Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 597 YOSHLARDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH YO’LLARINI IZLASH Mirzaakbarova Nodira Namangan Davlat Universiteti, 1-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17675275 Annonatsiya. Ushbu ilmiy ish yoshlar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishning zamonaviy yo‘llarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari, ta’lim muassasalarida va oilada huquqiy bilimlarni shakllantirish usullari, ommaviy axborot vositalari hamda raqamli platformalarning yoshlar huquqiy madaniyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy va xalqaro tajriba asosida huquqiy targ‘ibotning samarali mexanizmlari, yoshlarni huquqbuzarlikning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik choralar ham atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni yuksaltirish, ularni huquq va majburiyatlarni ongli ravishda anglashga undash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Tayanch so‘zlar: Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya, yoshlar, profilaktika, huquqiy savodxonlik, huquqiy targ‘ibot, milliy tajriba, xalqaro tajriba, huquqbuzarlikning oldini olish, raqamli platformalar, ma’naviy tarbiya, huquqiy ta’lim. KIRISH: Yosh avlodning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bugungi globallashuv jarayonida jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biridir. Raqamli axborot oqimlari kuchaygan, ijtimoiy munosabatlar murakkablashgan hozirgi sharoitda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish nafaqat ularning shaxs sifatida kamol topishida, balki mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, yuksak huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan yoshlar har qanday jamiyatning tayanchi, tartib-intizomning kafolati va fuqarolik pozitsiyaga ega yetuk shaxslardir. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ta’lim tizimida huquqiy fanlarning o‘rni mustahkamlanib, o‘quv dasturlariga yangicha yondashuvlar joriy etilmoqda, sud-huquq tizimi ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik faoliyatning ahamiyati oshmoqda. Bularning barchasi yoshlar ongida “qonun – jamiyat barqarorligining asosi” degan tushunchani shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, yoshlar huquqiy ongini rivojlantirishning samarali mexanizmlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularga yechim taklif qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqot ishida yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning nazariy asoslari, amaliy yo‘llari hamda milliy va xalqaro tajriba misolida samarali strategiyalar tahlil qilinadi. Mazkur ish natijalari yoshlar orasida huquqiy tarbiyani kuchaytirish, huquqbuzarlikning oldini olish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni saqlash gʻoyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taʼminlashga oʻzining jiddiy salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 598 “Ta’lim tizimida yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishning asosiy yo‘llari” 1. Huquqiy ta’limni maktab va oliy ta’limda rivojlantirish. Maktablarda “Huquq asoslari” fanini majburiy qilish. Universitetlarda huquqiy fanlar bo‘yicha kurslar va fakultativ darslarni tashkil etish.Foydali manbalar (kitoblar, elektron resurslar) orqali huquqiy bilimlarni kengaytirish. 2.Axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. Onlayn kurslar, videodarslar va interaktiv testlar orqali huquqiy bilimlarni oshirish. Ijtimoiy tarmoqlar orqali huquqiy targ‘ibot (masalan, huquqiy maslahatlar, qoidalar va maqolalar). 3.Huquqiy madaniyatni shakllantiruvchi tadbirlar. Ma’ruzalar, konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish. Yoshlar uchun “Huquqiy haftalar” va viktorinalar tashkil etish.Sud, politsiya, advokatlar bilan uchrashuvlar orqali amaliy bilim berish. 4.Ota-onalar va jamiyatning rolini oshirish. Oilada huquqiy savodxonlikni oshirish. Jamiyatda qonunlarga hurmatni rag‘batlantiruvchi kampaniyalar yo’lga qo’yish. 5.Qonuniy bilimlarni kundalik hayot bilan bog‘lash. Huquqiy bilimlarni nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham qo‘llashni o‘rgatish. Masalan, kontrakt tuzish, fuqarolik huquqlari, internetda xavfsiz harakat qilish kabi mavzularni o‘rgatish. 