Full text
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 107 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. AGRAR SEKTORNI OPTIMAL RIVOJLANTIRISHNING XAVFSIZLIK DARAJASI MEZONLARI VA KO‘RSATKICHLARI Ibragimov Nodir Nusriddinovich i.f.f.d, PhD, dotsent, Qarshi davlat texnika universiteti, Axborot texnologiyalari va tizimlari kafedrasi Email: Nodirnusriddinov[email protected] Tel:+998 91 956 31 31 Annotatsiya. Ushbu maqolada agrar sektorni optimal rivojlantirish jarayonida xavfsizlik darajasini baholovchi mezonlar va ko‘rsatkichlar tizimi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda agrar tarmoqning iqtisodiy barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, resurslardan samarali foydalanish darajasi hamda ekologik muvozanatni ta’minlashga oid indikatorlarning kompleks bahosi yoritilgan. Maqolada iqtisodiy xavfsizlik, oziq-ovqat mustaqilligi, investitsion faollik, ishlab chiqarish samaradorligi, demografik yuklama va agrar bozor barqarorligi kabi mezonlar asosida tarmoqning xavfsizlik darajasi qayd etiladi. Shuningdek, yer va suv resurslari holati, mahsulot narxlarining o‘zgaruvchanligi, agrar klasterlarning faoliyati, texnologik yangilanish va ishlab chiqarish risklari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning integrallashgan tahlili amalga oshiriladi. Kalit so‘zlar. Agrar sektor, optimal rivojlanish, iqtisodiy xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, xavfsizlik mezonlari, indikatorlar tizimi, resurslardan samarali foydalanish, agrar barqarorlik, investitsion faollik, qishloq xo‘jaligi samaradorligi. KIRISH. Oziq-ovqat muammosi, ehtimol, insoniyat oldida turgan barcha muammolarning eng qadimiyidir. Globallashuv sharoitida aholini barqaror oziq-ovqat bilan ta’minlash dunyo rivojlanishining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Yetarli darajada oziq-ovqat ta’minoti va muvozanatsiz ovqatlanish, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, ularning sog‘lig‘i, jismoniy ko‘rsatkichlari, kasalliklarga chidamliligi, zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarish jarayonlariga moslashishi va turmush tarziga salbiy ta’sir qiladi. Hozirgi kunda dunyoda qashshoqlik va to‘yib ovqatlanmaslik kabi muammolarga nisbatan jamoatchilik fikri kuchaygan bo‘lib, jahondagi oziq-ovqat inqirozlari oziq-ovqat narxlarining keskin ko‘tarilishini keltirib chiqarmoqda, buning natijasida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qashshoqlik va ochlikdan qutulish jarayoni to‘xtab, uy xo‘jaliklarining real daromadlarini hech bo‘lmaganda minimal chegarada bo‘lsa ham ushlab qolish so‘ngra, uni oshirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shunday qilib, oziq-ovqat doimo tirikchilik vositalarining zaruriy va tortishuvsiz qismi sifatida ishlaydi hamda uning tanqisligining u yoki bu sabablarga ko‘ra ko‘payishi haqli ravishda uni bartaraf etish uchun samarali siyosiy hamda iqtisodiy yechimlarni talab qiladigan dolzarb muammo sifatida qabul qilinadi.
