scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHALLIY NO'XAT NAVLARI URUG'LARINING LABORATORIYA SHAROITDA UNISH QUVVATI VA UNUVCHANLIK KO'RSATKICHLARI

Tursunova Muxlisa Kamol qizi

Full text

260 MAHALLIY NO‘XAT NAVLARI URUG‘LARINING LABORATORIYA SHAROITDA UNISH QUVVATI VA UNUVCHANLIK KO‘RSATKICHLARI Tursunova Muxlisa Kamol qizi Qarshi davlat texnika universiteti tayanch doktoranti, E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17665653 Annotatsiya. Maqolada “Obod”, “Malxotra” va “Jahongir” no‘xat navlari urug‘larining 2020–2022 yillardagi laboratoriya sharoitida unib chiqish quvvati va unuvchanligi baholandi. Natijalar barcha navlarda unuvchanlikning juda yuqori (98–99 %) ekanini, unib chiqish quvvati esa 66–68 % diapazonda barqaror saqlanganini ko‘rsatdi. “Jahongir” va “Obod” navlari eng barqaror ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, “Malxotra” navida ayrim yillarda biroz pasayish kuzatildi. Tadqiqot urug‘ sifatini baholash va agrotexnik qarorlar qabul qilishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: no‘xat navlari, unib chiqish quvvati, unuvchanlik, laboratoriya sharoiti, urug‘ sifati, “Obod”, “Malxotra”, “Jahongir”, urug‘ fiziologiyasi, agrotexnik baholash. Аннотация. В статье оценены энергия прорастания и всхожесть семян местных сортов нута «Обод», «Малхотра» и «Джахонгир» в лабораторных условиях за 2020–2022 годы. Результаты показали очень высокую всхожесть (98–99 %) у всех сортов, тогда как энергия прорастания стабильно находилась в диапазоне 66–68 %. Сорта «Джахонгир» и «Обод» отличались наиболее устойчивыми показателями, тогда как у сорта «Малхотра» в отдельные годы отмечено небольшое снижение. Исследование имеет важное научнопрактическое значение для оценки качества семян и принятия агротехнических решений. Ключевые слова: сорта нута, энергия прорастания, всхожесть, лабораторные условия, качество семян, «Обод», «Малхотра», «Джахонгир», физиология семян, агротехническая оценка. Annotatsiya. The article evaluates the germination energy and germination capacity of the local chickpea varieties “Obod,” “Malkhotra,” and “Jahongir” under laboratory conditions during 2020–2022. The results show very high germination rates (98–99%) in all varieties, while germination energy remained stable within the 66–68% range. “Jahongir” and “Obod” demonstrated the most stable indicators, whereas “Malkhotra” showed slight decreases in certain years. The study holds important scientific and practical significance for seed quality assessment and agro-technical decision-making. Keywords: chickpea varieties, germination energy, germination capacity, laboratory conditions, seed quality, “Obod”, “Malkhotra”, “Jahongir”, seed physiology, agro-technical evaluation. No‘xat (Cicer arietinum L.) O‘zbekistonning lalmikor va sug‘oriladigan maydonlarida keng ekiladigan, oziq-ovqat va yem-xashak sifatida yuqori ahamiyatga ega dukkakli ekinlardan biridir. Urug‘ning laboratoriya sharoitida unib chiqish quvvati va unuvchanligi ushbu madaniyatning keyingi rivojlanish bosqichlarini, ayniqsa shoxlanish, gullash, dukkak hosil qilish va yakuniy don hosildorligini 261 bevosita belgilovchi omildir. Shuning uchun ilmiy-tadqiqot ishlarida urug‘larning biologik xossalarini chuqur baholash, navlararo farqlarni aniqlash va urug‘ sifatining barqarorligini o‘rganish muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. No‘xat g‘ovak, qumoq, yengil sho‘rlangan tuproqlarda ekiladi. Qora, bo‘z, kashtan tuproqlarda yuqori hosil olinadi. No‘xat issiqsevar o‘simlik, ammo urug‘i 2– 5°C da unib chiqadi. Urug‘i past haroratda sekin o‘sadi, ammo chirimaydi. Maysa 7– 10°C sovuqqa chidaydi. No‘xat gullash va meva shakllanish davrida