6.Motivatsiya va rag‘batlantirish.Huquqiy bilimlarda muvaffaqiyat qozongan yoshlarni mukofotlash. Tanlovlar, sertifikatlar va stipendiyalar orqali yoshlarni huquqiy faoliyatga jalb qilish. Ta’lim tizimi orqali yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish bir qancha yo‘llar orqali amalga oshiriladi: nazariy bilim berish, amaliy mashg‘ulotlar, texnologiyalardan foydalanish, tadbirlar o‘tkazish, oilaviy va jamiyatiy qo‘llab-quvvatlash, kundalik hayot bilan bog‘lash va motivatsiya tizimi. Shu usullar birgalikda yoshlarni huquqiy ongli, mas’uliyatli va qonunlarga hurmat bilan qaraydigan fuqarolarga aylantiradi. Jamiyatda aholi huquqiy madaniyati darajasining yuksakligi – demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Zotan, mamlakatimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aholining huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Shaxsning siyosiy-huquqiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga nisbatan daxldorlik xissi davlatimiz o‘z oldiga qo‘ygan buyuk maqsadlarga erishishining muhim omilidir. Ta’kidlash joizki, shaxs huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida turli xil sub’yektlar, xususan, oila, maktab, mahalla, jamoatchilik tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari faol ishtirok etadilar. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda uch asosiy omil: “oila – mahalla – ta’lim muassasalari” hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan insonlar, ya’ni oilada – ota-onalar, mahallada – qo‘ni-qo‘shni va keng jamoatchilik, ta’lim muassasasida – o‘qituvchi va murabbiylar kelgusi avlod barkamolligi yo‘lida o‘g‘il-qizlarimizning ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishlari uchun mas’uldirlar.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 599 Raqamlashtirish O‘zbekiston uchun yangi turtki emas. So‘nggi 3-4 yil ichida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat boshqaruvini isloh qilish va iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi. 2020 yil boshida raqamli iqtisodiyot kelajakdagi rivojlanish uchun muhim poydevorga aylandi. Bugun O‘zbekistonda pandemiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qatorida raqamli usulda ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Ayniqsa bu yo‘lda yangi texnologiyalardan aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda yanada samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Advokatga murojaat etish imkoniyatga ega bo‘lmagan fuqarolarning o‘zlarini qiynab kelayotgan savollarga va muammolarga masofadan turib, raqamli texnologiyalar orqali javob olishlari ularning vaqti, mablag‘ini tejash bilan bir qatorda huquqiy masalalariga yechim topishga xizmat qiladi. Raqamli platformadagi yana bir ommabop vosita, Youtube ijtimoiy tarmog‘i orqali huquqiy maslahat berishning ham o‘zga xos jihatlari mavjud. Ushbu ijtimoiy tarmoqda huquqiy maslahatlar asosan videoroliklar orqali berib boriladi. Berilayotgan videoroliklar sifatli, qisqa, aniq, sodda, ravon tilda bo‘lishi talab etiladi. Berilayotgan har bir ma’lumot sharhlanishi kerak. Qonunni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qib berish tushunmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa raqamli platforma orqali bepul huquqiy yordam berish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdek ezgu maqsadga erishishda to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan yettita ustuvor yo‘nalish belgilandi. Strategiyaning «Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish» deb nomlangan 5-ustuvor yo‘nalishi 70-maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida belgilangan vazifalardan biri «Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish»dir. Yoshlarning huquqiy ta’limi ularning bilim va tajribasini shakllantirishga katta xizmat qilib, ijtimoiy jamiyatda qonun buzilish holatlari, zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi. Yuksak huquqiy madaniyatga asoslangan demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan prinsiplari mavjud. Bular erkinlik, xalqlar va millatlarning o‘zaro do‘stligi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va amalga oshirishi, jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi va boshqalardan iborat. O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar demokratik huquqiy davlat, erkin va farovon fuqarolik jamiyati tuzishga qaratilgan. Ushbu sa’yharakatlar har bir yoshning to‘la ma’noda ijtimoiy-siyosiy faol bo‘lishi kerakligini talab etadi. Mazkur doiralardagi keng o‘zgarishlarning mazmun mohiyatini yaxshi anglamay turib, faol fuqarolik pozitsiyasini bildirish qiyin. Bu ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun eng avval yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish asosiy masalalaridan biri sanaladi. Xo‘sh, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishda davlat organlari va