scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING FALSAFIY TALQINI VA UNING JAMIYAT RIVOJIGA TA'SIRI

Tulishov, G'olib Ravshanovich

Abstract

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonining falsafiy mohiyati, inson faoliyati, mehnat, ijtimoiy institutlar hamda madaniy qadriyatlarga ko‘rsatadigan ta’siri, raqamli muhitning shakllanishi bilan jamiyatda yuzaga kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar, texnologik ong, axborot madaniyati va axloqiy masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli transformatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari, shaxs erkinligi, ma’lumot xavfsizligi, inson kapitali rivoji va ijtimoiy tenglikka ta’siri falsafiy nuqtai nazardan yoritilgan.

Full text

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 107 DOI: https://10.5281/zenodo.17664935 RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING FALSAFIY TALQINI VA UNING JAMIYAT RIVOJIGA TA’SIRI Tulishov G‘olib Ravshanovich O‘zMU Pedagogik ta’lim kafedrasi E-mail: golibtulishovmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonining falsafiy mohiyati, inson faoliyati, mehnat, ijtimoiy institutlar hamda madaniy qadriyatlarga ko‘rsatadigan ta’siri, raqamli muhitning shakllanishi bilan jamiyatda yuzaga kelayotgan yangi ijtimoiy munosabatlar, texnologik ong, axborot madaniyati va axloqiy masalalar o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli transformatsiyaning ijobiy va salbiy jihatlari, shaxs erkinligi, ma’lumot xavfsizligi, inson kapitali rivoji va ijtimoiy tenglikka ta’siri falsafiy nuqtai nazardan yoritilgan. Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, falsafa, raqamli jamiyat, axborot xavfsizligi, mehnat, ijodkorlik, texnologik ong, inson kapitali. АННОТАЦИЯ В данной статье изучаются философская сущность процесса цифровой трансформации, его влияние на человеческую деятельность, труд, социальные институты и культурные ценности, а также новые социальные отношения, возникающие в обществе с формированием цифровой среды. Анализируются вопросы технологического сознания, информационной культуры и этических проблем. Кроме того, с философской точки зрения рассматриваются положительные и отрицательные аспекты цифровой трансформации, её GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 108 воздействие на личную свободу, безопасность данных, развитие человеческого капитала и социальное равенство. Ключевые слова: цифровая трансформация, философия, цифровое общество, информационная безопасность, труд, творчество, технологическое сознание, человеческий капитал. ABSTRACT This article explores the philosophical essence of digital transformation, its impact on human activity, labor, social institutions, and cultural values, as well as the new social relations emerging with the formation of the digital environment. It examines technological consciousness, information culture, and ethical issues. Furthermore, the article discusses the positive and negative aspects of digital transformation from a philosophical perspective, highlighting its influence on individual freedom, data security, human capital development, and social equality. Keywords: digital transformation, philosophy, digital society, information security, labor, creativity, technological consciousness, human capital. KIRISH Raqamli transformatsiya-korxonalarning ish faoliyatini yoki imkoniyatlarini tubdan yaxshilash uchun texnologiyadan foydalanish–butun dunyo bo‘ylab kompaniyalar uchun dolzarb mavzuga aylanmoqda. Barcha sohalardagi rahbarlar analitik, mobillik, ijtimoiy media va aqlli o‘rnatilgan qurilmalar kabi raqamli yutuqlardan foydalanmoqdalar va mijozlar bilan munosabatlarni, ichki jarayonlarni va qiymat takliflarini o‘zgartirish uchun ERP kabi an’anaviy texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirmoqdalar.” [1.https://yashil-iqtisodiyottaraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/1740/1796] Raqamli transformatsiya XXI asrning eng muhim konseptual jarayonlaridan biri bo‘lib, u nafaqat texnologik taraqqiyotni, balki inson ongining, ijtimoiy GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 109 munosabatlarning, madaniy qadriyatlarning tubdan o‘zgarishini anglatadi. Raqamli jamiyat shakllanishi internet, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli texnologiyalar, IoT (Internet of Things) kabi innovatsiyalar asosida rivojlanmoqda. Ushbu jarayonlar jamiyatni yanada globallashgan, tezkor, shaffof va ma’lumotlarga boy muhitga aylantirmoqda. Falsafiy jihatdan qaralganda, raqamli transformatsiya insonning borliqni idrok etish usullariga, mehnat faoliyatiga, jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga, axloqiy qadriyatlarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, insonning real va virtual hayot o‘rtasidagi munosabatlari murakkablashib, yangi ijtimoiy ong shakllari paydo bo‘lmoqda. