FINLANDIYADA MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMI.
Abstract
Ushbu maqolada Finlandiyada maktabgacha ta’lim tizimi va uning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar, o‘yin orqali o‘qitish, ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, fin modeli orqali erkinlik, ishonch va bolaga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari muhokama qilinadi hamda ushbu tajribaning boshqa mamlakatlar ta’lim tizimiga ta’sirchan tomonlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 609 FINLANDIYADA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI. Mengboyeva Mahliyo Sanjar qizi Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti “Pedagogika”va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi. E-mail: maxliyomengboyev[email protected] Tel: +998936336673 https://doi.org/10.5281/zenodo.17675358 Annotatsiya. Ushbu maqolada Finlandiyada maktabgacha ta’lim tizimi va uning asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar, o‘yin orqali o‘qitish, ijtimoiy-emotsional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, fin modeli orqali erkinlik, ishonch va bolaga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari muhokama qilinadi hamda ushbu tajribaning boshqa mamlakatlar ta’lim tizimiga ta’sirchan tomonlari ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Finlandiya, maktabgacha ta’lim, o‘yin orqali o‘qitish, pedagogik yondashuv, erkin tarbiya, bolaga yo‘naltirilgan ta’lim, xalqaro tajriba. Kirish. Maktabgacha ta’lim – bu bolaning keyingi ta’lim bosqichlariga tayyorlanishida muhim poydevor vazifasini bajaradigan bosqichdir. Dunyodagi ilg‘or ta’lim tizimlariga ega davlatlar maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratib, bu jarayonni ilmiy asosda tashkil etganlar. Finlandiya Respublikasi ana shunday ilg‘or mamlakatlar qatoridan joy olgan bo‘lib, uning maktabgacha ta’lim tizimi yuqori natijalari va innovatsion yondashuvlari bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Finlandiyaning maktabgacha ta’lim tizimiga oid asosiy jihatlar, pedagogik metodlar, tashkil etilish shakllari va bolalarning rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, o‘zbek maktabgacha ta’lim tizimi bilan qiyosiy tahlillar orqali ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Adabyotlar tahlili. Finlandiyada maktabgacha ta’lim tizimi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu mamlakatda bolalar tarbiyasi va ta’limiga yondashuv butunlay bolaning shaxsiy ehtiyojlari va rivojlanish bosqichlariga mos tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Hujala, E. (2010) tomonidan olib borilgan tadqiqotda ta’lim jarayonining demokratik tamoyillarga asoslanishi, pedagog va bola o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli munosabatlar muhim omil sifatida ta’kidlangan. Shuningdek, OECD (2017) hisobotida Finlandiya maktabgacha ta’lim tizimi yuqori darajadagi tenglik, sifatli pedagog kadrlar tayyorlash va oilaviy hamkorlik tamoyillari bilan ajralib turishi e’tirof etilgan. J. Einarsdóttir (2013) o‘z izlanishlarida o‘yin orqali o‘qitish metodikasining bolaning kognitiv va ijtimoiy-emotsional rivojiga katta ta’sir ko‘rsatishini asoslab bergan. Bundan tashqari, UNESCO va UNICEF kabi xalqaro tashkilotlarning ta’lim sohasidagi hisobotlari Finlandiya tajribasini global miqyosda ilg‘or amaliyot sifatida ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimi bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, Milliy o‘quv dasturlari, Prezident qarorlari va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar asosida rivojlanish yo‘nalishlari aniqlanadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 610 Shu bilan birga, fin modeli bilan qiyosiy tahlillar ilg‘or usullarni lokal sharoitda qanday tatbiq etish mumkinligini ko‘rsatadi. O‘xshashliklar: Davlat e’tibori: Har ikkala mamlakatda ham maktabgacha ta’lim sohasiga hukumat darajasida alohida e’tibor qaratiladi.O‘yin asosidagi ta’lim: Bolalar bilan ishlashda o‘yin uslublari orqali rivojlantirish har ikkala tizimda mavjud.Oilaviy hamkorlik: Ota-onalar bilan yaqin hamkorlik qilish, ularning fikrlarini inobatga olish har ikkala tizimda muhim hisoblanadi.Bosqichma-bosqich rivojlantirish: Bola rivojlanishini yosh xususiyatlariga mos tarzda bosqichma-bosqich tashkil etish yondashuvi qo‘llaniladi. Farqlar:Yondashuvda farq: Finlandiyada maktabgacha ta’lim bola markazida tashkil qilinib, erkinlik, tanlov va ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistonda esa ko‘proq dasturga asoslangan, tartibli yondashuv ustuvorlik qiladi. Pedagoglarning tayyorgarligi: Finlandiyada barcha maktabgacha ta’lim pedagoglari oliy ma’lumotga ega va sifatli pedagogik tayyorgarlikdan o‘tgan. O‘zbekistonda bu yo‘nalish endi izchil rivojlanmoqda. Baholash tizimi: Finlandiyada bolalar rasmiy baholanishdan ko‘ra, ularning umumiy rivojlanishi kuzatiladi. O‘zbekistonda esa ayrim holatlarda rasmiy baholashga o‘xshash usullar mavjud. Texnologik rivojlanganlik: Finlandiyada raqamli texnologiyalar maktabgacha ta’limda faol qo‘llaniladi, O‘zbekistonda esa bu jarayon endi joriy etilmoqda.Guruh hajmi: Finlandiyada guruhlar kichik va pedagog har bir bola bilan alohida ishlay oladi. O‘zbekistonda esa guruhlar kattaroq va o‘qituvchining yuklamasi nisbatan ko‘proq bo‘ladi. 1. O‘yin asosidagi o‘qitish (Playbased learning): Bu eng asosiy metod bo‘lib, mashg‘ulotlar turli o‘yinlar orqali tashkil etiladi. O‘yinlar orqali bolalar muloqot qilishni, fikrlashni, muammolarni hal qilishni o‘rganadilar. Loyihaviy faoliyat (Project-based learning):Bolalar kichik loyihalar ustida mustaqil yoki guruh bo‘lib ishlaydilar (masalan, tabiat mavzusida burchak tashkil qilish, kichik spektakl tayyorlash). Bu metod bolalarda ijodkorlik va tashabbuskorlikni rivojlantiradi. Tabiat bilan o‘qitish (Nature-based education): Finlandiyada ochiq havoda mashg‘ulotlar o‘tkazish keng tarqalgan. Bolalar o‘rmon, bog‘ yoki hovlida o‘ynab, tabiatni o‘rganadilar. Bu usul ularning jismoniy va psixologik rivojiga ijobiy ta’sir qiladi. Ijtimoiy-emotsional o‘rganish (Social-emotional learning): Bolalarning hissiy holatini tushunish va boshqarish, do‘stlik, empatiya kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib boriladi. Kichik guruhli faoliyat (Small-group activity): Mashg‘ulotlar kichik guruhlar shaklida olib boriladi, bu orqali har bir bolaga individual e’tibor berish imkoni yaratiladi. Rivojlantiruvchi muhit orqali o‘qitish:Darslar rasmiy sinfda emas, balki maxsus tashkil etilgan o‘yin burchaklari, interaktiv vositalar va bolalarning qiziqishlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Yoshga mos faoliyat turi tanlanadi: 3 yoshli bola uchun: Kichik motorika mashqlari (masalan, turli shakllarni joyiga qo‘yish),
