scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YETAKCHILIK VA TRENER ROLINING GURUHNI O'ZARO HAMKORLIKDA ISHLASH JARAYONLARIGA TA'SIRI

Turemuratova Aziza Begibaevna; Tleumuratova Aysara; Muratbaeva Umida; Boranbaeva Balsulu

Abstract

Mazkur tadqiqotda yetakchilik va trener rolining guruhni o’zaro hamkorlikda ishlash jarayonlariga ta’siriga oid psixologik treninglarni tashkillashtirish jarayonlarida guruhlar bilan ishlashning ilmiy-psixologik nazariyalari, guruhda samarali muloqotni tashkil etish qoidalari, ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi, Shuningdek, ijtimoiy-psixologik holatlarni boshqarish tamoyillari keng tahlil qilinadi.Psixologiyada guruhli treninglarning samaradorligi ko‘p jihatdan ishtirokchilarning o‘zaro ishonchi, xavfsiz kommunikativ muhit, individual va kollektiv faoliyatni uyg‘unlashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lgan holda, bu tezis aynan shu omillarni ilmiy nuqtai nazardan asoslab beradi.

Full text

2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 222 YETAKCHILIK VA TRENER ROLINING GURUHNI O’ZARO HAMKORLIKDA ISHLASH JARAYONLARIGA TA’SIRI Turemuratova Aziza Begibaevna Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti. [email protected] Tleumuratova Aysara Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Muratbaeva Umida Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Boranbaeva Balsulu Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17669207 Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda yetakchilik va trener rolining guruhni o’zaro hamkorlikda ishlash jarayonlariga ta’siriga oid psixologik treninglarni tashkillashtirish jarayonlarida guruhlar bilan ishlashning ilmiy-psixologik nazariyalari, guruhda samarali muloqotni tashkil etish qoidalari, ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi, Shuningdek, ijtimoiy-psixologik holatlarni boshqarish tamoyillari keng tahlil qilinadi.Psixologiyada guruhli treninglarning samaradorligi ko‘p jihatdan ishtirokchilarning o‘zaro ishonchi, xavfsiz kommunikativ muhit, individual va kollektiv faoliyatni uyg‘unlashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘lgan holda, bu tezis aynan shu omillarni ilmiy nuqtai nazardan asoslab beradi. Kalit so’zlar: Psixologik tadqiqotlar, psixolog trener, psixologik treninglar, kolloborativ ta’lim, guruhli treninglar, talabalar jamoasi. THE IMPACT OF LEADERSHIP AND THE ROLE OF THE TRAINER ON THE PROCESSES OF GROUP COLLABORATION Abstract. This study provides information on scientific and psychological theories of working with groups, the rules for organizing effective communication in a group, the mechanisms of interaction of participants in the process of organizing psychological training, the influence of the role of the leader and trainer on the processes of interaction in a group, and also provides an extensive analysis of the principles of managing socio-psychological situations. Since the effectiveness of group training largely depends on the mutual trust of participants, a safe communicative environment, and the ability to combine individual and collective activities, this thesis substantiates these factors from a scientific point of view. Keywords: Psychological research, psychological trainer, psychological training, collaborative learning, group training, student team. Kirish Yetakchilik va trener rolining guruhni o’zaro hamkorlikda ishlash jarayonlari psixologik treninglar zamonaviy psixologik amaliyotda inson salohiyatini ochish, shaxslararo munosabatlarni mustahkamlash, psixologik muammolarni yechish va ijtimoiy moslashuvni yengillashtirishda keng qo‘llanilayotgan samarali usullardan biridir. Ayniqsa, guruh shaklidagi treninglar – bu nafaqat individual, balki kollektiv ong va xatti-harakatlarni o‘zgartirish, ijtimoiy tajriba 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 223 almashinuvi, hamkorlik madaniyati, empatiya va muloqotni rivojlantirish imkonini beruvchi psixologik maydon hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, psixologik treninglarda guruhlar bilan ishlash nafaqat texnik jihat, balki murakkab psixologik jarayon bo‘lib, o‘ziga xos qoidalar va mexanizmlarga asoslanadi. Guruh bilan ishlashda birinchi navbatda psixologik xavfsizlik muhitini shakllantirish zarur. Trening ishtirokchilari faqat o‘zlarini baholanmaslik, tanqid qilinmaslik, fikrlari inkor