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, texnologiyalar rivoji shunchaki texnik masala emas, balki inson hayot tarzini o‘zgartiruvchi falsafiyijtimoiy jarayon sifatida baholanishi lozim. ADABIYOTLAR SHARHI (REVIEW OF LITERATURE) Raqamli transformatsiya masalasida G. Simondon, M. Kastels, N. Bostrom, J. Habermas kabi olimlar jamiyatning texnologiyalar ta’siridagi evolyutsiyasi haqida turli yondashuvlarni ilgari surgan. Kastelsning “Axborotlashgan jamiyat” konsepsiyasiga ko‘ra, axborot global iqtisodiyotning asosiy manbai bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar tarmoq (network society) modeli asosida shakllanadi. N. Bostrom esa texnologiyalar insoniyat uchun imkoniyat yaratishi bilan birga, xavfli oqibatlar ham tug‘dirishini ta’kidlaydi. O‘zbekistonda raqamli transformatsiya bo‘yicha ilmiy izlanishlar asosan iqtisodiy va texnologik sohalarga qaratilgan bo‘lsa-da, falsafiy tahlilga oid ishlar so‘nggi yillarda faollashdi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va mehnat sohalarida raqamlashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Adabiyotlarda raqamli transformatsiyaning ijobiy jihatlari – yuksalish, samaradorlik, shaffoflik, kommunikativ imkoniyatlarning kengayishi – batafsil yoritilgan bo‘lsa-da, virtual haqiqatga qaramlik, ma’lumotlar xavfsizligi, ijtimoiy tenglikning buzilishi kabi salbiy jihatlar ham alohida o‘rin tutadi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 110 METODOLOGIYA (METHODS) Maqolamizda quyidagi usullardan foydalanildi. Falsafiy-analitik yondashuv va raqamli transformatsiyaning mohiyatini, inson ongiga ta’sirini, ehtiyojlar va qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlarni falsafiy jihatdan tahlil qilish uchun qo‘llanildi. Raqamli texnologiyalarning jamiyatning turli qatlamlariga ta’siri ijtimoiy jarayonlar kontekstida o‘rganildi. Taqqoslama tahlil orqali an’anaviy va raqamli jamiyat o‘rtasidagi farqlar hamda ularning rivojlanish mexanizmlari solishtirildi. Natijalar (Results) Raqamli transformatsiya falsafiy kategoriya sifatida raqamli transformatsiya quyidagi falsafiy mazmunga ega ekanini ko‘rib o‘tganimizda esa ontologik nuqtai nazar orqali virtual haqiqat yangi “raqamli borliq”ni yaratadi degan xulosa olishimiz mumkin bo‘ladi. Bugungi jamiyatimizda insonning mavjudligi endilikda ikki olam-real va raqamli o‘rtasida kechmoqda. Gnoseologik nuqtai nazar bilan tahlil qilsak, bilim olish jarayoni algoritmlar, sun’iy intellekt, tarmoq tizimlari orqali tezlashmoqda. Aksiologik nuqtai nazar orqali tahlil qilsak qiymatlar transformatsiyasi, raqamli etika, shaxs erkinligi va ma’lumot suvereniteti masalalari kuchaymoqda. Raqamli transformatsiyaning mehnat va ijodkorlikka ta’siri bevosita sun’iy intellekt va avtomatlashtirish mehnatning an’anaviy shakllarini qisqartirmoqda. Ijodiy sohalarda yangi imkoniyatlar raqamli dizayn, media-art, kontent yaratuvchanligi kengaymoqda. Masofaviy ish va gibrid mehnat modeli jamiyatda yangi kasbiy madaniyatni shakllantirmoqda. Ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlarga virtual kommunikatsiya real ijtimoiy aloqalarni qisqartirmoqda. Bu esa onlayn identiklik va “raqamli men” tushunchasi shakllandi. Jamiyatda “raqamli tengsizlik” muammosi kuchayib, texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari turlicha bo‘lib qolmoqda. Axborot xavfsizligi va etika masalalariga oid nuqtaiynazar orqali shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq xavf-xatarlar ortib bormoqda. Bu esa katta ma’lumotlar tahlili orqali inson xatti-harakatlarini boshqarish yoki manipulyatsiya qilish ehtimoli kuchaydi. Raqamli transformatsiyaning ijobiy natijalari esa davlat boshqaruvida GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 111 shaffoflik oshmoqda. Ta’limning sifat ko‘rsatkichlari o‘smokda. Innovatsion iqtisodiyot shakllanmoqda. MUHOKAMA (DISCUSSION) Tadqiqot raqamli transformatsiyaning jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri murakkab va ko‘p qirrali ekanini ko‘rsatdi. Bir tomondan, raqamli texnologiyalar samaradorlikni oshiradi, bilim olishni tezlashtiradi, iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini yaratadi. Boshqa tomondan esa, insonning texnologiyaga haddan tashqari bog‘lanishi, ma’lumotlar xavfsizligi xatarlarining kuchayishi, ijtimoiy munosabatlarning sovuqlashishi kabi muammolar ham mavjud. Falsafiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiyani faqat texnologik jarayon sifatida qabul qilish noto‘g‘ri. U jamiyatning qadriyat tizimini o‘zgartiruvchi chuqur ijtimoiy-madaniy hodisa hisoblanadi. Shu sababli, raqamli transformatsiya jarayonini boshqarishda falsafiy, axloqiy, ijtimoiy omillarni ham inobatga olish zarur. XULOSA Raqamli transformatsiya zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lib, uning falsafiy talqini inson faoliyati, mehnat, madaniyat, axborot ekotizimlari va jamiyatning tuzilishiga ta’sirini chuqur anglash imkonini beradi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar progressning asosiy drayveri bo‘lsada, ularni boshqarish va rivojlantirishda humanistik yondashuv, axloqiy tamoyillar va shaxs manfaatlarini himoya qilish ustuvor bo‘lishi kerak. Raqamli transformatsiyaning barqaror va adolatli rivoji falsafiy refleksiya bilan uyg‘unlashganda, jamiyat uchun keng imkoniyatlar yaratadi. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 3 | ISSUE 17 | 2025 Multidisciplinary Scientific Journal November, 2025 112 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Castells, M. The Rise of the Network Society. Blackwell Publishers, 2010. 2. Bostrom, N. Superintelligence: Paths, Dangers, Strategies. Oxford University Press, 2014. 3. Simondon, G. On the Mode of Existence of Technical Objects. Univocal Publishing, 2016. 4. Toffler, A. The Third Wave. Bantam Books, 1980. 5. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. 6. Habermas, J. The Theory of Communicative Action. Beacon Press, 1984. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari. Raqamlashtirish siyosati bo‘yicha hujjatlar to‘plami.