scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DO'STINGIZGA QARZ BERGANMISIZ…? UNI QANDAY UNDIRIB OLISHNI BILMAYAPSIZMI?

Ibodullayev Zuxriddin Zikrillayevich,

Abstract

Qarz berish — bu bir shaxsning boshqasiga ma’lum miqdordagi pul yoki moddiy boylikni vaqtincha foydalanish uchun topshirishi va uni belgilangan muddatda qaytarib olishga doir moliyaviy munosabatdir. Ushbu jarayon ikki tomonning o‘zaro ishonchi, majburiyatlari va kelishilgan shartlarga asoslanadi. Qarz berish iqtisodiy faoliyatning muhim ko‘rinishi bo‘lib, uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari hamda yirik moliyaviy institutlar o‘rtasida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, qarz berish foizli yoki foizsiz bo‘lishi, uni rasmiylashtirish esa yozma shartnoma orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu mavzuda qarz munosabatlarining mazmuni, tamoyillari va asosiy shartlari yoritib beriladi.

Full text

Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 175 DO‘STINGIZGA QARZ BERGANMISIZ…? UNI QANDAY UNDIRIB OLISHNI BILMAYAPSIZMI? Ibodullayev Zuxriddin Zikrillayevich, Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq vaqiyosiy huquqshunoslik talabas i Annotatsiya: Qarz berish — bu bir shaxsning boshqasiga ma’lum miqdordagi pul yoki moddiy boylikni vaqtincha foydalanish uchun topshirishi va uni belgilangan muddatda qaytarib olishga doir moliyaviy munosabatdir. Ushbu jarayon ikki tomonning o‘zaro ishonchi, majburiyatlari va kelishilgan shartlarga asoslanadi. Qarz berish iqtisodiy faoliyatning muhim ko‘rinishi bo‘lib, uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari hamda yirik moliyaviy institutlar o‘rtasida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, qarz berish foizli yoki foizsiz bo‘lishi, uni rasmiylashtirish esa yozma shartnoma orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu mavzuda qarz munosabatlarining mazmuni, tamoyillari va asosiy shartlari yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: qarz, qarz berish, pul muammosi, muddat, foiz. Hozirgi kunda tanish-bilish, qo‘shni yoki qarindoshlarga pul qarz berish holatlari juda ko‘p uchraydi. Ko‘pincha bunday hollarda “ishonch” asosida, hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan qarz beriladi. Ammo keyinchalik qarz o‘z vaqtida qaytmasa, uni undirish juda mushkul bo‘lib qoladi. Shu bois, bugun siz bilan tilxatsiz qarzning huquqiy oqibatlari va uni undirish tartibi haqida gaplashamiz. Qarz berish — bu bir shaxs (yoki tashkilot) ikkinchi shaxsga ma’lum bir miqdordagi pul yoki mol-mulkni vaqtincha foydalanish uchun berishi va keyinchalik uni qaytarib olishi shart bo‘lgan moliyaviy munosabatdir. Keling birinchi “Qarz shartnoma”si haqida qisqacha bilib olamiz, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 732-moddasida keltirilganidek, Qarz shartnomasi boʻyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib, oʻshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 735-moddasiga ko‘ra, Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart. Agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa, qarz Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 176 oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qoʻygan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida qaytarishi kerak. Foizsiz qarz summasi qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. Foiz evaziga berilgan qarz summasi, agar qarz shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa yoki qarz beruvchining roziligi bilan, muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. Tilxat — bu oddiygina, lekin yuridik kuchga ega hujjat. Unda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: • qarz beruvchi va oluvchining F.I.Sh.; • qarz summasi; • qarz berilgan sana; • qaytarish muddati; • tomonlarning imzolari. Bu ma’lumotlar keyinchalik sudda isbot sifatida qabul qilinadi. Tilxatsiz qarz: isbotlash mushkul, ammo imkonsiz emas Agar siz qarzni hech qanday yozma hujjatsiz, faqat og‘zaki ravishda bergan bo‘lsangiz — bu holatda ham ba’zi isbot vositalaridan foydalanish mumkin. Masalan: • Guvohlarning ko‘rsatmalari ham e‘tiborga olinadi, ammo ular mustaqil dalil sifatida yetarli bo‘lmasligi mumkin. • Bank yoki elektron to‘lov tizimi orqali o‘tkazilgan pul (hisob raqamida “qarz” degan izoh bo‘lsa, bu katta dalil); • Telefon yozishmalari, SMS yoki ijtimoiy tarmoqlardagi chatlar — sudda qo‘shimcha isbot sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Shunga qaramay, tilxatning yo‘qligi sizning pozitsiyangizni ancha zaiflashtiradi. Qarz undirish tartibi Agar qarzdor pulni o‘z vaqtida qaytarmasa, quyidagi bosqichlar tavsiya etiladi: 1. Og‘zaki eslatma va kelishuvga urinish. Ba’zan tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin. Vol.3 №11 (2025). November Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 177 2. Yozma talabnoma (pretensiya) yuborish. Qarz summasi, muddat va to‘lov muddati ko‘rsatilgan holda. 3. Sudga da’vo arizasi topshirish. o Da’voga dalillar (tilxat, pul o‘tkazmalari, yozishmalar, guvoh ko‘rsatmalari) ilova qilinadi. o Sud qaror chiqargach, ijro hujjati asosida majburiy undirish amalga oshiriladi. Huquqshunoslarning tavsiyasi – Hech qachon “ishonch” asosida katta miqdordagi pulni tilxatsiz bermang. – Agar tanish yoki qarindosh bo‘lsa ham, oddiy yozma tilxat tuzib oling — bu sizni noxush vaziyatlardan himoya qiladi. – Elektron to‘lov orqali qarz berayotgan bo‘lsangiz, to‘lov maqsadida “qarz berish” deb yozing - bu sudda muhim dalil bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki qarz berish — ishonch masalasi, ammo huquqiy jihatdan ham himoyalanish zarur. Tilxatsiz qarz berish sizni yuridik jihatdan zaif holatga soladi. Agar qarz qaytmasa, uni undirish uzoq, murakkab va ba’zan imkonsiz bo‘lishi mumkin. Shu sabab, har qanday moliyaviy munosabatni huquqiy shaklda mustahkamlash eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Lex.uz https://lex.uz/ 2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi https://lex.uz/mact/-111189