - ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar; - koʻrsatmali ishlar; - ota-onaga pedagogik taʼlim berish va boshqalarni koʻrsatish mumkin; FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Sh.Tatliboyev "Ota onalar bilan hamkorlik texnologiyalari"oʻquv qoʻllanma Toshkent 2024 2. N.Umirzakova "Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik "metodik qoʻllanma Toshkent 2020 3. N.Sh.Gaziyeva, Sh.T.Nizamova “Tarbiyachi-pedagogning kasbiy sifatlarini takovillashtirish” Toshkent-2025. 4. "Oila kodeksi " 30.04.1998 5. M.G‘. Abduffatayeva "MTT va oila oʻrtasida hamkorlik" maqola Qoʻqon universiteti