ONA TILI VA ADABIYOTI TA'LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Full text
321 ONA TILI VA ADABIYOTI TA’LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNING ZAMONAVIY USULLARI Ismoilova Gulchexra Ahmadovna Qarshi transport va servis texnikumi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17667196 Annotatsiya: Ushbu ma’ruzda ona tili va adabiyoti darslarini zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirish, nutq madaniyatini rivojlantirish va adabiy-estetik dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli vositalar, dars jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar, elektron ta‘limiy resurslar va ularga qo‘yiladigan talablar, bu boradagi xorij tajribasi haqida ma’lumot olish, axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur konikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi haqida ilmiy xulosalar berilgan. Shuningdek, elektron ta’lim resurslar va interaktiv platformalar yordamida dars jarayonini takomillashtirishning metodik asoslari yoritiladi. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, elektron ta’lim resurslari, pedagogik dasturiy vositalar, interaktiv metodlar, elektron darslik, multimedia, ta’lim sifati, innovatsion texnologiyalar, raqamlashtirish jarayoni, metodik talablar, didaktik yondashuv, ijodiy tafakkur. Bugungi globallashuv va raqamlashtirish jarayonida ta‘lim tizimining barcha bo‗g‗inlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish dolzarb masalaga aylandi. O‗zbekiston Respublikasining -Harakatlar strategiyasida - Fan va ta‗lim yo‗nalishida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda har bir ta‗lim beruvchining oldiga dunyoga yangi ko‗z bilan qaraydigan, uddabron, ishning ko‗zini biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasi qo‗yildi. Bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda o‗qitish amaliyotiga zamonaviy va jahonning ilg‗or ta‘lim texnologiyalarini qo‗llashni davr taqozo etmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining - O‗zbekiston Respublikasida - Elektron ta‘lim milliy tizimini yaratish, investitsiya loyihasini amalga oshirish choratadbirlari to‗g‗risida 2012-yil 16-apreldagi PQ–1740-son qarori ta‘lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan xabardor bo‗lishga zamin yaratdi[1]. Ta‗limda zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi pedagogni o‗quv jarayonidata‗lim vositalari asosida faoliyat doirasining cheklanishiga emas, balki uning vazifalari va rolining o‗zgarishiga, pedagogik faoliyatning mukammallashuviga olib keladi. Endi pedagog: - o‗quv kurslari dizayneri-yaratuvchisi; - o‗qitish metodlari bo‗yicha maslahatchi;
322 - kompyuter - o‗quv kurslarini interaktiv taqdim etish bo‗yicha mutaxassis; - ta‘lim natijalarini nazorat qilish usullari bo‗yicha mutaxassis bo‗lishi talab etiladi[7]. Ona tili va adabiyot darslarida elektron ta‗lim resurslari, videolavhalar animatsiyalar, elektron matnlar, ovozli obrazlardan (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar), multimedia materiallaridan foydalanish ta‗lim sifatini oshirish omillaridir. Shu asosda o‗qituvchi elektron ta‗lim resurslarini tayyorlovchi dasturlar haqida ma‗lumotga ega bo‗lishi va bu dasturlarni amaliy jarayonda foydalana olishi zarur. Agar yangi mavzuga oid - taqdimotlarni pedagogik dasturiy vosita sifatida qarasak, uni tayyorlashga qo‗yiladigan talablarni o‗rganishimiz maqsadga muvofiqdir. 1.Didaktik talablar – ilmiylik, tushunarli, qat‘iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikdapedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o‗quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta‗minlash. 2.Metodik talablar - o‗quv mavzusining o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olish,axborotni zamonaviy metodlari asosida taqdim etish, o‗zaro bog‗liqlikdagi texnologiyani nazarda tutadi. 3.Psixologik talablarda - idrok etish, xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologikxususiyatlarini hisobga olish. 4.Estetik talablar - tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o‗lchami, rangi),bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi. Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‗rsatmali material sifatida foydalanish, o‗quv materialining animatsiyalar shaklida berilishi o‗tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‗rgazmalilikni oshiradi. Slaydlarni tayyorlashda shriftlarga, shriftlarning minimal balandligiga, ranglarning didaktik funksiyasiga va ranglarni ishlatishga, rang ta‗siriga, slaydlarni ishlatish usullariga va slaydlarning mantiqiy harakatlarga mosligiga taalluqli eslatmalar o‗ziga xos e‗tiborni talab etadi. Chunki slaydlar ta‗lim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi[8]. Bugungi kunda umumta‗lim maktablarining ona tili va adabiyoti darsligi asosidayaratilgan elektron ta‗lim resurslari talab darajasida emas. Ayniqsa, 9,10,11sinf ona tili va adabiyot darsliklari uchun axborot texnologiya dasturlari mavjud emas. Shundan kelib chiqib, ona tili va adabiyot o‗qitishda yangi elektron resurslarni yaratish muammosini atroflicha hal etish uchun kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari doirasida tadqiqot ishlari olib borilishi kechiktirib bo‗lmaydigan vazifalardan biridir. Shuningdek, mohir metodist, tajribali fan
