MOTURIDIYLIK MAKTABINING XALQ ONGIDA SAQLANISHI VA UNING XALQ XOTIRADAGI IFODASI
Abstract
Ushbu maqolada Moturidiylik maktabining xalq ongida saqlanish jarayoni, uning ma’naviy hayot, diniy an’analar va ijtimoiy xotirada namoyon bo‘lish shakllari ilmiy jihatdan yoritiladi. Moturidiylikning aqliy yondashuvga asoslangan tamoyillari o‘zbek xalqining dunyoqarashi, udumlari va ma’naviy merosida qanday aks etganligi tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, ma’naviy barqarorlik va bag‘rikenglikni shakllantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.
Full text
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 101 DOI: https://10.5281/zenodo.17664906 MOTURIDIYLIK MAKTABINING XALQ ONGIDA SAQLANISHI VA UNING XALQ XOTIRADAGI IFODASI Jurakulov Jamol Komilovich ZARMED universiteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti E-mail: [email protected] Abduraxmonov Umidjon Usmonovich ZARMED universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Moturidiylik maktabining xalq ongida saqlanish jarayoni, uning ma’naviy hayot, diniy an’analar va ijtimoiy xotirada namoyon bo‘lish shakllari ilmiy jihatdan yoritiladi. Moturidiylikning aqliy yondashuvga asoslangan tamoyillari o‘zbek xalqining dunyoqarashi, udumlari va ma’naviy merosida qanday aks etganligi tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, ma’naviy barqarorlik va bag‘rikenglikni shakllantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar. Moturidiylik, xalq ongida aks etishi, ijtimoiy xotira, diniy an’ana, aqliy yondashuv, ma’naviy meros, bag‘rikenglik. ABSTRACT This article explores the preservation of the Maturidi school within public consciousness and its expression in spiritual life, religious traditions, and collective memory. It analyzes how the rational principles of Maturidi theology have shaped the worldview, customs, and spiritual heritage of the Uzbek people. The study also
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 102 highlights the contemporary significance of Maturidism, particularly its role in promoting spiritual stability and fostering tolerance in modern society. Keywords. Maturidism, public consciousness, collective memory, religious traditions, rational approach, spiritual heritage, tolerance. АННОТАЦИЯ В данной статье рассматривается процесс сохранения матуридийской школы в народном сознании, а также формы её проявления в духовной жизни, религиозных традициях и социальной памяти. Анализируется влияние рациональных принципов матуридийского учения на мировоззрение, обычаи и духовное наследие узбекского народа. Особое внимание уделено значению матуридийской традиции в современном обществе, её роли в укреплении духовной стабильности и толерантности. Ключевые слова. Матуридийское учение, народное сознание, социальная память, религиозные традиции, рациональный подход, духовное наследие, толерантность. KIRISH (INTRODUCTION) Moturidiylik maktabi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim ilmiy-diniy oqimlardan biri bo‘lib, Imom Abu Mansur Moturidiy (870–944) tomonidan shakllantirilgan. Ushbu aqida maktabi mintaqa xalqlarining dunyoqarashi, diniy hayoti, ma’naviy qadriyatlari va ijtimoiy xotirasiga chuqur ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Moturidiylikning asosiy tamoyillari iymon va aql uyg‘unligi, adolat, mo‘tadillik, bag‘rikenglik asrlar davomida xalq og‘zaki ijodi, marosimlar, udumlar va kundalik turmush tarzida o‘z ifodasini topgan. Mazkur maqolada moturidiylik maktabining xalq ongidagi saqlanish mexanizmlari, folklor va marosimlardagi namoyon bo‘lishi, shuningdek madaniy xotirada aks etish shakllari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shu bois moturidiylik nafaqat aqidaviy maktab sifatida, balki milliy-madaniy xotiraning tarkibiy qismi sifatida ham alohida o‘rganishga arziydi. Moturidiylikning xalq ongidagi o‘rni