etilmaslik kafolatini his qilgan taqdirdagina, o‘z emotsiyalari, tajribalari va qarashlarini erkin ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuning uchun trener guruhda axloqiy mezonlar asosida maxfiylikni ta’minlash, mulohaza qilishda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va samimiylik tamoyillariga qat’iy rioya qilinadigan ijtimoiy-psixologik muhitni barpo etishi shart. Har bir ishtirokchining o‘z shaxsiy fikrini bildirishi, tajriba almashishi va boshqalarni tinglashi psixologik treningning asosiy natijalaridan biri – o‘z-o‘zini anglash va boshqalarni tushunish darajasini oshiradi. Zamonaviy psixologik amaliyotda trenerning o‘z-o‘zini nazorat qilishi nafaqat individual refleksiyaning mahsuli, balki trenerlik identifikatsiyasini shakllantiruvchi markaziy omil sifatida ham qaraladi. Trener o‘zini qanday tasavvur qilsa, qanday vazifani o‘z zimmasiga olgan deb hisoblasa, uning barcha qaror va xatti-harakatlari ana shu ichki identifikatsiya asosida shakllanadi. Shu bois, trening jarayonida murabbiy o‘z rolini aniq belgilashi, “trener – guruh lideri – ko‘makchi – kuzatuvchi” rollari orasida vaziyatga mos tarzda harakat qila olishi zarur. Agar trener bu rollar o‘rtasida chalkashlikka yo‘l qo‘ysa, ishtirokchilar o‘zlarini psixologik jihatdan yo‘naltirilmagan va noaniq muhitda his qila boshlaydilar. Bu holat esa guruh dinamikasini susaytiradi va trening samaradorligini pasaytiradi. Yana bir asosiy qoidalardan biri – bu “feedback” (aloqa) madaniyatini shakllantirishdir. Trening jarayonida har bir ishtirokchining nutqiga yoki harakatiga nisbatan bildirilgan izohlar konstruktiv, ijobiy, shaxsiyatga qaratilmagan va o‘rgatuvchan bo‘lishi kerak. Feedback o‘zaro muloqotda ochiqlikni kuchaytiradi, ishonchni mustahkamlaydi, shaxsiy o‘sish uchun rag‘bat beradi. Shu sababli trenerlar ishtirokchilarga “men-habar” (ya’ni “men shunday his qildim...”) modelidan foydalanishni o‘rgatishlari muhim. Treningda samarali guruh ishining yana bir tamoyili bu — guruh dinamikasini boshqarishdir. Guruhdagi har bir ishtirokchi o‘z psixologik roli, holati va ehtiyojlari bilan bu dinamikaning ajralmas qismidir. T. Nyuman va K. Loflinlar tomonidan ishlab chiqilgan “guruh rivojlanish bosqichlari” nazariyasiga ko‘ra, har bir guruh birinchi bosqichda “yo‘l izlash”, ikkinchi bosqichda “zidlik”, uchinchi bosqichda “normallashuv”, so‘ngra “faoliyat”, va nihoyat “yakuniy refleksiya” bosqichlaridan o‘tadi. Trener har bir bosqichda yuzaga keladigan psixologik holatlarni oldindan bilishi, ular bilan ishlash usullariga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, treninglar doirasida guruh ichidagi roli va statuslarni muvozanatlashtirish zarur. Guruhda dominanta (ustun) shaxslar va aksincha, o‘z fikrini aytishga tortinadiganlar bo‘lishi tabiiy. Trenerning vazifasi – barcha ishtirokchilarning fikrlarini bir xil qadrlash, ularni teng darajada faoliyatga jalb etish va hech kim o‘zini chetda qolgan deb his qilmasligini ta’minlashdir. Psixologik jihatdan bu “guruh iqlimi” deb nomlanadigan tushunchaga borib taqaladi. Ijobiy iqlim bo‘lishi uchun guruhda ishonchli, iliq, samimiy va do‘stona aloqalar bo‘lishi kerak. Nihoyat, treningning asosiy maqsadi — bu refleksiyani uyg‘otish, ya’ni ishtirokchilarning o‘zlaridagi ruhiy o‘zgarishlarni anglashiga ko‘maklashishdir. Har bir mashg‘ulot yakunida “men nimani o‘rgandim?”, “nima meni o‘ylantirdi?”, “qanday his qildim?” kabi savollar orqali ishtirokchilar o‘z fikr va tuyg‘ularini 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 224 anglaydilar. Bu refleksiya orqali shaxsiy o‘sish, o‘z-o‘zini boshqarish va ijtimoiy muvofiqlik rivojlanadi. Psixologik treninglarda guruh bilan ishlash samaradorligini belgilovchi omillardan yana biri bu – ko‘p darajali identifikatsiya va introjektsiya jarayonlaridir. Ushbu psixodinamik jarayonlar orqali ishtirokchilar trening davomida o‘zlarini boshqa guruh a’zolari bilan qiyoslaydilar, ularning fazilatlari, emotsional reaksiyalari va qaror qabul qilish usullarini ruhiy jihatdan ichki dunyosiga “singdiradi”. Bu holat psixologik ta’sirchanlikni kuchaytiradi, yangi ijtimoiy rollarni sinab ko‘rish va o‘z-o‘zini yangilashga olib keladi. Ayniqsa, bu holat yoshlar va yetuklik yoshidagi ishtirokchilar orasida tez-tez kuzatiladi. Trenerning vazifasi – bu jarayonlarni boshqarish, noto‘g‘ri identifikatsiyadan saqlanish, individual