Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 42 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17667905 O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIK TA’LIM TARBIYANI RIVOJLANTIRISH A.I.Xayitbayev Geografiya fanlari falsafa doktori(PhD) Qadamova Noila Hikmat qizi Urganch Davlat Pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi(geografiya)1-kurs magistranti ANNOTATSIYA Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’lim va tarbiyaning dolzarbligi, ustuvor yo‘nalishlari, bugungi kundagi holati va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahli qilinadi. Maqolada ekologik ta’limning maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’lim muassasalarigacha bo‘lgan barcha bosqichlardagi ahamiyati, amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlarning samaradorligi, xalqaro tajribalar asosida mahalliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunlar, davlat dasturlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik tarbiyani targ‘ib qilishdagi roli hamda ommaviy axborot vositalarining vazifalari yoritiladi. Maqola ekologik ong va madaniyatni shakllantirish orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lida qo‘yilgan takliflar bilan yakunlanadi. Kalit so‘zlar:Ekologik ta’lim,Ekologik tarbiya,Atrof-muhitni muhofaza qilish, Ekologik madaniyat, Barqaror rivojlanish, Ekologik ong, Tabiatni muhofaza qilish siyosati, O‘zbekiston, Xalqaro ekologik tajriba, Ekologik loyihalar АННОТАЦИЯ
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 43 В данной статье анализируются актуальность, приоритетные направления, современное состояние и перспективы развития экологического образования и воспитания в Республике Узбекистан. В статье освещается значение экологического образования на всех уровнях — от дошкольного до высшего, эффективность практико-ориентированных программ, а также возможности адаптации международного опыта к местным условиям. Кроме того, рассматриваются законы, государственные программы, роль негосударственных некоммерческих организаций в продвижении экологического воспитания и задачи средств массовой информации. Статья завершается предложениями, направленными на достижение целей устойчивого развития через формирование экологического сознания и культуры. Ключевые слова: экологическое образование, экологическое воспитание, охрана окружающей среды, экологическая культура, устойчивое развитие, экологическое сознание, природоохранная политика, Узбекистан, международный экологический опыт, экологические проекты. ANNOTATION This article analyzes the relevance, priority directions, current state, and future development prospects of environmental education and upbringing in the Republic of Uzbekistan. The article highlights the significance of environmental education at all levels, from preschool to higher education, the effectiveness of practice-oriented programs, and the possibilities of adapting international experience to local conditions. In addition, it examines environmental protection laws, state programs, the role of non-governmental organizations in promoting environmental upbringing, and the functions of mass media. The article concludes with proposals aimed at achieving sustainable development goals through the formation of ecological awareness and culture. Keywords: environmental education, environmental upbringing, environmental protection, ecological culture, sustainable development, ecological awareness,
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 44 environmental policy, Uzbekistan, international environmental experience, environmental projects. Atrof-muhit muammolari tobora keskinlashib borayotgan zamonamizda ekologik ta’lim va tarbiyaning ahamiyati butun dunyoda jadal sur’atlar bilan o‘smoqda. O‘zbekiston ham, qurg‘oqchilik, suv tanqisligi va sho‘rlanish kabi jiddiy ekologik muammolarga duch kelayotgan mintaqada joylashganligi sababli,yosh avlodning ekologik ongini shakllantirish muhim strategik vazifaga aylangan. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’lim va tarbiyaning bugungi holati, uning qiyosiy tahlili, ustuvor yo‘nalishlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqsadimiz-mamlakatimizda ekologik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularning samaradorligi va ustidan ko‘rilishi lozim bo‘lgan qadamlar haqida ilmiy asoslangan xulosalar va takliflar ishlab chiqish.Respublikamizda ekologik tanglik va uning oqibatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, shuningdek,barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirish yo‘lida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, tabiiy resurslardan foydalanishning hozirgi sur’atlari saqlanib qolgan taqdirda, ularning zahirasi yaqin yillarda tugashi mumkin, bu esa muqobil energiya manbalaridan foydalanishni jadal rivojlantirishni dolzarblashtirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 27-maydagi 434-sonli qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi»ni tasdiqladi. Ushbu hujjat uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishning asosiy tamoyillarini belgilab, ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga izchillik bilan bosqichma-bosqich tatbiq etishni maqsad qilgan. Konsepsiyaga muvofiq, O‘zbekistonda ekologik ta’lim quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda maktabdan tashqari ta’lim.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 45 Hozirgi kunda O‘zbekistonda ekologik ta’lim sohasida bir qator muammolar mavjud. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan ekologiya o‘quvining majburiyligiga oid talablar barcha turdagi ta’lim muassasalarida yetarli darajada bajarilmayapti.O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. 2024-yil sentabr oyida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bir qator xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.Ekologik tarbiyani shakllantirishda uning barcha fanlar va ta’lim bosqichlari bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega. Bu borada ma’lum darajada ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda yana ko‘p ishlar qilinishi lozim. Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining asosiy maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ong va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat Bu esa nafaqat atrof-muhit muammolarini bartaraf etish, balki mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonning Koreya Respublikasi, Marokash Qirolligi, Gruziya va Misr kabi davlatlar bilan ekologiya sohasidagi hamkorligi mamlakatimizda ekologik ta’lim va texnologiyalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Xususan, KEITI (Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti) bilan qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyiha muvaffaqiyatli yakunlangan.Konsepsiya qabul qilinganiga qaramay, ekologik ta’limning amaliyotda samarali joriy etilmasligi asosiy muammolardan biridir. Buning sabablari qatoriga moliyaviy resurslarning cheklanganligi, malakali kadrlar yetishmasligi va metodik adabiyotlarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligini kiritish mumkin.Ekologik ta’limni samarali tashkil etish uchun zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv uskunalari va didaktik materiallar muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ko‘plab ta’lim muassasalarida ushbu resurslar yetarli darajada mavjud emas.O‘zbekiston ekologik ta’lim sohasida ilg‘or xorijiy tajribalardan keng foydalanishi lozim. Gruziya bilan
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 46 ekologiya sohasida oliy ta’lim borasidagi hamkorlik bu yo‘lda qilinayotgan ijobiy amaliyotdir. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti («Green University») ni tashkil etish g‘oyasi ekologik ta’limni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.Ekologik ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, onlayn platformalar va interfaol usullardan foydalanish samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi.Ekologik ta’lim sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini doimiy oshirib borish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun nafaqat mahalliy, balki xalqaro dasturlar va treninglardan foydalanish tavsiya etiladi.Ekologik tarbiyani targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, aholi orasida ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish lozim. Ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirishda davlat organlari bilan nodavlat, notijorat tashkilotlarining o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash samaradorlikni oshiradi. O‘zbekistonda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, buning asosida bir qator amaliy natijalarga erishildi. “Yashil makon” loyihasi doirasida 2025-yilning birinchi yarmida mamlakat boʻyicha 137 million tup koʻchat ekildi, 130 ming gektar maydonda oʻrmon barpo etildi va qayta tiklandi -Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi 44 ta sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunalari modernizatsiya qilindi yoki yangilari o‘rnatildi. -Ekologik monitoring tizimi kuchaytirildi. Jumladan, Toshkent shahriga7 ta yangi avtomatik atmosfera havosi monitoring stansiyasi o‘rnatildi. -2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini oshirish konsepsiyasiqabul qilindi. Unga ko‘ra, 1,9 million talabada va davlat organlari xodimlarining 90% ida ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsad qo‘yilgan -Mamlakatning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ekologik tozalik texnologiyalariga jalb qilingan investitsiyalar hajmini kengaytirish. 2025-yilning
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 47 birinchi yarim yilida atrof-muhit sohasiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 78,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Mamlakatimizda ekologik ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirishni maslahat beramiz -“Green University” (Yashil Universitet) tashkil etish va oliy ta’lim muassasalarida ekologik ta’limni integratsiyalash orqali yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish. -Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ekologik ta’lim-tarbiya tajribasidan foydalanish. -Xalqimizga o‘zlarining madaniy, ijtimoiy,ekologik,diniy qarashlari va urfodatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog‘larning go‘zalligi, shu hududda o‘suvchi daraxtlar,umuman florasi, ularning inson hayoti va salomatligidagi ahamiyatini tushuntirish, yosh avlodda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish ishlari olib borish. Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekistonda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish nafaqat atrof-muhit muammolarini yengillashtirish, balki mamlakatning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashning muhim omilidir. Buning uchun qonuniy bazani takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, moddiytexnik bazani yaxshilash va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borish talab etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi «2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ-184-sonli Qarori. 2.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. (2025).2025-yilning birinchi yarmi: O‘zbekistonda ekologik o‘zgarishlar jadallashmoqda. gov.uz
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 13 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Noyabr, 2025 48 3.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi. (2025).2025-yilning birinchi yarmida ekologiya sohasida qanday ko‘rsatkichlar qayd etildi?. gov.uz 4.Abdullayeva, M. T. L., & Maqsudova, G. M. (2021). Ekologik Ta’lim Va Tarbiyada Xorijiy Tajriba. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural And Social Sciences, 1(10), 159-165. 5.Xamidova, G. (2023). Maktabgacha Yoshdagi Bolalarga Ekologik Ta’lim Berishning Vazifalari.Maktabgacha Ta’lim Jurnali, 3(2). 6.Jabborova, K. M. (2000).Maktabgacha Yoshidagi Bolalarga Ekologik Ta’limTarbiya Berishning Uziga Xosligi. Toshkent. 7.Markovskaya, M. M. (1991). Bolalar Bog‘chasida Tabiat Burchagi. Toshkent: «O‘qituvchi». 8. https://lex.uz/uz/docs/-4354743