scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OROL HUDUDI EKOLOGIK KO'RSATKICHLARIDAGI O'ZGARISH NATEJALARINI SPUTNIK SO'NIY YO'LDOSHLI TEXNALOGIYALATI ASOSIDA MANITORING QILISH

Kemal Beyhan; Avelova Nilufar

Full text

66 OROL HUDUDI EKOLOGIK KO’RSATKICHLARIDAGI O’ZGARISH NATEJALARINI SPUTNIK SO’NIY YO’LDOSHLI TEXNALOGIYALATI ASOSIDA MANITORING QILISH Kemal Beyhan “Libanconsult AGM” Loyha raxbari Avelova Nilufar Qarshin Texnika unversiteti: assestinti, DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665059 Annotation. The current environmental crisis on the island, the degradation of vegetation on the island is one of the most pressing issues facing us. For this, first of all, it is necessary to study, analyze and map them. Keywords: GIS technologies, Orol dengizi, rural land, desertification, aerospace photo. Annotatsiya. Hozirgi paytda Orol bо‘yida yuzaga kelgan ekologik inqiroz, Orol bо‘yi о‘simliklari degradatsiyasini yani avvalgi xolicha keltirish oldimizda turgan eng muxum masalalardan biridir. Buning uchun avvalo ularni о‘rganish, taxlil qilish va kartasini tuzish lozim. Kalit suzlar: GIS texnologiyalari, Orol dengizi, qishloq hujalik yerlari, chо‘llanishi, aerokosmik surati. Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda Orol dengizi havzasidagi sug‘oriladigan yerlarining 60% dan ortig‘i shо‘rlangan. Shu bilan birga, sug‘oriladigan qishloq hujalik yerlari maydonlarining shо‘rlanganligi О‘zbekiston bо‘yicha о‘rtacha kо‘rsatgichdan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21.7 % ga, Xorazm viloyatidan 23.9 % ga kо‘pdir. Orolbо‘yida sodir bо‘layotgan ekologik va ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlarni misol qilib keltirish mumkin. Aslini olganda Orol dengizi va Orolbо‘yi hududini ma’lum miqyosdagi qо‘shaloq, bir–biri bilan bog‘liq ikki ekotizim deb qaralsa, inson bilan tabiat о‘rtasidagi о‘zaro munosabat va ta’sirni tо‘lig‘i bilan makroekologik muammo deb qarash maqsadga muvofiq buladi. Chunki bu hudud tabiatning beqiyos darajada о‘zgarishi, ekologik muvozanatning keskin buzilishi, odamlar yashash sharoitining noqulay holga kelishi, tabiiy boyliklarning qashshoqlanishi va boshqa salbiy xususiyatlari ekologogik muommoning tarkib topganini, endilikda shakllanish bosqichlarini о‘tayotganini tasdiqlamoqda. - О‘simliklar kartalarini tuzish metodlari aerokosmik materiallarni о‘rni va ahamiyatini yoritib berish; - GIS texnologiyalarining о‘simliklar degradatsiyasini kartaga olishdagi ahamiyatini о‘rganish; 67 Muammoning о‘rganilganlik darajasi .Ekologlar, yerni masofadan zondlash bо‘yicha mutaxassislar va boshqa tadqiqotchilarning ishlarida uchraydi. Jumladan, xorijiy olimlardan A.N. Zolotokrilin va boshqalar beqarorlashgan hamda chо‘llashayotgan ekotizimlarni о‘rganishga muhim hissa qо‘shgan. Ekotizimlarni kartalashtirish masalalari bilan Y.F.Knijnikov, I.K.Lurye, V.S.Stolbova, xususan, Orolbо‘yi hududlari uchun YE.A.Vostokova, V.I.Kravsova, G.S.Kust, A.V.Ptichnikov va boshqalar shug‘ullangan. Tadqiqot Yangiligi. Janubiy Orolbо‘yi hududida о‘simliklarnining shakllanishi, flora resurslaridan oqilona foydalanish, о‘simlik degradatsiyalanish jarayonining kuchayib borishi, о‘simliklarni rayonlashtirish va о‘simliklar tang hududlarni optimallashtirishning geografik asoslari bо‘yicha olib borilgan ushbu tadqiqotlarning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: - Janubiy Orolbо‘yi hududida о‘simliklarnining degradatsiyalanishi tahlil qilinib, ular bо‘yicha rayonlashtirish ishlari amalga oshirildi; - о‘simlik majmualarini optimallashtirishning geografik asoslari ishlab chiqilib, amaliy tavsiyalar berildi. Tadqiqotning Asosiy mazmuni. Dengizning qurigan qismida Orolqum chо‘li shakllanib, uning maydoni hozirgi kunda 4,5 million gektardan oshib ketdi. Har yili Orol dengizining qurigan tubidan