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 108 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. ADABIYOTLAR SHARHI. Braziliyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning yuqori darajasi mamlakat aholisining katta qismi uchun oziq-ovqat mahsulotlariga yetib bo‘lmaydigan hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan aholining muhim qismining real daromadlarining pastligi bilan birlashtirilishi mumkin. Bu borada 2020 yil 16 oktabrda Hukumat soya doni, unlari va moylari importi tariflarini 2021 yil 15 yanvargacha va makkajo‘xori doni importi uchun tariflarni 2021 yil 31 martgacha, 2020 yil 9 sentabrdan shu yil 31 dekabriga qadar guruch importi uchun bojlarni to‘xtatib qo‘ydi. Ushbu chora milliy ta’minotni kuchaytirish va narxlar oshishini cheklashga qaratilgan[1]. Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish muammolari asosan import hisobiga hal etiladi, chunki yuqori texnologiyalarga yo‘naltirilgan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish siyosati muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlari importi innovatsion tovarlarni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumlari bilan to‘liq ta’minlanadi. Bu borada Yaponiyaning iste’mol qilingan kaloriya miqdoriga asoslangan oziq-ovqat bilan o‘zini o‘zi ta’minlashi 2010 yilda atigi 39 foizni tashkil etib, qolgan kaloriyalarning 61 foizi import qilingan oziq-ovqat mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligi eng qizg‘in bahsmunozaralarga aylandi va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi vazirligi Yaponiyaning maqsadini «barcha fuqarolarga hozir va kelajakda sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan oqilona narxlarda foydalanish imkoniyatini berish» deb belgilab qo‘ydi[2]. Albatta, rivojlangan davlatlar tajribasiga asoslanib, aholini havfsiz, sifatli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadiga erishish uchun unga ta’sir qiluvchi omillarni muhokama qilish lozim. Shunda biz rivojlangan davlatlar duch keladigan muammolarni va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi yondashuvi qanday yo‘nalishlarga ega bo‘lishi kerakligini aniqlash imkoniga ega bo‘lamiz. Ta’kidlash joizki, importni cheklash aholining bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasini pasaytirishi mumkin. Bunday sharoitda bizningcha, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari assortimentining maksimal xilma-xilligi uchun harakat qilishimiz kerak. Albatta, bu orqali zamonaviy texnologiyalar va fermerlik usullari bilan importga bog‘liqlikni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Yaponiya tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, davlatning katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarini mustaqil ravishda ishlab chiqarish qobiliyati oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlay olmaydi, ammo oziq-ovqat mustaqilligi masalasini hal qiladi, bu esa o‘zining barqaror va xilma-xil oziq-ovqat ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi[5]. METODOLOGIYA. Bugungi kunda dunyoda oziq-ovqat muammosining asosiy sabablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: demografik vaziyat; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslarning kamayishi; iste’mol tarkibini o‘zgartirish; oziqovqat yo‘qotilishi va oziq-ovqat chiqindilari; bioyoqilg‘i; oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlarining ko‘tarilishi; inqirozlar, nizo va mojarolar. Keltirilgan muammolarni bartaraf etishda avvalambor, manfaatdor tomonlarni
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 109 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. global, mintaqaviy hamda mamlakat darajalarida muvofiqlashtirish strategiyasini belgilash va ochlikka qarshi kurashda ikki tomonlama yondashuvni ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘lib, buning uchun bir qator tamoyillarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan, birinchisi oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha milliy rejalarni ishlab chiqishga sarmoya kiritish. Ikkinchi tamoyil ushbu faoliyatni global, mintaqaviy va milliy darajalarda strategik muvofiqlashtirishni nazarda tutish. Uchinchisi - oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha kompleks yondashuvga erishish. To‘rtinchidan, ushbu muammo bilan shug‘ullanadigan ko‘plab ijtimoiy institutlarning roli va samaradorligini oshirish. Va nihoyat, beshinchi strategik maqsad sheriklarning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligiga ko‘p yillik investitsiyalar uchun shart-sharoitlarni ta’minlash majburiyati. Ta’kidlash joizki, gumanitar ta’minot, imtiyozli bog‘langan kreditlar va xalqaro iqtisodiy yordamning boshqa shakllari oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun to‘siq bo‘lishi mumkin. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tashqi sabablar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: dunyo bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarini mamlakat uchun zarur bo‘lgan hajm va assortimentlarda sotib olishning jismoniy qobiliyatsizligi; import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini jahon bozorida importchilar va iste’molchilar uchun narxlar darajasining juda yuqoriligi; mamlakatda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga jahon narxlarining keskin ko‘tarilishi va natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilarni eksportga yo‘naltirish, bu ichki bozorda tegishli oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligiga olib kelishi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish mahsulotlarining narxlarining keskin pasayishi va natijada mahalliy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun iqtisodiy muammolarni yuzaga kelishi; ichki oziq-ovqat bozorini himoya qilish darajasi pasayganda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini texnik nazorat qilish tizimlari bo‘yicha paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning muammolari. TAHLIL VA NATIJALAR. Bu borada Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlardan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishda bojxona va tariflarni tartibga solish nuqtai nazaridan ham, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining assortimenti, yuqori sifati va xavfsizligi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi hududida oziq-ovqat mahsulotlarini olib o‘tishda bojxona to‘siqlarining yo‘qligi bilan ta’minlanadi[4]. Oziq-ovqat xavfsizligining liberal va proteksionistik tushunchalari o‘rtasidagi ziddiyat juda shartli, chunki qancha mamlakatlar o‘zlarining oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga qodir bo‘lsa, dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi holati shunchalik yaxshi bo‘ladi. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash, bir tomondan, aholining oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish barqarorligi bilan belgilanadi, ya’ni: Oziq-ovqat xavfsizligining liberal va proteksionistik tushunchalari o‘rtasidagi ziddiyat juda shartli, chunki qancha mamlakatlar o‘zlarining oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga qodir bo‘lsa, dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi holati shunchalik yaxshi bo‘ladi. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash, bir tomondan,
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 110 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. aholining oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish barqarorligi bilan belgilanadi, ya’ni: oziq-ovqatning jismoniy mavjudligi, bu butun mamlakat bo‘ylab istalgan vaqtda kerakli oraliq oziq-ovqat mavjudligini anglatadi; oziq-ovqat mahsulotlarining iqtisodiy jihatdan qulayligi, bu daromad darajasi, odamning ijtimoiy mavqei va yashash joyidan qat’i nazar, unga faol hamda sog‘lom turmush tarzini saqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga imkon beradi; oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, to‘liqligi va muvozanati, bu oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida sog‘liq uchun xavfsiz, parhezbop, yuqori kaloriya va oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mikroelementlar hamda yetarlicha vitaminlar bo‘lishi kerak. Ikkinchi tomondan, oziq-ovqat xavfsizligi darajasi oziq-ovqat mahsulotlarining zarur sug‘urta zaxiralari va yetishmayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish, mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan valyuta zaxirasini yaratish bilan tavsiflanadi, bu esa milliy xavfsizlikning muhim element hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar to‘plami, balki milliy va jahon iqtisodiyotining umumiy holati bilan ham ta’minlanadi. Ta’kidlash joizki, har qanday jarayonda ma’lum bir mezon mavjud bo‘lganidek, oziq-ovqat havfsizligida ham ma’lum bir mezonlar mavjud bo‘lib, ularning bir-biri bilan bog‘liqligini quyidagi 1-rasmda keltirilgan mexanizmdan ko‘rish mumkin[6]. MUHOKAMA. Mamlakatdagi oziq-ovqat xavfsizligining umumiy ahvolini aholi jon boshiga o‘rtacha ko‘rsatkichlar yordamida baholash mumkin. Shu bilan birga, ushbu yondashuv mamlakatning butun aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga erishish uchun batafsilroq o‘rganish, tahlil qilish va vakolatli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etmaydi. 1-rasm. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi mezonlari va ularning bog‘liqligi mexanizmi