issiqlikka talabchan. Dukkakli ekinlar orasida no‘xat nisbatan qurg‘oqchilikka chidamli. No‘xat tuproq va havoda namlik yetishmasa ham noqulay sharoitga bardoshliligi yuqori o‘simlik hisoblanadi. Bu faqat ildizining rivojlanganligiga emas, shuningdek, no‘xatning suvni tejab ishlatishiga ham bog‘liqdir. Namlik me’yordan ortiq bo‘lsa no‘xat kasallanadi, shona va guli to‘kiladi. Hosil olingan yili no‘xatning urug‘i yaxshi unib chiqadi, ikkinchi va uchinchi yili unuvchanligi pasayadi. No‘xat o‘zidan changlanadi. Guli shonalash davrida changlanadi, so‘ngra guli ochiladi. O‘suv davri 60–120 kun davom etadi[1; 185-b.]. Lalmikor sharoitda no‘xat urug‘ining unib chiqish energiyasi yuqori bo‘lib, tuproq harorati 14–16°C bo‘lganda eng yaxshi natijalar ko‘rsatilgan. Unib chiqish jarayonining samaradorligi tuproqda saqlanadigan namlik miqdoriga bog‘liq. Namlik miqdori 60–65% bo‘lganida unib chiqish yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan. [2; 5-9b.]. Tuproq harorati va namlik darajasi no‘xat urug‘ining unib chiqish jarayonida muhim omillardandir. Optimal harorat 16–18°C bo‘lib, bu haroratda unib chiqish foizi maksimal bo‘ladi. Unib chiqish jarayonining tezligi 45–50% darajasida bo‘lsa, urug‘larning faol unib chiqishi boshlanadi[3; 33–36-b]. Quyida 2020–2022 yillarda olingan ma’lumotlar asosida mahalliy “Obod”, “Malxotra” va “Jahongir” navlari urug‘larining laboratoriyada unib chiqish quvvati hamda unuvchanligi chuqur ilmiy tahlil qilindi. Tadqiqotda har bir nav bo‘yicha I–IV namunalar alohida uch yil davomida o‘rganildi. Mahalliy no‘xat navlari urug‘larining sifati, ayniqsa ularning unib chiqish quvvati va unuvchanligi, kelgusi vegetatsiya davridagi o‘simliklarning bir maromda rivojlanishi va yakuniy hosildorlikni belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. 2020–2022 yillardagi laboratoriya tajribalarida “Obod”, “Malxotra” va “Jahongir” navlari bo‘yicha o‘tkazilgan baholash natijalari urug‘larning biologik faoliyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi. “Obod” navida unib chiqish quvvati 2020–2022 yillarda mos ravishda 67,0; 66,8 va 67,8 % ni tashkil etib, o‘rtacha uch yillik ko‘rsatkich 67,2 % ga teng bo‘ldi. 262 Variantlar kesimida qiymatlar 65–68 % oralig‘ida tebrangan bo‘lib, bu urug‘larning yetarli fiziologik pishganligini ko‘rsatadi. Eng yuqori ko‘rsatkich IV namunada (68 %) qayd etilgan bo‘lsa, eng past qiymat 2021 yildagi IV namuna uchun 65 % ni tashkil etdi. Unuvchanlik ko‘rsatkichlari esa ancha yuqori va barqaror bo‘lib, uch yillik o‘rtacha 98,7 % ni tashkil etdi. Yillar kesimida 98,5–98,8 % oralig‘idagi farq urug‘larning deyarli to‘liq biologik qobiliyatga ega ekanini tasdiqlaydi. I namuna 99 % bilan eng yuqori natijani ko‘rsatgan bo‘lsa, III namuna ozgina pastroq — 98,3 % darajada bo‘lgan. Umuman olganda, “Obod” navi unuvchanligi yuqori, unib chiqish quvvati esa o‘rtacha darajada bo‘lib, dalada bir maromda ko‘karish uchun yetarli hisoblanadi. 1-jadval Mahalliy no‘xat navlari urug‘larining laboratoriya sharoitida unib chiqsh quvvati va unuvchanligi, % Namunalar soni Yillar Unib chiqish quvvati, o‘rtachasi, % Yillar Unuvchanlik, O‘ rtachasi, % 2020 2021 2022 2020 2021 2022 “Obod” navi I 66,0 68,0 67,0 67,0 99 99 99 99,0 II 67,0 66,0 68,0 67,0 99 98 99 98,7 III 67,0 68,0 68,0 67,7 98 98 99 98,3 IV 68,0 65,0 68,0 67,0 99 99 98 98,7 O‘rtacha 67,0 66,8 67,8 67,2 98,8 98,5 98,75 98,7 “Malxotra” navi I 66,0 67,0 67,0 66,7 98 97 99 98,0 II 65,0 66,0 68,0 66,3 97 99 99 98,3 III 67,0 68,0 68,0 67,7 99 97 98 98,0 IV 67,0 65,0 68,0 66,7 98 99 98 98,3 O‘rtacha 66,3 66,5 67,8 66,8 98,0 98,0 98,5 98,2 “Jaxongir” navi I 67,0 68,0 67,0 67,3 99 99 98 98,7 II 68,0 66,0 68,0 67,3 99 99 98 98,7 III 