tashkilotlarining vazifalari qanday? Adliya organlari va muassasalari misolida o‘rganadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 maydagi «Ma’muriy islohotlar doirasida Adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risidagi» farmoni ayni muddao bo‘ladi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 600 Ushbu farmonning 4-bandida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida Adliya organlari va tashkilotlariga bir qancha vazifalar belgilab berildi. Xususan, unga ko‘ra maktablarda 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchilar o‘rtasida «Huquq bilimdoni» fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida «Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi. Shuningdek, maktab o‘quvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalar yaratiladi. Darhaqiqat, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda yuqori malakali o‘qituvchi kadrlar zarur. Shu sabab ham huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularni metodik ta’minlash muhimdir. Bundan tashqari, «Huquq bilimdoni» fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida «Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi» ko‘riktanlovi o‘tkazib borilishi huquq fanini ahamiyati va jozibadorligini oshiradi. Fanni o‘rganishda huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalari, videoroliklar, kompyuter o‘yinlari va mobil ilovalar yaratilishi yanada qulay bo‘ladi. Yuqoridagi farmonning 6-bandi yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan «Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan» g‘oyasi asosida adliya organlari va muassasalari, shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlarga vazifalar belgilangan. Unga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali «Tengdoshimga huquqiy yordam» tadbirlarini o‘tkazib borish, huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo‘yicha amaliy tadbirlarni tashkil qilish, ta’lim muassasalarida «Huquqiy bilimlar oyligi»ni o‘tkazib borish va yoshlarning huquqiy bilim olishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan turli huquqiy mavzulardagi seminar-treninglar va tanlovlarni tashkil qilish belgilangan. Albatta, har bir shaxs o‘z huquq va majburiyatlarini o‘rganishi va tahlil etishi yurtimiz kelajagiga qonunlarni hurmat qiladigan va amal qiladigan, qonunbuzilish holatlariga murosasiz yondashadigan fuqarolarni yetishib chiqishiga zamin yaratadi. Bugungi kunda respublikamizda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha ko’plab o’zgarishlar bo’layotgani barchamiz uchun sir emas. Huquqbuzarliklar profilaktikasi boyicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli qaroriga asosan haftaning har payshanba kuni-“Huquqbuzarliklar profilaktikasi”kuni deb e’lon qilinishi va “Mahalla posboni” tuzilmasi rahbari lavozimi oʻrniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi lavozimi joriy etilishi huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 601 e’tiborning yaqqol misoli bo’lishi mumkin. Huquqbuzarliklar profilaktikasi haqida so’z borar ekan har bir shaxsda huquqbuzarlik profilaktikasi o’zi nima degan savol tug‘ilishi tabiiy. Dastavval, huquqbuzarlik tushunchasiga ta’rif bersak, huquqbuzarlik bu – sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g’ayrihuquqiy qilmish. Huquqbuzarliklar profilaktikasi esa huquq tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish shuningdek, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablarini va ularga imkon berayotgan shartsharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy ijtimoiy tashkiliy va boshqa chora tadbirlar tizimi. O’zbekiston Respublikasi huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil oktabrda qabul qilingan, senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda ma’qullangan. Ushbu qonunning asosiy maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risidagi qonunchilik ushbu qonun va boshqa normativ hujjatlardan iborat. Qonunda huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, ularga imkon berayotgan shartsharoitlarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo’llari haqida aniq maqsadlar ko’zda tutilgan. Barchamiz yaxshi bilamizki, ichki ishlar, prokuratura organlari, Milliy xavfsizlik xizmati, adliya, davlat bojxona xizmati, davlat soliq xizmati, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash muassasalari, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar hisoblanadi. Biroq, qonun targ’ibotidan ko’zlanayotgan maqsad — uning aholi, ayniqsa, yoshlar hayotiga keng kirib borishiga erishishdir! Sababi, aynan aholining