ZAMONAVIY JAMIYATDA AYOLNING O'RNI
Abstract
Tabiat ayolga shunday deydi: “Uddasidan chiqsang, go‘zal bo‘l, istasang, oqila bo‘l, ammo idrokli bo‘lishing shart”. Nima uchun shunday? Ayol kim o‘zi? Ayol - hayotning boshlanishi, oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onda yo‘qdan bor qiladigan ijodkor va bunyodkor shaxs. Jamiyatda esa ayol ma’naviyat va tarbiyaning ustunidir.
Full text
584 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11 ZAMONAVIY JAMIYATDA AYOLNING O‘RNI Mamadiyeva Farangiz Zafarobod tumani Inson ijtimoiy xizmatlar psixologi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17664868 Tabiat ayolga shunday deydi: “Uddasidan chiqsang, go‘zal bo‘l, istasang, oqila bo‘l, ammo idrokli bo‘lishing shart”. Nima uchun shunday? Ayol kim o‘zi? Ayol - hayotning boshlanishi, oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onda yo‘qdan bor qiladigan ijodkor va bunyodkor shaxs. Jamiyatda esa ayol ma’naviyat va tarbiyaning ustunidir. Zamonaviy rivojlangan jamiyatda ham ayollarning o‘rni, fikrlari va haq-huquqlari doimo e’tiborga olinayaptimi? Afsuski, yo‘q. Ko‘pincha ayollarga ojiza sifatida qaraladi, ularni faqat uyda o‘tirishi, farzand tarbiyalashi va turmush o‘rtog‘ining, qaynona-qaynotaning ko‘nglini olish kabi ishlar bilan band bo‘lishi kerak, degan stereotip mavjud. Ba’zi erkaklar ayolni faqat uyda bo‘lishga mahkum deb hisoblaydi, ayol pul topsa yoki jamiyatda faol bo‘lsa, o‘zgaradi, degan eskicha qarashlar ham uchrab turadi. Shuning uchun ayol bilim olmasa, o‘z ustida ishlamasa, nafaqat kelajak avlodni tarbiyalash, balki jamiyatda faol bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Turmush o‘rtog‘i va oila a’zolari tomonidan qo‘llabquvvatlangan ayol har sohada – uy ishlaridan tortib davlat ishigacha muvaffaqiyatli bo‘la oladi. Ayolning kuchi uning sokinligi, chidamliligi va mehrini asray bilishida namoyon bo‘ladi. Bugungi zamonaviy jamiyatda ayolning o‘rni avvalo ta’lim olish bilan belgilanadi. Ilmli ayol farzandiga sifatli tarbiya bera oladi, mustaqil fikrlaydi va jamiyatda faol pozitsiyaga ega bo‘ladi. Hozirgi kunda ayollarimiz iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda faollikni qo‘ldan bermay kelayotgani sir emas. Bundan tashqari ayolning psixologik sog‘ligi ham jamiyat va oiladagi muvaffaqiyatini belgilovchi muhim omildir. Sog‘lom ruhiy holat ayolga stress va muammolarni yengib o‘tishda yordam beradi, o‘zini ishonch bilan namoyon qilish imkonini beradi. Psixologik barqaror ayol nafaqat oilasini baxtli qiladi, balki jamiyatda ham samarali, ijtimoiy mas’uliyatni his qiladigan, to`g`ri va ongli qarorlar qabul qiladigan shaxs sifatida ko‘rinadi. Shu bois, ta’lim bilan birga ruhiy sog‘liqni rivojlantirish - zamonaviy ayolning eng muhim jihatlaridan biridir. Ayolning faolligi oilaning farovonligini va mustahkamligini oshirishga, jamiyatning rivojlanishiga va barqarorligiga xizmat qiladi.” O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lishini hammamiz orzu qilamiz. Shu buyuk kelajak sari qadam qo‘yar ekanmiz, hech ikkilanmasdan aytishimiz mumkinki, buyuk kelajakni buyuk insonlar yaratadi, buyuk insonlarni esa faqat buyuk ayollar dunyoga keltirib, o‘stirib va tarbiyalashi mumkin. Bu o‘rinda ayollarimizning jismonan hamda ruhan sog‘lom, o‘qimishli va oqila bo‘lishlari, shuningdek, ma’naviy va huquqiy bilimlari, o‘z burch va majburiyatlarini his etishlari katta ahamiyatga ega.