INCREASING MATHEMATICAL LITERACY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH THE USE OF MODERN EDUCATIONAL TECHNOLOGIES
Abstract
This article analyzes the effectiveness of using modern educational technologies in developing mathematical literacy among primary school students. The purpose of the study is to identify the role of innovative pedagogical approaches in improving students’ mathematical thinking, logical reasoning, and practical skills. The results of the experiment show that interactive teaching methods, digital resources, game-based learning technologies, and the STEAM approach significantly increase students’ interest in mathematics in primary education and enhance their ability to solve problem situations.
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 721 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Sadriddinova Moxinur Oltinbek qizi Toshkent Kimyo xalqaro unversiteti Namangan filiali talabasi Email: [email protected] Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini rivojlantirish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — o‘quvchilarning matematik tafakkurini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini va amaliy ko‘nikmalarini oshirishda innovatsion pedagogik yondashuvlarning o‘rnini aniqlashdir. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, interaktiv o‘qitish usullari, raqamli resurslar, o‘yinli ta’lim texnologiyalari va STEAM yondashuvi boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi hamda ularning muammoli vaziyatlarni hal etish qobiliyatini kuchaytiradi. Kalit so‘zlar: matematik savodxonlik, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion metodlar, interaktiv ta’lim, STEAM, boshlang‘ich sinf, raqamli ta’lim. INCREASING MATHEMATICAL LITERACY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH THE USE OF MODERN EDUCATIONAL TECHNOLOGIES Sadriddinova Moxinur Oltinbek’s daughter Student, Tashkent International University of Chemistry, Namangan Branch Email: [email protected] Annotation. This article analyzes the effectiveness of using modern educational technologies in developing mathematical literacy among primary school students. The purpose of the study is to identify the role of innovative pedagogical approaches in improving students’ mathematical thinking, logical reasoning, and practical skills. The results of the experiment show that interactive teaching methods, digital resources, game-based learning technologies, and the STEAM approach significantly increase students’ interest in mathematics in primary education and enhance their ability to solve problem situations. Key words: mathematical literacy, modern educational technologies, innovative methods, interactive learning, STEAM, primary school, digital education. KIRISH Bugungi kunda ta’lim tizimida asosiy vazifalardan biri — yosh avlodni mustaqil fikrlaydigan, tahlil qiluvchi, hayotiy vaziyatlarda matematik bilimlarni qo‘llay oladigan shaxs sifatida tarbiyalashdir. Shu ma’noda, matematik savodxonlik nafaqat raqamlarni bilish yoki amallarni bajarish emas, balki mantiqiy fikrlash, tahliliy yondashuv, yechim topish va tanqidiy qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirishni anglatadi. Boshlang‘ich ta’lim davrida bola tafakkurining eng faol shakllanish bosqichi kechadi. Shu bois bu davrda o‘qituvchi tomonidan tanlangan metod va texnologiyalar nafaqat bilim, balki bolada fanga nisbatan ijobiy munosabatni ham shakllantiradi. An’anaviy o‘qitish uslublari hozirgi zamon o‘quvchisining ehtiyojlarini to‘liq qondira olmaydi, chunki bolalar raqamli muhitda ulg‘aymoqda, ularning diqqatini tortish uchun interaktivlik va amaliyot zarur.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 722 Matematik savodxonlik — bu o‘quvchining matematik bilimlarni hayotiy vaziyatlarga tatbiq eta olish, mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, muammolarni mustaqil yechish va natijalarni asoslab berish qobiliyatidir. OECD tomonidan ishlab chiqilgan PISA (Programme for International Student Assessment) mezonlariga ko‘ra, matematik savodxonlik — shaxsning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni matematik yo‘l bilan yechish qobiliyatidir [5]. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bu savodxonlikning asosi hisoblash, solishtirish, shakllarni tanish, vaqt va o‘lchov tushunchalarini anglash, amallarni mantiqan izohlashdan boshlanadi. Zamonaviy texnologiyalar ta’lim jarayonini faollashtiradi, o‘quvchini dars markaziga olib chiqadi va mustaqil fikrlashga undaydi. Quyidagi texnologiyalar ayniqsa samarali natijalar beradi: • Interaktiv metodlar — “Aqliy hujum”, “Tarmoqli jadval”, “Insert” kabi usullar yordamida o‘quvchilar faol ishtirok etadi, guruhlarda ishlaydi va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi [8]. • Raqamli ta’lim vositalari — GeoGebra, Math Playground, Khan Academy Kids, Quizizz kabi onlayn platformalar orqali darslarni vizual, qiziqarli va o‘zaro ta’sirli qilish mumkin [6]. • Gamifikatsiya (o‘yin asosida o‘qitish) — matematik topshiriqlarni o‘yin shaklida berish, ball to‘plash, mukofot olish kabi elementlar bolalarda raqobat va motivatsiyani kuchaytiradi. • STEAM yondashuvi — matematika boshqa fanlar bilan integratsiyada o‘rgatiladi. Masalan, “ko‘prik qurish” loyihasi orqali bola uzunlikni o‘lchash, hisoblash, chizish, natijani baholashni o‘rganadi [7]. • Muammoli o‘qitish — o‘quvchilarga hayotiy vaziyatdan kelib chiqadigan masalalar beriladi. ADABIYOTLAR TAHLILI Matematik savodxonlik masalasi xalqaro va milliy ta’lim tizimlarida dolzarb yo‘nalishlardan biridir. OECD [4] ta’rifiga ko‘ra, matematik savodxonlik — bu insonning kundalik hayotdagi muammolarni matematik fikrlash orqali hal etish qobiliyatidir. Vigotskiy [2] “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasida o‘quvchining rivojlanishida hamkorlik va interaktiv faoliyat muhimligini ta’kidlaydi. Bruner [3] esa o‘qitishni faol va mazmunli jarayonga aylantirish, har bir tushunchani bosqichma-bosqich o‘rgatish zarurligini qayd etadi. Shodmonov va Yuldasheva [1] milliy tadqiqotlarida zamonaviy ta’lim texnologiyalari — o‘yinli, interaktiv va raqamli metodlar — boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanga qiziqishini oshirishini ta’kidlaydilar. Shuningdek, STEAM yondashuvi matematikani hayot bilan bog‘lash orqali o‘quvchilarda amaliy tafakkurni rivojlantiradi. Umuman olganda, ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, matematik savodxonlikni oshirishda zamonaviy texnologiyalar, interaktiv metodlar va integratsion yondashuvlar eng samarali natijalarni beradi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqot davomida o‘quvchilarning matematik savodxonligini yanada chuqurroq o‘rganish va real o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida bir nechta o‘zaro bog‘liq metodlardan foydalanildi. Har bir metod o‘quv jarayonining turli jihatlarini yoritishga xizmat qildi. Dastlab, mavjud ilmiy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar o‘rganilib, ularning eng muhim g‘oyalari umumlashtirildi. Bu bosqich tadqiqotning nazariy poydevorini yaratdi hamda amaliy bosqichga yo‘nalish berdi. O‘quvchilarning matematik bilim darajasi, mantiqiy fikrlash va amaliy yechim topish qobiliyatini aniqlash uchun test topshiriqlari ishlab chiqildi. Ular yordamida boshlang‘ich va yakuniy bosqichdagi o‘zgarishlar aniqlandi. Shuuningdek, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan munosabati, fanga qiziqish darajasi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish haqidagi fikrlarini bilish uchun qisqa suhbatlar va anonim
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 723 so‘rovnomalar o‘tkazildi. Bu metod o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini ochishga yordam berdi. Bundan tashqari dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtiroki, o‘zaro muloqoti, guruhli ishda o‘zini tutishi hamda o‘qituvchi bilan o‘zaro munosabatlari muntazam kuzatilib bordi. Bu jarayon o‘quvchilarning rivojlanishini tabiiy holatda ko‘rish imkonini berdi. Olingan ma’lumotlar sonli ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilindi. Natijalar foizlar, diagrammalar va grafiklar orqali solishtirilib, tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasidagi farqlar aniqlashtirildi. Umuman olganda, bu metodlar birbirini to‘ldirgan holda tadqiqotning ilmiy asoslangan va amaliy jihatdan ishonchli natijalarini ta’minladi. TAHLIL VA NATIJALAR 4 ta umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tajriba-sinov darslari davomida jami 80 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi ishtirok etdi. Tadqiqot ishtirokchilari ikki guruhga — tajriba guruhi va nazorat guruhiga bo‘lindi. Tajriba guruhi darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli o‘quv vositalari hamda interaktiv o‘yinli topshiriqlardan foydalanildi. Nazorat guruhi esa an’anaviy uslubda darslarni davom ettirdi. Tajriba jarayoni natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy metodlar qo‘llanilgan sinflarda o‘quvchilarning natijalari sezilarli darajada yaxshilandi. Xususan, tajriba guruhi o‘quvchilari darslardan oldin 58% ko‘rsatkichni namoyon etgan bo‘lsa, jarayon yakunida bu raqam 86% gacha oshdi. Bu esa 28 foizlik o‘sishni ifodalaydi. Nazorat guruhida esa o‘quvchilar natijasi 59% dan 68% gacha ko‘tarilgan bo‘lib, 9 foizlik o‘sish kuzatildi. Bu raqamlar zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi ham ancha oshgani so‘rovnomalar orqali aniqlandi. Tadqiqot yakunida tajriba guruhi o‘quvchilarining matematika faniga bo‘lgan qiziqish darajasi 73% dan 94% gacha ko‘tarilgan. Bu esa darslarning jonlanishi, o‘quvchilarning faol ishtiroki hamda raqamli vositalarning o‘quv jarayoniga ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Tajriba davomida o‘qituvchilar interaktiv metodlar va o‘yinli topshiriqlardan foydalanish natijasida o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi, fikr almashishi va bir-biriga yordam berish ko‘nikmalari rivojlanganini ta’kidladilar. Shuningdek, bolalar matematik tushunchalarni amaliy mashg‘ulotlar davomida tezroq va mustahkamroq o‘zlashtirganlar. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mahorati o‘quvchilarda matematik fikrlashni shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Quyidagi metodik tavsiyalar samarali hisoblanadi: Darsda har bir o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olish; Ta’lim jarayonini o‘yin, loyiha, interaktiv mashg‘ulotlar orqali boyitish; Raqamli vositalardan darsning maqsadiga muvofiq foydalanish; O‘quvchilarni baholashda diagnostik, formatif va rag‘batlantiruvchi yondashuvlarni uyg‘unlashtirish; Mustaqil izlanish va ijodkorlikni rag‘batlantirish. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini oshirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash o‘ta samarali yondashuv hisoblanadi. An’anaviy o‘qitish uslublari, asosan, bilimlarni yod olish va amallarni mexanik bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, zamonaviy metodlar o‘quvchini o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Natijada o‘quvchilarda nafaqat hisoblash, balki tahliliy, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalari ham rivojlanadi.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-11 724 Tajriba natijalari tahliliga ko‘ra, interaktiv darslar, raqamli o‘yinli topshiriqlar, STEAM loyihalari va muammoli o‘qitish metodlari o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini, mustaqil fikrlashini va masalalarga ijodiy yondashish qobiliyatini sezilarli darajada oshirgan. Tajriba guruhi o‘quvchilari nazorat guruhiga nisbatan 18–20% yuqori natijalarga erishgani bu yondashuvlarning samaradorligini isbotladi. Shuningdek, o‘quvchilarning motivatsiyasi hamda o‘z-o‘zini baholash darajasi yaxshilandi. Ular matematika fanini “qiziqarli” deb baholashdi, murakkab masalalardan cho‘chimay, izlanishga intilish hosil qildilar. Raqamli texnologiyalar va gamifikatsiya elementlari o‘qish jarayonini o‘yin shakliga keltirganligi sababli, darslar yanada jonli va interaktiv tus oldi. O‘qituvchilarning roli bu jarayonda sezilarli darajada o‘zgardi: ular endi faqat bilim beruvchi emas, balki yo‘lboshchi, motivator va ijodiy muhit yaratuvchi shaxs sifatida faoliyat yuritadi. Shuning uchun o‘qituvchining zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, innovatsion fikrlashi va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishi muhim omil sanaladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinfda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish: o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi; mantiqiy tafakkurni kuchaytiradi; o‘yin asosidagi o‘qitish orqali fanga mehr uyg‘otadi; STEAM integratsiyasi yordamida nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash imkonini beradi; darslarda hamkorlik, muloqot va ijodkorlik muhitini yaratadi. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich sinf matematika darslariga joriy etish nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini oshiradi, balki ularning tafakkuri, dunyoqarashi va o‘rganishga bo‘lgan ijobiy munosabatini shakllantiradi. Bu yondashuv kelajakda raqamli va ijodiy tafakkurga ega, hayotiy masalalarga matematik nuqtai nazardan yondasha oladigan yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda dars ishlanmalari, raqamli o‘quv resurslari va metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish orqali zamonaviy o‘qitish texnologiyalarining imkoniyatlarini yanada kengaytirish tavsiya etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Shodmonov, Sh. (2019). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: “Innovatsiya” nashriyoti. 2. Vygotsky, L. S. (2023). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press. 3. Bruner, J. (2022). The Culture of Education. Cambridge, MA: Harvard University Press. 4. OECD (2022). PISA 2022 Assessment and Analytical Framework: Mathematics, Reading, Science and Creative Thinking. Paris: OECD Publishing. 5. Yuldasheva, M. (2021). Boshlang‘ich ta’limda matematik tafakkurni shakllantirish metodikasi. Toshkent: Fan nashriyoti. 6. Harmer, J. (2020). The Practice of English Language Teaching. Harlow: Pearson Education Limited. 7. Nazarova, N. (2020). Innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitishning psixologik asoslari. Toshkent: Iqtisodiyot. 8. Krashen, S. (2022). Principles and Practice in Second Language Acquisition. Oxford: Pergamon.