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 103 haqida gap borganda Moturidiylik ta’limoti aqidada iymon va aqlning uyg‘unligini asoslab berdi. Bu g‘oya asrlar davomida xalq tafakkurida “dinga aql bilan qarash”, “e’tiqodda mo‘tadillik”, “zo‘ravonlikdan tiyilish” kabi tushunchalar bilan uyg‘unlashib bordi. Odamlar diniy marosimlarda ham, kundalik turmushda ham “yaxshi fikr, pok niyat, toza amal”ni asosiy mezon sifatida qabul qilishdi. METODOLOGIYA (METHODS) Tadqiqot quyidagi ilmiy yondashuv va metodlarga asoslanadi. Tarixiy-tahliliy metod moturidiylik maktabining shakllanishi va tarqalishi haqidagi manbalar o‘rganildi. Kompozitiv va qiyosiy tahlil xalq og‘zaki ijodi va marosimlaridagi aqidaviy g‘oyalar moturidiylik tamoyillari bilan taqqoslandi. Etnografik kuzatuv xalq urfodatlari, hayit, to‘y va janoza marosimlaridagi diniy-ma’naviy qadriyatlar o‘rganildi. NATIJALAR (RESULTS) Tadqiqot natijalariga ko‘ra, moturidiylik maktabining xalq ongida saqlanishi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: Xalq og‘zaki ijodida aks etishi maqol va matallarda aql, adolat, iymon, poklik, bag‘rikenglik g‘oyalari, dostonlarda qahramonlarning aql bilan g‘alaba qozonishi (“Alpomish” misolida), xalq qo‘shiqlarida sabr, qanoat, iymon, tavakkul kabi tushunchalar. Marosimlarda moturidiylik ruhining davomiyligi, hayit marosimlarida sadaqa, mehr-oqibat, birlikni targ‘ib qilish, nikoh marosimida “halol rizq”, “pok niyat”ga e’tibor berilishi, janoza marosimida sabr, qanoat, oxirat e’tiqodi. Tarixiy obidalar, maqbaralar, masjid va madrasalardagi yozuvlarda moturidiylik ruhining aks etishi. Diniy-ma’naviy barqarorlikni mustahkamlashda moturidiylik tamoyillaridan foydalanish va yoshlarning ma’naviy tarbiyasida mo‘tadillik, bag‘rikenglikni shakllantirish. Imom Abu Mansur Moturidiyning xalq ongida saqlanishi eng avvalo adolat, bag‘rikenglik, o‘rtachilik kabi qadriyatlarga tayanadi. Xalq o‘rtasida tarqalgan maqol va hikmatlarda ham bu g‘oyalar aks etadi. Masalan, “Iymon ko‘ngil pokligi”, “Aql bilan ish yuritgan adashmaydi”, “Zo‘ravonlik zaiflarning quroli” kabi xalq og‘zaki ijodi namunalari moturidiylik ruhini eslatadi. Xalq og‘zaki ijodida moturidiylik ta’siri
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 104 diniy-ta’limiy g‘oyalar, ko‘plab dostonlar, qo‘shiqlar, maqol va matallarda uchraydi. Masalan, “Alpomish” dostoni qahramonlarining iymon, sabr-toqat, adolatga tayanishi xalq ongida moturidiylik qarashlari bilan uyg‘unlashadi. Shuningdek, xalq qo‘shiqlarida Allohga ishonch, qismatni aql bilan qabul qilish, sabr va qanoatni ulug‘lash keng uchraydi. Moturidiylikdagi aql va e’tiqod uyg‘unligi folklorda ham o‘z ifodasini topgan. Xalq ertaklarida qahramonlar ko‘pincha kuch bilan emas, balki aqlidrok, sabr va donishmandlik bilan g‘alaba qozonadi. Bu esa xalq og‘zaki ijodining moturidiylik ta’limoti bilan uyg‘unlashuvini ko‘rsatadi. Marosimlarda moturidiylik an’analarini quydagicha kuzatishimiz mumkin, Qurbon hayiti, Ramazon hayiti, nikoh, sunnat to‘ylari va janoza marosimlarida diniy amallar bilan birga insoniylik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik qadriyatlari ham birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Masalan, to‘y va marosimlarda faqir-miskinlarga sadaqa berish, janozada sabr va qanoatga undash moturidiylikning iymon-amal uyg‘unligi haqidagi ta’limoti bilan bevosita bog‘liq. Imom Abu Mansur Moturidiy xalq orasida mavjud “duo qilish”, “halol rizq”ni ulug‘lash, “niyatni pok saqlash” kabi qadriyatlar ham moturidiylik merosining xalq hayotida yashab kelayotganini anglatadi. Moturidiylik o‘z davridan boshlab xalqning madaniy xotirasiga singib ketgan. U asosan quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Yassaviy kabi mutafakkirlarning asarlarida iymon va aql uyg‘unligi, mo‘tadillik g‘oyalari ko‘rinadi. Bu esa moturidiylik ruhining madaniyatga singib ketganidan dalolatdir. Abu Mansur Moturidiy inson tafakkurining imkoniyatlarini, iymonning aql orqali mustahkamlanishini asoslab berdi. Moturidiy ta’limoti nafaqat diniy ilmlar rivojiga, balki xalqning dunyoqarashi, ma’naviyati va turmush tarziga ham chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi kunda ham bu maktab xalq ongida, og‘zaki ijodda, marosimlarda va madaniy xotirada muhim o‘rin egallab kelmoqda. Moturidiylik maktabining xalq ongida saqlanishining asosiy tamoyillaridan biri insonning erkin irodasi, aqlning o‘rni va iymon masalalarida o‘rtachilikni targ‘ib etishdir. Bu qarashlar xalq ongida o‘zining quyidagi shakllarda saqlanib qolganini ko‘ramiz. Hikmatli so‘zlarida moturidiylikning