atmosferaga 75 million tonnadan 100 million tonnagacha har hil chang va tuzlar kо‘tariladi. Vozrojdeniye yarim oroli hududidan atmosferaga ammiak va serovodorod konsentratsiyalarining kо‘tarilishi natijasida Orolbо‘yi hududida organik birikmalarning okislanishi va tarqalishi juda xavflidir. Bunga bog‘liq holda о‘simlik va hayvonot dunyosi turlarining soni kamayib, Janubiy Orolbо‘yining ekologik va sanitar holati yomonlashib, chо‘llashish jarayoni jadallashib, ekin maydonlarining ishdan chiqishi va har xil yuqumli kasalliklar kо‘paymoqda. Amudaryo hamda Sirdaryoning quyi va о‘rta oqimlarida yuqori darajada minerallashgan kollektor drenaj suvlarining tashlanishi oqibatida daryo suvi kuchli darajada minerallashib, sanitar holati yomonlashmoqda. Hududda suv resurslarining yetishmasligi natijasida Orol dengizi bilan bir qatorda Amudaryo deltasidagi kо‘plab kо‘llar xam qurib bormoqda. Dengizning qurigan qismida va Amudaryo deltasida bunga bog‘liq xolda chо‘llanish jarayoni boshlangan. Bu yerdagi gidromorfli, yarimgidromorfli tuproqlar avtomorf holatigi о‘zgarib ketgan. Tuproq qoplamining о‘zgarishi natijasida avvalgi gidromorfli va yarimgidromorfli о‘simliklar kseromorfli va galomorfli о‘simliklarga almashgan. Tuproq tarkibi sulfatli va xlorid-sulfatli tipdagi shо‘rlanishdan sulfatli- 68 xloridli va xloridliga о‘zgarib tuzlarning tarqalishi botqoqli tuproqlarda 0,23-0,45% gacha о‘tloqli tupoqlarda 0,23-0,53% dan 0,57-0,82% gacha ekanligi aniqlandi. Bu jarayon gidromorf tuproqlarda ikkilamchi shо‘rlanish bо‘lishiga sharoit yaratadi. Dengizning qurigan qismidan havoga kо‘tarilayotgan chang-tо‘zonlar tarkibida harxil pestitsidlarning borligi juda katta xavf tug‘diradi. Geoekologik kartalarni yaratishda avvalambor hududning aerokosmik suratini olib joyning tabiiy sharoiti va landshaftlari bilan yaqindan tanishish zarur bо‘ladi. Kosmosdan olingan surat asosida hududda bо‘layotgan о‘zgarishlarni tahlil qilib, bir-biri bilan taqqoslashimiz mumkin. Geografik axborot tizimi nati-jalari qanday dara-jada sifatli bо‘lishi aynan mutaxassisni bilim mahoratiga bevosita bog‘liqdir. Shu bilan birga aerokosmik ma’lumotlarni tahlil qilishni va Geografik axborot tizimini natijalari tez yoki sifatli bо‘lishi aynan qanday usullarni qо‘llashiga bog‘liq bо‘ladi. Geografik axborot tizimida axborot yoki ma’lumot tо‘plash jarayoni о‘z ichiga to ma’lumot tо‘plashdan tortib to bu ma’lumotlar ma’lum bir jadvallar tizimiga keltirgunga qadar davom etadi. YA’ni tо‘plangan ma’lumotlar ma’lum bir talablarga javob beradigan bо‘lishi zarur. Sо‘ngra integratsiya jarayoniga ya’ni, ikkinchi darajali ma’lumotlar ustida ishlash, ularni tahlil qilish, ularni manipulyatsiya qilishga о‘tiladi. Ana shu jarayonni qanday tartibda amalga oshirish uchinchi darajali ma’lumotlarni sifatiga ta’sir qiladi. Uchinchi darajali ma’lumotlar bu-realizatsiya jarayoni ya’ni, uchinchi darajali ma’lumotlar bazasini ma’lum bir maqsadlarda ishlatishdir. Qoraqalpog‘istonning geoekologik kartasini tuzishda Geografik axborot tizimi dasturlaridan Arcview 9.2 dasturi aerokosmik ma’lumotlar bilan ishlash uchun mо‘ljallangan bо‘lib, unda aerokosmik suratlar bilan ishlash vositalari mavjud. Arcview 9.2 dasturi aerokosmik suratlarni rastr kо‘rinishidan vektor kо‘rinishiga о‘tkazish mumkin. Orolbо‘yida chо‘llanish alomatlarini deshifrovka qilishning asosini yer yuzi qatlamlari, relef shakllari, о‘simlik qoplami tashkil qiladi. Foto tasvir rangi bо‘yicha ajraluvchi ekotizimni suv bilan ta’minlash darajasi eng oson belgi hisoblanadi. Landshaft komplekslarini foto-fiziologik tahlil qilish asosida, uning turli tiniqlik spektori orqali tabiiy jarayonlar va hodisalarning dinamikasini aniqlash mumkin. Kosmik axborotlar asosida chо‘llanish deshifrovkasi shuni kо‘rsatadiki, rasm tarkibi orqali ma’lum maydonlarda landshaft bо‘laklarini