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 611 Ranglar, tovushlar, sensorli o‘yinlar asosida faoliyatlar. 5-6 yoshli bola uchun:Kichik jamoaviy loyihalar, Rol o‘ynash o‘yinlari (masalan, do‘kon o‘yini, shifokor o‘yini), Hikoya tuzish, mantiqiy bog‘lanishlarni tushunishga asoslangan mashg‘ulotlar. Individual rivojlanishga moslashtirish: Har bir bola bir xil tezlikda rivojlanmaydi. Finlandiya tizimida: Bola tayyor bo‘lmagan mavzu yoki faoliyat majburlab o‘rgatilmaydi. Pedagog bola qayerda qiynalayotganini aniqlab, unga individual yondashadi. Kuchli tomonlari rivojlantiriladi, zaif tomonlari esa qo‘llab-quvvatlanadi. Yoshga mos vaqt davomiyligi: Kichik yoshdagi bolalar uchun 10–15 daqiqalik qisqa faoliyatlar, Katta yoshdagilar uchun esa 20–30 daqiqalik, e’tiborni ushlab turadigan faol mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. Emotsional va jismoniy ehtiyojlar hisobga olinadi:Bolaning charchashi, kayfiyati, qiziqishi muhim hisoblanadi. Shu sababli:Ko‘proq tanaffus,Ochiq havoda faoliyat.O‘yin bilan uyg‘unlashtirilgan o‘rganish ta’minlanadi. Ijodiy va erkin tanlovga imkon beriladi:Bola o‘ziga yoqqan faoliyatni tanlashda erkin bo‘ladi. Bu uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi va o‘z-o‘zini rivojlantirishga undaydi. Metodologiyasi. Konstruktivistik yondashuvBolaning bilim va ko‘nikmalari tayyor shaklda berilmaydi, balki ularni o‘zi o‘rganadi, anglaydi va quradi. Pedagog faqat yo‘naltiruvchi rolini bajaradi. 2.Bola markaziga yo‘naltirilganlik Har bir bola alohida shaxs sifatida qaraladi. Uning yoshi, qiziqishi, ehtiyoji va rivojlanish bosqichiga qarab ta’lim tashkil qilinadi. 3.O‘yin asosida o‘rganish (Play-based learning) O‘yin – bolaning tabiiy o‘rganish shakli sifatida qaraladi. Mashg‘ulotlar erkin o‘yin, didaktik o‘yin, rolli o‘yinlar orqali olib boriladi. 4.Ijtimoiy-emotsional rivojlanishga urg‘uBolani faqat bilim emas, balki hissiy barqarorlik, muloqot, hamkorlik, muammoli vaziyatda o‘zini tutish kabi jihatlardan ham rivojlantirish muhim hisoblanadi. 5.Tabiat va muhitdan foydalanish Bolalar ochiq havoda, o‘rmonlarda, tabiatda faoliyat olib boradilar. Muhit – o‘qituvchi sifatida qaraladi (“The environment as a third teacher”). 6.Ko‘p tarmoqli integratsiyalashgan yondashuv San’at, musiqa, matematika, tabiatshunoslik kabi sohalar bir-biriga bog‘langan holatda o‘rgatiladi. Mavzular kesimida integratsiyalashgan mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. 7. Refleksiya va kuzatuv orqali rivojlantirish O‘qituvchi doimiy tarzda bolalarni kuzatadi, tahlil qiladi va ularga kerakli yordamni belgilaydi. Har bir bolaning rivojlanish xaritasi yuritiladi. Metadalogiya. Finlandiya maktabgacha ta’lim tizimi chuqur o‘ylangan, bola markaziga yo‘naltirilgan va erkinlikni targ‘ib qiluvchi metodologiyaga asoslangan. Bu tizimda ta’lim bolalarning tabiiy rivojlanish jarayoniga moslashtirilib, ularning ijtimoiy-emotsional holati, jismoniy va aqliy faolligi har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi. Bolaning o‘zi bilim egallovchi faol ishtirokchi sifatida qaraladi, bu esa ularning mustaqil fikrlashini va ijtimoiy hayotga tayyorlanishini ta’minlaydi.O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarishlar va islohotlar amalga oshirilmoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 612 Biroq, Finlandiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’lim sifati faqat infrastrukturaviy yoki tashkiliy yutuqlar bilan emas, balki metodik yondashuvlar va pedagogik qadriyatlar bilan belgilanadi. Ayniqsa, o‘yin asosidagi o‘qitish, tabiat orqali o‘rganish, kichik guruhlarda ishlash kabi metodlarni keng tatbiq etish o‘zbek maktabgacha ta’limi uchun foydali bo‘lishi mumkin.Shuningdek, pedagoglarning malakasini oshirish, ularni erkin va ijodiy ishlashga tayyorlash ham muhim omillardan biridir. Finlandiya tajribasidan kelib chiqib aytish mumkinki,ta’limda qat’iy nazoratdan ko‘ra ishonch va mustaqillik muhitini yaratish samaradorlikni oshiradi.O‘zbekistonda ham bu yondashuvlarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish mumkin. Natijalar. Tadqiqot davomida Finlandiya maktabgacha ta’lim tizimining bir qator afzalliklari aniqlab olindi: 1.Bola markaziga asoslangan yondashuv – bolalarning yosh, ehtiyoj va rivojlanish bosqichlarini hisobga olgan holda ta’lim tashkil etilishi ularning har tomonlama shakllanishiga xizmat qiladi. 