scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNINI BARTARAF ETISHDA HOZIRGI DAVRDAGI GLOBAL MUAMMOLAR

Nulufar Irnazarova Ismatullayevna

Full text

241 EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNINI BARTARAF ETISHDA HOZIRGI DAVRDAGI GLOBAL MUAMMOLAR Nulufar Irnazarova Ismatullayevna Xalqaro innovatsion universiteti, “Aniq fanlar, yer kadastri va kommunal xo‘jaligi” kafedrasi dosenti, E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665609 Annotasiya: Mazkur maqola ekologik muammolar va uni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda asosan insonnning atrof muhitga ta’sirini to‘g‘ri baholay bilishda yordam beradi. Hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb va yechimini kutayotgan masala haqida fikr yuritiladi. Tabiatni muhofaza qilishda BMT butun dunyoda olib borilayotgan ishlar haqida nazorat qilib borishi ko‘zda tutilgan. Insoniyat hayot faoliyatining eng ilg‘or g‘oyalarining tabiat bilan bog‘liq masalari tezda yechimini topishi zarur masala. Shunining uchun mazkur mavzuda bu fikrlar yuriltilgan. Ushbu materialni chop etishga tadbiq etish zarur dep hisoblaymiz. Kalit so‘zlar: ekologiya, global, issiqxona samarasi, karbonat angidrid, is gazi, xalqaro hamkorlik, BMT, kimyoviy moddalar, iqtisodiy inqiroz. Ekologik muammolar – bu inson faoliyati natijasida tabiiy muhitning buzilishi, tabiiy rasurslarning kamayishi va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi jarayonlardir. Bugungi kunda ekologik inqiroz butun insoniyat uchun eng global muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi davrdagi global ekologik muammolardan biri bu iqlimning o‘zgarishi. Bu jarayonda karbonat angidrid, is gazi va boshqa zaharli gazlarning oshib borishi bilan yer yuzasida “issiqxona samarasi” hosil bo‘lishi, bundan tashqari kimyoviy moddalarning tozalanib ulgurmasdan yana to‘planib qolishi sabab bo‘ladi. Buning natijasida muzliklarning erishi yuzaga kelmoqda. Muzliklarning erishi esa dengiz sathining ko‘tarishi kabi muammolarni yuzaga keltiradi. Chuchuk suv miqdorining kamayishi yuzaga kelmoqda. Hozirgi paytda insoniyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri bu ekologik muammolardir. Fan-taxnika taraqqiyoti, sanoatning jadal rivojlanishi, shaharlarning kengayishi va aholining ko‘payishi tabiatga kuchli bosim o‘rkazmoqda. Natijada havo, suv va tuproqlarning ifloslanishi, o‘rmonlarning kamayishi, iqlim o‘zgarishi kabi muammolar butun dunyoda jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda. Ekologik muammolarning bartaraf etilishida yana bir asosiy masalalrdan biri bu havoning ifloslanishi. Bunda transport vositalari, zavod-fabrikalar, energiya ishlab chiqarish korxonalarining atmosferaga zaharli gazlarni chiqarish, bu global isish, 242 kislotalali yong‘irning hosil bo‘lishi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Inson salomatligi esa bu jarayonda muammoga aylanmoqda. Tuproqlarning ifloslanishi esa unumdorlikning pasayishiga olb keladi. Suv havzalarining ifloslanishi daryo suvlari miqdorining kamayishi, daryoga tashlanayotgan chiqindilar miqdorini oshib borishi natijasida daryo suvlari ham ifloslanib bormoqda. Hozirgi davrdagi kimyoviy moddalar tabiatda ko‘plab ishlatilmoqda. Ayniqsa sanoatda ishlab chiqarishda turli moddalardan foydalaniladi, qishloq xo‘jaligida esa azotli og‘itlar ko‘plab qo‘llanilmoqda, har xil o‘simlikni o‘stiruvchi stimulyatorlar va boshqa moddalardan foydalanish natijasida tabiatda kimyoviy moddalarning oshib borishi kuzatilmoqda. Kun sayin insoniyat suv taqchilligiga ham duch kelayapti. Chunki ichiladigan daryo suvining katta qismi sanoatda qo‘llanilmoqda. Global muamoning yuazaga yuzaga kelishi insonning asl mohiyati bilan yashash tarsi o‘rtasidagi masofa kun sayin kengaya borayotganligi va inson faoliyati, tabiatni mavjud uning qudrati beqiyos darajada ulkan kuch sifatida yer kurrasida namoyon bo‘lmoqda. Haqiqatdan ham kishilik jamiyati hozirgi kunda shunday ishlab chiqarish yaratgak-ki, bu kuch yordamida insoniyat yer bag‘ridan million tonnalab ruda, neft, ko‘mir singari tabiiy qazilmalari bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, qayta ishlash va xalq xo‘jaligining turli sohalarida qo‘llash qudratiga ega. Ekologik sistemalar o‘zining nihoyatda murakkab dinamik hodisalar bilan xarakternib, ular kechikish hodisalari, o‘zgarib turishi, akkumulyativ effektlari, kamchiliklari, ularning o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. Global ekologik muammolarni bartaraf etish uchun Xalqaro hamkorlik suv va havodek muhimdir. 