chegaralarni himoya qilish va sog‘lom psixologik “men” konsepsiyasini mustahkamlashdir. Shuningdek, guruh bilan ishlashda metakommunikatsiya fenomeni ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Bu atama ostida nafaqat aytilgan gaplar, balki mimika, tana holati, tovush ohangi, pauzalar va ko‘z qarashlari orqali beriladigan ruhiy ma’lumotlar tushuniladi. Trening jarayonida metakommunikativ signallar ko‘pincha ishtirokchilarning ichki qarshiliklarini, ichki ziddiyatlarini yoki aksincha, ishonch va samimiylikni ifodalaydi. Trener bu noverbal belgilarni sezish, talqin qilish va ular asosida muhokamani rivojlantirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Chunki ba’zan aytilmagan, lekin sezilgan hissiyotlar guruhdagi dinamikani tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin . Psixologik treninglar samaradorligining kaliti – bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan, metodik jihatdan asoslangan va bosqichma-bosqich rejalashtirilgan ish rejasi bilan ishlashdir. Har qanday trening jarayoni faqatgina interaktivlik va emotsional ta’sir bilan emas, balki chuqur nazariy bilim, psixologik sezuvchanlik va uslubiy tahlil orqali mustahkamlanadi. Uslubiy muammolarni oldindan aniqlab, ularga mos yechimlar ishlab chiqish, trening dizaynini ishtirokchilarning ehtiyoj va psixotiplariga moslashtirish bugungi zamonaviy psixologik treninglarning eng dolzarb vazifasidir. Trenerlar esa nafaqat bilimli, balki refleksiv va adaptiv psixologik yetakchilar bo‘lishi kerak. XULOSA Xulosa qilib aytganda, yetakchilik va trener rolining guruhni o’zaro hamkorlikda ishlash jarayonlariga psixologik treninglarda guruhlar bilan ishlash psixologik bilim, pedagogik sezuvchanlik, yuqori darajadagi muloqot ma’daniyati va individual yondashuvni talab etadi. Trening samarasi ko‘p jihatdan ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, xavfsiz muhit va faol ishtirokga bog‘liq. Trener uchun esa eng muhim vazifa — bu guruh ichida konstruktiv, o‘zgarishga ochiq, psixologik jihatdan qulay ijtimoiy maydon yaratishdir. Bu orqali trening nafaqat shaxsiy o‘sish, balki jamiyatda psixologik ma’daniyatni rivojlantirish vositasi sifatida qaraladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Turemuratova, Aziza, Rita Kurbanova, and Barno Saidboyeva. "EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY." Modern Science and Research 2.10 (2023): 318-322. 2. Turemuratova, Aziza, Zuxra Palvanova, and Laura Kazakbaeva. "RULES FOR THE TRAINER'S SELF-CONTROL WHEN CONDUCTING PSYCHOLOGICAL TRAINING." Modern Science and Research 4.6 (2025): 312-313. 2025 NOVEMBER NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 225 3. Turemuratova, Aziza, Amina Turganbayeva, and Kundiz Allambergenova. "PSIXOLOG TRENERNING KASBIY KO’NIKMALARI VA PSIXOLOGIK SALOHIYATINI OSHIRUVCHI AMALIY TRENINGLAR." Modern Science and Research 4.4 (2025): 884-890. 4. Turemuratova, Aziza, Ziyra Kalilaeva, and Gulayim Xojanova. "IMPROVING THE PROFESSIONAL SKILLS OF A PSYCHOLOGIST-TRAINER AND DEVELOPING A METHODOLOGY FOR PSYCHOLOGICAL TRAINING." Modern Science and Research 4.4 (2025): 782-787. 5. Turemuratova, Aziza, Turgʻanbay Kaypnazarov, and Atabek Embergenov. "PSIXOLOGIK TRENINGLARDA GURUHLAR BILAN ISHLASHNING ASOSIY TALABLARI HAQIDA MAʼLUMOTLAR." Modern Science and Research 4.4 (2025): 224-228. 6. Turemuratova, Aziza, Fatima Jumabaeva, and Farida Allambergenova. "PSIXOLOGIK TRENINGNI O ‘TKAZISHDA TRENERNING O ‘ZO ‘ZINI NAZORAT QILISH QOIDALARI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 229-233. 7. Turemuratova, Aziza, Atabek Gulimbetov, and Gulirano Xelalova. "THE CONCEPT OF PSYCHOLOGICAL TRAINING GROUPS AND ORGANIZING PSYCHOLOGICAL TRAINING FOR STUDENT GROUPS." Modern Science and Research 4.4 (2025): 117123. 8. Turemuratova, Aziza, Kamila Jaqsilikova, and Gulbanu Mamutova. "STUDENTLER TOPARLARINDA TRENIN’DI SHÓLKEMLESTIRIW QAǴIYDALARI HÁM PSIXOLOG-TRENERDIŃ SHESHENLIK SHEBERLIGI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 194-200. 9. Turemuratova, A. B. "TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Inter education & global study 3.4 (2025): 242250. 10. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 11. Sagindikov D. J. ANALYSIS OF DEVELOPMENT FACTORS AND HIGH SPIRITUALITY IN NEW UZBEKISTAN //Академические исследования в современной науке. – 2024. – Т. 3. – №. 33. – С. 69-73.