67,0 68,0 68,0 67,7 98 98 99 98,3 IV 68,0 66,0 68,0 67,3 99 97 99 98,3 O‘rtacha 67,5 67,0 67,8 67,4 98,8 98,25 98,5 98,5 263 “Malxotra” navi bo‘yicha unib chiqish quvvati yillar kesimida 66,3; 66,5 va 67,8 % bo‘lib, o‘rtacha 66,8 % ni tashkil etdi. Denovlashtirilgan (I–IV) namunalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar 65–68 % oralig‘ida bo‘lib, bu navning urug‘lari sifat jihatidan nisbatan barqarorligini ko‘rsatadi. Unib chiqish quvvati bo‘yicha sezilarli yillik farqlanish kuzatilmagan, bu esa mazkur nav urug‘larining ekologik omillarga nisbatan chidamli ekanini bildiradi. Unuvchanlik bo‘yicha “Malxotra” navi 2020–2022 yillarda mos ravishda 98,0; 98,0 va 98,5 % ni tashkil etdi. O‘rtacha uch yillik natija 98,2 % ga teng bo‘lib, yuqori biologik faollikni ko‘rsatadi. Unuvchanlik bo‘yicha II va IV namunalar 98,3 % bilan eng yaxshi natijani bergan bo‘lsa, I va III namunalar 98 % bilan nisbatan pastroq bo‘ldi. “Jahongir” navi unib chiqish quvvati bo‘yicha eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan navlardan biri bo‘lib, yillar kesimida 67,5; 67,0 va 67,8 % ga teng bo‘ldi. O‘rtacha qiymat 67,4 % bo‘lib, ushbu nav bo‘yicha I–IV namunalar orasidagi farq juda kichik (67,3–67,7 %) bo‘lgan. Bu nav urug‘larining bir jinsliligi, morfobiologik barqarorligi va pishish jarayonining bir maromda kechishini tasdiqlaydi. Unuvchanlik natijalari ham yuqori darajada bo‘lib, 98,8; 98,25 va 98,5 % ni tashkil etgan. O‘rtacha 98,5 % ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bu nav urug‘lari yuqori biologik potentsialga ega. I va II namunalar 98,7 % bilan nisbatan yaxshi natijani ko‘rsatgan bo‘lsa, III va IV namunalar 98,3 % bilan bir oz pastroq, ammo barqaror natijani qayd etgan. Unuvchanlik ko‘rsatkichlari barcha navlarda juda yuqori, 98,2–98,7 % oralig‘ida bo‘lib, biologik jihatdan to‘laqonli urug‘lar shakllanganini ko‘rsatadi. Shuningdek, yuqori unuvchanlik barcha navlarda saqlanish texnologiyasi to‘g‘ri bo‘lganini bildiradi. Unib chiqish quvvati bo‘yicha eng yuqori natija “Jahongir” navida (67,4 %) qayd etilgan bo‘lsa, eng past natija “Malxotra” navida (66,8 %) kuzatilgan. Ammo farq katta emas (0,6 % atrofida), bu navlar o‘rtasida urug‘ning fiziologik faolligi birbiriga yaqin ekanini bildiradi. “Obod” navi unuvchanlik bo‘yicha eng yuqori natija (98,7 %) ni ko‘rsatib, sifat jihatdan yetakchi navlardan biri sanaladi. Yillar kesimidagi farqlanish juda kichik, bu esa ob-havo va saqlanish sharoitlarining mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaganini anglatadi. Xulosa. 2020–2022 yillardagi laboratoriya tajribalari natijalari shuni ko‘rsatadiki, mahalliy no‘xat navlari – “Obod”, “Malxotra” va “Jahongir” urug‘lari yuqori unuvchanlik va qoniqarli unib chiqish quvvatiga ega. Unuvchanlikning 98 % 264 dan yuqori bo‘lishi ushbu navlar urug‘larining yuqori biologik sifatga ega ekanini, unib chiqish quvvatining 66–68 % diapazoni esa ularning dalada yetarli darajada bir maromda ko‘karish imkonini beradi. Ayniqsa, “Jahongir” va “Obod” navlari urug‘larining barqaror ko‘rsatkichlari ularni lalmikor va sug‘oriladigan sharoitlarda keng ekish uchun qulayligini tasdiqlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Atabayeva X.N., Xudayqulov J.B. Donli ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari: darslik. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. – 185 b 2. Mirzayev M. Lalmikor sharoitda no‘xat urug‘ining o‘tishi va uning rivojlanishida agrotexnik omillarning ta’siri // Agroilmiy tadqiqotlar jurnali. – Samarqand agrar universiteti, 2020. – B. 5–9 3. Abdurashidov Sh. O‘zbekiston sharoitida donli dukkakli ekinlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. – 2008. – B. 33–36.