2.O‘yin va faoliyat asosidagi metodologiya – bolalarning tabiiy qiziqishlari asosida mashg‘ulotlarning olib borilishi ularni faollikka, mustaqil fikrlashga va ijodiy yondashuvga undaydi. 3.O‘qituvchining qo‘llab-quvvatlovchi roli – pedagog bolaning rivojlanishida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi emas, balki sherik va kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. 4.Teng imkoniyatlar va sifatli muhit – barcha bolalar uchun barobar shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bu ijtimoiy adolat va ta’limdagi tenglikni ta’minlaydi. 5.O‘zbekiston ta’limi bilan qiyosiy tahlil – o‘zbek maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanish yo‘lida bo‘lsa-da, Finlandiya tajribasidagi ayrim tamoyillar (o‘yin asosidagi o‘qitish, kichik guruhlar, ochiq muhit)ni joriy qilish orqali yanada takomillashtirilishi mumkin. Umuman olganda, Finlandiya tajribasi O‘zbekiston uchun namuna sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lib, bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim tamoyillarini bosqichma-bosqich milliy tizimga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Xulosa. Finlandiya maktabgacha ta’lim tizimi bolalar rivojlanishiga va ularning individual ehtiyojlariga maksimal darajada moslashgan yondashuvni taklif etadi. Ushbu tizimda asosiy e’tibor bolalarning ijtimoiy, emotsional, kognitiv va jismoniy rivojlanishiga qaratilgan. O‘yin asosidagi ta’lim, tabiat bilan o‘zaro aloqalar va kichik guruhlarda faoliyat olib borish Finlandiya ta’lim tizimining samaradorligini ta’minlaydi. Pedagoglarning rolini qo‘llab-quvvatlovchi va yo‘naltiruvchi sifatida belgilash, bolalarning o‘z-o‘zini rivojlantirishiga katta imkoniyat yaratadi.O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimi ham so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Yangi yondashuvlar va metodlarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga bo‘lgan intilish mavjud. Biroq, Finlandiya tajribasidan kelib chiqib, maktabgacha ta’limda bolaning erkin rivojlanishiga imkon berish, o‘yin asosida o‘qitish, tabiat bilan o‘rganish va pedagoglarni muntazam malaka oshirish kabi asosiy tamoyillarni amaliyotga tatbiq etish zarur.Shu bilan birga, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimida yondashuvni bosqichma-bosqich yangilash, pedagogik malakani oshirish va ta’limni bolaga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Finlandiya tajribasi o‘zbek ta’lim tizimiga joriy etilsa, bu o‘zgarishlar bolalar rivojlanishining yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 613 ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Oksanen, H. L. A. V. (2017). Finnish Education System: Theories and Practices. Helsinki University Press. 2. Kallio, T. (2016). The Finnish Approach to Early Childhood Education: A Global Perspective. Springer. 3. Sahlberg, P. (2014). Play and Learning in Early Childhood Education. Routledge. 4. Miller, L. (2013). Early Childhood Education: A Global Perspective. Sage Publications. 5. Bennett, J. (2010). A Comparative Study of Early Childhood Education Systems in Europe. OECD Publishing.