yosh avlod vakillari hayotida huquqbuzarliklar sodir etilishi ko’p uchraydi. Shu boisdan ham, yoshlarga qonun mohiyati keng tushuntirilmoqda. Ushbu qonun mahallalar, nodavlat tijorat tashkilotlari, fuqarolarning ham profilaktik tadbirlarda ishtirok etishiga yo’l beradi. Qonunda birinchi navbatda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo’lgan shaxslarni aniqlash muhim ekanligiga alohida urg’u berilgan. Avvalo, ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’lidan borish samarali ekanligi ham inobatga olingan. Ushbu narmativ hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida bizga yetuk malakali kadrlar zarur. Shuni inobatga olgan holda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan 2019-yil 7-fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-4166-son qaroriga asosan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali hamda 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’risida” PQ-5077-son qaroriga asosan Jamoat xavsizligini ta’minlash kabi Oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi malakali kadrlar yetkazib berish bo’yicha ko’rilayotgan chora – tadbirlarning bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020 yil yakunida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida “Bugungi kunda xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida paydo bo‘layotgan tahdidlarga tegishli munosabatda bo‘la olishning o‘zigina yetarli emas. Mavjud xavf-xatarlarning tabiatini to‘g‘ri tushunib yetishimiz kerak. Ularning manbaalari va o‘zaro aloqalarini vaqtida aniqlashimiz darkor.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 602 Jamiyatda barqarorlikni saqlash shart-sharoitlarini belgilab olishimiz va ulardan samarali foydalaanishimiz zarur. O‘zbekiston Respublikasining barqaror va sobitqadamlik bilan rivojlanishi shularga bog‘liqdir”, deya ta’kidlagan edilar. Bunday sa’y harakatlarning barchasi albatta yurtimizdagi fuqarolarning tinch, qo‘rquvlarsiz, farovon va osonyishta yashashlari uchun amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, biz ham yurtimizni bizga yaratayotgan tinchlikni qadriga yetishimiz kerak Xulosa Yoshlar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi kunda jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir. Huquqiy bilimlarga ega bo‘lgan shaxs qonunlarga hurmat bilan qaraydi, o‘z huquq va majburiyatlarini to‘g‘ri anglaydi hamda jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarga ongli ravishda munosabat bildiradi. Shu bois ta’lim tizimida huquqiy tarbiya jarayonini takomillashtirish, uni amaliy va zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish zarur. Huquqiy ongni shakllantirishning eng samarali yo‘llaridan biri — ta’lim jarayonida huquqiy fanlarni chuqur o‘qitish, interaktiv mashg‘ulotlar, sud jarayonlari simulyatsiyasi, bahsmunozaralar va amaliy loyihalardan foydalanishdir. Shuningdek, OAV, internet resurslari va ijtimoiy tarmoqlar orqali huquqiy axborotni keng yoyish yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga katta yordam beradi. Mahalla, oilalar va jamoatchilikning hamkorligi esa bu jarayonning uzluksizligini ta’minlaydi. Umuman olganda, huquqiy ta’lim va targ‘ibotning izchil davom ettirilishi, zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirilishi, yoshlarning huquqiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks choralar amalga oshirilishi natijasida jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan yetuk avlod shakllanadi. Bu esa davlat barqarorligi, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2022-yil 28-yanvar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida Adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ–2833-son qarori “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” tizimini takomillashtirish to‘g‘risida. 5. O‘zbekiston Respublikasi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2014-yil 10-aprel. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevraldagi PQ–4166-son qarori “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ–5077-son qarori “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish haqida”.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 603 8. Mirziyoyev Sh.M. Oliy Majlisga Murojaatnoma. – Toshkent, 2020. 9. “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2016-yil. 10. Karimov I.A. “Yuksak huquqiy madaniyat – taraqqiyot garovi”. – Toshkent: Ma’naviyat, 2000. 11. Adliya vazirligining rasmiy axborotlari va huquqiy portal ma’lumotlari (lex.uz). 12. Raqamli platformalar orqali huquqiy targ‘ibot bo‘yicha ilmiy-analitik ma’lumotlar. – Toshkent: 2023.