323 o‗qituvchilari, iqtidorli talabalarning jalb qilinishi ham bu muammoni yechishga xizmat qiladi. Ta‗lim samaradorligiga ta‗sir etuvchi axborot texnologiyalari - taqdimotlar, videodarslar, interaktiv-audeo mashqlar, test topshiriqlari, elektron lug‗atlarning namunalarini tayyorlash loyihalari ishlab chiqilishi zarur. Bu esa o‗z navbatida, Microsoft Word, Microsoft Power Point, Ispring, Microsoft Office Publisher, HotPotatoes, Adobe Photoshop, CorelDraw, AutoPlay Media va boshqa amaliy va mualliflik dasturlari imkoniyatlarini chuqur o‗rganishni talab qiladi [2]. Bu dasturlar asosida elekrton darsliklar, multimedia ishlanmalari, elektron boshqotirmalar,elektron kitoblar, elektron testlar, virtual lobarotoriya, virtual muzeylar yaratish imkoniyati katta. Jumladan, Ispring xalqaro dasturidan foydalanib, umumta‗lim fanlari uchun test topshiriqlarining 10 dan ortiq turini ishlab chiqish mumkin. Ispring Suite dasturi o‗zida Ispring Pro, Ispring QuizMaker va Ispring Kinetics dasturlarini jamlagan [3]. Bunda elektron kitobcha, elektron katolog, aqdimot, multimedia materiallari tayyorlash mumkin. O‗zbek filologiyasi, O‗zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqichida o‗qitiladigan ―Dasturlash asoslari va zamonaviy axborot texnologiyalari‖ modulida aynan shunday xalqaro ta‗limiy dasturlar haqida nazariy ma‗lumotlar beriladi va amaliy ko‗nikmalar hosil qilinadi[4]. Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti natijasida har bir fan doirasida qo‗llaniladigan maxsus saytlarning imkoniyatlaridan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi[5]. Axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan elektron darsliklar, video ma‘ruzalar va raqamli adabiyotlar o‗quvchilarning fan bo‗yicha qiziqishini oshiradi. Bu esa o‗qituvchi faoliyatini yengillashtirib, ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi[6]. Xulosa qilib aytganda, o‗zbek tili va adabiyoti ta‗limida qo‗llanilishi mumkin bo‗lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanni o‗qitish metodikasida muhim o‗rin tutadi. O‗zbek tili va adabiyoti ta‗limida zamonaviy axborot texnologiyalarini o‗zlashtirish dars jarayonida qo‗llaniladigan pedagogik dasturiy vositalar, elektron ta‗limiy resurslar va ularga qo‗yiladigan talablar, bu boradagi chet el tajribasi haqida ma‗lumot olish, axborot asri sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‗nikmalarni, ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ona tili va adabiyoti fanini o‗qitishda axborot texnologiyalarini qo‗llash - bu nafaqat dars samaradorligini oshirish, balki o‗quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va tahlil ko‗nikmalarini rivojlantirishga yordam beruvchi zamonaviy
324 yondashuvdir. Shunday ekan, pedagoglar raqamli texnologiyalarni o‗quv jarayoniga to‗g‗ri integratsiya qilish bo‗yicha o‗z malakasini muntazam oshirib borishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PQ–4447-son ―Raqamli O‗zbekiston–2030‖ strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi qarori. 2. G. Xolmurodova, (2022). Axborot texnologiyalari va ularning ta‘lim tizimidagi o‗rni. Toshkent: Fan nashriyoti. 3. M. Qodirova, (2021). Ona tili o‗qitish metodikasi: interaktiv yondashuvlar. Samarqand: SamDU nashriyoti. 4. N. Turaboeva, (2020). Ta‘limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‗qituvchi. 5. 5.UNESCO (2023). ICT in Education: A Framework for Teachers. Paris: UNESCO Publishing. 6. D. Karimova, (2024). ―Raqamli vositalar yordamida adabiyot darslarini tashkil etishning samarali usullari.‖ Ta‘lim va innovatsiyalar jurnali, №3, 45–49-betlar. 7. Г.Н. Грачева Традиционное мировоззрение охотников Таймыра (на материалахнганасан XIX — начала XX в.). Л., 1983, с.56. Gracheva G.N. 1983, The traditional worldview of hunters of Taimyr (based on Nganasan materials of the 19th - early 20th centuries). 8. Е.М. Мелетинский Первобытные истоки словесного искусства / Ранние формыискусства. М., 1972, с.185; (Meletinsky E.M. 1972,The primitive origins of verbal art / Earlyforms of art. M., p. 185;)