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 105 asosiy g‘oyalari aks etadi. Masalan, “Aql bilan ish qilgan yomonlikdan qutular”, “Insonning qadri imonida” kabi hikmatlar moturidiylik tamoyillari bilan hamohangdir. Imom Abu Mansur Moturidiyning axloqiy qarashlarda xalq orasida “adolat”, “me’yor”, tushunchalari keng tarqalgan bo‘lib, bu ham Moturidiyning asosiy g‘oyalaridan biridir. Imom Abu Mansur Moturidiyning o‘zlikni anglashda esa xalqning diniy qarashlari, Allohga bo‘lgan e’tiqodini aql va mantiq asosida tushuntirishga intilishi, moturidiylik maktabining xalq ongidagi merosidan dalolat beradi. Xalq marosimlarida moturidiylik ifodasi Moturidiylik ta’limoti xalq marosimlarida ham sezilarli darajada namoyon bo‘lgan. Ayniqsa, diniy bayramlar, janoza marosimlari, nikoh va sunnat to‘ylarda diniy tushunchalar va urf-odatlar uyg‘unlashib keladi. Moturidiylikning aql va iymonni uyg‘unlashtirishga doir tamoyillari xalq marosimlarida ham o‘z aksini topadi. Nikoh marosimlarida oila mustahkamligi uchun “halol rizq, pok niyat”ga urg‘u berilishi, janoza marosimlarida imon, oxirat va adolat g‘oyalari eslatilishi. Navro‘z, Ramazon va Qurbon hayitlarida xalqning birlik, mehroqibatga asoslangan e’tiqodi moturidiylik qarashlari bilan hamohangdir. Moturidiylik nafaqat og‘zaki ijod va marosimlarda, balki madaniy xotirada ham mustahkam o‘rin olgan. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, ko‘plab mashhur allomalar Burhoniddin Marg‘inoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband kabi mutasavvif va faqihlar moturidiylik asoslarini o‘z faoliyatida qo‘llagan. Bu g‘oyalar xalq orasida tasavvuf ta’limotlari, axloqiy pand-nasihatlar va diniy qo‘shiqlar orqali avloddan-avlodga yetkazilgan. Bugungi kunda ham moturidiylikning xalq ongidagi izlari turli shakllarda yashab kelmoqda. Jumladan, diniy ta’limotlarni ilmiy asosda o‘rganish, yoshlarni iymon, aql va ma’naviyat uyg‘unligida tarbiyalashda bu maktabning merosi muhim ahamiyat kasb etmoqda. MUHOKAMA (DISCUSSION) Folklorda aql-idrokning ulug‘lanishi, marosimlardagi mo‘tadillik, kundalik hayotdagi halollik va adolatga intilish bularning barchasi moturidiylikning xalq turmush tarziga singib ketganini ko‘rsatadi. Shuningdek, moturidiylikning zamonaviy ahamiyati ham yuqori. Ushbu qarashlar diniy ekstremizmga qarshi mafkuraviy asos,
GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 106 yoshlar ongida sog‘lom e’tiqod va bag‘rikenglikni shakllantiruvchi ta’limot sifatida xizmat qiladi. XULOSA (CONCLUSION) Moturidiylik maktabi nafaqat diniy-ilmiy oqim sifatida, balki xalq ongida saqlanib qolgan ma’naviy meros sifatida ham bebaho qadriyatdir. Uning asosiy tamoyillari iymon, aql, adolat va erkin irodani e’tirof etish xalq ijodida, marosimlarda va madaniy xotirada chuqur ildiz otgan. U xalq ongida adolat, bag‘rikenglik, aqlidrokni ulug‘lash, mo‘tadillikka rioya qilish kabi qadriyatlar shaklida saqlanib qolgan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, moturidiylik tamoyillari xalq ongida og‘zaki ijod, marosimlar, urf-odatlar, axloqiy mezonlar va madaniy xotira orqali barqaror saqlanib kelmoqda. U milliy o‘zlikni shakllantirish, jamiyatda mo‘tadillik va bag‘rikenglikni mustahkamlashda bugungi kunda ham dolzarb ahamiyatga ega. Og‘zaki ijod, marosimlar va madaniy xotirada moturidiylikning izlari yaqqol namoyon bo‘lib, bugungi kunda ham milliy o‘zlik va diniy-ma’naviy hayotimizni boyitishda davom etmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Abu Mansur Moturidiy. Kitob at-tavhid. – Toshkent: “Movarounnahr”, 2000. 2. Alouddin Mansur. Moturidiy ta’limoti va islom aqidasi. – Toshkent: “Fan”, 2010. 3. Komilov N. Tasavvuf va tariqatlar tarixi. – Toshkent: “Movarounnahr”, 2009. 4. Abdug‘afurov A. O‘zbek xalqining ma’naviy merosi. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2015. 5. Islom ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.