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 111 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish qobiliyati asosan aholi daromadlari darajasiga bog‘liq ekanligi sababli, turli xil ijtimoiy toifadagi diyetalar sezilarli darajada farq qiladi. MDH mamlakatlaridagi daromadlar bandlik sohasi, daromad manbai (ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar va boshqalar), yashash joyiga qarab aholining o‘nlik guruhlari tomonidan sezilarli darajada farqlanadi. Oziq-ovqat iste’molidagi eng katta qarama-qarshiliklar daromad darajasi bo‘yicha taqsimlangan uy xo‘jaliklarining birinchi va o‘ninchi detsil guruhlari o‘rtasida ya’ni, aholining eng qashshoq va boy qatlamlari o‘rtasida kuzatiladi. Aholining shahar va qishloq joylarida yashash joyiga qarab oziq-ovqat iste’mol qilish darajasida ham sezilarli farq kuzatiladi. Energiya qiymati jihatidan shahar aholisining ovqatlanishidan ustun bo‘lgan qishloq aholisining ratsioni, qoida tariqasida, iste’mol qilingan hayvonot manbalaridan olingan qimmatbaho mahsulotlar, shuningdek, meva va rezavorlar hajmi jihatidan kam. XULOSA. Respublikaning alohida hududlarida diyetaning energetik qiymati, oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini iste’mol qilish hajmi va tuzilishi, uy xo‘jaliklarining umumiy iste’mol xarajatlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlarining ulushi bo‘yicha mintaqaviy farqlar mavjud. Shuningdek, uy xo‘jaliklari daromadlarida oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishdagi tengsizlik tufayli kuchaygan sezilarli tarmoq tengsizligi mavjud. Jamiyatning daromad darajasi bo‘yicha tabaqalanishi mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladi va shuning uchun uni oziq-ovqat iste’mol qilish darajasi bo‘yicha daromad guruhlari yordamida baholash ham oziq-ovqat xavfsizligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimini tuzish bo‘yicha ishlarning jihatlaridan biridir. Iqtisodiy ma’noda oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi asosan aholining turmush darajasi bilan belgilanadi, chunki bu, xususan, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni tovar va xizmatlar bozoridagi takliflar asosida odamlarning real daromadlari orqali qondirish imkoniyatidir. Aholining barcha qatlamlari sog‘lom hayot kechirishlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘lishlarini ta’minlashda ehtiyotkorlik bilan tayyorlangan xavfsizlik va himoya tarmoqlariga shoshilinch ehtiyoj bor. Umuman olganda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi sektorining o‘sib borayotgan talabga javob berishi uchun uni kuchaytirish hamda ishlab chiqarishini rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Buning uchun cheklangan yer resurslaridan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish orqali mamlakatda oziq-ovqat ishlab chiqarishni kengaytirish oziq-ovqat xavfsizligi muammolariga barqaror yechim topishga qaratilgan siyosat, strategiya va dasturlarning asosi bo‘lishi kerak. Fikrimizcha, mamlakatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarining yuqori narxlari va hukumat tomonidan beriladigan imtiyozlardan imkon qadar samarali foydalanish lozim. Bu nafaqat hozirgi kunda yuz berayotgan
“Innovations in Science and Technologies” илмий-электрон журнали ISSN: 3030-3451. 2 / 2025 йил. www.innoist.uz 112 Innovations in Science and Technologies, 10-сон. 2025 йил. inqirozga qarshi kurashish nuqtai nazaridan, balki oziq-ovqat, ozuqa va bioyoqilg‘i ishlab chiqarishga bo‘lgan talabning ortib borishiga javob berish hamda kelajakda shunga o‘xshash inqirozlarning takrorlanishining oldini olishda ham muhimdir[7]. Mamlakatda yuzaga kelgan qashsholik va ochlikni kamaytirish, hozirgi tashvishli tendensiyalarni bartaraf etish bo‘yicha muhim natijalarga erishish uchun avvalambor, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kerak. Buning uchun dunyodagi ko‘plab dehqon - fermerlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kengaytirishga yordam beradigan imkoniyatlar yaratilishi kerak. Qishloq xo‘jaligining o‘sishini qashshoqlikni kamaytirish omiliga aylantirish, qishloq xo‘jaligida yuzaga keladigan tarkibiy cheklovlarni olib tashlashni anglatadi, bu ayniqsa agrar iqtisodiyotdagi millionlab ishlab chiqaruvchilar uchun muhimdir. Bu xususiy infratuzilma uchun qulay muhit yaratish uchun qishloq infratuzilmasi va asosiy xizmatlarga - yo‘llar, sug‘orish, oqava suvlarni yig‘ish, saqlash joylari, so‘yish, baliq ovi joylari va kredit, shuningdek elektr energiyasi, maktablar hamda sog‘liqni saqlash xizmatlariga davlat tomonidan maqsadli yo‘naltirilgan investitsiyalarini ko‘paytirishni talab qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Rules and procedures on importing products into the EU, tariff information, information on customs duties, requirements for live animal and fish imports. https://ec.europa.eu/info/business-economy-euro/trade-non-eu-countries/importeu_en 2. Brazil removes import tariffs on maize, soybeans, soy meals and soy oils 22/10/2020, http://www.fao.org/giews/food-prices/food-policies/detail/en/c/1319840/ 3. Yinzhe Piao, Linan Zhong (2021). Research on the teaching method of econometrics. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 7 No. 10, 2019. ISSN 2056-5852 4. Wooldridge, J. M. (2020), Introductory Econometrics: A Modern Approach, Fifth Edition. South-Western 5191 Natorp Boulevard Mason, OH 45040 USA. 5. N.N.Ibragimov. Mintaqada agrar sektorni optimal rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida), Monografiya, Urganch: Khwarezm publication, 2025 6. N.N.Ibragimov Mamlakatimizda agrar siyosatni amalga oshirishning ilmiy, nazariy va amaliy yo'nalishlari//“Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi” ilmiyamaliy jurnal. – Xiva, 2025. – № 9.