1945 yilda BMT tashkil etish munosabati bilan ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik ushbu xalqaro tashkilot faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida rivojlana boshladi. Hozirda BMT 14 ta ixtisoslashgan tashkilotlaridan 6 tasi atrof-muhit muhofazasiga aloqador masalalar bilan shug‘ullanadi. Hozirgi vaqtda global muammolarning 4 ta guruhi mavjud bo‘lib, bular Xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar: Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bo‘lgan global muammolar; Ijtimoiy sohada vugudga kelgan global muammolar; Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar kabilardir. 243 Tabiatdagi bo‘layorgan ekologik muamolarni bartaraf etishning quyidagi usullari mavjud: Bular jahon hamjamiyatini birlashtirish zarur. Bunda global muammolarga qarshi kurashda barcha davlatlarning hamkorlikda harakati zarur. Keyingi o‘rinda qonunchilikni kuchaytirish zarur bo‘ladi: Bunda ekologik talablarni buzganlik uchun majbutiy javobgarlikni og‘irlashtirish muhim hisoblanadi. Masalan, har bir kesilgan daraxt uchun jarima solinishi va hokazolar. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun choralar yuritish quyidagicha bo‘lishi mumkin. Umumiy ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida atmosfera va gidrosferaga chiqindilar chiqishini chegaralash. Bunday choralar quyidagicha bo‘lishi mumkin: Umumiy ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida tabiat komplekslarini saqlash maqsadida qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar yaratish; Ba’zi turlarni saqlab qolish uchun masalan baliq ovlashni cheklash. Ov qilishni cheklash. Chiqindilar tashlanishini cheklash. Atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ekologiya fani organadi. Ekologiya tabiiy muhitga inson ta’sirining oqibatlarini o‘rganish, tahlil etish va ularni bartaraf etishga yordam beradi. U insonning tabiat bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilib, iqtisodiy, ilmiy va sog‘lomlashtirish jihatlarini aniqlaydi. Masalan, ekologiya sanoatning havoni ifloslantirishi, tabiiy resurslarning kamayishi, iqlim o‘zgarishlari kabi global muammolarni o‘rganadi va ularga yechim topishga harakat qiladi. • Tahlil va tadqiqot bo‘yicha: Ekologiya insonning tabiiy resurslardan foydalanishi, uning atrof-muhitga salbiy ta’siri (havo, suv, tuproqning ifloslanishi) va bu ta’sirlarning oqibatlarini (masalan, ozon qatlamining yupqalashishi, iqlim o‘zgarishlari) o‘rganadi. • Iqtisodiy muammolar bo‘yicha: Ekologiya insonning iqtisodiy faoliyati natijasida yuzaga keladigan resurslarning kamayishi va uning oqibatlarini tahlil qiladi. • Sog‘lomlashtirishga yordam bo‘yicha: Tabiatning salomatlikka ijobiy ta’sirini o‘rganadi va ifloslanish oqibatida yuzaga keladigan sog‘liq muammolarini tahlil qiladi. • Ilmiy asos bo‘yicha: Barcha bilimlarning asosini tashkil etuvchi tabiatni o‘rganish orqali insonning tabiatga ta’siri bo‘yicha ilmiy xulosalar shakllantiradi. • Yechimlar taklif etishda: Ekologiya muammolarni bartaraf etishga qaratilgan yechimlar (masalan, toza texnologiyalardan foydalanish, resurslarni tejash) taklif etadi. 244 Xulosa qilib aytganda, ekologik muammolar dolzarb masala hisoblanib, insoniyat salomatligini saqlashda eng asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Chunki atrofmuhit muammolari butun dunyoda insoniyat oldida turgan muammolardan bo‘lganligi uchun asosiy masalalarni yoritib beradi. Bajarilishi lozim bo‘lgan masalarning asl maqsadi yoritilishi lozimdir. Bunda mana shu masalalalar mavzuda keng yoritildi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. To‘xtayev A., Hamidov A. “Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish” T. ”O‘qituvchi” 1994 yil. 2. Ergashev A., To‘xtayev A., Mavlonov O. “Ekologiya”. Toshkent-2003 yil 3. Odum Y.U. “Osnovyiy ekologi” Moskva 1975 yil 4. Mustafoyev S., Suvonov P., O‘roqov S. “Umumiy ekologiya”. Toshkent-2006 yil