morfologik moslashuvi aniqlanadi. Odatda Orolbо‘yi komosuratlarida aniq bо‘lingan uch yoki tо‘rt rang ajratiladi: bu juda och tusli ranglar, shu bilan birga ular tekis va turli maydonlarda areallar 69 bо‘yicha tarqalgan bо‘lib, oddiy shо‘rxoklarga tegishli (mayin va qobiqli). Och tusdagi ranglar esa odatda yalang‘och chо‘llarga tegishli. Tadqiqot natijalari. Orolbо‘yida chо‘llanish jarayonlari rivojlanishining jadallashuvi munosabati bilan bir qator mavzuli geografik kartalarni tuzish muhim ahamiyatga ega bо‘lib bormoqda. Bunda chо‘llanishning hozirgi holati, paydo bо‘lish omillari, rivojlanish havfi hamda chо‘llanishga qarshi kurashish chora-tadbirlari va boshqalar aks ettiriladi. Kartalardan foydalanish − hududdagi u yoki bu jarayonlarni paydo bо‘lishi haqida sifatli va kо‘plab axborotlar olishning oqilona va samarali usuli. 1-расм.Orolbо‘yida chо‘llanish jarayonlari komosuratlarida tasvirlanish usullari. CHо‘llanish murakkab, kо‘pgina omillarni qamrab olgan tabiiy-geografik jarayon bо‘lib, uning holati, о‘sishi va xavfi tabiiy-antropogen omillar asosida ifodalaniladi. CHо‘llanish tabiiy chegaralangan hudud doirasida va uning majmuasida kо‘plab omillar hamda komplekslar ishtirokida rivojlanadi. Tadqiqot asosan tizimli, ekologik va landshaft yondoshuvi asosida о‘rganiladi. Yuqoridagilardan ma’lumki, GIS real olam haqidagi ma’lumotlarni u yoki bu obektlarning geografik qatlamlarida bajarib, mavzuli qatlamlar tо‘plami shaklida saqlaydi. Hozirgi kunda dunyoning kо‘plab rovojlangan mamlakatlarida GIS texnologiyasidan ilmiy tatqiqotlarda keng faydalanilmoqda. Janubiy Orol bо‘yi о‘simliklari degradatsiyasini о‘rganish va kartasini tuzish о‘sha zamonaviy GIS 70 texnalogiyalari yordamida amalga oshirish ayni muddao. Ishning maqsad doirasi ham, shu jihatlarni qamrab oladi. Kartalarni tuzish bо‘yicha ishlar mazmuni, bajarish usuli, foydalanish uskunasi bilan farqlanuvchi kо‘p jarayonlardan tashkil topgan. Turli jarayonni bajarishda mos ravishda turli malakadagi mutaxassislar birgalikda hamfikrlikda bо‘lishadi. Kartalarni nashrga tayyorlash va ularni nashr qilish jarayonida ishlarni boshqarishni kartaning texnik redaktori, injener kartograf-nashir amalga oshiradi. Aynan biz tuzgan kartaning kartografik ta’minoti va bir qancha ma’lumotlar asnosida kartaning mazmunidan boshlab nashrga tayyorlash ishlarigacha bosqichma-bosqich olib borildi. Kartaning yaratish texnalogiyasi GAT (geografik axborot tizimlari) ning Mapinfo, ArGis hamda Photoshop dasturlari asosida tuzishga erishildi. Xulosa. ArgGis 10.2 dasturida yana bir asosiy bosqichdakarta komponovka (jihozlash) ishlari olib borildi. Ushbu jarayon kartografik jihatdan ajratilgan rayonlarga rang tanlash, kartaning legendasini tuzish, karta ramkasini tanlash, uning nomi va masshtabini joylashtirishdan iborat. Adabiotlar: 1. Berlyant A.M. KartografiY. – M.: Aspekt-Press, 2002. 2. Zaruskaya I.P., Krasilnikova N.V. Proyektirovaniye i sostavleniye kart. Karti prirodi. – M.: MGU, 1989. 3. Mirzaliyev T., Safarov E.Y., Egamberdiyev A., Qoraboyev J.S. Kartashunoslik. – Toshkent.: “CHо‘lpon”, 2012. 4. О‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasini 2012 yildagi ma’lumotlari. 5. Kartografirovaniye prirodnoy sredi i yestestvennix resursov. - M., 6. Karta prirodi v zarubejnix spravochnix atlasax (gosudarstv i regionov) //Trudi SNIIGiK, vip. 125. - M., 1958. 7. Qurbonov E., Qо‘ziyev R., Bо‘riyev X., G‘afurova L. "О‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari va ulardan samarali foydalanishning ilmiy, huquqiy, meyoriy va amaliy asoslari. Toshkent2001. 8. G‘afurova L. Maxsudov X., Namozov X. О‘zbekiston tuproqlaria ulardan samarali foydalanish. T. 2003. Karta tuzishning asosiy bosqichlari quyidagilar: • tahririy-tayyorgarlik ishlari; • tuzish ishlari; • h ishlari; • Jihozlash va nashr • ishlari; • h ishlari;